logo

O‘rta Yevropa

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

51353.368164062 KB
O‘rta Yevropa Yevrosiyo materigi tarixiy geologik rivojlanishi va 
tabiatining xilma-xilligiga ko‘ra ikkita — Yevropa va 
Osiyo qit’alariga ajratilgan.  Yevropa qit’asi tabiatini o‘rgangan tadqiqotchilar ham 
uni ko‘plab kichik tabiiy georgafik o‘lkalarga 
ajratishgan.  Masalan, Shimoliy Yevropaga Fennoskandinaviya, 
Islandiya, Shpitsbergen orollari,  O‘rta Yevropaga Alp-Karpat tog‘lari, pasttekisliklar, 
yassi tog’liklar (Buyuk Britaniya, Irlandiya orollari ),  Janubiy Yevropaga esa Pireney,  Apennin va Bolqon yarim orollari va O‘rta yer 
dengizidagi orollar,  Sharqiy Yevropaga Sharqiy Yevropa tekisligi va Kaspiy 
bo‘yi pasttekisligi tegishli. O‘rta Yevropa kichik o‘lkasi tarkibidagi tabiiy geografik 
oblastlardan biri Alp-Karpat tog‘laridir. Alp-Karpat tog‘lari. Geografik o‘rni.  Alp-Karpat 
tog‘lari kichik o‘lkasi Yevropadagi baland, uzun va 
ulkan tog‘lardan hisoblanadi.  Bu o‘lka G‘arbiy Yevropaning markaziy qismida 
joylashgan.  O‘z navbatida, bu kichik o‘lka tabiatining o‘ziga xos 
xususiyatlari bilan farq qiladigan mustaqil Alp va Karpat tog‘lariga bo‘linadi.  Alp tog‘lari  yoy shaklida g‘arbdan sharqqa 1 200 km 
masofaga cho‘zilgan.  Tog‘ tizmasi qaysi davlatlar hududida joylashganligiga 
qarab uni Fransiya Alpi,  Italiya Alpi,  Shveytsariya   Alpi,  Vengriya Alpi deb ham atashadi. Alp tog‘larining eng baland joyi uning g‘arbiy qismida 
joylashgan besh qirrali  Monblan  cho‘qqisidir (4 807 m).  Alp tog‘larining iqlimi mo‘tadil bo‘lib,  qishi yumshoq,  yozi salqin.  Yiliga 2 000 — 3 000 mm atrofida yog‘in tushadi.  Sharqqa borgan sari iqlimning kontinentalligi ortib 
borib, yog ‘ingarchilik miqdori kamaya boradi. Tog‘ning tepalarida doimiy qor va muzliklar hosil bo‘lgan.  Muzliklarning maydoni 4140 kv km bo‘lib,  uzunligi 15—27 km gacha cho‘zilgan. Bu muzliklardan Reyn,  Rona,  Adije,  Drava daryolari to‘yinadi.  Ular juda sersuv, ko ‘p ostonali,gidroenergiya 
zaxiralariga boy.  Tog‘ oraliqlarida kichik ko‘llar ko‘p.  Shulardan eng yirigi va mashhuri Jeneva ,  Boden ko ‘llaridir.  Alp tog‘larining shimoliy etaklari va yassi tog‘liklarida 
podzol tuproqlar tarkib topgan.  Tog‘ yonbag‘irlari buk va eman o‘rmonlari bilan qoplangan.  Bu o‘rmonlar tagida qo‘ng‘ir tuproqlar uchraydi.  Tizmalarning tepalarida yam-yashil subalp va alp o‘tloqlari, undan ham balandda qor va muzlik tabiat zonalari 
shakllangan.  O‘tloqlardan yozda yaylov sifatida foydalaniladi. Alp tog‘laridagi balandlik mintaqalari shimoliy yon-
bag‘rida mo‘tadil iqlim ta’sirida , janubiy yonbag‘rida 
esa subtropik iqlim ta’sirida shakllangan. Alp tog‘larining tabiiy landshaftlarini muhofaza qilish 
maqsadida qo‘riqxonalar tashkil etilgan.  Shulardan biri Italiya Alpidagi Grand-Paradizadir. Karpat tog‘lari O‘rta Yevropaning sharqiy qismida joylashgan, 
yoysimon shakldagi tog‘ sistemasidan iborat bo‘lib,  tabiiy xususiyatlariga ko‘ra uch qismga — G‘arbiy 
Karpat, Sharqiy Karpat va Janubiy Karpat tog‘lariga 
bo‘linadi.  Karpat tog‘larining uzunligi 1500 km,  o‘rtacha balandligi 800—1200 m,  eng baland joyi Baland Tatra tog‘idagi  Gerlaxovski-Shtit  
cho‘qqisidir (2 655 m).  Unda foydali qazilmalardan neft, gaz, ko‘mir, temir va 
marganes rudalari, rangli va nodir metallar, kaliy hamda 
osh tuzlari mavjud.  Iqlimi Alp tog‘larining iqlimiga qaraganda biroz 
kontinentalroq.  Yanvarning o‘rtacha harorati –3 –5 °C.  Tog‘ etaklarida yoz issiq, o‘rtacha harorat +17 +20 °C 
ga teng.  Balandlikka ko‘tarilgan sari harorat pasayadi.  Yillik yog‘in 800 —1000 mm,  tog‘ tepalarida 1 200 — 2 000 mm. Karpat tog‘lari daryolarga boy.  Undan boshlanadigan Tisa,  Olt,  Prut, Siret   daryolari Dunayga quyiladi. Shimolga oqadigan  Elba ,  Oder,  Visla daryolari Karpatdan boshlanadi.  Karpatning eng katta tabiiy boyligi tog‘ o‘rmonlaridir.  Unga o‘rmonli Karpat deb nisbat berilishi bejiz emas.  Tog‘ yonbag‘irlarida keng bargli o‘rmonlar (buk, eman, zarang,  qora qarag‘ay)  tarqalgan.  Eng baland joylari ham tog‘ o‘rmonlari bilan 
qoplangan.  Ular  poloninalar    (yaylovlar) deb yuritiladi.  Pasttekisliklarda ahyon-ahyonda  pushta   deb ataluvchi 
dashtlar saqlanib qolgan.  Karpat tog‘larida, asosan, qo‘ng‘ir ayiq,  to‘ng‘iz, silovsin, olmaxon, suvsar lar   kabi hayvon turlari ko‘p uchraydi. Foydalanilgan saytlar (sahifasi):
•
reddit.com (4)
•
wayfair.co.uk/ pinterest.com (5)
•
yapx.ru/ pinterest.com (6)
•
200stran.ru (7,9)
•
mapinmap.ru/ pinterest.com (8)
•
wikipedia.org (qolgan barcha sahifalar)

O‘rta Yevropa

Yevrosiyo materigi tarixiy geologik rivojlanishi va tabiatining xilma-xilligiga ko‘ra ikkita — Yevropa va Osiyo qit’alariga ajratilgan.

Yevropa qit’asi tabiatini o‘rgangan tadqiqotchilar ham uni ko‘plab kichik tabiiy georgafik o‘lkalarga ajratishgan.

Masalan, Shimoliy Yevropaga Fennoskandinaviya, Islandiya, Shpitsbergen orollari,

O‘rta Yevropaga Alp-Karpat tog‘lari, pasttekisliklar, yassi tog’liklar (Buyuk Britaniya, Irlandiya orollari ),