logo

YEVROPA SUBREGIONLARI

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2743.8974609375 KB
YEVROPA SUBREGIONLARI Yevropa
•
Yevropa  –  Yevrosiyo  materigining g‘arbiy  qismini  
egallagan  qit’a.  Yevropa hududining maydoni 10 mln 
km2 ga  teng.  Shundan  4,1  mln  km2  Rossiyaning  
Yevropada  joylashgan  qismiga  to‘g‘ri  keladi.  Yevropa  
siyosiy xaritasida  44  mustaqil  davlat  (Rossiya  bilan  
birga)  joylashgan.  Bundan tashqari,  Turkiya  va  
Qozog‘iston  davlatlari  ham  qisman  Yevropada  
joylashgan,  ammo  xalqaro  statistikasida ular  Osiyo  
qit’asi  tarkibiga  kiritilgan. Yevropa  davlatlari  odatda  4 
 ta  yirik subregionlarga  bo‘linadi:  Shimoliy, G‘arbiy,  
Janubiy  va  Sharqiy  Yevropa    Shimoliy Yevropa davlatlari.
•
  Bu  subregion  tarkibiga  qit’aning  Shimoliy  Muz  
okeani  hamda  Atlantika  okeanining  Shimoliy  va  Boltiq 
dengiziga  tutash  8  ta  davlati  kiradi.  Bu  davlatlar,  
odatda,  2  ta  tarixiy-geograik  guruhga  bo‘linadi:  
Skandinaviya  davlatlari  –  Norvegiya,  Shvetsiya,  
Daniya,  Finlyandiya,  Islandiya  hamda  Boltiq  davlatlari 
–  Estoniya,  Latviya,  Litva.  Bu  ikki  guruh  davlatlar  
o‘rtasida  tarixan shakl langan  mustahkam  siyosiy,  
iqtisodiy  va  madaniy  aloqalari  mavjud. Daniya,  
Shvetsiya  va  Norvegiya  konstitutsiyaviy  monarxiya,  
qolgan davlatlar  esa  parlamentar  respublika  hisoblanadi.  Tabiiy sharoiti
•
Tabiiy sharoitining umumiy jihatlari asosan iqlimining 
ko‘proq mo‘ta-dil  va  dengiz  xarakterga  egaligida  
o‘z  aksini  topadi.  Faqat  Islandiya hamda  
Norvegiya,  Shvetsiya  va  Finlyandiyaning  Shimoliy  
hududlariga  subarktika  va  arktika  iqlim  tiplari  xos. 
 Norvegiya  va  Islandiyaga tog‘li  relyef  xos  bo‘lsa,  
qolgan  davlatlar  yer  yuzasi,  asosan,  tekisliklardan  
iborat.  Subregion  davlatlaridan  faqat  Islandiya  
tektonik  jihatdan faol  mintaqada  joylashgan  bo‘lib,  
vulqon  va  geyzerlari  bilan  butun dunyoga  mashhur Demografik vaziyati
•
Shimoliy Yevropa mamlakatlaridagi demografik 
vaziyatning umumiy jihatlari  tug‘ilish  va  o‘limning 
 past  ko‘rsatkichlari  bilan  tavsiflanadi.  Biroq 
Skandinaviya  va  Boltiq  mamlakatlarida  
demografik  holat bir  xil  emas.  Litva,  Latviya  va  
Estoniyada,  uzoq  muddat  mobaynida Skandinaviya 
 davlatlariga  xos  bo‘lmagan  aholining  tabiiy  
kamayishi va migratsiyaning  manfiy  balansi  
kuzatilmoqda,  ya’ni  bu  uch  davlatning  aholisi  
vaqt  o‘tgan  sari  kamayib  bormoqda. Ijtimyoiy-iqtisodiy rivojlanishi
•
Skandinaviya  davlatlari  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishi  
