logo

Oʻzbekiston qoyatosh rasmlari tadqiqot yutuqlari

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2126.2548828125 KB
ʼʼ Oʻzbekiston qoyatosh rasmlari tadqiqot 
yutuqlari ”   mavzusida tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI Mavzu: O ZBEKISTON QOYATOSH RASMLARI TADQIQOT ʻ
YUTUQLARI.
Reja:
Kirish
I BOB. QOYATOSH TASVIRLAR  -  IBTIDOIY SANA’TNING 
ILK NAMUNALARI
1.1. Qoyatosh tasvirlar  shakllanishi shart-sharoitlari va 
rivojlanish omillari
1.2. O’rta Osiyodagi qoyatosh tasvirlar  umumjahon merosi 
sifatida
II BOB. O’LKA TARIXINI TADQIQ ETISHDA QOYATOSH 
TASVIRLARI TARIXIY MANBA SIFATIDA 
(Navoiy viloyatidagi Sarmishsoy misolida)
2.1. S armishsoy qoyatosh tasvirlari -   Navoiy viloyatidagi  
“Zangori osmon   ostidagi muzey”
2.2. Sarmishsoy qoyatosh tasvirlarining qiyosiy tavsifi.
XULOSA. Kirish

Birinchi p rezident imiz  
Islom Karimovning “har 
qaysi xalq yoki har qaysi 
millatning ma’naviyatini 
uning tarixi, o’ziga xos 
urf-odatlari va 
an’analari, hayotiy 
qadriyatlaridan ayri 
holda tasavvur etib 
bo’lmaydi. Bu borada 
tabiiyki, ma’naviy meros, 
madaniy boyliklar, 
ko’hna tarixiy 
yodgorliklar eng muhim 
omillardan biri bo’lib 
xizmat qiladi . Tadqiqot  m av zusining dolzarbligi:

