logo

O'rta Osiyo Davlatlarining Shakllanish Tarixi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

553.587890625 KB
O'rt a Osiy o 
Dav lat larining 
Shak llanish Tarixi  Oʻrta Osiyo — Yevrosiyo materigining oʻrta qismida, 
gʻarbda Kaspiy dengizi qirgoqlaridan sharqda Xitoy 
chegarasigacha, shimolida Gʻarbiy Sibir tekisligidan, 
janubida Nishopur, Safedkoʻh va Hindukush 
togʻlarigacha choʻzilgan yirik tabiiy geografik oʻlka. U 
materik ichkarisida, Atlantika okeanidan 4 ming km, 
Shimoliy Muz okeanidan 2,5 ming km, Tinch okeandan 
5,5 ming km va Hind okeanidan 1 ming km ga yaqin 
masofada joylashgan, suvlari okeanlarga chiqib keta 
olmaydigan berk havzadan iborat. Oʻrta Osiyo hududi 
oʻrta asrlarda, Turon arab manbalarida Movarounnahr, 
19-asrning 2-yarmi va 20-asr boshlarida (1924—25 
ylarda oʻtkazilgan milliy davlat chegaralanishigacha) 
Turkiston deb atalgan, keyinchalik Oʻrta Osiyo deb 
ataladigan boʻldi. Oʻrta Osiyoning 5 mamlakatining umumiy 
aholisi soni 2012-yilga koʻra - 65.700.000 
kishini tashkil qildi.
Aholisining koʻpchiligi Turkiy xalqlar oilasiga 
mansub, bulardan asosan 
koʻpchilikni: Oʻzbeklar, Qozoqlar, Qirgʻizlar, Qor
aqalpoqlar va Turkmanlardir. Shuningdek 
Forsiylar oilasiga mansub Tojiklar ham 
koʻpchilikdir.
Oʻrta Osiyoning tub aholisi hisoblanmaydigan 
millatlarga: Ruslar, 
Olmonlar, Ukrainlar, Uygʻurlar, Tatarlar, Turklar 
va boshqa millatlar kiradi  Oʻrta Osiyo:
Joʻgʻrofiy maʼnoda Markaziy Osiyoning SSSR tarkibiga kirgan qismi. Unga Ustyurt 
platosi, Turon pasttekisligi, Toʻrgʻay platosi, Qozogʻiston va 
qisman Kopetdogʻ, Pomir, Tyan-Shan togʻlari kiradi.
Siyosiy-maʼmuriy 
maʼnoda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston (baʼzida Qozogʻiston ham 
qoʻshiladi) davlatlari maydoni.
Oʻlkaning gʻarbiy chegarasi Elburs togʻining 54° 15’ shq.u. qismidan boshlanib, Kaspiy 
dengizining sharqiy qirgʻogʻi orqali Mangʻishloq qoʻltigʻigacha, undan Ustyurtning 
shimoli-gʻarbiy chinki boʻylab, Doʻngʻiztov, Chogʻray platosi, Choʻchqa va Mugʻojar 
togʻlari sharqiy etagi orqali oʻtib, 58° shq.u. va 48° shahrik.ga borgandan keyin 
shimoliga buriladi va Jetigʻara shahri gacha, undan keyin Qoʻstanay shahri orqali 
Ayritovgacha boradi. Soʻngra Qozogʻiston past togʻlarining shimoliy chegarasi boʻylab 
sharq va janubiy sharq tomon davom etib, Qozogʻiston — XXR chegarasiga tutashadi. 
Sharqiy chegara esa Savr, Sharqiy Jungʻariya, Jungʻariya, Boroxoro, Iren — Xabirga, 
Qarat, Holiqtogʻ tizmalari suvayirgʻichlari, Xontangri togʻ tuguni, Qaqshal, Otboshi 
tizmalari suvayirgʻichlari orqali oʻtib, Fargʻona tizmasiga kelib tutashadi, soʻngra Olay 
tizmasining sharqiy chekkasi va Sariqoʻl tizmasi suvayirgʻichi boʻylab oʻtib, Hindukush 
togʻlariga tutashadi. Bu yerda, Muztogʻdan boshlab gʻarbga tomon janubiy chegara 
boshlanadi va Hindukush, Safedkoʻh, Nishopur tizmalari suvayirgʻichlari boʻylab oʻtib, 
Elburs togʻi orqali Kaspiy dengizining janubi-sharqiy chekka sohiliga kelib tutashadi. 
Oʻrta Osiyo yirik geosistema sifatida (maydoni 3300 ming km²chamasida) 
Qozogʻistonning kattagina qismini, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, 
qisman Xitoy hududlari, hamda Afgʻoniston va Eronning Amudaryo havzasiga qarashli 
qismini oʻz ichiga oladi.  Oʻrta Osiyoning qoʻshni tabiiy oʻlkalaridan farqlantirib turuvchi 
oʻziga xos bir qancha belgilari mavjud. Bular: 1) Yevrosiyo 
materigida tutgan oʻrnining oʻziga xosligi, yaʼni materikning 
ichkarisida, okeanlardan uzoqdan joylashganligi; 2) oʻlkaning berk 
havzadan iborat ekanligi, yaʼni bu yerda shakllangan asosiy 
oqimning tashqi dengiz, okeanlarga chiqib keta olmasligi va 
oʻlkaning eroziya bazisi hisoblangan Kaspiy, Orol, Balxash, Issiqkoʻl 
kabi ichki havzalarga quyilishi; 3) Yer yuzasining oʻziga xosligi, yaʼni 
oʻlkaning shim., shimoli-gʻarbiy katta qismi tekisliklardan, sharqiy 
va janubiy qismi togʻliklardan iboratligi; 4) tabiiy sharoitida ichki 
tafovutlarning kattaligi, yaʼni tabiatining barcha komponentlari 
oʻlkaning turli qismlarida keskin farq qilishi; 5) oʻziga xos gorizontal 
tabiiy zonalarning mavjudligi va ularga mos balandlik 
mintaqalarining rivojlanganligidir. Bu oʻlkada oʻsimliksiz koʻchma 
qumlar, oʻtish qiyin boʻlgan chakalakzor oʻrmonlar, ekinzor va 
bogʻlardan iborat vohalarni koʻrish mumkin; 6) ekologik sharoitiga 
koʻra ham berk oʻlka, bu tabiatdan foydalanishda ehtiyotkorlikni 
talab etadi.  Oʻrta Osiyoning tabiati, xoʻjaligi, shaharlari, xalqlariga oid dastlabki geografik 
maʼlumotlar Gerodot (miloddan avvalgi 5-asr), KvIn-t Kursiy Ruf, Strabon (miloddan 
avvalgi 2-asr) kabi Yunoniston, shuningdek, Xitoy olimlarining asarlarida uchraydi. Bu 
maʼlumotlar birmuncha cheklangan, baʼzan chala va xatoliklari boʻlsa ham, keyingi, 
yaʼni oʻrta asrlardagi geografik bilimlarga zamin boʻlib xizmat qildi. Oʻrta Osiyo 
haqidagi geografik bilimlar 9—12-asrlarda keng rivojlandi. Bunda Muhammad 
Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Ahmad asSaraxsiy (9-asr), Jayhoniy, Abu Zayd Balxiy (10-
asr), Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Mahmud Koshgʻariy (11-asr), 
AlXarakiy, Abulqosim Zamaxshariy, Saʼmoniy va boshqalar mahalliy olimlarning 
xizmatlari katta boʻldi. „Hudud ulolam“ (10-asr) mashhur asari ham shu davrda 
yozildi. Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasiga oid maʼlumotlar 9—12-asrlarda yashagan 
sayyoh olimlar Ibn Xurdodbeh, Ibn alFaqih, Ibn Rusta, alMuqaddasiy, alMasʼudiy, Ibn 
Fadlon, Istaxriy, Ibn Havqal kabilarning asarlarida ham uchraydi. Oʻrta Osiyo ga oid 
geografik bilimlar 13—17-asrlarda ham, oʻlkadagi ijtimoiy-siyosiy holatlarga bogʻliq 
holda, goh sust, goh jadal surʼatlar bilan rivojlanib bordi. Bunda mahalliy 
tabiatshunos olimlar, sayyoxdarning asarlari, sayohatnomalari ahamiyatli boʻldi. 
Muhammad Avfiy (13-asr), Faxriddin Banokatiy (14-asr), Hofizi Abru (14—15-asrlar), 
Mirzo Ulugʻbek, Gʻiyosiddin Naqqosh, Abdurazzoq Samarqandiy (15asr), Zahiriddin 
Muhammad Bobur (16asr), Muhammad Haydar Mirzo (16-asr), Mahmud ibn Vali (17-
asr) asarlari shular jumlasidandir. Bu davrlarga oid manbalar ichida chet ellik 
sayyohlar Plano Karpini (13-asr), Marko Polo (13 — 14 a.lar), Ibn Battuta (14-asr), 
alUmariy (14-asr), Klavixo (15-asr)larning sayohatnomalari ham bor. Ushbu 
asarlarning ayrimlari tarixiymemuar yoʻnalishida boʻlsa ham, geografik gʻoya va 
umumlashmalarga boy, xaritagrafik maʼlumotlari esa koʻlamli va mazmunli boʻlgan.   E't iboringiz 
Uchun Rahmat  
Shonazarov Abdulhoshim   302-guruh 
talabasi
Geografiyasi o'qitish metodikasi

