O'zbekiston olimlarning biofizika taraqqiyotiga qo'shgan hissalari
O'ZBEKISTON OLIMLARNING BIOFIZIKA TARAQQIYOTIGA QO'SHGAN HISSALARI
Tabiat qonunlariga asoslangan holda, biologiya, fizika va kimyoning tutashish joyida yangi fan –« Biofi zik a» fani yuzaga keldi. Biofizika – biologik tizimlardagi fizik va fizik-kimyoviy jarayonlarni va tirik organizmga turli omillarning ta’sirini o’rganadi. Biofizikaga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Biofizika – fizik va fizik-kimyoviy jarayonlarni, biologik tizimlar ultrastrukturasini tashkil qilishning hamma sohalarini submolekulyar va molekulalardan to to’qima va to’liq organizmgacha o’rganadigan fandir.
0 ‘zbekiston olimlari yadro nurlaridan, ayniqsa, paxtachilikda foydalanish horasida juda ko'plab ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. Masalan, akademik J.A. Musayev va N.N. Nazirov g‘o‘zaga yadro nurlarining biologik. biokimyoviy, fiziologik va morfologik ta'sirini o'rgandilar. Bundan tashqari N.N Nazirov va F Joniqulovlar tomonidan g'o'za navlariga radioaktiv fosfor- 32 berish bilan yangi navlar yaralildi. AKADEMIK JO’RA MUSAYEV
Yadro nurlaridan genetikaning mutatsion jarayonlarida foydalanish, ayniqsa, katta istiqbollar ochib berdi. Mutatsion o'zgarish vujudga kelgan formalar seleksionerlar uchun boshlang'ich material bo‘lib xizmat qiladi. N.N. Nazirov ilmiy ishlarida shuni ko‘rsatadiki, tirik organizmlarning radioaktiv nurlaridan ta'sirlanishi va melastabillik darajasi ortadi. Masalan, 4% namligi eksikatorda quritilgan urug' 8—12% namlikka ega bo'lgan urug'ga nisbatan kuchli ta'sirlanadi. Kechpishar g‘o‘za navlari ertapishar naviarga nisbatan ionlovchi radiatsiyaga ancha chidamsiz bo'ladi. Nurlantirish ucluin qishloq xo'jaligi ekinlari eng qulay obyekt hisoblanadi va nurlangandan keyingi birinchi yil laboratoriyada saqlab keyin radiatsion effektlami aniqlashda va nur bilan jarohatlangan «yara» ni qayta tiklash muammosini hal etishda ham katta ahamiyatga egadir.
N.N.Nazirov, O.Jalilovlar 1965-1980 yillarda S-4727 navining 30 kunlik ko’sagiga gamma nuri ta’sir ettirib qishloq xo’jaligi uchun muhim bo’lgan belgilarni saqlagan holda erta pishar ko’sagi yirik mutant olishga erishdilar. Olingan mutant “AN-Chimboyobod”, “AN-Kattaqurg’on” deb nomlangan. Shu olimlar tomonidan tezpishar “1306-DV” navli urug’ni ekishdan oldin radioaktiv fosfor R32 eritmasida 24 soat ivitib qo’yish va ivitilgan chigitdan unib chiqqan o’simlikni takroriy yakka tanlash usulida yaratganlar. U dastlabki formaga nisbatan ko’sagi yirik bo’lib; ertapisharligi saqlangan, keyingi yillarda akademik O.Jalilov va professor F.Joniqulovlar tomonidan radiasiya ta’sirida yangi-yangi navlar yaratdilar. AKADEMIK OSTON JALILOV