logo

O'rta Osiyo xonliklari tarixi tarixshunosligi

Yuklangan vaqt:

09.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2086.7919921875 KB
          O'rta Osiyo xonliklari tarixi tarixshunosligi 
                                            
                                        REJA 
1. XVI-XVIIasrlarda siyosiy-iqtisodiy hayoti 
tarixshunosligi.
2. Buxoro xonligi tarixnavisligi.
3.  Qo'qon xonligi tarixnavisligi.
4. Xiva xonligi tarixnavisligi.
5. Foydalanilgan adabiyotlar. •
Abulg'ozi  Bahodixon  va  uning  «Shajarai  turk» 
asari.O'zbekiston  tarixi  Xorazm  tarixisiz  tasavvur  etib 
bo'lmaydi.  CHunki,  O'zbek  xalqi  hamda  uning 
davlatchiligi,  madaniyati  shakllangan  beshiklaridan  biri  - 
bu  qadimiy  Xorazm  vohasidir.Xorazmda  hukm  surgan 
Shayboniylar  sulolasi  (1512-1688)ning  ko`zga  ko'ringan 
vakili, Xiva xoni (1644-1663), tarixchi olim, tabib Abulg'ozi 
Bahodirxondir.  Taniqli  venger  olimi  H.Vamberi:  «Abulg 
oziy  o'z  hayotining  barcha  qirralari  bilan  birga  bizga 
Boburni  eslatadi»,  deb  baho  bergan  edi.  Agar  shoir  va 
olim  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  XV  asrda  eski  o`zbek-
chig'atoy  tilida  olamshumul  ahamiyatga  ega 
«Boburnoma»  asarini  yaratib,  o'zbek  xalqi  va  uning 
adabiy  tili  taraqqiyotiga  beqiyos  hissa  qo'shgan  bo'lsa, 
Abulg'ozi  XVII  asrda  turkiy  tilidagi  tarix  fanining  yorg’in 
yulduzi  bo'lib  qoldi.  Uning  bu  boradigan  xizmati 
markazlashgan davlat tuzish kabi buuykdir.  •
Bir  necha  tilni  mukammal  bilgan  Abulg'ozi  o'sha  davr  udumlariga  ko'ra  arab,  fors 
tillarida  emas,  turkiy  tilda  ijod  qildi.  «Bu  tarixni  yaxshi  va  yomon  barchalar  bilsun» 
deb  turkiy  til  birlan  aytdim.  Turkiyni  ham  andoq  aytubmanki,  bet  yoshar  o'g'lon 
tushunur».  Uning  ana  shunday  asarlaridan  biri  «<Shajarai  tarokima»,  deb  atalib,  bu 
asar  turkmonlarning  boshliqlari  va  beklari  iltimosiga  ko'ra  «<1658-  1611  yillarda 
yozilgan»,  deb  taxmin  qilinadi.  Abulg'oziyning  ikkinchi  asari  «Shajariy  turk  va 
mo'g'ul»  deb  atalib,  1664  yilda  yozila  boshlagan  va  vafoti  tufayli  tomomlanmay 
qolgan. Asar Abulg'ozining vasiyati va o'g'li Anushaxonning topshirig'i bilan Mahmud 
ibn Muhammad Urganjiy tomonidan tugallangan. Mazkur asar qisqacha muqaddima 
va  9  bobdan  iborat.  Asarning  so`nggi  IX  bobida  Xorazmda  hukm  surgan  S р ayboniy 
sulolalar  haqida  so'z  borib,  eng  qimmatli  qismini  tashkil  qiladi.  Asardagi  tarixiy-
siyosiy  ma'lumotlar  ichida  SHaybon  ulusi,  uning  vujudga  kelishi  va  chegaralari,  XV 
asming  oxiri  va  XVI  asming  boshlarida  bu  ulusning  holati,  Xorazmning  XVI-XVII 
asrning  birinchi    yarmidagi  ijtimoiy-siyosiy  ahvoli,  Xiva  xonligining  Russiya,  Qozoq 
hamda  Buxoro  xonliklari  bilan  munosabatlari  yoritilgan  o'rinlar  O'zbekiston  tarixi 
tarixshunosligining masala va muammolarini tadqiq qilishda juda qimmatlidir • “  AbdullaNoma”  ’’Sharafnomayi  shohiy”  asarida 
O’zbekiston,  Qozog'iston,  shuningdek,  qisman, 
Afg'oniston  va  Eronning  XVI  asrdagi  tarixi  ijtimoiy-
siyosiy jihatdan bayon qilinadi. Undan tashqari, asarda 
Buxoro  xonligi  bilan  Eron,  Hindiston,  Qoshg'ar  va 
Rossiya o'rtasidagi munosabatlar haqida ham qimmatli 
ma'lumotlar  bor.  Asar  XVI  asrning  80  yillari  oxirida 
yozib  tamomlangan.  Hofiz  Tanishning  zamondoshi 
shoir  va  adabiyotshunos  olim  Mutribiyning  guvohlik 
berishigaqaraganda,  asarning  oxirgi  qismini,  xonning 
topshirig'i bilan, qozi Payanda   Zomoniy (1602 yili vafot 
etgan) yozgan.