Tariximizni noyob yodgorliklari, ilk sivilizatsiya 
o’choqlaridan biri o’lkamizdir. O’lkamizning eng 
qadimgi tarixi haqida guvohlik beruvchi qoyatosh 
suratlar bunga yorqin misol bo’la oladi. 
Mamlakatimizdagi tabiiy-tarixiy yodgorliklarni 
o’rganish, tarixini yoritish  olimlarimiz oldida turgan 
dolzarb masala bo’lib qolmoqda. Ilk sivilizatsiyani 
boshlang’ich nuqtasi inson ma’naviy dunyosini aks 
ettirgan qoyatosh tasvirlarini o’rganish va uni 
ijodkorlari bo’lishi ilk ajdodlarimiz ko’z oldimizda 
gavdalantirilishi asosida o’lkamiz qadimgi tarixini 
qayta jonlantirish yosh avlodni milliy o’zlikni anglash 
ruhida tarbiyalash omillaridan biri  bo’lib xizmat 
qiladi. Tadqiqot mavzusining 
maqsad va vazifalari:  
Mustaqillik sharofati bilan yurtimiz tarixini yoritib beruvchi 
moddiy manbalarni tadqiq etish, tarixiy adabiyotlar, 
ommaviy axborot vositalarida yoritish, o’lkamiz tarixiga 
oid manbalarni avvalo yoshlar ongiga yetkazish bugungi 
kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Tarixiy asori 
atiqalar va milliy qadriyatlarni uyg’unlashtirgan holda 
keng targ’ib etish yosh avlodni har tomonlama yetuk va 
barkamol qilib tarbiyalash masalasiga ushbu tadqiqot 
mavzusining asosiy maqsad va vazifalaridan biri 
hisoblanadi. O’lkamiz tarixini yoritib beruvchi qoyatosh 
yodgorliklarini  o’rganish, mavjud muammolarni hal etish 
olimlarimiz oldida turgan dolzarb masala bo’lib qolmoqda.   Mavzuning o‘rganilganlik 
darajasi:  
XX asrdan boshlab dunyoning boshqa qit’alarida 
mavjud bo’lgan bunday tabiiy-tarixiy yodgorliklarni 
ilmiy-amaliy tadqiq qilish keng miqyosda ilgari 
to’plangan tajribalar asosida fundamental tadqiq 
qilina boshlandi.  Bizning vatanimiz ilk odam 
yashagan qadimiy maskanlardan biri hisoblanadi. 
Ilk odamlar yaratgan tasviriy san’at namunalari 
O’rta Osiyoning turli hududlaridan topilgan. 
O’lkadagi qadimiy tasvirlar haqidagi dastlabki 
ma’lumotlar  o’rta asrning mashhur allomasi  Abu 
Rayhon Beruniy asarlarida uchraydi. Beruniy 
k imaklar mamlakatidagi sirli rasmlar ustida 
gapirib, bu tasvirlar mahalliy aholining diniy 
e ’tiqodi bilan bog’liq bo’lishi mumkinligini bayon 
e tadi.  Hozirda O’zbekiston hududida 140 dan ortiq 
qoyatosh tasvirlari yodgorliklari mavjud.   Qoyatosh tasvirlari jonli tarix guvohi San’atning yuzaga kelishi insoniyat taraqqiyotida buyuk 
bosqich bo’ldi. Ibtidoiy jamoa ichida ijtimoiy aloqalarni 
yuzaga kelishiga, ma’naviy olamni, ularning go’zallik 
haqidagi tushunchalarini shakllanishiga xizmat qilgan san’at 
o’z rivojida animizm (tabiat hodisalariga insoniy fazilatlarni 
berish) va totemizm (hayvonlarga sig’inish, urug’ 
jamoasining kelib chiqishini biror hayvonga taqalishi) kabi 
afsona va qarashlarga tayangan. Dastlab sodda shakli, 
belgi tarzidagi tasvirlardan asta-sekin hayvonlar xususiyati, 
ko’rinishi, xarakterini haqqoniy va to’laqonli tasvirini 
yaratishga o’tishdan va shular asosida kishilar hayoti, 
yashash tarzi haqida keng mulohaza yuritadigan murakkab 
kompozitsiyalar yaratish jarayoniga yetib borgan, realistik 
shakllar zaminida esa soddalashtirilgan handasiy shakllar 
darajasiga qadar ko’tarilgan belgi va siymolar orqali 
murakkab his-tuyg’u, fikrlarni ifodalovchi naqsh 
mujassamotlari va yozuvlar paydo bo’lishiga olib kelgan.   
Qoyatosh rasmlari dunyoning barcha joylarida ma’lum 
bo’lib, paleolitdan to o’rta asrlargacha bo’lgan davrda 
yaratilgan. Afrika (Sahroi Kabir va jan. tog’larda), 
Amerika (Alyaska, And va boshqa tog’lar), Yevropa va 
Avstraliyaning tog’liq hududlarida ko’p uchraydi; 
Rossiya (Amur, Lena, Yenisey, Ob, Irtish, Baykal ko’li 
sohillari), Qozog’iston, O’rta Osiyo (Qoratog’, 
Bo’kantog’, Tomditog’, Tyanshan. Pomir, Nurota va 
boshqa hududlar)dan topilgan petroglif qoyatosh 
rasmlari diqqatga sazovor. Fransiya, Ispaniya, Italiya, 
Hindiston, Rossiya (Lena, Amur, Baykal ko’li sohillari, 
Ural, Dog’iston), O’zbekiston (masalan Zarautsoy 
rasmlari, Sangijumon, Oqsoqolotasoy rasmlari)da 
rangli qoyatosh rasmlari topib o’rganilgan.  
Yurtimizda ushbu noyob san’at o‘rta va 
yangi tosh davrlarida, ya’ni bugungi 
kunimizdan chamasi V ming yillar ilgari 
paydo bo‘lgan. Suratlar asosan ikki xil 
usul — urib cho‘kichlash va tabiiy 
bo‘yoqlar yordamida ishlangan. 
Birinchi usulda rasmlar uchi o‘tkir, tig‘li 
temir va po‘lat asboblar bilan toshlarni 
o‘yib ishlangan. Bu yer yuzidagi 
ko‘pgina qoyatosh tasvirlarga xos 
uslub bo‘lib, fan tilida nuqtali usul deb 
ataladi. Keyingisida ilk rang-tasvir 
ustalarining mahorati ko‘zga 
tashlanadi. Ular qizil kesak — angobni 
hayvon tanasidagi ma’lum bir 
suyuqlikka qo‘shib bo‘yoq 
tayyorlaganlar. Rasmlarga cho‘p, 
qamish, suyak va qushlarning pati 
vositasida jilo berilgan. Bu turdagi 
qoyatosh suratlarining deyarli hech bir 
o‘zgarishsiz hozirgi kunimizgacha 
saqlanib qolishi, ajdodlarimiz aql-
zakovatining mahsuli bo‘lgan ilk 
bo‘yoqlarning sifati juda yuqoriligidan 
dalolat beradi. O‘zbekistonda 100 dan 
ortiq ana shunday nodir san’at 
namunalari aniqlangan.    
Qoyatosh rasmlarini davrlashtirishdagi muhim omillardan 
biri tasvirlarning ishlanish uslubi va texnikasini o’rganish 
bilan bog’liqdir. San’at tarixidan ma’lumki qadimgi odamlar 
tabiatdagi barcha narsani o’z holicha, ya’ni qanday 
ko’rishsa shu holda chizib qoldirishga harakat qilishgan. 
Davrlar o’tishi bilan bu aniqlik holati soddalashib boradi. 
Demak, turli davrlarda chizilgan rasmlarning ishlanish 
uslublari ham o’zgarib borgan. Bunday holatni Qoraqiyasoy 
qoyatosh rasmlarining chizilish texnikasi va uslublari ustida 
olib borilgan kuzatishlarimiz ham tasdiqladi. Bir rasm 
ustidan ikkinchi rasmning ishlanishi ham rasmlarning turli 
davrlarda ishlanganligidan dalolat beradi.  Qoraqiyatosh tasvirlari
•
Qoraqiyasoy qoyatosh rasmlari ustida olib borilgan 
ilmiy tadqiqot ishlari natijalari shuni ko’rsatadiki, 
ular orasida er. avv. 1 ming yillikgacha bo’lgan 
davrda ishlangan qadimiy rasmlar ko’pchilikni 
tashkil etadi. Bu rasmlar orasida odam, ibtidoiy 
buqa, kiyik, qulon, jayron, tog’ echkisi, 
mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqichlar 
(qoplon, leopard, gepard), it, bo’ri va boshqa shu 
kabi hayvonlar ko’pchilikni tashkil etadi. Undan 
tashqari geometrik romb shaklidagi belgilar, sodda 
va murakkab yoy tasvirlari mavjuddir. Bu davrga 
mansub bo’lgan rasmlar ning sir ti quyosh nuri, 
shamol, yog’ingarchilik va xilma-xil tabiat 
hodisalari natijasida toshning tabiiy sir ti kabi 
qorayib, kuyib uniqib ketgan, nuragan, yemirilib 
darz ketgan va bir muncha silliqlashgan. Shuning 
uchun tosh sathidagi tasvirlar ni darhol payqab, 
ajratib olish mushkul.   •Turli davr hayvonlari tasviri. QORAUNGURSOY  RASMLARI 
Nurota  tog’lari  Qoratog’  tizmasining  janubiy  yon  
bag’ridagi  Qoraungursoy qoyatoshlariga  ishlangan  
tasvirlar.  Navoiy viloyati Navbahor tumani hududida. 
X.Muhamedov  topgan.  N.Toshkanboyev, A.Kabirovlar  
tomonidan  o’rganilgan.  Rasmlar (250  dan  ortiq)ning  
asosiy qismi mil. av. 1-ming yillikning 2-yarmiga  
mansub,  ilk  o’rta  asrlarga  oid  rasmlar  ham  uchraydi.  
Rasmlar  uslub jihatidan  har  xil  bo’lib,  bu  ularning turli 
 davrlarda  yaratilganidan  darak  beradi.  Rasmlar  qattiq 
 buyumlar bilan  urib-o’yib  soyali  oddiy  chiziqlar 
uslubidan  ishlangan.  Qoyalarda  chavandozlar,  ot,  it,  
echki,  qo’y,  to’ngiz,  arxar, yirtqich  hayvonlar  va  
boshqalar  tasvirlangan.   Soymalitosh rasmlari   

