logo

O’rta asrlarda g’arbiy Yevropa, Rossiya va Kavkaz xalqlari fani

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

6015.3681640625 KB
O’rta asrlarda g’arbiy Yevropa, 
Rossiya va Kavkaz xalqlari fani   REJA
1. O’rta asrlarda fan.
2. G’arb mamlakatlari fani.
3. Rossiya va Kavkaz xalqlari fani
kjh   
Tarixshunoslik ilmida O’rta asrlar tarixi uzoq davrni, 
eramizning V asridan, ya’ni quldorlik imperiyasining 
qulashidan to XVII asrning 40-yillarida boshlangan ingliz-
burjua revolyusiyasigacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib, 
uni dunyo xalqlarining deyarli hammasi o’z boshidan 
kechirganlar. 1200 yildan ko’prok davrni o’z ichiga olgan 
feodalizm davri Angliya va Fransiyada G’arbiy Rim 
imperiyasining yemirilishi bilanoq boshlanib, Angliyada 
XVII asrgacha Fransiyada XVIII asrgacha davom etgan 
bo’lsa, Rossiyada feodalizm keyinroq, ya’ni IX asrdan 
boshlanib, to 1861 yil  krepostnoy huquqining bekor 
qilinishigacha davom etdi. O’rta Osiyoda esa V-VI 
asrlardan to XX asrning boshlarigacha davom etdi.

Ma’lumki, qadimgi dunyo quldorlik jamiyati, qadimgi 
dunyo sivilizaasiyasi Sharq dunyosida vujudga kelib, 
Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy mamlakatlarida o’zining 
yuksak taraqqiyotiga erishgan. Shundan so’ng 
sivilizasiya markazi asta-sekin G’arb dunyosiga kuchdi.

G’arb mamlakatlari feodal jamiyati, davlatchiligi hamda 
madaniyatida xristian dinining hukmron dinga aylanishi 
qanchalik ahamiyat kasb etsa, bu davrlarda Sharq 
dunyosida Islom dinining yaratilishi va tarqalishi ham 
uning yuksak madaniyatining vujudga kelishiga 
shunchalik hissa qo’shdi.   
Quldorlik tuzumiga nisbatan feodal jamiyatining 
progressivligi – bu qulchilikka nisbatan unumlirok 
bo’lgan mayda dehqon xo’jaligining paydo 
bo’lishidir. Chunki yersiz va o’z mehnatidan 
manfaatdor bo’lmagan quldan farq qilgan holda 
dehqon o’z yeriga ega bo’lib, mustaqil xo’jalik 
yuritar hamda qishloq xo’jalik ekinlari 
mahsuldorligini oshirishdan manfaatdor edi.

Ilk o’rta asrlardayoq qishloq xo’jaligida mehnat 
unumdorligini oshirish va savdoning taraqqiyoti 
hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib 
chiqishiga, bu esa o’z navbatida hunarmandchilik 
va savdo-sotiq markazlari bo’lgan yangi-yangi 
shaharlarning vujudga kelishiga olib keldi.

Lekin, shunday bo’lsada, odamlarning qadimdagi 
kabi o’rta asrlarda ham tabiatning mudhish 
kuchlari: zilzila, toshqin, qirg’okchilik va 
epidemiyalar oldida ojizligi, fan va texnika 
taraqqiyotining pastligi, ularni sarosimaga solardi. 
Insoniyat tarixida hyech bir jamiyatda feodallarning 
huquqlari cheksiz xudbinlik darajasiga ko’tarilgani 
kabi jamiyat bo’lmagan hyech qachon mavjud 
tartiblar va qonunlarning feodalizmdagi kabi faqat 
zaif mehnatkashlar tomonidan bajarilishi talab 
qilingan jamiyatni uchratmaymiz.   
Shuning uchun ham dehqonlarning feodallar jabr-
zulmidan qutulib bo’lmaydi degan; tortayotgan azob-
uqubatning chek-chegarasi yo’q degan tasavvurlarga 
kelishi xrestian cherkovini obro’sini ko’tarib yubordi. 
Xudoga bo’lgan ishonch har qanday ilmiy qarashlarning 
cherkov tomonidan qattiq nazorat ostiga olinishiga olib 
keldi. Cherkov xalqning nodonligi va jaxolatligidan 
foydalanib, boylik ortirar va mavjud feodal tuzumni 
mustahkamlashdan manfaatdor edi. Papalar (yunoncha –
papes – ota) indulgensiya (lotincha – avf etish) qog’ozi 
sotishdan g’oyat katta daromad topardi. Cherkov xudo 
barcha odamlarni uch toifaga bo’lgan deb jar solardi:

1-toifadagi «ruhoniylar» – hamma uchun ibodat qilmog’i 
lozim;

2-toifaga «feodallar» urush qilmog’i;   

3-toifaga «dehqonlar va hunarmandlar» kirib, ular hamma 
uchun mehnat qilmog’i kerak deb uqtirilardi.

