logo

O‘zbek tilidagi ko‘makchilashayotgan so‘zlar

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1245.21875 KB
 “ O‘zbek tilidagi ko‘makchilashayotgan 
so‘zlar”
mavzusidan  DISSERTATSIYA taqdimot 
silaydi.   
1.1.   Ko‘makchilar va ularning 
o‘rganilishi …………………………

1.2.  Ko‘makchilar tasnifi haqida yangicha 
qarashlar …………………

Bob bo‘yicha qisqacha 
x ulosa …………………………………..

  I.   BOB .   KO‘MAKCHILARNING O‘ZBEK 
TILSHUNOSLIGIDA           
O‘RGANILISHI   
2.1. Funksional ko‘makchilarning o‘ziga xos 
xususiyatlari............................

2.2. Ot turkumiga xos funksional 
ko‘makchilar… ...........................................

2.3. Fe’l turkumiga xos funksional 
ko‘makchilar.............................................

2.4. Ravish turkumiga xos funksional 
ko‘makchilar......................................

Bob bo‘yicha qisqacha 
x ulosa ………………………………………….II BOB.  FUNKSIONAL KO‘MAKCHILARNING LEKSIK-
SEMANTIK XUSUSIYATLARI .
    
3.1.  O‘zbek tilida ko‘makchilashgan 
so‘zlar .................................................. 

3.2.  O‘zbek tilida ko‘makchilashayotgan 
so‘zlar...............................................

Bob bo‘yicha qisqacha  x ulosa  ……………………….
………………

UMUMIY XULOSALAR 
…………………………………………

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………

  III BOB.  O‘ZBEK TILIDA 
KO‘MAKCHILASHAYOTGAN SO‘ZLAR   
 

Tadqiqot  mavzusining	  dolzarbligi.   Ko‘makchilarning til 
tizimidagi tutgan o‘rni xususida A.Kononov, A . G‘ulomov, 
S.Mutallibov, A.Hoji y ev, U.Tursunov, H.Berdiyorov, T.Rustamov, 
H.Ne’matov, J.Hamdamov , A.Pardayev  va boshqalar hamda ayrim 
internet materiallariga tayanib, aytish mumkinki, ko‘makchilar 
tarixan mustaqil so‘zlar hisoblanib, o‘z leksik ma’nolariga ega 
bo‘lgan, ammo davrlar o‘tishi bilan bu leksik ma’nolarni yo‘qotib, 
ularning ma’lum qismi o‘zgarmas bo‘lib, hech qanday grammatik 
shakllarni qabul qilmaydigan holga kelib qolgan, o‘zidan oldin 
kelgan so‘zlar bilan birgalikda vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon, 
ob’ekt, o‘xshatish, payt, masofa, yo‘nalish singari grammatik 
ma’nolarni ifoda etadigan va yordamchi vosita sanaladigan til 
birliklaridir. Ular nutqda so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi grammatik 
vositadir. Shuningdek, grammatik vosita bo‘lish jarayonida ularda 
ma’lum grammatik ma’nolar ham shakllanadi. MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI   Dissertatsiya ishining maqsadi

. Magistrlik dissertatsiyasida 
ko‘makchilarga funksional differensial, 
ya’ni vazifaviy chegaralanganlik 
nuqtai nazaridan munosabatda bo‘lish, 
ularga nafaqat grammatik birlik, balki 
nutqiy ta’sirchanlik vositasi sifatida 
qarash hamda maqsadga muvofiq 
tarzda tanlash va foydalanishning 
yo‘llarini tahlil qilish, ularni nutqdagi 
emotsional-ekspressiv ma’no 
ottenkalarini aniqlashga harakat qilish 
hamda bunda nutqning og‘zaki va 
yozma shakllarini e’tiborda tutish kabi 
masalalarga e’tibor qaratiladi. 
Kutilayotgan ilmiy	 yangiliklar . 
O‘zbek tilshunosligida vazifadosh 
ko‘makchilarning funksional 
xususiyatlari monografik rejada 
tadqiq etiladi; ko‘makchilarni o‘zaro 
va kelishik qo‘shimchalari bilan 
qiyoslash orqali so‘z ma’nolarining 
taraqqiyoti belgilanadi; ko‘makchili 
mikrotizimni leksik-semantik 
guruhlab o‘rganish orqali ularning 
rivojlanishi, ma’no taraqqiyoti haqida 
muayyan ilmiy xulosalar chiqariladi.