Farg’ona tog’  tizmasining Ko’gart dovoni yaqini (Qirg’iziston hududi) 
dagi qoyatoshlarga ishlangan tasvirlar. 1902 - yilda topograf N. Xludov 
topgan. Dastlab I. Poslavskiy, keyinroq B. Zima, A. Bernshtam, Yu. 
Golyanduxin va boshqalar tomonidan o’rganilgan. Soymalitosh 
rasmlarining umumiy soni 10—12 mingdan ortiq bo’lib, bu yerda eng 
ko’p qoyatosh rasmlari to’plangan. Soymalitosh rasmlari turli 
davrlarda yaratilgan: mil. av. 3 ming yillikda, yana bir qismi mil. av. 
1ming yillikning 2-yarmida ishlangan; mil. 1—8-asrlar va undan 
keyingi davrlarga mansub rasmlar ham uchraydi. Soymalitosh 
rasmlari qattiq buyum, tosh bilan urib o’yib soya, oddiy chiziqlar, 
narsalar shakli va naqshdor uslubda ishlangan. Yovvoyi buqa, ot, it, 
tog’  echkisi, arhar, qoplon, quyosh tasviri, chayla, o’qyoy va 
boshqalar bor; yer haydash, raqs lavhalari, qandaydir diniy 
marosimlarni bajarayotgan kishilarning tasvirlari ham uchraydi.  Sarmishsoy 

