logo

O’zbekistoning ijtimoiy sohalardagi barqaror rivojlanishi

Yuklangan vaqt:

19.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

509.1044921875 KB
O’zbekistoning ijtimoiy 
sohalardagi barqaror rivojlanishi 
Reja:
1. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi
2. Barqaror rivojlanishni taminlashga  oid  konferensiya va 
dasturlar
3. Tabiat, jamiyat va iqtisodiy rivojlanish barqarorligini 
ta’minlashning ekologik jihatlari. Kirish
Tabiiy  boyliklardan  foydalanmasdan  turib  biror  bir  inson, 
jamiyat  yoki  davlat  yashay  olmaydi.  Ularning  bu  dunyoda 
farovon  hayot  kechirishlari  va  rivojlanishlari  esa  ularni  о‘rab 
turuvchi  atrof  tabiiy  muhitdan  nechog‘li  foydalanish 
imkoniyatlariga  ega  ekanliklari  bilan  belgilanadi.  Shuning  uchun 
ham  qadim-qadimlardan  kishilik  jamiyati  tabiat  ne’matlarini 
о‘zlashtirib  olishga  bor  kuch  va  g‘ayratlarini  ishga  solganlar. 
Natijada davlatlar, jamoalar va insonlar о‘rtasida turli ziddiyatlar, 
urushlar kelib chiqqan va barqarorlikka jiddiy ziyon yetkazgan. 
  «Barqaror  rivojlanish»  konsepsiyasini  yaratilish  tarixiga 
chuqur  nazar  tashlaydigan  bо‘lsak,  u  aynan  xalqaro 
hamjamiyatning  atrof-muhitni  muhofaza  qilishga  oid 
harakatlardan boshlanganligiga iqror bо‘lamiz.  Barqaror rivojlanish konsepsiyasi
Dunyo  hamjamiyatining  yangi  barqaror 
rivojlanish  konsepsiyasi  birinchi  marotaba 
1987  yil BMTning Butunjahon atrof muhit va 
rivojlanish  bо‘yicha  Komissiyasi  tomonidan 
ishlab chiqildi. 
Mazkur  Komissiya  о‘zining  Gro  Xarlem 
Brundtland  konsepsiyasi  degan  nomini  olgan 
« Bizning  umumiy  kelajagimiz »  ma’ruzasida 
hozirgi  avlod  odamlarni  hayotiy  ehtiyojlar 
qondirilishini  kelasi  avlodning  munosib 
hayotga bо‘lgan huquqini hisobga olib, dunyo 
hamjamiyatining  barqaror  rivojlanish 
konsepsiyasi modelini yaratdi. G.X.Bruntlendning baqaror rivojlanish 
konsepsiyasining mazmuni va mohiyati.
Barqaror  rivojlanish  konsepsiyasi   –  bir  meyorda(stabil) 
rivojlangan  davlatlar  va  butun  dunyo  hamjamiyatining 
xususiyat, mohiyat va tarkibiy qarashlar tizimidir. 
1987  yil  BMTning  Butunjahon  atrof-muhit  va 
rivojlanish  Komissiyasi  tuzildi  va  unga  Norvegiyalik  davlat 
arbobi  Gro  Xarlem  Bruntland  rahbarlik  qildi.  Komissiyaning 
«Bizning  umumiy  kelajagimiz»   nomli  hisobotida  barqaror 
rivojlanish  konsepsiyasi  modeli  –  hozirgi  avlod 
ehtiyojlarining  qondirilishi  va  kelasi  avlodlarning  munosib 
hayot  kechirishga  bо‘lgan  huquqini  hisobga  olgan  tarzda 
amalga oshirilishi lozim , deya takidladi .Gro Xarlem 
Brundtland Yangi Barqaror taraqqiyot dasturi
2015  yil  25  sentabr  kuni  barcha  mamlakatlarning  yetakchilari 2030  yilgacha 
bо‘lgan  davrga  mо‘ljallangan  barqaror  taraqqiyot  dasturini	
 qabul  qilib,  talablardan 
aniq  harakatlarga  о‘tish  maqsadida  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  Nyu-
Yorkdagi bosh qarorgohida yig‘ilishadi.	
 