jihatidan  dunyodagi  eng  rivojlangan  davlatlar  safidan  
joy  olgan.  Turmush  darajasi ko‘rsatkichlari  bo‘yicha  
bu  mamlakatlar  ko‘plab  xalqaro  reytinglarda eng  
yuqori  qatorlarini  egallaydi.  Boltiq  davlatlari  esa  
sobiq  sotsialistik  tuzumidagi  mamlakatlar  sifatida  
o‘tish  iqtisodiyotidagi  davlatlar  hisoblanadi.  Lekin  bu  
blokdagi  davlatlar  ichida  Litva,  Latviya  va, ayniqsa,  
Estoniya  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  ko‘rsatkichlari  
bo‘yicha peshqadamlikka  erishib,  ko‘p  jihatlari  bilan  
rivojlangan  mamlakatlarga yaqinlashgan.  G‘arbiy Yevropa davlatlari
•
G‘arbiy Yevropa davlatlari. Yevropaning  bu  subregioniga  
qit’adagi eng  ulkan  iqtisodiy  salohiyatga  ega  uchta  davlat  
–  Germaniya,  Fransiya  va  Buyuk  Britaniya,  shuningdek,  
Avstriya,  Shveytsariya,  Belgiya, Niderlandiya,  Irlandiya  
hamda  “mitti”  davlatlar  safiga  mansub  Lixtenshteyn,  
Lyuksemburg  va  Monako  kabi mamlakatlar  kiradi. Alp  
tog‘larida  joylashgan  Avstriya,  Shveytsariya  va  
Lixtenshteyn  Alp mamlakatlari  guruhini  tashkil  qiladilar.  
Belgiya,  Niderlandiya  va  Lyuksemburg davlatlariga  nisbatan 
 esa  ular  o‘rtasidagi  iqtisodiy  integratsiya  jarayon-lari  juda  
yuqori  darajada  ekanligini  hisobga  olgan  holda  “Benilyuks” 
umumiy  nomi  ishlatiladi.   Tabiiy sharoiti
•
Subregion  mamlakatlarining  iqlim  sharoiti  
mo‘tadil,  Fransiya  janubida  esa  iqlimi  subtropik.  
Foydali  qazilmalardan  Shimoliy  dengiz  
akvatoriyasidagi  neft-gaz  (Niderlandiya,  Buyuk  
Britaniya),  qo‘ng‘ir  va toshko‘mir  (Germaniya,  
Fransiya,  Belgiya,  Buyuk  Britaniya),  temir  
rudalari  (Fransiya,  Germaniya,  Lyuksemburg,  
Belgiya)  va  kaliy  tuzlari (Germaniya)  konlari  
diqqatga  sazovor.  Alp  mamlakatlari gidroenergiya 
resurslariga  boy. Demografik vaziyati
•
G‘arbiy Yevropa  mamlakatlarida  tug‘ilish  va  tabiiy  
ko‘payish  ko‘rsat-kichlari  juda  past,  Germaniyada  esa  
ko‘p  yillardan  buyon  depopulyatsiya  jarayoni  ro‘y  
bermoqda.  Lekin  tashqi  migratsiya  balansi  yuqori musbat  
ko‘rsatkichlarga  ega  bo‘lganligi  bois,  subregion  
davlatlarida  aholi  o‘sishi  davom  etmoqda.  G‘arbiy  
Yevropa  qit’a  subregionlari ichida  aholisi  eng  zich  
joylashgan  hudud  hisoblanadi.  Urbanizatsiya ko‘rsatkichlari, 
 Lixtenshteyndan  tashqari,  barchadavlatlarda  yuqori bo‘lib,  
Buyuk  Britaniya,  Belgiya,  Niderlandiya,  Lyuksemburgda  
90 foizdan  baland,  Monakoda  esa  100  foizga  teng. Ijtimyoiy-iqtisodiy rivojlanishi
•
G‘arbiy  Yevropa  davlatlarining  barchasi  