    
         “ Erishilgan yutuqlarga mahliyo bo`lib o`tirish taraqqiyot yo`lidagi 
eng katta g`ovdir”-degan fikrlari bilan yoshlarni yana-da tirishqoqlik bilan 
olg`a yurishga undaydilar muhtaram prezidentimiz Shavkat 
Miromonovich Mirziyoyev.Shunday ekan, biz,tilshunoslar, tilda 
bo`layotgan o`zgarishlarni o`z vaqtida o`rganishimiz va shu bilan bir 
qatorda yangiliklardan xabardor bo`lgan holda ko`proq izlanishimiz 
kerak.Bu tilimizga bo‘lgan hurmatni yanada oshiradi va komillikka 
yetaklaydi. Har qanday til o‘zining ichki qonuniyati asosida rivojlanadi. 
Tildagi leksik qatlamlar asosida neologizm(yangi so`zlar) vujudga 
kelganidek, arxaik(eskirgan) so‘zlar iste’moldan chiqa boshlaydi. 
Shuningdek, tilda yangi so`zlarning paydo bo‘lishi u tilning leksik 
boyligining rivojlanishida, grammatik strukturasining takomillashishida 
katta ahamiyatga egadir.       KIRISH
    
Himoyaga olib	 chiqilayotgan	 asosiy	 
holatlar . 

1.O‘zbek tilida ko‘makchilar va ularning 
o`rganilishi haqida ma`lumotlar to`plandi.

2. Funksional ko‘makchining leksik-
semantik xususiyatlari ochib berildi.

  3.Ko‘makchilarning gapda birikish 
holatlari tahlil etildi. 

4.Ko`makchilarning funksional vazifalari 
tahlil etildi.

5.Ko‘makchilarning gapda o‘zi birikkan 
so‘zlarni boshqarib kelish qonuniyatlari     
  ochib berildi. 

6.Ko‘makchilarning gapdagi ma’no 
munosabatlari tahlil etildi. 

7.Ko`makchilashish hodisasi haqidagi 
mulohazalarimiz misollar vositasida 
isbotlab berildi. 
Tadqiqotning	 ilmiy	 yangiligi.  Ishda 
quyidagi natijalarga erishildi: 

- o`zbek tilida ko`makchilar maxsus 
tadqiqot obyekti sifatida o`rganildi;

- ko`makchilar diaxron va sinxron 
aspektda tahlil qilindi;

- sof va vazifadosh ko`machilarning 
badiiy matn(nasr va nazm) 
tarkibidagi        stilistik,semantik 
xususiyatlari o`rganildi;

- ko`makchilarda grammatikalashuv 
hodisasi tahlil etildi;