Zarafshon vohasini quyi oqimidagi Sarmishsoy qoyatosh 
tasvirlari XIX asrning 30 yillarigacha hech kimga ma’lum 
emas edi. Bu hududda (Navoiy regioni) mavjud petrogliflar 
haqida dastlabki ma’lumotlar 1838 yilgi ma’lumotlarda 
uchraydi. Navoiy shahridan 40 chaqirim narida Qoratog’ning 
janubiy yon bag’rida joylashgan Sarmishsoy qoyatosh 
tasvirlari X.I.Muhammedov  tomonidan 1958 yil aniqlangan. 
Bu petrogliflarni birinchi bo’lib N.Toshkentboyev ilmiy tadqiq 
etdi. 1969 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va 
Arxeologiya instituti qoshida A.Kabirov boshchiligida 
respublika qoyatosh rasmlarini o’rganish maxsus otryadi 
tuzilgan. Bu otryad 1969-1972 yillarda Sarmishsoyning o’rta 
qismida 6-7 kmli masofada uning asosiy rasmlari joylashgan 
qismini o’rgangan. Dala ishlari vaqtida Qoratog’ oralig’idagi 
Tongotar, Bironsoy, G’o’rtut (Go’rtut), Qilichlik, Toytuyoq, 
Qoracharvoq, Umartol, Otchopgan va Naychaliksoy 
daralaridan qadimiy qoyatosh suratlarining yangi-yangi 
maskanlari topib, tekshirilgan va o’rganilgan.    Sarmishsoy qoyatosh trasvirlari 
na’munalari 
Sarmishsoy nafaqat O’zbekiston, balki Markaziy Osiyodagi 
dunyo fan olamidagi alohida va turli-tuman petroglifli 
qoyatosh suratlarini o’zida jamlagan noyob tarixiy meros dir. 
Navoiy shahrida 2004 yilda Xalqaro arxeologik ekspeditsiya 
Sarmishsoyni o’rganishga kirishdilar. 2004 yil 9-10 oktyabr 
kunlari “Sarmishsoy tabiiy-tarixiy va madaniy merosini asrab 
avaylash va uni o’rganishning yangi qirralari” mavzusida 
ilmiy konferensiya bo’ldi. Bu Sarmishsoyni o’rganishdagi 
yangi bosqich bo’ldi. Konferensiya ishida Ozarbayjon, Italiya, 
Qozog’iston, Qirg’iziston, Norvegiya, Pokiston, Rossiya, 
Tojikiston, O’zbekiston, Yaponiyalik mutaxassis olimlar; 
arxeolog, petroglifist, konservator, biolog, ekolog, geolog va 
ekoturizmni rivojlantiruvchi mutaxassis ekspertlar 
qatnashdilar, shu bilan bir qatorda respublikamiz va 
viloyatdagi tashkilotlarning madaniyat, ilmiy xodimlari ishtirok 
etishdi .