Xristian axloqi aholini itoatkorlik va sabr toqatli bo’lish 
ruhida tarbiyalashga, feodal tartiblarga qarshi har qanday 
fikrni bo’g’ib tashlashga majbur edi. Cherkov ta’limotiga 
qarshi chiquvchilarni ruhoniylar yeritik (bid’ftchi) deb 
atardi.

Papa yeretiklarga qarshi kurashish uchun XIII asrda maxsus 
cherkov sudiinkvizisiyani (lotincha – tergov) tashkil etdi. 
Yeretik deb topilgan kishilar gulxanda yoqilardi. Natijada 
cherkov ta’limotiga zid fikrdagi kishilar, hatto ilm-fan 
sohasidagi bir qator olimu kashfiyotchilar jazolanardi.   
G’arbiy Yevropada xristian cherkovi tepasida Rim papasi, 
turardi. Uning qarorgohi Vatikan shahri edi. Yirik viloyatlarda 
cherkovni yepiskoplar va arxiyepiskoplar boshqargan. 
Monastirlar boshqaruvchisi-abbatlar (ota) deb atalgan. Tarki 
dunyo qilgan kishilar-monaxlar (yunoncha – yolgiz) 
monastirlarda yashaganlar. Barcha cherkov xodimlari 
ruxoniylar tabaqasini tashkil etgan. 

Eramizning 354-430 yillarda yashagan, cherkov otast deb 
nom olgan Yepiskop Avreliy Avgustin cherkovning tashkiliy 
strukturasini va dogmatikasini tuzadi. Avreliy Avgustin-
neoplatonizm tarafdori edi. Uning fikricha butun olam 
katolik cherkovi tomonidan boshqarilishi kerak, ya’ni 
cherkov koshida (vechnaya merovaya bojya derjova) abadiy 
butun olam cherkov hukmronligi o’rnatilishi kerak. Shu bilan 
birga Avgustik xususiy mulk va ijtimoiy tengsizlikni 
himoyalab chiqdi.

III  asrlarda Rim yepiskopligi zaminida shaklana boshlagan IY 
asrlarda papa unvoni olgan cherkov boshlig’ining ta’siri 
G’arbiy Yevropa mamlakatlarida yanada kuchaya bordi. Papa 
turli mamlakatlarining oliy ruhoniylardan iborot kardinallar 
kengashida ko’pchilik ovoz bilan umrbod saylanadigan 
bo’ldi. Shu bilan birga XI asrda feodalizmning diniy falsafasi 
sifatida sxolastika vujudga keldi. Uning vazifasi o’rta 
asrlardagi ijtimoiy tengsizlikni, cherkov dogmatikasini iborat 
edi. Yirik sxolast filosof va teologlardan biri Anselm 
Kenterberskiy (1033-1109) edi. Anselm cherkov mustaqilligi 
mustahkamlash tarordarlaridan edi. U har qanday ilmiy 
bilim ishonchining asosi bo’lishi mumkin (?) deb hisoblardi. 
U xudoning borligini isbotlashga harakat qiladi.   
Bu davr faylasuflardan Parijdagi monastir maktabining 
o’qituvchisi faylasuf va yozuvchi Pyer Abelyarni (1079-1142) aytib 
o’tmaslik mumkin emas. Abelyar o’zining traktatlariga asos qilib 
qo’yidagi tezisni qo’ydi: "Ponimat, chtob ы  verit", "Ishonish 
uchun tushunish" boshqacha qilib aytganda Abelyar u 
ishonadigan hamma narsa oldindan tushunarli bo’lishi kerak deb 
hisoblardi. Bunday talqin o’sha davrda yeretiklikka teng edi M: 
ikkinchi salb qarashi targ’ibotchilaridan biri Bernard Kirvosskiy 
Abelyarni "antixrist va shayton"deb atagan edi.

XII - XIII asrlarda Aristotelning asarlari lotin tiliga tarjima qilindi. 
Bu esa ortadoksal katolik doktrinalarining Arastu qarashlarini bir 
qanchasini xristian ta’limotiga moslashlariga urinishiga olib keldi.

Ana shunday sxolast-faylasuflardan biri Foma Akvinskiy (1225-
1274) bo’lib, u o’sha davrda keng tarqalgan sxolastik tizimni 
yaratdi. Bu tizim o’rta asrlar ideologiyasida xukmron bo’lgan 
o’ziga xos ensiklopediya bo’ldi.

Foma Akvinskiy o’z asarlarida nafaqat teologik, diniy 
muammolarni, balki huquq, ahloq, davlat, iqtisod va tabiiy fanlar 
masalalarini ham yoritdi.