- ko`makchilashayotgan so`zlarning 
stilistik xususiyatlari tahlil qilindi.   KO ` MAKCHILARNING O ` ZBEK TILSHUNOSLIGIDA  O ` RGANILISHI
Ko‘makchilar va	 ularning	 
o‘rganilishi
Ko`makchilar  hind  tilshunoslari  tomonidan 
mil.avv.V-IV  asrlarda  o`rganilgan.   Turkiy 
tillarda  ko`makchilar  mustaqil  so`z 
turkumlaridan 
rivojlangan.Jumladan,O`rxun-Enasoy 
yodgorliklarida  ko`makchilar  juda  kam 
sonni  tashkil  qiganligi,XI  asrga  oid 
“Devonu  lug`otit-turk”,”Qutadg`u  bilig” 
asarlarida  ko`makchilarning  soni  ancha 
ortgani,yozma  manbalardan  ma`lum 
bo`lishicha  XII-XIII  asrlarda    turkiy 
tillarda,jumladan,o`zbek  tilida  ham 
ko`makchilar  guruhi  yanada 
kengayganligining  guvohi  bo`lamiz.    Biz 
yaxshi  bilamizki,so`zlarni  turkumlarga 
ajratishda  eng  oddiy  belgilar  asosiy  o`rin 
tutadi :   Ko‘makchilar tasnifi 
haqida yangicha qarashlar
  Til birliklarini tahlil qilish jarayonida har bir 
birlik o`ziga zid bo`lgan  yoki  o`xshash birliklar 
munosabati orqali tahlil qilinadi.Jumladan, o`zbek 
tili leksik birliklari mustaqil va yordamchi 
leksemalarga  bo`linadi.  A.B.Pardayevning 
“O`zbek tili yordamchi so`zlarining lisoniy 
tizimdagi o`rni va 
lingvopragmatikasi ” mavzusidagi  doktorlik 
dissertatsiyasining avtoreferati bilan tanishib 
chiqish jarayonida yordamchi 
so`zlar,jumladan,ko`makchilar faqatgina 
semantik-grammatik vazifa bajarib 
qolmasdan,balki funksional-stilistik va 
substansial-pragmatik vazifa bajarib uslubiy l ikka 
qarab kengayayotganiga ham guvoh bo`ldik.   O‘zbek tilshunosligida ko‘makchilarning 
o`rganilishi
O‘zbek tilshunosligida ko‘makchilarning 
funksional-stilistik xususiyatlari esa 
A.Pardayev tomonidan monografik 
yo‘nalishda o‘rganilgan hamda nomzodlik, 
keyinchalik doktorlik dissertatsiyalari 
himoya qilingan. Ko‘makchilarning 
stilistik xususiyatlarini o‘rganishda ana shu 
tadqiqot materiallaridan foydalanamiz.   O‘zbek tilshunosligida ko‘makchilarning 
o`rganilishi
2.X.T.Axtamovaning «Hozirgi o‘zbek adabiy tilida murakkab 
analitik so‘ngshakllar» nomli nomzodlik dissertatsiyalari 
(Toshkent,1981), 
3.A.N.Kononovning «Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 
so‘ngko‘makchilar» (Toshkent,1951),
4. Sh.Shoabdurahmonovning «O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar» 
(Toshkent,1953), 
5.R.Rasulovning «O‘zbek tilida yordamchi so‘zlarning semantik-
grammatik xususiyatlari»  (Toshkent,) 
6.T.Rustamovning «O‘zbek tilida ko‘makchilar» (Toshkent,1995), 
«Sof ko‘makchilar» (Toshkent,1991) monografiyalari bevosita 
o‘zbek tilidagi ko‘makchilarning lingvistik tabiatini o‘rganishga 
bag‘ishlangan.    H.Berdiyorov  o‘zbek tilshunosligida birinchi marta 
hozirgi o‘zbek adabiy tilida mavjud bo‘lgan 
ko‘makchilarning o‘zi qo‘shilib kelayotgan so‘zning 
qanday semantik ma’nolari reallashuviga hamda 
gapda qanday vazifalarda kelishiga oid nazariy 
qarashlarini bayon qiladi. Biz hozirda 
«ko‘makchilar» deb o‘rganib kelayotgan til 
birliklarini  oldko‘makchilar ga qarama-qarshi 
ravishda  so‘ngko‘makchilar  tarzida talqin qiladi.    O‘zbek tilshunosligida ko‘makchilarning 
o`rganilishi
O‘zbek tilshunosligida ko‘makchilarning 
funksional-stilistik xususiyatlari esa 
A.Pardayev tomonidan monografik 
yo‘nalishda o‘rganilgan hamda nomzodlik, 
keyinchalik doktorlik dissertatsiyalari 
himoya qilingan. Ko‘makchilarning 
stilistik xususiyatlarini o‘rganishda ana shu 
tadqiqot materiallaridan foydalanamiz.   A.PardayevT.Rustamov
«Ko‘makchilar gap 
bo‘laklarining tobelanish 
munosabatini yaratuvchi va 
turli grammatik ma’nolarni 
ifodalashda xizmat qiluvchi 
muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan leksik-grammatik 
kategoriyadir» 
(T.Rustamov.HO‘ATK).  So‘zlarning ko‘makchilar bilan 
birikish yo‘llari va ularning bir xil 
qolip va mazmunda boshqa 
ko‘makchilar hamda kelishik 
ko‘rsatkichlari bilan sinonimlik 
munosabatlari shu darajada turli-
tuman va rang-barangki, ular o‘z-
o‘zidan bu turkum so‘zlarning stilistik 
imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi.Ko`makchilar haqida…     Leksik ma’no ko‘makchilar uchun xos xususiyat emas. 
Ammo bu fikr aytilganda faqat o‘zbek tilidagi sof 
ko‘makchilar nazarda tutiladi. 
Xullas, ko‘makchilarning nutq jarayonidagi asosiy 
vazifasi sintaktik munosabatlarni shakllantirishdan 
iborat bo‘lib qoladi. Ammo shakllangan munosabatlar 
shunchaki grammatik aloqadangina iborat bo‘lib 
qolmasdan, ularning har birida matniy holatga qarab 
alohida uslubiy ottenkalar namoyon bo‘ladi. Bu narsa, 
ayniqsa,  ularni kelishik qo‘shimchalari bilan 
taqqoslaganda yanada yaqqol seziladi.
Qarang!!!   
Yordamchi so‘zlar ichida ko‘makchilar funksional stilistik jihatdan ancha o`rganilganligini ko`rib 
chiqdik.Ko`makchilar  pragmatik botiniy ma no ifodalashda eng sermahsul vositalardan hisoblanadi. ʼ
Chunki  ko‘makchilar nutqning mazmun va formal jihatdan shakllanishida juda muhim vazifalar bajaradi. 
Shuning uchun gapning semantik strukturasida o‘zi sintaktik bog‘lanib kelgan so‘z bilan birgalikda 
alohida pragmatik botiniy ma no anglatuvchi vosita bo‘la oladi.	
ʼ