ʼʼ Oʻzbekiston qoyatosh rasmlari tadqiqot yutuqlari ” mavzusida tayyorlagan MUSTAQIL ISHI

Mavzu: O ZBEKISTON QOYATOSH RASMLARI TADQIQOT ʻ YUTUQLARI. Reja: Kirish I BOB. QOYATOSH TASVIRLAR - IBTIDOIY SANA’TNING ILK NAMUNALARI 1.1. Qoyatosh tasvirlar shakllanishi shart-sharoitlari va rivojlanish omillari 1.2. O’rta Osiyodagi qoyatosh tasvirlar umumjahon merosi sifatida II BOB. O’LKA TARIXINI TADQIQ ETISHDA QOYATOSH TASVIRLARI TARIXIY MANBA SIFATIDA (Navoiy viloyatidagi Sarmishsoy misolida) 2.1. S armishsoy qoyatosh tasvirlari - Navoiy viloyatidagi “Zangori osmon ostidagi muzey” 2.2. Sarmishsoy qoyatosh tasvirlarining qiyosiy tavsifi. XULOSA.

Kirish  Birinchi p rezident imiz Islom Karimovning “har qaysi xalq yoki har qaysi millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odatlari va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi .

Tadqiqot m av zusining dolzarbligi:  Tariximizni noyob yodgorliklari, ilk sivilizatsiya o’choqlaridan biri o’lkamizdir. O’lkamizning eng qadimgi tarixi haqida guvohlik beruvchi qoyatosh suratlar bunga yorqin misol bo’la oladi. Mamlakatimizdagi tabiiy-tarixiy yodgorliklarni o’rganish, tarixini yoritish olimlarimiz oldida turgan dolzarb masala bo’lib qolmoqda. Ilk sivilizatsiyani boshlang’ich nuqtasi inson ma’naviy dunyosini aks ettirgan qoyatosh tasvirlarini o’rganish va uni ijodkorlari bo’lishi ilk ajdodlarimiz ko’z oldimizda gavdalantirilishi asosida o’lkamiz qadimgi tarixini qayta jonlantirish yosh avlodni milliy o’zlikni anglash ruhida tarbiyalash omillaridan biri bo’lib xizmat qiladi.

Tadqiqot mavzusining maqsad va vazifalari: Mustaqillik sharofati bilan yurtimiz tarixini yoritib beruvchi moddiy manbalarni tadqiq etish, tarixiy adabiyotlar, ommaviy axborot vositalarida yoritish, o’lkamiz tarixiga oid manbalarni avvalo yoshlar ongiga yetkazish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Tarixiy asori atiqalar va milliy qadriyatlarni uyg’unlashtirgan holda keng targ’ib etish yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash masalasiga ushbu tadqiqot mavzusining asosiy maqsad va vazifalaridan biri hisoblanadi. O’lkamiz tarixini yoritib beruvchi qoyatosh yodgorliklarini o’rganish, mavjud muammolarni hal etish olimlarimiz oldida turgan dolzarb masala bo’lib qolmoqda.