• Abdullaxon  soniy  zamonida  tarixshunoslik  sohasida 
ham  ko'zga  ko'rinarli  asarlar  yaratilib,  bunga  misol 
tariqasida  Buxoroda  yashab  ijod  qilgan  Hasanhoji 
Nisoriyning  «Muzakkiri  ahbob»  asarini  («Do'stlar 
yodnomasi»)  keltirib  o'tish  mumkin.  Bu  asarda  XVI 
asrda  Movarounnahrda,  shuningdek,  Afg'oniston, 
Hindiston,  Eron,  Turkiya  va  Qoshg'arda  yashab  o'tgan 
228  nafar  shoir  haqidagi  ma'lumotlar  jamlangan.  Ular 
orasida o'z asarlari bilan o'zbek va tojik adabiyoti  •
Mir  Muhammad  Amin  Buxoro  xonligining  1702-1716  yillar  orasidagi  ijtimoiy-siyosiy  va  madaniy 
hayoti  haqida  hikoya  qiluvchi  va  «Ubaydullanoma»  nomi  bilan  mashhur  bo'lgan  muhim  asar 
muallifidir.  Bu  asar  1617  yilda  yozilgan  va  muqaddima,  xotima  va  80  bobdan  iborat  Muqaddima 
qismida  Abdulazizxon  va  Subhonqulixon  davrida  Buxoro  xonligining  ijtimoiy-siyosiy  ahvoli  qisqa 
tarzda bayon qilingan. 1-80 boblarda, yuqorida aytilgandek Buxoro xonligining qariyb 15 yillik (1702-
1716  yy.)  ijtimoiy-siyosiy  tarixi  batafsil  yoritilgan.  Muallif  asarda  feodal  er  egaligi;  feodal 
ekspluataciya (ya'ni aholidan olinadigan soliq va jarimalar). Buxoro xonligining davlat tuzumi; feodal 
tarqoqlikning kuchayishi, mamlakat boshiga tushgan  iqtisodiy qiyinchiliklar  va uning sabablari kabi 
misollarga ham keng o'rin berilgan. Undan tashqari, asarda geografik va etnografik ma'lumotlar ham 
ko'p.  Ubaydullanoma  ning  10  dan  ortiq  qo'lyozma  nusxasi  mavjud.Abdurahmon  Davlat  «Tarixi 
Abulfayzxon»  nomli  tarixiy  asar  yozib  qoldirgan.  Mazkur  asar  hajmi  jihatidan  kichik  (161  varaq) 
bo'lib,  yuqorida  zikr  etilgan  Ubaydullanoma  ning  davomi  hisoblanadi  va  Buxoro  xonligining  1711-
1723 yillar orasidagi tarixini o'z ichiga oladi.