Sxolastik olimlardan farq qilib - Fan tarixiga ilg’or fikrlovchi bo’lib 
kirgan olim Angliyalik fransiskan monaxi faylasuf va tabiatshunos 
Rodjer Bekon (1214-1232) hisoblanadi. U cherkov va feodal 
sxolastikani tanqid qilib chiqdi. R.Bekon cherkovga yolg’onchilar 
kirib olgan chunki ruhoniylar boy-badavlat yashashadi va shuning 
o’zi ular ta’limotiga ziddir deb aytadi. U utopik davlat loyihasini 
ishlab chiqadi. Bunda oliy hokimiyat xalq majlisi tomonidan 
boshqarilishi kerak. R.Bekon tabiiy fanlar bilan shug’ullanib, 
matematika, astronomiya, fizika va kimyo sohasida fa’oliyat 
ko’rsatdi.   XI - XY asrlarda G’arbiy Yevropada shaharlarning o’sishi va 
markazlashgan davlatlarning vujudga kelishi ilm-fan, maktab va 
madaniyatning rivojlanishiga turtki berdi. Shaharlar va savdo-sotiqning 
rivojlanishi bilan shuningdek salb yurishlari vaqtida yevropaliklarning 
dunyo xaqidagi tasavvurlari kengaydi. XIII- asrda venesiyalik 
savdogar va sayyoh Marko Polo 25 yil davomida Uzoq Sharq 
mamlakatlarida bo’lib, bu mamlakatlar haqida qimmatli ma’lumotlar 
to’pladi. Italiyaga qaytgach, Osiyodagi davlatlar va xalqlar hayoti va 
urf-odatlari haqida hikoya qiluvchi kitoblar yozdi.
Markazlashgan davlat boshqaruvi bilimli kishilar ko’proq bo’lishini 
talab qilardi. Qirollarga savodli, ma’lumotli amaldorlar va sudyalar 
kerak edi. Natijada shaharlarda cherkovga qarashli bo’lmagan xususiy 
kishilar yoki shahar kengashi tomonidan ochiladigan maktablar 
vujudga kela boshladi.  
XII asrda Yevropada dastlabki Oliy maktablar - universitetlar vujudga 
keldi. 1160 yilda Parij universiteti tashkil topdi. Taxminan o’sha 
davrlarda Italiyadagi Bolonye universiteti vujudga keldi. 1167 yilda 
Angliyada Oksford universiteti tashkil topdi. Bu yerda R.Bekon ham 
o’qituvchi bo’lib ishlardi. 1209 yilda Kembridj 1222 yilda Paduan, 
1224 yilda Neopol, 1347 yilda Praga va 1364 yilda Polshadagi Krakov 
universitetlari paydo bo’ldi. XV asrlarga kelib Yevropada 
universitetlarning soni 65 taga yetdi. Dastlab mashhur o’qituvchilar 
bo’lgan shaharlarda vujudga kelgan bu universitetlarda darslar lotin 
tilida olib borilardi, shuning uchun bu universitetlarda turli mamlakat 
vakillari o’qiy olardi. Universitetlarda dastlab ilohiyot fanlari 
o’qitilsada, biroq o’qitish jarayoni ilgarigiga nisbatan mutloqo farq 
qilib, sistemali ravishda olib borilardi. Talabalar shuningdek huquq, 
tibbiyot, matematika, astronomiya, fizika, gramatika, falsafa va boshqa 
fanlar o’qitilardi.   
Oder, Visla, Dnestr va Pripyat daryolarining yuqori 
oqimi va so’ngra sharqqa tomon Dnepr bilan 
Desnagacha bo’lgan keng maydonlarda qadimgi 
slavyanlarning avlod-ajdodlari ya’ni praslavyanlar 
yashaganlar. IX- asrda ana shu sharqiy slavyanlarning 
ya’ni uch qardosh xalq rus, ukrain va beloruslarning 
umumiy davlati bo’lgan Rus feodal davlati qaror topdi. 
Sharqiy slavyanlar o’z poytaxtlarining nomi bilan bu 
davlatni Kiyev Rusi deb atashgan. Rus to’g’risida eng 
qadimgi yozma ma’lumotlar XII asr boshida Pechora 
monastirining monaxi Nestorning «Povest vremenn ы x 
let» «Muvaqqat yillar qissasi» nomli asarida uchraydi.  
Nestor ko’plab yunon va rus kitoblarini tahlil qilish 
asosida «Kak i otkuda poshla Russkaya zemlya» degan 
sarlavha bilan o’z asarini yozishni boshlagan. Uning 
fikricha «Rus davlatining poydevori VI asrlarda 
yashagan afsonaviy knyaz Kiy nomi bilan bog’liq bo’lib, 
u ehtimol Dnepr bo’yi qabilalari ittifoqining boshlig’i 
bo’lgan, lekin hali to’la ma’nodagi feodal podsho emas 
edi. Solnomachi Nestor VIII-IX asrlarda sharqiy 
slavyanlarning salkam 15 ta qabilaviy ittifoqlarini tilga 
oladi: polyanlar, severyanlar, volinlar va bujanlar, 
ulichlar va tverliklar, dregovichlar, radimichlar, 
vyatichlar, polochanlar, krivichlar, slovenlar va 
boshqalar.   
Shunday qilib rus yoki rus xalqlari to’g’risida dastlabki tarixiy 
ma’lumotlar milodiy VI asrlarga tegishli bo’lib, Rus xalqi fani 
va madaniyatini o’rganishda bizga rus knyazlari haqida 
yaratilgan bir qator dostonlar ham ma’lumot beradi. Kiyev 
Rusi feodal davlatining ilk knyazlaridan biri Oleg (882-912) 
hukmronligi davrida davlat hududi kengaytiriladi. Bu davrda 
dexqonchilik va chorvachilik rivojlanib, uch dalali almashlab 
ekish, yerga ishlov beruvchi qurollar takomillashadi. Oleg 
vafotidan keyin taxtga chiqqan Igor (912-945) hukmronligi 
davrida Kiyev Rusi yanada mustahkamlanadi va kengaytiriladi. 
Biroq u drevlyanlar tomonidan 945 yilda qayta o’lpon yig’ish 
paytida o’ldiriladi. Shundan uning beva xotini Olga davlatni 
boshqaradi. U birinchilardan bo’lib xristianlikni qabul qilgan. 
Igorning o’g’li Svyatoslav (964-972) hukmronligining asosiy 
qismi harbiy yurishlar bilan o’tdi. Svyatoslav qo’shini 972 yilda 
Vizantiya yurishidan qaytayotganida Dnepr ostonalarida 
ko’chib yurgan pecheneglar bilan to’qnashadi. Jangda rus 
qo’shinlari mag’lub bo’lib, Svyatoslav o’ldiriladi. Pecheneglar 
xoni uning bosh chanog’idan may ichish uchun tilla qoplangan 
qadah yasashni buyuradi. Shundan so’ng taxtga Vladimir 
Svyatoslavich (980-1015) chiqadi. Uning asosiy xizmati 
birinchidan barcha sharqiy slavyanlarni Kiyev Rusi qo’l ostiga 
birlashtirish, ko’chmanchilarga qarshi mamlakatning mudofaa 
qudratini oshirishi bo’lsa, ikkinchidan 988 yilda Rusda xristian 
dinini joriy etishi edi. Buning natijasida Vizantiya yozuvi va 
san’atining Rusga kirib kelishiga keng imkon yaratildi.   
IX- asrda (855 yilda) aka-uka Kirill va Mefodiylar slavyanlar 
uchun maxsus alefbo ixtiro qilishadi. U slavyan tilining 
murakkab tovushlariga moslashtirilgan edi. Endi rus kishilari 
savdo shartnomalari yoza boshlaganlar, solnomalar, qonunlar 
majmualarini tuzadigan va yunon tilidan kitoblar tarjima 
qiladigan bo’ldilar.