rivojlangan  davlatlar  safiga mansub  bo‘lib,  
jahon  xo‘jaligining  hududiy  tarkibida  juda  
muhim  o‘rin-ga  ega.  Jahon  iqtisodiyotida  
G‘arbiy  Yevropa  davlatlari  ko‘p  tarmoqli 
mashinasozlik  va  kimyo  sanoati,  intensiv 
chorvachilik  va  dehqonchilik, bank-moliya  va  
turizm  sohalarining  xalqaro  ahamiyatli  darajada  
rivojlanganligi  bilan  alohida  ajralib  turadilar.  Janubiy Yevropa mamlakatlari
•
Janubiy  Yevropa  siyosiy  xaritasida  Ispaniya,  
Portugaliya,  Italiya,  Gretsiya  hamda  Andorra,  San-
Marino,  Malta  va  Vatikan  “mitti”  davlatlari  
joylashgan.  Bu  davlatlar  iqti-sodiy-geogra  k  o‘rni  va  ƕ
xo‘jalik  rivojlanishi  jihatidan  uzoq  tarixi  davomida  
O‘rta  dengiz  bilan  chambarchas  bog‘liqligi  sababli  
Yevropaning O‘rta  dengizbo‘yi  mamlakatlari  deb  ham  
ataladi.  Bu  mintaqa  Yevropa sivilizatsiyasi  va  
madaniyatining  chin  beshigi  hisoblanadi,  chunki  bu 
qit’adagi  eng  qadimgi  davlatlar  –  Gretsiya  bilan  Rim  
aynan  O‘rta  dengiz  qirg‘oqlarida  rivoj  topgan.  Tabiiy sharoiti
•
Janubiy  Yevropa  davlatlari  O‘rta  dengiz  geosinklinal  
mintaqasida joylashganligi  tufayli  seysmik  jihatdan  faol  
hudud  hisoblanadi.  Qa-dimdan  olamga  mashhur  Etna,  
Vezuviy,  Stromboli  vulqonlari  ham Yevropaning  shu  
qismida  joylashgan.  Foydali  qazilmalardan  rangli  metall  
rudalari  va  mineral  tuzlar  zaxiralari  mavjud.  O‘rta  dengiz 
tipidagi  subtropik  iqlim  (yozi  issiq,  birmuncha  quruq,  qishi 
 esa  iliq va  yomg‘irli)  qishloq  xo‘jaligi  va  turizm  uchun  
juda  qulay  sharoit yaratadi.  Lekin  Yevropaning  boshqa  
subregionlarga  nisbatan  suv  resurslar  bilan  ta’minlanish  
darajasi  pastroq  bo‘ib,  ayrim  hududlarda suv  tanqisligi  ham 
 sezilmoqda. Demografik vaziyati
•
Janubiy  Yevropadagi  demografik  vaziyatga  aholining  tabiiy  va  
migratsion  ko‘payishining  past  ko‘rsatkichlari  xos.  Ular  orasida, 
 ayniqsa, aholisi  kamayib  borayotgan  Ispaniya,  Portugaliya  va  
Gretsiya  davlatlari alohida  ajralib  turadi.  Rivojlanayotgan  
davlatlardan,  xususan  Shimoliy Afrikadan,  ko‘plab  immigrantlar  
ko‘chib  kelishi  bilan  bir  vaqtda  bu yerdan  G‘arbiy  Yevropa  
mamlakatlariga  tomon  emigratsion  oqimning faolligi  
subregionning  migratsiya  qoldig‘ini  ancha  pasaytiradi,  yuqorida 
aytib  o‘tilgan  davlatlarda  esa  manfiy  ko‘rsatkichlargacha  
tushirmoqda. Janubiy  Yevropa  relyefi ,  asosan,  tog‘lardan  iborat  
bo‘lganligi  tufayli aholisi  juda  notekis  joylashib,  asosan  
qirg‘oqbo‘yi  tekisliklari  va  daryo vodiylarida  joylashgan.  