•
Mulla Ibodulla va Mulla Muhammad Sharif. XVIII asrlarning ikkinchi va XIX asming birinchiyarmida 
o'tgan  buxorolik  tarixchilar.  Ulaming  qalamiga  mansub  bo'lgan  «Tarixi  amir  Haydar 
asarlaridir””Amir  Haydar  tarixi»  kichik  asar  (96  varaq)  muhim  tarixiy  manbalar  asosida  yozilgan  va 
Buxoro  xonliginig  Ashtarxoniylar,  shuningde  asosan  Mang'itlar  sulolasi  bo'lgan  amir  Haydar 
hukumdori  (1800-1826  y)  davrida  ijtimoiy-siyosiy  tarixni  o'z  ichiga  olada.Asar  81  bobdan  iborat.  1-2 
bolar  Buxoro  shahri  tarixiga  bag'ishlangan:  3-6  boblar  Ashtarxoniylar  tarixi  qisqa  tarzda  bayon 
etilgan;  7-81  boblarda  esa  Buxoro  amirligining  amirzoda  Haydarning  tug'ilishidan  to  uning 
vafotigacha (1821 y. 6 oktyabr) bo'lgan tarixi hikoya qilinadi. •
Ivan  Xoxlov  elchiligi,  1620-1622  yillarda  rus  podshosi  Mixail 
Fyodorovich  Ruslano  Buxorogaboyon  Ivan  Danilovich  Xoxlov 
boshchiligida  elchilik  yuboradi.  U  1620  yildan  boshlab  diplomatik 
xarakterdagi  turli  xil  topshiriqlami  bajarib  kelardi.  U  Rossiya  bilan 
savdo  va  elchilik  aloqalarini  mustahkamlash,  rus  asirlarini  ozod 
qilish  to'g'risida  xon  bilan  olib  boriladigan  muzokaralar 
muvaffaqiyatini  ta'minlash,  shuningdek  Buxoroning  tashqi  siyosati 
ahvoli  to'g'risida  ma'lumotlar  to'plashi  kerak  edi.  Elchilikning 
moddama-  modda  ro'yxati  va  boshqa  hujjatlarda  ikkala  O'rta  Osiyo 
xonligi  -  Xiva  va  Buxoro  xonliklarining  XVII  asr  birinchi  choragidagi 
ichki  va  xalqaro  ahvoli  to'g'risida  eng  qimmatli  ma'lumotlar 
keltirilgan.
• Mir  Olim  Buxorly.  U  amir  Nasrullo  vaqtida  (1826-1860  yy.)  G'uzor 
hokimi  bo'lgan  Muhammad  Olimbekning  xizmatida  bo'lgan  va  uning 
topshirig'i  bilan  Fathnomayi  sultoniy»  (Sulton  zafarnomasi)  nomli 
tanxiy  asar  yozgan,Sulton  zafarnomasi  amir  Shohmurod  (1785-1800 
yy.)  davridan  to  amir  Nasrullo  hukmronligining  dastlabki 
yillarigacha  Buxoro  amirligida  bo'lib  o'tgan  voqealarni  o'z  ichiga 
oladi.  •
Florio Beneveni elchiligi. 1717 yil 17 iyulda Peterburgga Buxoro 
elchisi  Qulibek  o'z  hamrohlari  bilan  keladi.  U  Buxoroga 
qaytishida  Qulibek  bilan  birga  Florio  Beneveni  elchiligi 
yuboriladi.  Petr  I  ishonch  yorliqlarini  1718  yil  9  iyulda 
imzolaydi.  Elchilik  8  kishidan  iborat  bo'lib,  uni  xizmatkorlar  va 
harbiy  soqchilar  kuzatib  bordi.  F.Beneveni  elchiligi  Buxoroda 
jami  3,5  yil  (1721  6  noyabrda  1725  yil  8  aprelgacha)  turdi. 
Elchilik  xodimlari  boy  haqiqiy  material  to'plab,  uni  Sankt-
Peterburg ochiq xat va shifrlangan matntarzida junatib turdilar. 
XVII  asrda  turkiston  Xiva  xonligi,  Buxoro  xonligi,  Qo'qon 
xonligi,  O'rta  juz,  Kichiq  juz  hamda  Qashkariya  (Sharqiy 
Turkiston)  xonliklarini  bo'linib  ketgan  edi.  F.Beneveni  elchiligi 
Buxoroda  jami  3,5  yil  (1721  6  noyabrda  1725  yil  8  aprelgacha) 
turdi. Elchilik xodimlari boy haqiqiy material to'plab, uni Sankt-
Peterburg ochiq xat va shifrlangan matntarzida junatib turdilar. 
XVII  asrda  turkiston  Xiva  xonligi,  Buxoro  xonligi,  Qo'qon 
xonligi,  O'rta  juz,  Kichiq  juz  hamda  QashQariya  (Sharqiy 
Turkiston) xonliklarini bo'linib ketgan edi.  •
Ilk tarixiy asar qo`qonda 1237/1823 yilda bitildi. Muallifi - Mirzo Qalandar Isfaragiy. U 
Umarxon  (1810-1822)  saroyida  muarrix  va  shoir  Mushrif  nomi  bilan  ham  tanilgan. 