Turdi Rustamov,H.Berdirorv,A.Pardayev, Z.Burhonov,  Ibodullayeva Inobat Nurulla Qizining ning 
ko`makchi so`zlar mavzusiga bag`ishglangan qator tadqiqotlarini o`rgandik va shunday xulosaga keldik:

   - ko`makchilar yordamchi so`zlar tarkibida kelib ot va otlashgan so`zlarni o`zi birikkkan so`zga tobe 
munosabatda bog`laydi;

- ko`makchi so`zlar diaxron aspektda o`rganilgan:

-ko`makchilar gap bo`laklarini bog`lashda faol ishtirok etadi;

-ko`makchilar tarixan mustaqil so`zlar hisoblanib ma`no taraqqiyoti jarayonida o`z leksik ma`nosini 
butunlay,qisman yo`qotgan.

-ko`makchi so`zlar grammatikalashuvi davomiy jarayon;

-ko`makchi so`zlarga nisbatan so`z atamasini qo`llashimiz mumkin;

-sof ko`makchi so`zlar o`z mustaqil urg`usiga ega emas.

-ko`makchilarda qandaydir mustaqil ma`no yuzaga chiqadi(matn tarkibida);

-leksema va so`z haqidagi qarashlar; I bob bo`yicha xulosalar.   2.1. Funksional ko‘makchilarning 
o‘ziga xos xususiyatlari

Tilshunoslikda ko`makchilar ancha o`rganilgan va 
ilmiy jihatdan asoslangan.Abdurauf Fitrat 
“Sarf”asarida ot,sifat,fe`l,ko`makchi so`z 
turkumlariga to`xtaladi.Jumladan,ko`makchilarni 
morfologik,etimologik nuqtayi nazardan o`rgangan 
T.Rustamov ularni ikki guruhga ajratadi. 
“Ko‘makchilar morfologik-etimologik jihatdan 
ham ikki guruhga ajratiladi. Ya’ni ot, sifat, ravish 
ko‘makchilar bilan fe’l ko‘makchilarni 
birlashtirilib “funksional(vazafadosh) 
ko‘makchilar” nomi bilan atamoqda (T. Rustamov) 
Funksional ko`makchilar o`z lug`aviy ma`nosini 
qisman bo`lsa-da saqlab qolgan ko`makchilar 
hisoblanadi

  Курбонова М. Абдурауф Фитрат ва Узбек 
тилшунослиги.- Тошкент; Университет.1997

Рустамов Т. Соф кумакчилар.- Тошкент: 
Фан.1991 
1. Asl, tub ko‘makchilar – sari, sayin, uchun, kabi, bilan;  

2. Ot, sifat, ravish ko‘makchilar – ilgari, tashqari, orqali, 
qarshi, keyin;

  3. Fe’l ko‘makchilar – ko‘ra, o‘sha, qarab, deb, qaraganda, 
deganda . 

Rustamov  haq ы nda, haqida, tuvrs ы nda, tuvral ы  kabi qator 
otlar ham xuddi  qash ы nda, qash ы ndag` ы  ko`makchilaridek 
grammatik xususiyatga ega bo`lgan sof ko`makchilar 
tariqasida qaraydi. Ko`makchilar ham tarixiy taraqqiyot 
natijasida o`z turkumini o`zgartirgan. Bu jarayonni biz 
birgina “bilan” ko`makchisi orqali izohlab 
o`tmoqchimiz .“Bilan”  ko`makchisining yetakchi morfemasi 
asli  son(1- bir)	 so`z	 turkumiga  oid bo`lib affiksatsiya yo`li  ”	 
birla”  shakli hosil qilingan. Bu ko`makchining 
etimologiyasiga nazar tashlaydigan bo`lsak,  BILAN	
 
“birga”ma`nosini  ifodalaydigan ko`makchi 
hisoblanadi.Qadimgi turkiy tilda  “bir” soniga  “birga”  
ma`nosini ifodalovchi  –la  qo`shimchasini qo`shish bilan hosil 
qilingan.

