O'zbek millati va tilining
REJA: 1. O’zbekiston hududa yashagan qadimgi urug’ va qabilalar. 2. O'zbek xalqining etnik shakllanishidagi uch muhim bosqich. 3. Shakllanishdan keyingi jarayonlar . MAVZU: O'zbek millati va tilining O'zbek millati va tilining shakllanish xususiyatlarishakllanish xususiyatlari .
O'zbek ajdodlari elat bo'lib O'rta Osiyoning markaziy viloyatlari Mova roun nahrda (Farg'ona vodiysi bilan), Xorazmda, Toshkent vohasida, Yettisuvda, Sharqiy Turkistonning g'arbiy mintaqalarida shakllangan. Bu mintaqalar insoniyatning qadimgi madaniyat markazlaridan hisoblangan. Jez davrida O'rta Osiyo va Qozog'istonda bir-biridan farq qiluvchi ikki tarixiy-madaniy region mavjud bo'lgan: sug'orish usuli bilan dehqonchilik qiladigan Old Osiyoda keng tarqalgan o'troq aholi madaniyati va cho'l joylarida yashovchi qabilalarga taalluqli madaniyat. Arxeologlar tomonidan aniqlangan O'rta Osiyoning Markaziy viloyat lari da gi arxeologik madaniyat, jez davridagi kelgindi yog'och dahmali va Androno vo lik qabilalarning hamda qisman Old Osiyodan kelib, tub yerli aholi bilan yaqin lashib, qo'shilib ketishi natijasida vujudga kelgan. Antropologik manba larga ko'ra, O'rta Osiyoda neolit davrida qadimgi yevropoid irqining ikki ilk turi mavjud bo'lgan.
O'zbekistonning ilk temir davridagi etnik tarixida ilk davlatlar aholisi so'g'dilar, xorazmliklar, baqtriyaliklar, marg'iyonaliklar va ko'chmanchi sak-massa get qabilalari muhim o'rin tutgan. Aholining o'troq va ko'chmanchi qismi ham Eron tilli qardosh xalqlar bo'lgan, ammo madaniyat jihatdan ular bir-birlari dan batamom farq qilgan. O'sha davrda yaratilgan «Avesto»da tilga olingan «tur» atamasi esa saklarga yohud O'rta Osiyodagi yashovchi Eron tilida gapiruvchi xalqlar hisoblanadi. Milloddan avvalgi 312-250 yillardagi Salavkiylar imperiyasi, Yunon-Baqtriya davlati (milloddan avvalgi 250-140 yillar) yerli aholining etnik tarkibiga katta o'zgarish kirita olmagan. Mil.avv. III asr boshida vujudga kelgan Qang' davlati (bu davlatga xunnlar va usunlar kelib o'rnashgan), Farg'ona davlati (mil. avv I asrdan turklashish jarayoni boshlangan) va milodiy I asrda vujudga kelgan Kushon davlati (yuechjilar-toxarlar) o'zbek etnik tarixida asosiy bosqichlardandir.
Kushon davlati xarobalari
II-IV asrlarda O'rta Osiyoga Janubiy Sibirdan, Yettisuv va Eftali etnos lari kelib o'rnashgan. Biroq, etnik tariximizning eng muhim davri Oltoy da vujudga kelib, O'rta Osiyoda tashkil topgan Turk xoqonligi davri hisoblanadi. Movarounnahr turklar tomonidan 555 yilda egallanadi. Bu davrda O'rta Osiyoda turkiyzabon aholining salmoqli qismi yashagan. Ularning turmush tarzi o'troq, yarim o'troq va ko'chmanchi bo'lgan. Bundan tashqari, fors-eron tilli aholi ham bo'lgan. Ikki til turkumidagi aholi bir-biriga singib borgan bu aralashuv natijasida o'zbek va tojik elatlari vujudga kelgan. Xoqonlik davrida vujudga kelgan etnik uyushmalar (o'g'uz, uyg'ur, qipchoq, qirg'iz) o'rta asrlar davomida vujudga kelgan bir qancha elatlarning shakllanishiga asos bo'ladilar. G'arbiy turk xoqonligida salmoqqa ega bo'lgan dulu qabilalari G'arbiy Jung'oriya va Yettisuvda (Ili bo'yida), Kushubiy qabilasi esa Sirdaryo bilan Farg'ona vodiysining g'arbiy mintaqalari bilan chegaradosh hududlarda yashagan. Turk xoqonligi inqirozidan keyin tashkil topgan turk xoqonligi Uyg'ur xoqonligi, Qarluqlar davlati, Kamon xoqonligi, O'g'uzlar davlati etnogenezga hissa qo'shgan. IX-X asrlarda o'g'uzlarning asosiy qismi Sirdaryoning o'rta va quyi oqimlarida, Orol dengizining janubiy-sharqiy va shimoliy-sharqidagi cho'llarda yashagan. O'g'uz yabg'ularining qarorgohi Yangikent bo'lgan. VIII asr 30 yillarigacha Movarounnahrning katta qismi arab xalifaligi tomonidan zabt etilgan.