logo

Oʻsimliklarda oʻtadigan fiziologik jarayonllarga fotosintez,oziqlanishi va koʻpayishi kabi jarayonlar kiradi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2792.146484375 KB
Oʻsimliklarda oʻtadigan fiziologik 
jarayonllarga fotosintez,oziqlanishi va 
koʻpayishi kabi jarayonlar kiradi     Ekologik omillar.
Abiotik
Biotik
AntropogenEkologik 
omillar       Ekologik omillar.
          Tirik  organizmga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  tashqi  omillar 
ekologik omillar  deyiladi. Ekologik omillar 3 xil bo‘ladi:
1)  abiotik  omillar  jonsiz  tabiat  omillari  hisoblanadi. 
Masalan:  yorug‘lik,  namlik,  haroratning  tirik  organizmga 
ta’siri;
2)  biotik  omillar  tirik  organizmning  bir-biriga  ta’siri, 
masalan:  mikroorganizm,  o‘simlik  va  hayvonlarning  o‘zaro 
ta’siri;
3)  antropogen  omillar  inson  faoliyatining  tabiatga  ta’siri 
natijasida  yuzaga  keladi.  Masalan:  inson  faoliyati  natijasida 
tirik  organizmlarning  qirilib  ketishi,  tiklanishi,  yangi  nav  va 
zotlarning yaratilishi.  Yashash muhiti 
      Tirik  organizm  moslashgan,  yaxshi  ko‘payadigan  muhit 
yashash  muhiti  deyiladi.  Baliqlar  tanasining  suyri  shaklda 
bo‘lishi  va  shilimshiq  bilan  qoplanganligi  suv  qarshiligini 
yengishga  yordam  beradi.  Sudralib  yuruvchilarning  muguz 
tangachasi  cho‘l  sharoitida  ularni  suv  bug‘latishdan  va 
issiqdan asraydi .
4 xil yashash muhiti 
farqlanadi: 
1- suv muhiti; 
2- quruqlik-havo muhiti; 
3- tuproq muhiti; 
4 – organizm muhiti.  Biotsenoz.
       Tabiiy  jamoa deganda,  jonli va jonsiz tabiatning o‘zaro 
aloqasi  tushuniladi.  Tabiiy  jamoaning  jonli  qismi  biotsenoz 
deyiladi.  Biotsenozga  o‘simlik,  hayvon  va 
mikroorganizmlar kiradi. 
Biotsenoz quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

1.  Produtsent  -  organik  modda  hosil  qiluvchilar.  Ularga 
yashil o‘simliklar kiradi.

2.  Konsumentlar  -  iste’mol  qiluvchilar.  Ularga  o‘txo‘r  va 
yirtqich hayvonlar kiradi.

3.  Redutsentlar  -  parchalovchilar.  Organik  moddalarni 
mineral moddalarga aylantirib beradi. Ularga bakteriyalar 
va zamburug‘lar  kiradi.  Biotsenoz  
Produsent   Konsument  Redusent     Biotsenoz.  Oziq zanjiri
          Oziq  zanjirida  biotsenozning  tarkibiy  qismlari  ishtirok 
etadi.  O‘zidan  oldingisini  yeb,  keyingilariga  oziqa 
bo‘ladigan  organizmlar  oziq  zanjirini  hosil  qiladi.  Oziq 
zanjirining  birinchi  halqasida  avtotrof  o‘simliklar  turadi. 
Ular  produtsent  organizm  bo‘lib,  ikkinchi  halqasida 
konsumentlar,  oxirgi  halqasida  redutsentlar  ish tirok  etadi. 
Masalan,  bug‘doyni  chigirtka  yeydi.  Chigirtkani  baqa  tutib 
oladi.  Ilon  baqa  bilan  oziqlanadi  va  burgutga  ozuqa  bo‘ladi. 
Chigirtka,  baqa,  ilon,  burgut  konsument  organizmlar,  ya’ni 
tayyor  organik  moddalarni  iste’mol  qiladi.  Bakteriya  va 
zamburug‘lar  redutsentlar  bo‘lib,  organik  moddalarni 
mineral moddalargacha parchalaydi.  Oziq zanjiri
Oziq zanjiri: 
1- o‘simlik; 
2 - chigirtka; 
3 - baqa; 
4 - ilon;
5- burgut; 
6 - chirituvchi 
bakteriya va 
zamburug‘lar.1 2
3
4
56 Oziq zanjiri: 
1- o‘simlik; 
2 - chigirtka; 
3 - baqa; 
4 - ilon;
5- burgut; 
6 - chirituvchi 
bakteriya va 
zamburug‘lar.  Oziq zanjiri 
1 2 3
4
5
Suv muhitidagi oziq zanjir: 
1-suvo ʻ ti; 2-fitoplankton; 3-baliq; 4-kasatka; 5-akula .  Oziq zanjiri 
        Oziq  zanjirining  biror  halqasi  uzilsa,  keyingi  halqaga  ta’sir 
ko‘rsatadi.  Masalan,  yomg‘ir  kam  yog‘gan  yillarda  o‘simliklar 
yaxshi  rivojlanmaydi.  Natijada  chigirtkalar  kamroq  bo‘ladi, 
chigirtka  bilan  oziqlanuvchi  qushlar,  hasharotxo‘r  qushlarni 
iste’mol qiluvchi yirtqich qushlarning soni ham kamayadi. 
Tirik organizmlar bir-biriga va tashqi muhitga ta’sir 
ko‘rsatib, doimo aloqada bo‘ladi.   Ek ologik  piramida

Oʻsimliklarda oʻtadigan fiziologik jarayonllarga fotosintez,oziqlanishi va koʻpayishi kabi jarayonlar kiradi

Ekologik omillar. Abiotik Biotik AntropogenEkologik omillar