  R u s t a m o v T. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘makchilar. 
Toshkent. 1965.   Hozirgi adabiy tilimizda 
funksional ko‘makchilar ning 
mavjudligi, birinchidan, 
ko‘makchilarning tarixan mustaqil 
so‘zlardan iborat bo‘lganligi va 
ularning dastlab leksik ma’no 
anglatganligidan, ular asosan fe’l, 
ot, ravish, ravishdosh singari 
mustaqil so‘z turkumlaridan kelib 
chiqqanligidan, ikkinchidan, bu 
jarayon tilda hali ham davom etib 
kelayotganligidan dalolat beradi.   Grammatikalizatsiya jarayoni

1-bosqich yordamchisimonlik	 (ixtisoslashish)  – mustaqil 
so`z mustaqilligini va bo`linuvchanligini saqlagan holda 
o`zining lug`aviy ma`nosi asosida yordamchi so`z 
vazifasida keladi va lug`aviy ma`nosini umumlashtiradi. 

M: ukam ga	
               ukam  uchun               ukam ga	 deb

2-bosqich.Yordamchilashayotganlik  – mustaqil so`z 
lug`aviy ma`nosini yana ham qorong`ilashtiradi.

M: Sen yetarsan ko`ngil  tubiga ,                                              
                                                                          Unda poklik 
ziyo taratar,                                                                             
                                            Ul poklikning har zarrasida,       
      

Tazarrular seni yaratar.(Usmon Azim,Saylanma,234-
bet).She`rda keltirilgan “tubiga” so`zi ko`makchilashish 
jarayonidagi mustaqil so`z bo`lib,ijodkorning badiiy 
maqsadini ochib berishga xizmat qilyapti.Keyingi 
misralarga diqqatimizni qaratamiz:                                        
                                                                                           
Sahar chog`i mizg`igandim,bir tush ko`rdim.

Bir choh ko`rdim, choh tubinda  bir hush ko`rdim,

Qanotlari singan qushning suratinda, 
3-bosqich.Yordamchilashganlik(soddalanish)	
  - mustaqil 
so`z lug`aviy ma`nosini batamom qorong`ilashtiradi, 
bo`linuvchanligini ham yo`qota boshlaydi.  

Betxoven qulog‘in ochguvchi ohang, 

Tumanlar  ortida  charsillagan nur; 

Sohir koinotda sakkizinchi rang, 

Ummonlarning  bag‘ri  boy berishgan dur, 

Qani, sening ovozing?..

4-bosqich.Tubanlashganlik  – mustaqil so`z o`z lug`aviy 
ma`nosini ham,tarkibiy bo`linuvchanligini ham 
yo`qotgan,sof yordamchiga o`tgan. 

Tashqarida yomg`ir yog`ar,

Ko`zyoshdan ham og`ir yog`ar.

Bu yuraksiz  dunyo uzra ,

Yurak yog`ar,bag`ir yog`ar.(Usmon Azim,Saylanma,201). 
“Uzra” ko`makchisining etimologiyasiga nazar tashlasak, 
olmosh so`z turkumiga borib taqaladi.Bu ko`makchimiz 
to`laligicha sof ko`makchilar tarkibiga o`tgan  Рустамов 
Т,Узра кўмакчиси тарихидан//Ўзбек тили ва 
адабиёти,1974.6-сон.   Transpozitsiya so`zi lotincha “transpozitsio” “o`rin almashtirish”, 
“ko`chirish”, “o`tkazish”, “joyini almashtirish” ma`nolarini anglatadi . 
Ҳожиев А.Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати.Ўзбекистон 
Миллий Энциклопедияси нашриёти.Тошкент.2002.164-бет.
TranspozitsiyaTashqi
Mustaql turkumning yordamchi 
turkumga,yoki 
aksincha,yordamchi turkumning 
mustaqil turkumga ko`chishiMustaqil turkumning mustaqil 
turkumga ko`chishi	Ichki         “ Bilan”ko`makchisidan tashqari “ichra”ko`makchisi 
shunday davrni boshdan o`tkazgan bo`lib qadimgi 
turkiy tili yodgorliklarida ravish va ko`makchi 
vazifasida qo`llangan.Bu o’z navbatida ichki 
tranzpozitsiyani tashkil etadi.
Bilan-son ;
Ichra-ravish;
Uzra-O`z/ olmoshi   3.1.  O‘zbek tilida ko‘makchilashgan 
so‘zlar