Asar  «Shohnomai  Umarxoniy»,  «<Shohnoma»>,  shuningdek,  <<Tarixi  amir 
Umarxoniy»>,  <<Shohnomai  Nusrat  payom»  kabi  bir  necha  nomlar  bilan 
atalgan.Mushrifning  mazkur  asari  «Umarnoma»>  manzumasining  nasriy  bayonidan 
iborat bo`lib, «<Umarnoma»>ning o`zi <<Fazliy» taxallusi bilan mashhur bo`lgan shoir 
Abdulkarim  Namangoniy  qalamiga  mansubdir.  Fazliyning  ushbu  asari  ham 
1237/1823  yilda  bitilgan.  Boshqacha  aytganda,  Fazliy  o'z  manzumasini  tugatgan 
zahotiyoq,  Umarxon  manzumaning  nasriy  bayonini  tayyorlash  uchun  Mushrifga 
ko`rsatma  bergan.  Sababimanzulga  tilining  og'ir  ekanligidan  bo'lsa  kerak.Qo'qon 
xonligida yaratilgan navbatdagi asar - «Muntaxob at-tavorix>dir. Muallifi Muhammad 
Haqimxonto'ra  bo'lib,  asar  1259-1843  yilda  yozilgan.  Bu  kitob  umumdunyo  tarixi 
bayon  etilgan  asarlar  sirasiga  kiradi,  undagi  voqealar  dunyoning  yaratilishidan 
boshlanib,  1845  yil  voqealariga  qadar  davom  etib  keladi.  Asarning  qurama 
(kompilyativ)  qismi  ko`plab  boshqa  kitoblarga  asoslanib  yozilgan  lavhalardan 
iborat.Qo`qon  xonligida  yaratilgan  tarix  asarlari  ichida  «Mirot  ul-futuh»,  «Tuhfat  at-
tavorixi xoni>>, <<Tarixi Shohruhiy» kabi asarlarni ham ko'rsatib o'tish mumkin. •
Niyoz Muhammad Qo'qandly. O'rta Osiyo xalqlarining turmushiga 
bag'ishlangan  ilmiy  va  o'lkashun  oslikka  bag'ishlanganturli  xil 
xabarlar  va  maqolalar  Turkistanski  e  vedomosti»  gazetasi 
(Toshkent  1870-1917  y.)  vaboshqa  mahalliy  matbuotda  muntazam 
bosilib  turdi.  Asarda  Qo'qon  xonligining  Buxoro,  Sharqiy 
Turkiston va boshqa nomlar bilan bo'lgan iqtisodiy, siyosiy hamda 
madaniy aloqalari haqida ham kimmatli ma'lum otlar bor.
•
Xonlik  vujudga  kelganidan  keyingi  ma'lumotlar  orasida  biz  uchun 
qimmatli  bo'lgan  manbalardan  biri  Muhammad  Solih  Toshkandiy 
(asl  nomi  Muhammad  Solih  domla  Rahim  Qoraxoja  o'g'li) 
qalamiga  mansub  "Tarixi  jadidayi  Toshkand"  ("Toshkent-  ning 
yangi  tarixi")  asaridir  Asar  ikki  jilddan  iborat  bo'lib,  1-jildi  qadim 
zamonlardan to XV asrgacha Sharq va O'rta Osiyo mamlakatlarida 
bo`lib  o`tgan  voqealar  haqida  ma'lumot  bersa,  2-jildida 
Farg'onaning,  shu  jumladan  Toshkent  shahrining  XV  asr  oxiridan 
XIX asrning 80- yillarigacha bo`lgan tarixi hikoya qilinadi  •
Tarixi  Shohruhiy"  1871-1872-(hijriy  1288-yil)-yillarda 
Xudoyor-  xonning  ko'rsatmasi  bilan  fors  tilida  yozilgan.   