Yaroslav Mudriy (1019- 1054) hukmronligi davrida Rusda 
maorifga davlat darajasida e’tibor berilib, kitoblar tarjima 
qilinadi, kutubxonalar yaratiladi, cherkov va monastirlar 
quriladi. Hozirgacha saqlanib qolgan Kiyevdagi oltin darvoza va 
Sofiya ibodatxonasi Yaroslav davriga oid bo’lib, ular rus 
madaniyatining yuksak saviyasidan dalolat beradi. Knyaz 
Yaroslav Novgorodda tartiblar to’g’risida qonun  yaratib, bu  
fanga «Yaroslav sudi» nomi bilan kirgan.

Dono Yarosdav vafotidan keyin uning vorislari o’rtasida 
boshlanib ketgan o’zaro urushlar keltirgan xonavayronliklar 
ustiga qurg’oqchilik tufayli kelib chiqqan ocharchilik va 
sharqdan  Rusga bostirib kirgan yangi ko’chmanchilar- 
kipchoqlarning dahshatli bosqini natijasida rus fani va 
madaniyati biroz tushkunlikka uchradi. O’zaro feodal tarqoqlik 
urushlari va xalq qo’zg’olonlarining kuchayishi knyazlar va 
hukmron sinf manfaatlari himoya qiluvchi qo’shimcha qonunlar 
joriy etish zaruratini tug’dirdi. 1072 yilda aka-uka Yaroslavichlar 
Kiyevda yangi knyaz qonuni – «Russkaya Pravda»ni tuzishdi.   
«Russkaya Pravda»ning moddalarida asosan knyaz va uning 
ma’murlari manfaatlari himoya qilindi. M: uning 20-chidan 
to 24-chigacha bo’lgan moddalarida knyaz boshqaruvchisini 
o’ldirgan kishi yoki jasad topilgan yerdagi butun jamoa katta 
jarima ( 80 ho’kiz yoki 400 qo’y qimmatiga teng) to’lagan. 
Bunday jarima butun qishloqni xonavayron qilgan yoki 
dehqonlarni knyazga qaram qilib qo’ygan. Aksincha oddiy 
dehqon (smerd yoki qarol) o’ldirilsa, knyaz ma’murinikiga 
nisbatan 16 barobar kam jarima to’langan.