 “ Ko`makchilashish” hodisasi, 
diaxronik jarayonlarda sodir 
bo’luvchi hodisa bo’lib, mustaqil so`z 
turkumiga oid so`zlar ko’makchiga 
ma’lum bir vaqt mobaynida sekin-
astalik bilan o’tib boradi.  Tilimizdagi 
100dan ortiq  so`zlarning semantik 
strukturasida yordamchilik vazifasi  
yuzaga chiqqanligini ko`rdik.Bundan 
tashqari, badiiy asarlarni o`qish 
jarayonida, yuqorida keltirilgan 
so`zlarda yordamchilashish 
(ko`makchi) holati kuzatilganligiga 
guvoh bo`ldik.   
Zamirida   - so`zi o`z leksik ma`nosidan 
tashqari ko`makchi vazifasida ham 
qo`llaniladi.Ko`makchilashayotgan bu 
so`z “O`zbek tilining izohli lug`ati”da 
“zamir” – 1)”aql, vijdon,yashirin fikr 
“ ,2)”Tub mohiyat,asl 
ma`no,mazmunan,asos” degan 
ma`nolarni anglatadi.
(O’TIL.II,145) G`azab bilan aytilgan bu 
taxdid  zamirida  chinakam zulm 
mavjudligini Kesakpolvon 
sezdi(T.Malik), Romandagi qator 
obrazlarning  zamirida  konkret tarixiy 
shaxslar yotadi(O’TA) .   Hozirgi kunda  tilimizda  yuzdan ortiq so`zlar borki , o`z 
ma`nosidan tashqari ko`makchi vazifasida ham 
qo`llaniladi.Masalan, aralash,bag`riga,zamirida,
chegarasida,qobig`iga,ro`parasiga,ro`parasida,yaxlit,
qavmida,chog`,chog`da,tubida,tubda,bag`rida,barida,
belida,buyoq,vaziyatda,vaqt,vaqtda,girdida,dam,damda
,yordamida,zaylida,zaminida,zamon,zamonda,zahot,zah
oti,kasriga,kasridan,kezda,kezlarda,kelganda,komiga,ko
`magida,labiga,labida,mavzuda,og`ushida,oralab,ortiq,p
ayida,payt,paytda,pallada,pallasi,ro’parasiga,ro`parasid
a,ro`parasidan,sirasiga,taqdirda,tani,tayanib,tobda,topd
a,tubiga,tubida,tubidan,uchida,chog`,chog`da,yuqorida,
yaqin,o`ngida,o`tib,qavatiga,qirg`og`iga,qirg`og`ida,kuy
ida   O`zbek tilida 
ko`makchilashayotgan so`zlar
“ Ko`makchilashish” hodisasi, diaxronik jarayonlarda sodir 
bo’luvchi hodisa bo’lib, mustaqil so`z turkumiga oid so`zlar 
ko’makchiga ma’lum bir vaqt mobaynida sekin-astalik bilan 
o’tib boradi.  Tilimizdagi  yuz dan ortiq  so`zlarning semantik 
strukturasida yordamchilik vazifasi  yuzaga chiqqanligini 
ko`rdik.Bundan tashqari, badiiy asarlarni o`qish jarayonida, 
yuqorida keltirilgan so`zlarda yordamchilashish 
(ko`makchi) holati kuzatilganligiga guvoh bo`ldik.     E.A`zamning “Shovqin”romanidan olingan quyidagi  
misollarga diqqatimizni qaratamiz:  Chamasi,oshning 
zirvagi allaqachon tayyor,qolganidan ham ko`ngil 
to`q,o`rnidan qimirlamay xaxolab qadah ko`targani 
ko`targan,kirib-chiqib xizmat qilib turgan shogirdi-o`zi 
singari baqaloq qizginaning biqinidan chimchilab,yo`l-
yo`riq berib o`tiribdi.  (   Шовқин  172 - бет ) Qizginaning 
biqini  birikmasida biqin-inson organi.Izohli lug`atimizda 
quyidagicha izohlangan  Biqin-gavdaning qo`ltiqdan to 
tos suyagigacha bo`lgan ikki yon qismi.O`ng biqin.Chap 
biqin . Biqin go`shti.Tekin  t omoq biqin tepar.Maqol.             
                                                                     Yuqoridagi 
“biqin” so`zini, endigi keltirmoqchi bo`lgan gapimizda 
ishtirok etgan “biqin” so`zi bilan taqqoslaymiz. Misol:   Farhodning  biqinida  o`tirgan tengdoshroq 
yigitning pichirlab axborot berishicha,bu 
odamning ismi Badriddin ekan,asli toshkentlik 
xo`jalardan;shu yerda o`qib,uylanib,yashab 
qolgan,allaqaysi bir ilmiy tadqiqot institutida oddiy 
xodim bo`lib ishlar emish .(   Шовқин   173 - бет )Har 
ikkala gapimiz tarkibidagi biqinidan\da so`zi 
mustaqil ma`noga ega  fe`l so`z turkumiga 
bog`lanib kelgan:  qizginaning biqinidan 
chimchilamoq: ot+biqin+fe`l(mustaqil 
ma`no) ,Farhodning biqini 
ot+biqinida(ko`makchilashgan)+fe`l. Shu o`rinda 
T.Rustamov ko`makchilar  faqat mustaqil ma`noli 
so`zlarga birikkandagina  leksik ma`no ifodalaydi 
degan fikrni ilgari suradi.Biz keltirgan misolda esa 
har ikkala holda ham mustaqil so`zga birikkan 
so`z,ya`ni  biqin  ikki xil funksiya bajarayotganini 
ko`ryapmiz.     Ko`makchilarning  leksik ma`no anglatuvchi  
so`zlarga yaqinlashtiruvchi xususiyatlardan biri  
ma`no ko`chishida faol ishtirok etishidir.Bu 
xususda A.Pardayevning quyidagi fikrlarini 
keltiramiz:  ..til taraqqiyoti silsilasida ayrim 
mustaqil so`zlarning yordamchi so`zlarga o`tib 
turishi tarixiy jarayon bo`lib,so`zlarning 
nutqda ko`chma ma`noda qo`llanilishi ham 
ularning yordamchi so`zlarga aylanishiga 
sabab bo`ladi  
А.Б.Пардаев ,ЁРДАМЧИ СЎЗЛАРНИНГ 
ЛИНГВИСТИК ТАБИАТИГА ДОИР 
АЙРИМ МУЛОҲАЗАЛАР «Қарақалпақ 
мəмлекетлик университетиниң хабаршыси» 
журналида (Нукус, 2011. –№ 1-2(10-11). –Б. 
93-96.) 
      Ko`makchilashayotgan so`zlar
•
G`azab bilan 
aytilgan bu taxdid 
zamirida  
chinakam zulm 
mavjudligini 
Kesakpolvon 
sezdi(T.Malik) Zamirida
•
Zaynab ajal 
 