Urbanizatsiya  Shimoliy  va  G‘arbiy  Yevropa mamlakatlariga  
nisbatan  biroz  pastroq  bo‘lsa-da,  60  foizdan  yuqori  darajada.  Ijtimyoiy-iqtisodiy rivojlanishi
•
Yevropaning  O‘rta  dengizbo‘yi  mamlakatlari  Shimoliy  va  
G‘arbiy Yevropa  davlatlariga  nisbatan  ijtimoiy-iqtisodiy  
rivojlanish  ko‘rsatkichlari  nisbatan  past.  Ayniqsa,  
Gretsiya,  Ispaniya  va  Portugaliya  iqtisodiyotidagi  inqirozli 
 vaziyat  Yevropa  Ittifoqi  doirasida  ko‘zga  tashlanadi.  
Italiya  garchi  “katta  yettilik”  guruhi  a’zosi  bo‘lsada,  
mamlakatning  turli  hududlarining  ijtimoiy-iqtisodiy  
rivojlanishi  keskin  farq  qiladi.  Shimoliy  Italiya  
Yevropadagi  eng  rivojlangan  iqtisodiy  rayonlardan biri  
hisoblansa,  Janubiy  Italiya,  aksincha,  Yevroittifoqning  eng 
 qoloq rayonlaridan  biri  hisoblanadi.  Sharqiy  Yevropa  davlatlari.
•
  Bu subregionga  qit’ada  joylashgan  sobiq Ittifoqdosh  
respublikalar  (Rossiya  Federatsiyasi,  Ukraina,  Belarus,  
Moldova) hamda  sobiq  sotsialistik  mamlakatlar (Polsha,  
Chexiya,  Slovakiya,  Vengriya, Ruminiya,  Bolgariya,  Sloveniya,  
Serbiya,  Xorvatiya,  Bosniya  va  Gersegovina,  Chernogoriya,  
Makedoniya, Albaniya)  kiradi.  Bu  mamlakatlarning  muhim  
umumiy  jihatlaridan  biri o‘tish  iqtisodiyotidagi  davlatlar  
blokiga  mansubligidir.  Yettita  davlati  – Belarus,  Chexiya,  
Slovakiya,  Vengriya,  Moldova,  Serbiya,  Makedoniya –  
dengizga  chiqish  imkoniyatiga  ega  emas.  Bolgariya, Albaniya,  
Makedoniya,  Serbiya,  Bosniya  va  Gersegovina,  Xorvatiya,  
Chernogoriya davlatlari  Bolqon  yarimorolida  joylashganligi  bois 
 odatda  Bolqon  mamlakatlari  deb  nomlanadi.  Tabiiy sharoiti
•
Subregion  hududi  asosan,  ulkan  Sharqiy  Yevropa  tekisligidan  
iborat bo‘lsada,  yirik  tog‘  tizimlari  ham  mavjud.  Tog‘lar  
Chexiya,  Slovakiya, Ruminiya,  Albaniya  va  sobiq  Yugoslaviya  
davlatlari  hududining  katta qismini  egallaydi.  Foydali  
qazilmalardan  neft  va  tabiiy  gaz  (Rossiya, Ruminiya),  tosh  va  
qo‘ng‘ir  ko‘mir  (Ukraina,  Rossiya,  Polsha,  Chexiya, Slovakiya,  
Serbiya),  temir  rudalari  (Rossiya,  Ukraina,  Polsha),  rangli 
metallar  (Albaniya,  Serbiya,  Bosniya  va  Gersegovina,  
Ruminiya),  kaliy  tuzlari  (Belarus,  Rossiya),  torf  (Belarus,  
Rossiya)  zaxiralarini  alohida  ko‘rsatib  o‘tish  mumkin.  Sharqiy  
Yevropaning  tog‘li  mamlakatlari gidroenergiya  resurslariga  boy  
bo‘lib,  ulardan  samarali  ravishda  foyda-lanilmoqda.  Shuning  
uchun  ham  Slovakiya,  Bosniya  va  Gersegovina, Ruminiya,  