Asarda  Qoʻqonxonlarining  ayrim  yurishlari,  xonlikning 
Buxoro,  Sharqiy  Turkiston  va  boshqa  mamlakatlar  bilan 
ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy  aloqasi  haqida  qimmatli 
ma'lumotlar  mavjud.  "Tarixi  Shoxruxiy"  asari  XVIII  asr 
boshlaridan  tortib  to  XIX  asming  70-yillarigacha  Qo`qon 
xonligida bo`lib o'tgan voqealarni o`z ichiga olgan.
•
Tarixi  Farg'ona"  asari  ham  Qo'qon  xonligi  tarixini  o'rga- 
nishda  muhim  ahamiyatga  ega  bo'lgan  manbalardan 
biridir. Asarda minglarning hokimiyat tepasiga kelishidan 
tortib,  to  xonlikning  Rossiya  imperiyasi  tomonidan  istilo 
qilinishigacha  bo'lgan  ulkan  davr  tasvirlab  berilgan.  Har 
bir  Qo'qon  xonlari  davrlari,  harbiy  yurishlar,  ijtimoiy-
siyosiy vaziyat, qo'zg'olonlar, rus bosqini, uning oqibatlari 
va  xonlikning  eng  katta  shaharlari  haqidagi  ma'lumotlar 
berilgan.   •
Umarxon  hukmronligi  davri  va  xonlikning  madaniy  hayoti  haqida  ma'lumot  beruvchi 
muhim  manba  -  bu  Dilshodi  Barno  qalamiga  mansub  "Tarixi  muhojiron”  nomli  asardir. 
"Tarixi muhojiron" tarixiy-epizodik xarakterdagi asar hisoblanadi. Muallif esdalik tarzida 
Umarxonning 1816-yilda O'ratepaga qilgan navbatdagi yurushini tasvirlaydi.
•
Qo'qon xonligining XIX asrdagi tarixini o'zida aks ettirgan muhim manbalardan yana biri 
toshkentlik  Abu  Ubaydullo  Muhammad  (taxallusi  Eshonxo'ja  Qori  Toshkandiy)ning 
"Xulosat  ul-ahvol"  ("Qisqa  tarjimayi  hol")  nomli  avtobiografik  asardir.  Muallif  o'z 
davrining  ijtimoiy  muhiti,  hukmron  tabaqalarning  xalqga  o'tkazgan  jabr-zulmi, 
amaldorlar  orasida  keng  tarqalgan  ta'magirlik  va  poraxo'rlik  singari  illatlarni  ishonarli 
tarzda  ko'rsatib  beradi.  "Xulosat  ul-ahvol"  1865-yilda  Toshkent  shahrining  mudofaasi  va 
uning rus qo'shinlari tomonidan zabt etilishi xususida ham muhim ma'lumotlar beradi.
•
Tojir  ismli  muallifdan  bizga  tugallanmagan  "Faroyib  ul-sipoh"  ("Lashkar  ajoyibotlari") 
nomli  asar  yetib  kelgan.  Bu  asar  Muhammad  Alixonning  hukmronlik  davri,  XIX  asarning 
40-yillarida  xonlikdagi  qabilaviy  nizolar  to'g'risida  ma'lumotlar  beradi.  Shuningdek, 
Imom  Ali  Qori  Qunduziy  (Kamiy)ning  "Tarixi  manzuma",  Abdulvose  Manzurning 
"Tazkirayi  sultoniy"  nomli  asarlari  ham  Qo'qon  xonligi  tarixiga  doir  muhim  manbalar 
qatoriga kiradi. •
An-nujum  at-tavorix"  nomli  asar  ham  Qo'qon  xonligi  tarixiga  oid  muhimmanbalar 
qatoriga  kiradi.  Muallif  asarda  o'z  ismini  yozib  qoldirmaganAn-nujum  at-
tavorix"da  Minglar  sulolasining  qisqa  tarixini  bayon  qilish  jarayonida  boshqa 
tarixiy  manbalarda  uchramaydigan  ba'zi  ma'lumotlar  keltiriladiBoshqa  tarixiy 
asarlardan  farqli  ravishda  Qo'qon  xoni  Olimxon  faoliyatiga  ijobiy  tarzda 
yondashiladi,  uning  faoliyati  davlatchilikni  mustahkamlashga  xizmat  qilganligi 
ta'kidlab  o'tiladi.  Nomlari  yuqorida  eslatib  o'tilgan  manbalardan  tashqari  Qoqon 
xonligi  tarixiga  oid  talay  boshqa  asarlar  mavjud  bo'lib,  ular  ham  xonlikning 
o'tmishini  yoritishda  yordam  beradi.  Bunday  asarlar  qatoriga  "Jangnomayi 
Xudoyorxoniy",  "Zafarnomayi  Xudoyorxoniy"  (birinch  asar  muallifi  Mulla  Shavqiy, 
ikkinchi  asar  muallifi  -  Mulla  Abdulg'ofur),  "Tarixi  Amir  Umarxoniy"  (Mirzo 
Qalandar  asari),  "Solnomayi  Abdulkarimiy"  (Muhammad  Rajab  Munshiy),  "Tarixi 
tazkirayi  xononi  Farg'ona",  "Afzal  at-tavorix"  (ikkita  so'nggi  asar,  M.Nabiyevning 
ta'kidlashicha  hozirga  qadar  topilmagan,  mualliflari  ham  ko'rsatilmagan). 