Dono  Yaroslavning nabirasi Vladimir Monomax (1113-
1125) «Russkaya Pravda» qonunlariga jiddiy o’zgartirishlar 
kiritib, sudxo’rlardan qarz olib ko’pincha qaram bo’lib 
qoladigan mayda shahar aholisi manfaatlarini himoyalab 
chiqadi. Bu qonun «Monomax ustavi» deb yuritildi. XI- 
asrning oxirlarida Vladimir Monomaxning singlisi Kiyevda 
qizlar uchun maktab ochadi.   Biroq XI- asr oxirlarida 
knyazlar bilan yirik feodallar o’rtasida hokimiyat uchun 
o’zaro kurash kuchayib Rusning kuch-qudrati va birligiga  
putur yeta boshlaydi. Yaroslav Mudriy va uning nabirasi 
Vladimir Monomaxlar Rusning nisbatan birligiga erishgan 
so’nggi buyuk knyazlar edi. Yaroslavning o’g’illari 
hukmronligi zamonidayoq boshlanib ketgan feodal tarqoqlik 
Kiyev feodal markazlashgan davlatining 1132 yilda 10 dan 
ortiq mayda knyazliklarga bo’linib ketishiga olib  keldi.   
Shunday qilib ilk feodal davlat bo’lgan Kiyev Rusi 
300 yilcha (IX asrdan – XII asrgacha) hukmronlik 
qilib, sharqiy slavyan qabilalarini birlashtirdi va 
ularning fani va madaniyati rivojiga turtki berdi. 
Dastlab slavyan xalqlarining tuyg’ulari ularning 
qahromonlik-epik dostonlarida (Ilya Muromes, 
Mikula Selyaninovich.) namoyon bo’ldi. So’ngra X 
asr boshlarida Rusda yozuvning rasm bo’lishi rus 
fani va madaniyatining rivojlanishiga 
ko’maklashdi.

XI asr o’rtalaridan Rusda yunoncha va bolgarcha 
qo’lyozma tarjima asarlar: «Purhikmat», 
«To’plam» kabilar tarqaldi. XI asrning oxiri – XII 
asr boshlarida dastlabki original ruscha asarlar 
paydo bo’ladi. Bular orasida Nestor qalamiga 
mansub «O’tmish yillar qissasi», «Knyazlar Boris 
bilan Gleb to’g’risidagi saboqlar», «Feodosiy 
Pecherskiy hayoti» va boshqalar bor.

Qadimgi Rus adabiyotining eng salmoqli 
asarlaridan biri bu 1185 yilda noma’lum avtor 
tomonidan yozilgan «Igor polki jangnomasi»dir. 
«Jangnoma»da knyaz Igorning qipchoqlarga 
qarshi hamlasi va qipchoq xoni Konchakning uni 
tor-mor etishi bayon etilib, unda rus knyazlarining 
birlashishiga da’vat etiladi.   
  XII-XIII asrlarda Rusda katta-kichik 
shaxarlar vujudga kelib, binokorlik va 
me’morchilik yanada rivojlanadi. 
Poytaxt shaharlarning  jadal qo’rilishi  
va  ularning  bezaklari  rus  
me’morlari  ijodini yuksaltirdi. M: 
Bogolyubovadagi Andrey  qasri, 
Pokrov cherkovi (XII a.), Vladimirdagi 
Uspenskiy  va Dmitriyevskiy soborlari 
(XII a.), Pereyaslavldagi Spassk 
sobori, Novgoroddagi Spas-Neredisa 
cherkovi bunga misol bo’la oladi. 

     XV asrda mug’ul-tatar zulmidan 
ozod bo’lgan Rus yerlarining 
markazlashuvi jarayoni bo’lib o’tadi. 
Tverlik savdogar Afanasiy Nikitin (--
1472 yilda o’lgan) 1466-1472 yillarda 
Fors va Hind o’lkalariga sayohat qilib, 
qaytishda Afrika soxillaridagi Somali, 
Arabiston va Turkiya orqali sayoxat 
qiladi. Uning «Uch dengiz osha 
sayohat» asari tarixiy-adabiy-
geografik xarakterga ega bo’lib, rus 
fanining rivojiga katta hissa qo’shadi.    
  Kavkaz xalqlari: 