O'rt a Osiy o Dav lat larining Shak llanish Tarixi

Oʻrta Osiyo — Yevrosiyo materigining oʻrta qismida, gʻarbda Kaspiy dengizi qirgoqlaridan sharqda Xitoy chegarasigacha, shimolida Gʻarbiy Sibir tekisligidan, janubida Nishopur, Safedkoʻh va Hindukush togʻlarigacha choʻzilgan yirik tabiiy geografik oʻlka. U materik ichkarisida, Atlantika okeanidan 4 ming km, Shimoliy Muz okeanidan 2,5 ming km, Tinch okeandan 5,5 ming km va Hind okeanidan 1 ming km ga yaqin masofada joylashgan, suvlari okeanlarga chiqib keta olmaydigan berk havzadan iborat. Oʻrta Osiyo hududi oʻrta asrlarda, Turon arab manbalarida Movarounnahr, 19-asrning 2-yarmi va 20-asr boshlarida (1924—25 ylarda oʻtkazilgan milliy davlat chegaralanishigacha) Turkiston deb atalgan, keyinchalik Oʻrta Osiyo deb ataladigan boʻldi.

Oʻrta Osiyoning 5 mamlakatining umumiy aholisi soni 2012-yilga koʻra - 65.700.000 kishini tashkil qildi. Aholisining koʻpchiligi Turkiy xalqlar oilasiga mansub, bulardan asosan koʻpchilikni: Oʻzbeklar, Qozoqlar, Qirgʻizlar, Qor aqalpoqlar va Turkmanlardir. Shuningdek Forsiylar oilasiga mansub Tojiklar ham koʻpchilikdir. Oʻrta Osiyoning tub aholisi hisoblanmaydigan millatlarga: Ruslar, Olmonlar, Ukrainlar, Uygʻurlar, Tatarlar, Turklar  va boshqa millatlar kiradi