"Mufassal  tarixi  Farg'ona"  (Qozi  Otabek  asari).  "Tarixi  Farg'ona"  (Ibrat),  "Tarixi 
manzum"  (Imomali  Qunduziy  asari)  singari  yozma  manbalarni  kiritish  mumkin. 
Ularning  aksariyati  hozirgi  kunga  qadar  nashr  etilmagan  va  turli  kutubxonalarda 
qo'lyozma shaklida saqlanmoqda •
Xorazm  o'zining  an'anaviy  tarixnavislik  maktabiga  ega 
o'lkalardan biridir. Xiva xonligi tarixiga bag'ishlangan asarlarda 
bu  qadimiy  an  analar  bir  qadar  saqlanganligini  ko'ramiz. 
Abulg'ozixon asos solgan tarixnavislik maktabining an'analarini 
keyinchalik  Munis,  Ogahiy  va  Muhammad  UY  suf  Bayoniylar 
davom  ettirdilar.  Xorazm  adabiy  muhitining  xarakterli  tomoni 
shundakim,  bu  vohadayaratilgan  barcha  tarixiy-badiiy  asarlar 
o'zbek  tilida  bitilgan.  XIX  asr  boshlarida  Muhammad  Rahimxon 
buyrug'i  bilan  saroy  tarixchisi,  shoir  SHermuhammad  ibn  Amir 
Avazbiy  Mirobal-Munis  (1778-1829)  Xiva  xonligi  tarixiga 
bag'ishlangan  «<Firdavs  ul-iqbol»  asarini  yozdi.  O'zbek  tilida 
yozilgan bu asar «Iqbolnoma» nomi bilan ham mashhurdir. Xiva 
xonligining  XVIII-XIX  asr  tarixi  haqidagi  qimmatli  ma'lumotlar 
beruvchi  bu  asar  keyinchalik  Olloqulixon  topshirig'i  bilan 
Munisning  jiyani  Muhammad  Rizo  Ogahiy  tomonidan  davom 
ettirildi va Xiva xonligining to 1872 yilgacha, ya'ni rusistilochilik 
uyrishlariga qadar bo`lgan tarixi bayoni bilan to'ldirildi  • Ogahiy  tomonidan  yaratilgan  «Zubdat  ut-tavorix»,  «Riyoz 
ud-davla»,  «<Ogahiy  tomonidan  yaratilgan  «Zubdat  ut-
tavorix»,  «Riyoz  ud-davla»,  «<Jomi  ul-vaqeoti  sultoniy»  kabi 
tarixiy  asarlar ham Xorazm tarixnavislik maktabining nodir 
namunalaridir.Xiva  xonligining  tarixiga  bag'ishlangan 
asarlar  ichida  Muhammad  Yusuf  ibn  Bobojonbek  Bayoniy 
(1859-1923)ning  «Shajarai  Xorazshohiy»  asari  katta  o'rin 
tutadi.  Bu  asarda  Xorazm  vohasining  rus  armiyasi 
tomonidan  istilo  etilishi  haqida  qimmatli  ma`lumotlar  bor. 