Kavkazliklar  qadimdan 
yuksak madaniyat 
arboblari yetishib 
chiqqan xalqlardan 
biridir. IV-V asrlarda 
Armaniston, Ozarbayjon 
va Gruziyada ham 
o’zlarining mahalliy 
yozuvlari vujudga keladi. 
Milodiy I-ming yillikning 
o’rtalarida Kavkaz 
xalqlari Eron, Vizantiya, 
Saljuqiylar, Arab xalifaligi, 
so’ngra Temuriylar va 
Usmonli Turklar 
davlatlari bilan to’xtovsiz 
urushlar olib borishga 
majbur bulganlar.   
VIII asrda Ozarbayjon hududiga islom dini 
kirib keladi. XII-XIII asrlarda esa mamlakatda 
hunarmandchilik va savdoning keng  
rivojlanishi ilm-fan taraqqiyotiga ham turtki 
beradi. Bu davrda Ozarbayjonning yirik 
faylasufi va shoiri Ilyos Yusuf o’g’li Nizomiy 
Ganjaviy (1141-1203) hisoblanadi. Uning besh 
ajoyib dostondan iborat «Xamsa»si (Panj 
Ganji) Sharq xalqlari adabiyotida yangi bir 
bosqich bo’ldi. U 1141 yilda Ozarbayjonning 
Ganja shahrida tug’iladi. Ganja shahri IX asr 
o’rtalarida vujudga kelib, bu shahar XI-XII 
asrlarda yirik siyosiy, iqtisodiy va madaniy 
markaz bo’lib, Arron davlatining poytaxti edi. 
Nizomiy yoshligidan ilm- fanga berilib, arab va 
fors tillarini mukammal o’rganadi. U falsafa, 
mantiq, tarix, tilshunoslik, astranomiya va 
boshqa fanlar bilan shug’ullangan. Nizomiy 
ulug’ lirik va epik shoir bo’lib, uning besh 
dostoni ya’ni «Maxzan ul-asror» (Sirlar 
xazinasi), «Xisrav va Shirin», «Layli va 
Majnun», «Xaft paykar» (Yetti go’zal) va 
«Iskandarnoma» asarlari uning vafotidan 
keyin bir kitob qilib to’plandi va «Panj Ganj» 
(«Besh xazina») – «Xamsa» (Beshlik) nomi 
shuxrat qozondi.   XIII-XV asrlarda Ozarbayjonda tabiiy fanlar, tibbiyot va me’morchilik 
sohasida ko’plab taniqli olimlar yetishib chiqadi. Bular orasida 
shoirlardan Zulfiqor Shirvoniy, Avhidiy Marog’oiy, Izzaddin Gasan-
og’li, shuningdek Marog’a rasadxonasining asoschisi Nasriddin 
Tusiy va boshqalar bor edi. XV asrga oid Bakudagi Shirvonshohlar 
saroyi va Tabrizdagi Moviy machit binolari Ozarbayjonda 
me’morchilikning ham yuksak darajada rivojlanganligidan dalolat 
beradi. Hozirgi Armaniston ham qadimgi sivilizasiya markazlaridan 
biri hisoblanadi. 1968 yilda Yerevan shahrining 2750 yilligi 
nishonlangan edi. Arman xalqi ham yuqorida  aytgan bosqinchi 
davlatlar bilan tinimsiz urushlar olib borganlar.
Armanistonda IV asrdayoq xristian dini asosiy dinga aylanadi. 
Arman xalqining fani va madaniyati tarixida V asr boshlarida arman 
alefbosining joriy etilishi muhim vokea bo’ldi. Bunda ma’rifatchi 
olim Mesrop Mashtosu (361-440)ning  xizmati kattadir.V asrda 
qadimgi arman adabiy tilining asoschisi faylasuf va yozuvchi Yeznik 
Koxbesi yashagan. V-VI asrning birinchi yarmida yashagan faylasuf 
David Anaxt Afina va Aleksandriyada bilim olib, Aflotun, Arastu va 
Pifagor asarlarini o’rganishi natijasida  idealist faylasuf bo’lib 
yetishadi. Uning fikricha «hamma narsa xudo tomonidan 
yaratilgan». Biroq u «tashqi dunyo obektlari, jism va hodisalar real 
mavjud, ularni bilish mumkin» degan materialistik g’oyani ham 
ilgari suradi. David Anaxtning asarlari orasida asosiysi bo’lgan 
«Opredeleniye filosofii» nomli asari o’z mohiyatiga ko’ra dunyoviy 
va rasional asar hisoblanadi.   
Yana bir arman olimi Ananiya Shirakasi VII asrda 
arifmetikadan «Masalalar va yechimlar» deb 
atalgan maktab darsligini tuzadi. Arab xalifaligiga 
qarshi kurash jarayonida armanlarning «Sasunsi 
Davud» (David Sasunskiy) nomli eposi saqlanib 
qolgan. Unda tog’li Sasun rayonining xalqi Ovnan 
Xutesi boshchiligida arablarni tor-mor etgan va 
Mush shahrini ozod qilgan. Sasunlik Davud—
yig’ma obraz bo’lib, u arman xalqini birlikka 
da’vat etgan.

