logo

Sharqiy Osiyo

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

41560.875 KB
Sharqiy Osiyo    Geografik o‘rni.  
Sharqiy Osiyo Xitoy davlatining sharqiy qismini, Koreya 
yarimorolini, Yapon orollarini egallaydi. Bu o‘lka shimoldan 
janubga qarab dengiz sohillari bo‘ylab bir necha ming 
kilometrga cho‘zilgan.     Tabiiy sharoiti. 
Sharqiy Osiyoning zaminida kristall jinslardan tarkib 
topgan Xitoy-Koreya va Janubiy Xitoy platformalari 
yotadi.     Platformaning yuzasi Xuanxe 
va Yanszi daryolari keltirgan 
alluvial yotqiziqlardan tashkil 
topgan.    Bu hudud Buyuk Xitoy 
tekisligiga mos keladi. 
Pasttekislikning markaziy 
qismida uncha baland 
bo‘lmagan Shandun tog‘i 
ko‘tarilib turibdi.   Buyuk Xitoy tekisligining  shimoliy qismi iqlimi mo‘tadil 
mussonli, janubi subtropik mussonli iqlimdir. 
Mo ‘tadil
Subtropik     Shimolda qish quruq, sovuq (– 6 °C), janubda iliq (+3 
°C) bo‘ladi. 
–  6 °C
+3 °C     Yozi issiq, dengiz sohillarida iyulning o‘rtacha harorati 
+26°C. 
+26 °C    Yillik yog‘in miqdori shimolda 500 mm, janubda 1000 
mm. Yog‘inning qariyb 80%i yoz oylariga to‘g‘ri 
keladi.
500 mm
1000 mm     Musson yomg‘irlari davrida daryolar to‘lib oqadi. Suv 
toshqinlarining oldini olish maqsadida daryo bo‘ylariga damba – 
to‘siqlar qurilgan.   Bu tekislikdan Xuanxe, Yanszi va boshqa daryolar oqib 
o‘tadi. 
Xuanxe
Yanszi       Tekisliklarda ko‘llar va suv omborlari ham ko‘p. Eng 
yirik ko‘llardan biri Tayxu ko‘lidir.
Tayxu ko‘li     Buyuk Xitoy tekisligida unumdor qo‘ng‘ir tuproqlar 
hosil bo‘lgan.    Ular insonning ko‘p yillik faoliyati natijasida to‘liq 
o‘zlashtirilgan.    Shuning uchun o‘lkaning sharqiy qismida fasliy (musson) nam 
o‘rmonlar zonasi, g‘arbidagi dasht zonalarida antropogen 
landshaftlar tashkil topgan.
2
1 1
2   Oz bo‘lsa-da,  mangra,    qarag‘ay,    eman,    paporotnik,    magnoliya  o‘simliklari uchraydi.    Dehqonlar tekislikning shimolida yiliga ikki marta, 
janubida, hatto uch marta hosil yetishtiradilar.    Sharqiy Osiyo o‘lkasining janubiy qismlarini  Janubiy Xitoy past 
tog‘lari  egallagan. Bu kichik o‘lka balandligi 2 000 m gacha 
ko‘tarilgan Nanlin va Uishan tog‘laridan tarkib topgan. 
Nanlin Uishan     U hududlar iqlim sharotiga ko‘ra subtropik va qisman 
subekvatorial mintaqada joylashgan. Musson shamollari past 
tog‘larga ko‘p yog‘in keltiradi.
Subtropik
Subekvatorial     Qadimda buy yerlarda  o‘simlik qoplami bargini to‘kadigan va 
doimiy yashil aralash o‘rmonlardan tashkil topgan. Keyinchalik 
bu o‘rmonlar insonning xo‘jalik faoliyati tufayli kesib yuborilgan 
va ularning o‘rnini madaniy ekinlar egallagan. 
Sholi terassasi    Faqatgina tog‘larning baland qismlarida ayrim 
o‘rmonlar saqlanib qolgan.
Bambuk o‘rmoniSubtropik aralash o‘rmonlar     Xuanxe va Yanszi daryolari havzalarining katta maydonlarida 
paxta,  janubiy qismida  shakarqamish, apelsin, mandarin, ananas  
va  bananlar  yetishtiriladi.    Bu o‘lkaning asosiy ekini sholi va dunyoga mashhur 
Xitoy choyi  hisoblanadi.    Bundan tashqari,  bug‘doy, soya,    tariqning bir turi —  gaolyan  ham yetishtiriladi.     Sharqiy Osiyo o‘lkasi turli xil foydali qazilmalarga boy. Janubiy 
Xitoy past tog‘lari  qalayi  va  volfram  foydali qazilmalari bilan 
mashhur.    Sharqiy Xitoyda  toshko‘mir  va  temir rudasining 
zaxirasi juda katta.    ©  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
A. Soatov, A. Abulqosimov, M. Mirakmalov. – 
Geografiya (Materiklar va okeanlar tabiiy 
geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- 
sinfi uchun darslik – Toshkent: „O‘qituvchi“, 2017/ 
www.eduportal.uz  
•
A. Soatov, A. Abulqosimov – Geografiya (Materiklar 
va okeanlar tabiiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 6- sinfi uchun darslik – Toshkent: 
„O‘qituvchi“, 2005
•
Geografiya, Atlas, 6-sinf, 2020-yil

Sharqiy Osiyo

Geografik o‘rni. Sharqiy Osiyo Xitoy davlatining sharqiy qismini, Koreya yarimorolini, Yapon orollarini egallaydi. Bu o‘lka shimoldan janubga qarab dengiz sohillari bo‘ylab bir necha ming kilometrga cho‘zilgan.

Tabiiy sharoiti. Sharqiy Osiyoning zaminida kristall jinslardan tarkib topgan Xitoy-Koreya va Janubiy Xitoy platformalari yotadi.

Platformaning yuzasi Xuanxe va Yanszi daryolari keltirgan alluvial yotqiziqlardan tashkil topgan.

Bu hudud Buyuk Xitoy tekisligiga mos keladi. Pasttekislikning markaziy qismida uncha baland bo‘lmagan Shandun tog‘i ko‘tarilib turibdi.