Bayoniy  tomonidan  «Xorazm  tarixi»  asari  ham  yozilgan 
bo`lib,  afsuski,  u  to`laligicha  saqlanib  qolmagan.  Unda 
xonlikdagi  saroy  amaldorlari,  mashhur  kishilar  haqida 
ma'lumotlar,  ayniqsa  Xiva  xoni  Muhammad  Rahimxon  II 
(Feruz)ning shoh va shoir sifatidagi tavsifi o'ta aniqligi bilan 
ajralib  turadi  hamda  Xorazm  adabiy  muhiti  haqida  ham  bir 
muncha to'liq tasavvur beradi.  Foydalanilgan Adabiyot lar
•
1.Ibr ohimov A., Sult onov X . Jo' raev N. Vat an t uyg' usi», T., 1996. 
•
2.X er man Vamber i, «Bux or o yox ud Movaraunahr  tar ix i». T., 1990.3.
•
Hofiz Tanish Al-Bux or iy, Abdullanoma». T., 1996. 
•
4. Lun in B.V. «Istor iya Uzbek istana v ist ochnik ax ». T., 1984.
•
5.Ax medov B.A. «Tar ix  saboqlar i». T., 1994
•
.6 Ax medov B.A. «O' zbek iston x alqlar i tar ix i manbalar i». T., 1991.
• 8.  http://histor ia-site.nar od.r u
• 9.  ht tp://encyclopedia.com/ht ml/X /X -Tamer lan.asp
•
10.www.ziyonet .net

O'rta Osiyo xonliklari tarixi tarixshunosligi REJA 1. XVI-XVIIasrlarda siyosiy-iqtisodiy hayoti tarixshunosligi. 2. Buxoro xonligi tarixnavisligi. 3. Qo'qon xonligi tarixnavisligi. 4. Xiva xonligi tarixnavisligi. 5. Foydalanilgan adabiyotlar.

• Abulg'ozi Bahodixon va uning «Shajarai turk» asari.O'zbekiston tarixi Xorazm tarixisiz tasavvur etib bo'lmaydi. CHunki, O'zbek xalqi hamda uning davlatchiligi, madaniyati shakllangan beshiklaridan biri - bu qadimiy Xorazm vohasidir.Xorazmda hukm surgan Shayboniylar sulolasi (1512-1688)ning ko`zga ko'ringan vakili, Xiva xoni (1644-1663), tarixchi olim, tabib Abulg'ozi Bahodirxondir. Taniqli venger olimi H.Vamberi: «Abulg oziy o'z hayotining barcha qirralari bilan birga bizga Boburni eslatadi», deb baho bergan edi. Agar shoir va olim Zahiriddin Muhammad Bobur XV asrda eski o`zbek- chig'atoy tilida olamshumul ahamiyatga ega «Boburnoma» asarini yaratib, o'zbek xalqi va uning adabiy tili taraqqiyotiga beqiyos hissa qo'shgan bo'lsa, Abulg'ozi XVII asrda turkiy tilidagi tarix fanining yorg’in yulduzi bo'lib qoldi. Uning bu boradigan xizmati markazlashgan davlat tuzish kabi buuykdir.

• Bir necha tilni mukammal bilgan Abulg'ozi o'sha davr udumlariga ko'ra arab, fors tillarida emas, turkiy tilda ijod qildi. «Bu tarixni yaxshi va yomon barchalar bilsun» deb turkiy til birlan aytdim. Turkiyni ham andoq aytubmanki, bet yoshar o'g'lon tushunur». Uning ana shunday asarlaridan biri «<Shajarai tarokima», deb atalib, bu asar turkmonlarning boshliqlari va beklari iltimosiga ko'ra «<1658- 1611 yillarda yozilgan», deb taxmin qilinadi. Abulg'oziyning ikkinchi asari «Shajariy turk va mo'g'ul» deb atalib, 1664 yilda yozila boshlagan va vafoti tufayli tomomlanmay qolgan. Asar Abulg'ozining vasiyati va o'g'li Anushaxonning topshirig'i bilan Mahmud ibn Muhammad Urganjiy tomonidan tugallangan. Mazkur asar qisqacha muqaddima va 9 bobdan iborat. Asarning so`nggi IX bobida Xorazmda hukm surgan S р ayboniy sulolalar haqida so'z borib, eng qimmatli qismini tashkil qiladi. Asardagi tarixiy- siyosiy ma'lumotlar ichida SHaybon ulusi, uning vujudga kelishi va chegaralari, XV asming oxiri va XVI asming boshlarida bu ulusning holati, Xorazmning XVI-XVII asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, Xiva xonligining Russiya, Qozoq hamda Buxoro xonliklari bilan munosabatlari yoritilgan o'rinlar O'zbekiston tarixi tarixshunosligining masala va muammolarini tadqiq qilishda juda qimmatlidir