Qadimgi arman faylasuf-tabiatshunosi, shoir va 
bogoslov Ovanes Imastater (tax. 1045-1129) bir 
qator antik va o’rta asrlar davri olimlarining 
asarlarini, jumladan Arastu va Yevklid asarlarini 
arman tiliga tarjima qilishda katta xizmat 
ko’rsatgan. Shu bilan birga u o’sha paytda  
Armanistonnning poytaxti bo’lgan Ani shahridagi 
oliy maktabning asoschisi edi. Armanistonda 
tibbiyot ham yuksak darajada rivojlanib, 
tabiblardan Grigor Magistr (X-XI a.), Mxitar 
Gerasi (XII a.) va Amirdovlat Amasiasi (XV a.)lar 
mashxur tabiblar edi.   
Arman donishmandi Mxitar Gosh 
(tax. 1133-1213y.y.)ning «Sudebnik» 
nomli asari asosan arman qonunlar 
to’plamini o’zida aks ettirgan 
asarlardan hisoblanadi. Faylasuf 
Ovanes Vorotnesi (1315-1386y.) 
Arastuning izdoshi bo’lib, pedagog, 
siyosatchi va cherkov xodimi edi. U « 
real olam, holbuki u xudo tomonidan 
yaratilgan bo’lsada, o’z qonunlari 
bilan mavjud. Insonning olam 
to’g’risidagi  nuqtai-nazari hoh u 
to’g’ri bulsin hoh noto’g’ri faqat real 
hayotda tekshiriladi va o’rnatiladi». 
Ovanesning shogirdlaridan biri 
Grigor Tatevasi (1346-1409) ham 
pedagog, faylasuf va cherkov xodimi 
edi. U ham xudoning mavjudligini 
ustozi kabi inkor etmasada, biroq 
olam uzliksiz taraqqiyotda va 
harakatda degan materialistik 
dunyoqarashni ilgari suradi.   
Arman me’morlari va binokorlari ham ajoyib inshootlar qurganlar.M: 
Echmiadzinedagi Ripsime cherkovi (VII a.), Tignis qo’rg’oni (IX-Xaa.), 
Xskonkedagi Sarkisa cherkovi (XI a.), Sanain monast ы ri (X-XIII aa.), 
Georgiy va Mugni cherkovlari (XVIIa.).

Gruziya hududida ham eng qadimgi davrlardan fan va texnika yuksak 
darajada rivojlangan. Gruzinlar ham boshqa kavkaz xalqlari kabi chet 
bosqinchilari bilan (kimmeriylar, skiflar, Rim imperiyasi va Fors, Arab 
xalifaligi va Vizantiya, mug’ullar va Temur hamda Usmonli turklar.) 
tinimsiz urushlar olib borganlar. IV asrlardan Gruziyada xristianlik qaror 
topa boshlaydi. Arablar quvilgandan keyin Kavkazdagi feodal davlatlar 
Gruziya atrofida birlashadi. XII asrda mamlakatni birlashtirishga katta 
hissa qo’shgan podsholardan biri bu Dovud Binokor hisoblanadi. Uning 
davrida yangi shaharlar quriladi, sud mukammallashtiriladi va 
feodallarning o’zboshimchaligini cheklash uchun ko’p sonli otliq 
qo’shin tuziladi. XII asrning oxirlarida Dovud Binokorning evarasi 
malika Tamarada ham Gruziya davlati ancha qudratga erishadi, bu esa 
fan va san’atning hamda me’morchilikning gullab yashnashiga olib 
keladi. Bu davrda Gelati shahridagi monastirda akademiya—oliy 
maktab barpo qilinadi. Unda ham diniy ham dunyoviy fanlar o’qitilib, 
falsafa, matematika, huquqshunoslikka oid ilmiy asarlar yozilardi.

Feodal jamiyatining shakllanishi va xristianlikning rasmiy dinga 
aylanishi Gruziyada o’rta asrlarning o’ziga xos dunyoqarashi bo’lgan – 
sxolastikaning vujudga kelishiga olib keladi. Ammo sxolastikaga qarshi 
bo’lgan, qadimgi yunon faylasuf-tabiatshunoslari asarlarini o’rganuvchi 
va targ’ib qiluvchi olimlar ham bo’lib, ulardan biri Ioane Petrisi 
(tax.1055-1130yy.) edi. U Vizantiyada ta’lim olib, Arastu, Prokl Diadox 
va boshqa asarlarni gruzin tiliga tarjima qilgan. Bagrationlar 
sulolasining vakilasi podsho Tamara saroyida alohida obro’ga ega 
bo’lgan ajoyib gruzin shoiri Shota Rustavili (XII a.)  bo’lib, uning hayoti 
haqida juda kam ma’lumot saqlangan.   
                    FOYDALANILGAN               

              ADABIYOTLAR

  SHuhrat Ergashev: “Jahon tarixi”

Salimov.T.U: “Jahon tarixi”

Maqolalar

Nizmiy Ganjaviy: “Xamsa”

O’rta asrlarda g’arbiy Yevropa, Rossiya va Kavkaz xalqlari fani

REJA 1. O’rta asrlarda fan. 2. G’arb mamlakatlari fani. 3. Rossiya va Kavkaz xalqlari fani kjh

