SHARQIY VA JANUBI-SHARQIY OSIYO DAVLATLARI
SHARQIY VA J AN UBI-SHARQIY OSIYO DAVLATLARI Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
Sharqiy Osiyo davlatlari. Osiyoning sharqiy qismida joylashgan hududlari Sharqiy Osiyo subregioni hisoblanadi. Shimoliy, g‘arbiy, janubiy qismlaridan mintaqaning quruqlik chegaralari o‘tsa, sharqi Yapon, Sariq, Sharqiy Xitoy, Janubiy Xitoy dengizlari zanjiri bilan o‘ralgan. Uning umumiy maydoni 11,8 mln km2, aholisi soni esa 1,5 mlrd.dan ortiq.
Sharqiy Osiyo subregioni Osiyoning maydon jihatdan eng katta mintaqasi hisoblanadi. Uning davlatlari orasida Xitoy maydon kattaligiga ko‘ra jahonda uchinchi, aholi soniga ko‘ra esa, birinchi o‘rinni egallaydi. Koreya Respublikasi mintaqaning maydon jihatdan kichik davlati hisoblansa, Mongoliya aholi soniga ko‘ra guruhda so‘nggi o‘rinni egallaydi.
Subregion davlatlarining yana bir o‘ziga xos jihati shuki, har bir davlat o‘z siyosati, rivojlanish holatiga ko‘ra deyarli bir-biriga o‘xshamaydi. Bu yerda bozor iqtisodiyoti talablarini o‘zida singdirgan sotsialistik tuzum asosida rivojlanayotgan Xitoy Xalq Respublikasi, jahonning eng harbiylashgan, yopiq davlat siyosat yurituvchi, totalitar tuzumga ega bo‘lgan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR), mintaqadagi yagona monarxiya tuzumiga ega bo‘lgan, Xitoy bir partiyaviy boshqaruvga ega Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya davlat rahbarlari
jahonning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatlaridan biri – postindustrial davlat Yaponiya, yangi sanoatlashgan davlat – Koreya Respublikasi bilan bir qatorda iqtisodiyoti nisbatan past darajada rivojlangan Mongoliya joylashgan.