O’zbekiston tarixida Temuriylar davlati tutgan o’rni
Mav zu: “ O’zbek ist on t arixida Temuriy lar dav lat i t ut gan o’rni”
Reja • 1.Amir Temur tomonidan markazlashgan davlat va buyuk salatanatning tashkil etilishi • 2. “Temur tuzuklari” haqida. • 3. Temuriylar davrida islohotlar.
• Turkiston xalqlari bir necha ming yillar mobaynida shakllangan olamshumul siyosiy tajribalari, ma’naviy barkamol davlatchilik ananalari bilan o’zbek davlatchiligi va siyisiy taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatgan. Xususan, Sohibqiron Amir Temurning turkiy ulusi yakqalam qilib, markazlashgan davlat va millat qudratini yuksaltirish uchun buyuk Temuriylar saltanatiga asos solonishi Mirzo Ulug’bekning fan va ma’daniyat ravnaqi, Husayn Boyqaroning adabiyot va san’at ilm va hunar ahliga rahnamoligi, Zahriddin Muhammad Bobur, Humoyun, Akbarshoh, shohjahonlarning turli din va mashabdagi xalqlarni birlashtirib, eng insonparvar davlatni vujudga keltirish yo’lidagi tajribalar va yutuqlari o’zbek siyosatshunoslari tomonidan yuqori baholangan.
• Amir Temur sharq davlatchiligi tarixida yangi dunyo qarashga asos soldi, uni amalda tadbiq etdi. U ilgargi holatdan farqli o’laroq jamiyat barcha tabaqalarining haq-huquqlarining manfaatlarini hisobga olib, ularning hayoti uchun zarur ijtimoiy tizimni vujudga keltirdi. Har bir toifaning haq-huquqlari, burch va majburiyatlari o’ziga xos qonun bilan kafolatlab qo’yildi. • Sohibqironing ulkan xizmatlardan yana biri uning davlat boshqaruvini tashkil qilishi bilan bog’liq. Amir Temur boshqaruv tizimining buyuk islohatchisidir. • Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hokimyati bo’linishiga asoslangan mazkur tizimni joriy etishda Sohibqiron ko’r- ko’rona emas, balki o’zi yashab turgan voqealikni nazarda tutgan holda ish yuritadi
• Amir Temur eng oliy davlat idorasi maqomida qurultoyni belgilagan edi. Bugungi tushunchadagi kongeres , assambleya majlis, kabilariga to’g’ri keladigan ushbu siyosiy instit boshqaruv mahkamasi va davlat ahamiyatiga molik bo’lgan eng asosiy masalalarini hale tib, unda salatanatdagi barcha yirik siyosiy, iqtisodiy, harbiy va madaniy soha namoyondalari ishtirok etganlar. • Davlatni mustahkamlash, jamiyatni rivojlantirish borasida ijroiya tizim vazirlikning o’rni muhim bo’lgan. Amir Temur davrida siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, madaniy munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yib, ulardan jamiyat manfaatini yo’lida foydalanish uchun qat’iy intizomga asoslangan, talabchan ijroiya mexanizimi zarur edi. Sohibqiron ana shunday tizimni yarata oldi.