 Tarixshunoslik ilmida O’rta asrlar tarixi uzoq davrni, eramizning V asridan, ya’ni quldorlik imperiyasining qulashidan to XVII asrning 40-yillarida boshlangan ingliz- burjua revolyusiyasigacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib, uni dunyo xalqlarining deyarli hammasi o’z boshidan kechirganlar. 1200 yildan ko’prok davrni o’z ichiga olgan feodalizm davri Angliya va Fransiyada G’arbiy Rim imperiyasining yemirilishi bilanoq boshlanib, Angliyada XVII asrgacha Fransiyada XVIII asrgacha davom etgan bo’lsa, Rossiyada feodalizm keyinroq, ya’ni IX asrdan boshlanib, to 1861 yil krepostnoy huquqining bekor qilinishigacha davom etdi. O’rta Osiyoda esa V-VI asrlardan to XX asrning boshlarigacha davom etdi.  Ma’lumki, qadimgi dunyo quldorlik jamiyati, qadimgi dunyo sivilizaasiyasi Sharq dunyosida vujudga kelib, Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy mamlakatlarida o’zining yuksak taraqqiyotiga erishgan. Shundan so’ng sivilizasiya markazi asta-sekin G’arb dunyosiga kuchdi.  G’arb mamlakatlari feodal jamiyati, davlatchiligi hamda madaniyatida xristian dinining hukmron dinga aylanishi qanchalik ahamiyat kasb etsa, bu davrlarda Sharq dunyosida Islom dinining yaratilishi va tarqalishi ham uning yuksak madaniyatining vujudga kelishiga shunchalik hissa qo’shdi.

 Quldorlik tuzumiga nisbatan feodal jamiyatining progressivligi – bu qulchilikka nisbatan unumlirok bo’lgan mayda dehqon xo’jaligining paydo bo’lishidir. Chunki yersiz va o’z mehnatidan manfaatdor bo’lmagan quldan farq qilgan holda dehqon o’z yeriga ega bo’lib, mustaqil xo’jalik yuritar hamda qishloq xo’jalik ekinlari mahsuldorligini oshirishdan manfaatdor edi.  Ilk o’rta asrlardayoq qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini oshirish va savdoning taraqqiyoti hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishiga, bu esa o’z navbatida hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlari bo’lgan yangi-yangi shaharlarning vujudga kelishiga olib keldi.  Lekin, shunday bo’lsada, odamlarning qadimdagi kabi o’rta asrlarda ham tabiatning mudhish kuchlari: zilzila, toshqin, qirg’okchilik va epidemiyalar oldida ojizligi, fan va texnika taraqqiyotining pastligi, ularni sarosimaga solardi. Insoniyat tarixida hyech bir jamiyatda feodallarning huquqlari cheksiz xudbinlik darajasiga ko’tarilgani kabi jamiyat bo’lmagan hyech qachon mavjud tartiblar va qonunlarning feodalizmdagi kabi faqat zaif mehnatkashlar tomonidan bajarilishi talab qilingan jamiyatni uchratmaymiz.

 Shuning uchun ham dehqonlarning feodallar jabr- zulmidan qutulib bo’lmaydi degan; tortayotgan azob- uqubatning chek-chegarasi yo’q degan tasavvurlarga kelishi xrestian cherkovini obro’sini ko’tarib yubordi. Xudoga bo’lgan ishonch har qanday ilmiy qarashlarning cherkov tomonidan qattiq nazorat ostiga olinishiga olib keldi. Cherkov xalqning nodonligi va jaxolatligidan foydalanib, boylik ortirar va mavjud feodal tuzumni mustahkamlashdan manfaatdor edi. Papalar (yunoncha – papes – ota) indulgensiya (lotincha – avf etish) qog’ozi sotishdan g’oyat katta daromad topardi. Cherkov xudo barcha odamlarni uch toifaga bo’lgan deb jar solardi:  1-toifadagi «ruhoniylar» – hamma uchun ibodat qilmog’i lozim;  2-toifaga «feodallar» urush qilmog’i;  3-toifaga «dehqonlar va hunarmandlar» kirib, ular hamma uchun mehnat qilmog’i kerak deb uqtirilardi.  Xristian axloqi aholini itoatkorlik va sabr toqatli bo’lish ruhida tarbiyalashga, feodal tartiblarga qarshi har qanday fikrni bo’g’ib tashlashga majbur edi. Cherkov ta’limotiga qarshi chiquvchilarni ruhoniylar yeritik (bid’ftchi) deb atardi.  Papa yeretiklarga qarshi kurashish uchun XIII asrda maxsus cherkov sudiinkvizisiyani (lotincha – tergov) tashkil etdi. Yeretik deb topilgan kishilar gulxanda yoqilardi. Natijada cherkov ta’limotiga zid fikrdagi kishilar, hatto ilm-fan sohasidagi bir qator olimu kashfiyotchilar jazolanardi.