Albaniyaning  energetika  balansida  GES  ulushi  yuqori.  Demografik vaziyati
•
Sharqiy  Yevropa  davlatlarida  oxirgi  yillarda  
shakllangan  demogra  k vaziyat  inqirozli  ko‘rinishga  ƕ
ega  bo‘lib,  tug‘ilishning  o‘lim  darajasidan pasayib  
ketganligi  bilan  tavsifl anadi.  Shuning  uchun  ham  
Sharqiy  Yevropadagi  aksariyat  mamlakatlar  aholi  soni  
tez  sur’atlar  bilan  kamayib borayotgan  davlatlar  
qatoriga  kiradi.  Aholining  milliy  tarkibida  slavyan 
xalqlari  yetakchilik  qiladi.  Slavyan  xalqlari  guruhiga  
rus,  ukrain,  belarus,  polyak,  bolgar,  serb,  xorvat,  
chex,  slovak,  bosniyalik,  sloven,  makedoniyalik,  
chernogoriyaliklar  kiradi.  Ijtimyoiy-iqtisodiy rivojlanishi
•
Sharqiy  Yevropa  mamlakatlarining  ijtimoiy-iqtisodiy  
darajasi  bir-biridan  ancha  farq  qiladi.  Garchi  bu  
yerdagi  hamma  mamlakatlar  o‘tish iqtisodiyotidagi  
davlatlar  sa  ga  kiritilgan  bo‘lsada,  Sloveniya,  ƕ
Chexiya,  Vengriya,  Slovakiya,  Xorvatiya,  Polsha  kabi  
davlatlarning  aksariyat iqtisodiy  ko‘rsatkichlari  
Yevropadagi  rivojlangan  davlatlar  pog‘onasiga 
yaqinlashgan  bo‘lsa,  Albaniya,  Makedoniya,  
Moldovaning  ijtimoiy-iqtisodiy  ko‘rsatkichlari  
birmuncha  past  bo‘lib,  ko‘proq  rivojlanayotgan 
mamlakatlarning  darajasiga  tortadi.

YEVROPA SUBREGIONLARI

Yevropa • Yevropa – Yevrosiyo materigining g‘arbiy qismini egallagan qit’a. Yevropa hududining maydoni 10 mln km2 ga teng. Shundan 4,1 mln km2 Rossiyaning Yevropada joylashgan qismiga to‘g‘ri keladi. Yevropa siyosiy xaritasida 44 mustaqil davlat (Rossiya bilan birga) joylashgan. Bundan tashqari, Turkiya va Qozog‘iston davlatlari ham qisman Yevropada joylashgan, ammo xalqaro statistikasida ular Osiyo qit’asi tarkibiga kiritilgan. Yevropa davlatlari odatda 4 ta yirik subregionlarga bo‘linadi: Shimoliy, G‘arbiy, Janubiy va Sharqiy Yevropa

Shimoliy Yevropa davlatlari. • Bu subregion tarkibiga qit’aning Shimoliy Muz okeani hamda Atlantika okeanining Shimoliy va Boltiq dengiziga tutash 8 ta davlati kiradi. Bu davlatlar, odatda, 2 ta tarixiy-geograik guruhga bo‘linadi: Skandinaviya davlatlari – Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Finlyandiya, Islandiya hamda Boltiq davlatlari – Estoniya, Latviya, Litva. Bu ikki guruh davlatlar o‘rtasida tarixan shakl langan mustahkam siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari mavjud. Daniya, Shvetsiya va Norvegiya konstitutsiyaviy monarxiya, qolgan davlatlar esa parlamentar respublika hisoblanadi.