ro`parasida  
turganini 
his 
qilardi( T.M
alik)  ro`para
•
U kelgan  taqdirda  
ham bu uyda ko`ngli 
osoyish topmasligini 
bilib,yana 
qo`ng`iroq 
tugmasini bosdi.
(T.Malik)taqdirida             Eshqobil Shukur ijodida 
inson azolarini 
ifodalovchi birliklarning 
juda ko‘p ishlatilishi 
shoir she’riyati tilining 
xarakaterli jihati deyish 
mumkin.  Yomg‘irlarning 
mavjida 
Yuvilar qonli tana. 
Qora o‘rmon 
qo‘ynidan 
Qaytar bug‘ular 
yana… [
Bulutlar qorlarning 
qo‘ynida  uxlar, 
Cho‘l qisirlar ayoz 
qamchilaridan. 
Qirlar tun  beti ga 
ufurgan uhlar 
Muzlaydi iztirob 
tomchilariday…  Vahm tush  og‘ushida  
Chayqalib qo‘yar 
ovul. 
Ko‘zlarini ishqalab 
Uyg‘onadi qorovul. [   Eshqobil Shukurning ayrim ko‘makchilashgan 
birliklarga murojaati poetik uslubga xos orginal 
o‘xshatishlarning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan. 
Masalan, 
Shamolning  etagidan 
Tutib bo‘zlaydi xayol… [
O, uyatchan namozshomgullar, 
Qo‘shiq aytay shom  c hog‘i (da) sizga. 
Dardlarimni qo‘yarsiz yo‘llab 
Olisdagi tanishingizga...
Quyidagi parchadagi birliklar tarkibida esa egalik va 
kelishik shakllari qotib qolib ko‘makchilashish 
jarayoni sodir bo‘lgan   Eshqobil Shukur she’riyatida faol 
ko‘makchilarga sinonim sifatida ishlatilgan 
ko‘makchilashish jarayoni davom etayotgan 
birliklarni ham ko‘rishimiz mumkin:
Suv ustida, suvlar ustida 
Yuraklarim chisirlaydi-ey, 
Ishq  dastidan , hijron  dastidan 
Suyaklarim qisirlaydi-ey. 
… Yo‘l ustida, yo‘llar ustida 
Oyoqlarim yurak bo‘ldi-ey, 
Ishq  kasridan , hijron  kasridan  
Umrim faqat tilak bo‘ldi-ey .She’rda 
ko‘makchilashish jarayoni davom etayotgan 
“dastidan”, “kasridan” so‘zlari “sababli” 
ko‘makchisiga sinonim bo‘la oladi.
  Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Шеърлар 
ва достон. –   Тошкент: “Шарқ” нашриёт-
матбаа аксиядорлик компанияси, 2002. –  
318 б.
  She’rda ko‘makchilashish 
jarayoni davom etayotgan 
“dastidan”, “kasridan” 
so‘zlari “sababli” 
ko‘makchisiga sinonim bo‘la 
oladi. Ahamiyatli jihati bu 
birliklar matnda takror 
holatda ishlatilib, o‘zining 
pragmatik vazifasini yaqqol 
namoyon etgan.   Tadqiqotimiz  to`liq yakunlanmaganВставка рисунка

