O’zbekistonda sport inshootlarini mohiyati va holati
O’zbekistonda sport inshootlarini mohiyati va holati.
Reja ■ 1.Sport inshootlari nazariyasi. Sport maydonlarining oriyenta-siya va konstruksiyasi hamda o’lchamlari ■ 2. Sport inshootlarining shakli va o’lchamlari ■ 3. Stadionlar tribunalari
Sport inshootlari nazariyasi. Sport maydonlarining oriyentasiya va konstruksiyasi hamda o’lchamlari ■ O’yin maydonlari kengligini aniqlashda ularning o’yin va qurilish maydoni o’lchamlarini bilish zarur. O’yin maydoni o’lchami o’yin qoidalari asosida belgilanadi. Qurilish o’lchamlari esa, xavfsizlik zonalari hisobiga ko’ra o’yin maydoniga nisbatan kattaroq bo’ladi. 1-jadvalda o’yin maydonlarining asosiy va qurilishi mumkin bo’lgan o’lchamlari berilgan. O’yin maydonlari alohida yoki birlashgan holda joylashishi mumkin. Masalan, bir tekislikda bitta yoki har xil sport turlari uchun birlashgan maydonlar bo’lishi mumkin.
Sport o’yin maydonlarining asosiy va kiritilishi mumkin bo’lgan o’lchamlari Sport turi bo’yicha o’yin maydonlari O’yin maydonlarining o’lchamlari (m) Osonlashtirilgan qoida bo’yicha o’yin maydoni o’lchami o’yin qurilish uzunligi eni uzunligi eni uzunligi eni Basketbol 28 15 26 14 Voleybol 18 9 24 15 15 7,5 Qo’l to’pi 40 20 44 23 36 18 Badminton 13,4 6,1 15 8 12 5 Tennis 40 20 36 18 Futbol 90 60 98 64 60 40 a) qoida bo’yicha 110 75 118 79 75 50 b) sport yadro loyihasi tipi bo’yicha 104 69
■ Sport maydonlar qurilishida shuni ko’zda tutish kerakki, o’yin vaqtida quyosh yon tomondan tushishi lozim (uning o’rta chizig’i bo’ylab). ■ Shunga muvofiq, asosan kechki payt foydalaniladigan maydonlar qurilishida meridian chizig’i e’tiborga olinib, ya’ni ularning bo’y o’qi shimoldan janubga tomon tortilgan bo’lib, mumkin bo’lgan og’ishi 150 bo’ladi. Agar sport o’yinlari bir turi uchun bir necha may - don joylashtirish zarur bo’lsa, unda hech bo’ l- maganda, ularning uchtasidan bittasi ekvator chizig’i e’tiborga olingan holda quriladi.