• “ AbdullaNoma” ’’Sharafnomayi shohiy” asarida O’zbekiston, Qozog'iston, shuningdek, qisman, Afg'oniston va Eronning XVI asrdagi tarixi ijtimoiy- siyosiy jihatdan bayon qilinadi. Undan tashqari, asarda Buxoro xonligi bilan Eron, Hindiston, Qoshg'ar va Rossiya o'rtasidagi munosabatlar haqida ham qimmatli ma'lumotlar bor. Asar XVI asrning 80 yillari oxirida yozib tamomlangan. Hofiz Tanishning zamondoshi shoir va adabiyotshunos olim Mutribiyning guvohlik berishigaqaraganda, asarning oxirgi qismini, xonning topshirig'i bilan, qozi Payanda Zomoniy (1602 yili vafot etgan) yozgan. • Abdullaxon soniy zamonida tarixshunoslik sohasida ham ko'zga ko'rinarli asarlar yaratilib, bunga misol tariqasida Buxoroda yashab ijod qilgan Hasanhoji Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» asarini («Do'stlar yodnomasi») keltirib o'tish mumkin. Bu asarda XVI asrda Movarounnahrda, shuningdek, Afg'oniston, Hindiston, Eron, Turkiya va Qoshg'arda yashab o'tgan 228 nafar shoir haqidagi ma'lumotlar jamlangan. Ular orasida o'z asarlari bilan o'zbek va tojik adabiyoti

• Mir Muhammad Amin Buxoro xonligining 1702-1716 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti haqida hikoya qiluvchi va «Ubaydullanoma» nomi bilan mashhur bo'lgan muhim asar muallifidir. Bu asar 1617 yilda yozilgan va muqaddima, xotima va 80 bobdan iborat Muqaddima qismida Abdulazizxon va Subhonqulixon davrida Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy ahvoli qisqa tarzda bayon qilingan. 1-80 boblarda, yuqorida aytilgandek Buxoro xonligining qariyb 15 yillik (1702- 1716 yy.) ijtimoiy-siyosiy tarixi batafsil yoritilgan. Muallif asarda feodal er egaligi; feodal ekspluataciya (ya'ni aholidan olinadigan soliq va jarimalar). Buxoro xonligining davlat tuzumi; feodal tarqoqlikning kuchayishi, mamlakat boshiga tushgan iqtisodiy qiyinchiliklar va uning sabablari kabi misollarga ham keng o'rin berilgan. Undan tashqari, asarda geografik va etnografik ma'lumotlar ham ko'p. Ubaydullanoma ning 10 dan ortiq qo'lyozma nusxasi mavjud.Abdurahmon Davlat «Tarixi Abulfayzxon» nomli tarixiy asar yozib qoldirgan. Mazkur asar hajmi jihatidan kichik (161 varaq) bo'lib, yuqorida zikr etilgan Ubaydullanoma ning davomi hisoblanadi va Buxoro xonligining 1711- 1723 yillar orasidagi tarixini o'z ichiga oladi. • Mulla Ibodulla va Mulla Muhammad Sharif. XVIII asrlarning ikkinchi va XIX asming birinchiyarmida o'tgan buxorolik tarixchilar. Ulaming qalamiga mansub bo'lgan «Tarixi amir Haydar asarlaridir””Amir Haydar tarixi» kichik asar (96 varaq) muhim tarixiy manbalar asosida yozilgan va Buxoro xonliginig Ashtarxoniylar, shuningde asosan Mang'itlar sulolasi bo'lgan amir Haydar hukumdori (1800-1826 y) davrida ijtimoiy-siyosiy tarixni o'z ichiga olada.Asar 81 bobdan iborat. 1-2 bolar Buxoro shahri tarixiga bag'ishlangan: 3-6 boblar Ashtarxoniylar tarixi qisqa tarzda bayon etilgan; 7-81 boblarda esa Buxoro amirligining amirzoda Haydarning tug'ilishidan to uning vafotigacha (1821 y. 6 oktyabr) bo'lgan tarixi hikoya qilinadi.