“ O‘zbek tilidagi ko‘makchilashayotgan so‘zlar” mavzusidan DISSERTATSIYA taqdimot silaydi.

 1.1. Ko‘makchilar va ularning o‘rganilishi …………………………  1.2. Ko‘makchilar tasnifi haqida yangicha qarashlar …………………  Bob bo‘yicha qisqacha x ulosa …………………………………..  I. BOB . KO‘MAKCHILARNING O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA O‘RGANILISHI

 2.1. Funksional ko‘makchilarning o‘ziga xos xususiyatlari............................  2.2. Ot turkumiga xos funksional ko‘makchilar… ...........................................  2.3. Fe’l turkumiga xos funksional ko‘makchilar.............................................  2.4. Ravish turkumiga xos funksional ko‘makchilar......................................  Bob bo‘yicha qisqacha x ulosa ………………………………………….II BOB. FUNKSIONAL KO‘MAKCHILARNING LEKSIK- SEMANTIK XUSUSIYATLARI .

 3.1. O‘zbek tilida ko‘makchilashgan so‘zlar ..................................................  3.2. O‘zbek tilida ko‘makchilashayotgan so‘zlar...............................................  Bob bo‘yicha qisqacha x ulosa ………………………. ………………  UMUMIY XULOSALAR …………………………………………  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………    III BOB. O‘ZBEK TILIDA KO‘MAKCHILASHAYOTGAN SO‘ZLAR

    Tadqiqot  mavzusining   dolzarbligi. Ko‘makchilarning til tizimidagi tutgan o‘rni xususida A.Kononov, A . G‘ulomov, S.Mutallibov, A.Hoji y ev, U.Tursunov, H.Berdiyorov, T.Rustamov, H.Ne’matov, J.Hamdamov , A.Pardayev va boshqalar hamda ayrim internet materiallariga tayanib, aytish mumkinki, ko‘makchilar tarixan mustaqil so‘zlar hisoblanib, o‘z leksik ma’nolariga ega bo‘lgan, ammo davrlar o‘tishi bilan bu leksik ma’nolarni yo‘qotib, ularning ma’lum qismi o‘zgarmas bo‘lib, hech qanday grammatik shakllarni qabul qilmaydigan holga kelib qolgan, o‘zidan oldin kelgan so‘zlar bilan birgalikda vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon, ob’ekt, o‘xshatish, payt, masofa, yo‘nalish singari grammatik ma’nolarni ifoda etadigan va yordamchi vosita sanaladigan til birliklaridir. Ular nutqda so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi grammatik vositadir. Shuningdek, grammatik vosita bo‘lish jarayonida ularda ma’lum grammatik ma’nolar ham shakllanadi. MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI