logo

Sharqiy Yevropa

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

8975.5947265625 KB
Sharqiy Yevropa   Geografik o‘rni
•
Sharqiy Yevropa tekisligi Yevrosiyoda eng   yirik tabiiy geografik 
o‘lkalardan biri bo‘lib, uning maydoni qariyb 4 mln kv km ga teng. Bu 
tekislik Yevropaning sharqiy qismida joylashgan. Sharqiy Yevropa 
tekisligi turli kengliklarda joylashgan bo‘lib, shimolda tabiat 
komplekslari tundradan boshlanib, janubi sharqda mo‘tadil 
mintaqaning cho‘l tabiatigacha   davom etadi.  Tabiiy sharoiti
•
Sharqiy Yevropa tekislik o‘lkasi geologik jihatdan Yer 
po‘stining eng qadimgi, nisbatan barqaror bo‘lgan   Sharqiy 
Yevropa platformasida tashkil topgan. Platformaning   yuza 
qismi hozirgi davr dengiz va kontinental yotqiziqlari bilan  
qoplangan.  Fodali qazilmalari
•
Sharqiy  Yevropa tekisligi xilma-xil boyliklarga ega.Krivoy Rogdagi temir 
koni, Kursk magnit anomaliyasi, Pechora va Donetsk havzalaridagi 
toshko‘mir konlari, Volga-Ural   rayoni va Pechora havzalaridagi neft 
konlari, Boltiqbo‘yidagi   yonuvchi slanes konlari bunga yaqqol misoldir. Bu 
o‘lkada balandliklar, kryajlar, tekisliklar va pasttekisliklar keng tarqalgan. Iqlimi
•
Sharqiy Yevropa iqlimining shakllanishida Atlantika okeanidan esadigan iliq va 
nam havo massalari hamda Arktika sovuq havo massalarining ta’siri kuchli. 
Shimoldan janubga va g‘arbdan sharqqa borgan sari iqlimning kontinentalligi orta 
boradi.Tekislikning g‘arbida qish yumshoq (–6 –8 °C), sharqida sovuq 
•
(–10 –20 °C). Yoz oylari ko‘pchilik joylarda salqin (+18 +22 °C).O‘lkaning 
janubi-sharqiy qismida davomli jazirama issiq (+25 +29 °C) bo‘ladi. Iqlimi
•
Yog‘inlarning yillik 
miqdori g‘arbdan sharq 
tomonga kamayib (800 
— 600 mm) boradi. Eng 
kam yog‘ingarchilik (200 
mm) Kaspiybo‘yi 
pasttekisligida kuzatilgan. Suvlari
•
Sharqiy Yevropa tekisligi daryolarga juda boy. Tekislikning shimolga 
qarab oqadigan daryolari Pechora, Mezen, Shimoliy Dvina sersuv 
daryolar hisoblanadi. Janubga qarab oqadigan eng yirik daryolar Volga, 
Dnepr va Ural daryolaridir. Pechora Mezen Shimoliy Dvina •
Sharqiy Yevropa tekisligida ko‘llar ko‘p, ayniqsa, ular tekislikning 
shimoli g‘arbida keng tarqalgan. Bunga sabab Yer yuzasining tuzilishi 
va iqlim sharoitining qulayligidir.  Tabiat zonalari
•
Sharqiy Yevropa tekisligida 
shimoldan janubga tomon 
quyidagi tabiat zonalari 
birma-bir almashinib keladi: 
tundra, o‘rmon-tundra,  tayga, 
aralash o‘rmonlar, keng bargli 
o‘rmonlar,o‘rmon-dasht,  
dasht, chalacho‘l va cho‘llar.

Sharqiy Yevropa

Geografik o‘rni • Sharqiy Yevropa tekisligi Yevrosiyoda eng yirik tabiiy geografik o‘lkalardan biri bo‘lib, uning maydoni qariyb 4 mln kv km ga teng. Bu tekislik Yevropaning sharqiy qismida joylashgan. Sharqiy Yevropa tekisligi turli kengliklarda joylashgan bo‘lib, shimolda tabiat komplekslari tundradan boshlanib, janubi sharqda mo‘tadil mintaqaning cho‘l tabiatigacha davom etadi.

Tabiiy sharoiti • Sharqiy Yevropa tekislik o‘lkasi geologik jihatdan Yer po‘stining eng qadimgi, nisbatan barqaror bo‘lgan Sharqiy Yevropa platformasida tashkil topgan. Platformaning yuza qismi hozirgi davr dengiz va kontinental yotqiziqlari bilan qoplangan.