Barqaror  taraqqiyot  2030  dasturi  yangi  17  ta	
 Barqaror  taraqqiyot 
maqsadlari	
 (BTM)dan,  yoki	 Global  maqsadlardan  iborat  bо‘lib,  keyingi  15  yillik 
davrdagi  umumjahon  siyosati  va  sarmoyalar  yо‘nalishlarini  belgilab  beruvchi 
dasturdir.  Unda  dunyo  mamlakatlarining  yetakchilari  qashshoqlikka  –  dunyoning 
barcha nuqtalarida, batamom – barham berishga va’da qilishi kutiladi. Ming yillik taraqqiyot maqsadlari 
•
Daroma d  bо‘yicha qashshoqlik
•
Yaxshilangan suv manbalaridan foydalanish imkoniyati
•
Bolalarning boshlang‘ich ta’lim muassasalarida о‘qishi
•
Bolalar orasidagi о‘lim darajasi BARQAROR RIVOJLANISHNI TAMINLASHGA OID  
KONFERENSIYA VA DASTURLAR
Rim klubi tashkilotining barqaror rivojlanishda tutgan о‘rni. 
F an,  madaniyat,  maorif  va  davlat  arboblaridan  iborat  bо‘lgan 
kishilar  yuzaga  kelgan  salbiy  ekologik  oqibatdan  chiqib  ketish 
rejasini ishlab chiqish maqsadida « Rim klubi »ni tuzishdi. 
“ Rim  klubi ”  a’zolarining  1970  yilda  « О‘sish  chegarasi » 
kitobi,  faoliyat  hisoboti  tariqasida,  juda  kо‘p  nashrda  va  tillarda 
chop etildi.  «Rim  klubi»  hisoboti  1972  yil  5  iyunda 
Shvetsiya  poytaxti  Stokgolm  shahrida 
Butunjahon   «Atrof-muhitni  muhofaza 
qilish»   Konferensiyasini  chaqirishga  asos 
soldi. 
Mazkur  konferensiyani,    hech 
mubolag‘asiz,   xalqaro  hamjamiyatning 
ekologik  dunyoqarashidagi  tub  burilish 
nuqtasi , deyish mumkin.  √  Stokgolm Konferensiyasi tavsiyanomasiga binoan Birlashgan 
Millatlar  tashkilotining(BMT)  Bosh  assambleyasi  Xalqaro  atrof-
muhitni  muhofaza  qilish  dasturi(YUNEP)   tashkilotini 
shakllantirdi. 
√  Konferensiyaning  ochilish  kuni  (5  iyun)  har  yili  dunyoda 
Butunjahon  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  kuni   sifatida 
nishonlanadigan bо‘ldi.
√  Stokgolm  konferensiyasi  qarori  bilan  Butujahon  atrof-
muhitni muhofaza qilish jamg‘armasi  tashkil etildi. Jamg‘armaga 
BMTga  a’zo  barcha  davlatlar  badal  tо‘lovlarini  tо‘lab  turish 
majburiyati yuklandi. YUNEP dasturining mazmuni va mohiyati
Butun  sayyoramizni  qamrab  olgan  global  ekologik 
muammolami  hal  etishda  barcha  mamlakatlar  kuchini  birlashtirish 
maqsadida  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  1972-yilda  UNEP 
(United  Nations  Environment  Programme  -  BMTning Atrof-muhit 
Dasturi)ga asos soldi.
  Shundan  buyon  UNEP  atmosfera  havosini  tozalash, 
chegaralararo ifloslanishlarning oldini olish, iqlim  о ‘zgarishi, ozon 
qatlamini  himoya  qilish  kabi  jahonshumul  ekologik  muammolar 
b о ‘yicha global kurashni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanmoqda. Atrof-muhit  muhofazasi  sohasida  eng  muhim  voqea  - 
1992  yil  3-14  iyun  kunlari  Braziliyaning  Rio-de-Janeyro 
shahrida  bо‘lib  о‘tgan  BMTning  «Atrof-muhit  va 
rivojlanish»ga  doir  konferensiyasi  (AMRK)  hisoblanadi. 
Chunki,  uning  ishida  dunyoning  170  dan  ziyodq,  jumladan 
Mustaqil davlatlar hamdо‘stligidan 7 davlat vakillari ishtirok 
etgan va 130 davlatlar esa hukumat boshliqlarini yuborgan. 
Konferensiyaning  maqsadi   -  davlatlarning  barqaror 
rivojlanishi  va  tinch-totuv  yashashini  ta’minlash  uchun 
ekotizimlarga tushadigan bosimni kamaytirishdir .Rio-de jeneyro konferensiyasi! Tabiat, jamiyat va iqtisodiy rivojlanish 
barqarorligini ta’minlashning ekologik jihatlari
I qtisodiyot,  ijtimoiy  turmush  va  atrof-muhit 
masalalari  hukumat  miqyosida  ham,  moddiy  miqyosda 
ham bir-biridan alohida tarzda kо‘rib chiqiladi. 
Biroq  endi  iqtisodiy  jihatdan  samarali,  ijtimoiy 
nuqtai  nazardan  odilona  va  atrofimizdagi  tabiatga 
dо‘stona  munosabatda  bо‘luvchi  oldinga  siljishning 
strategik  yо‘nalishini  ishlab  chiqish  uchun  atrof-muhit 
va  ommaviy  taraqqiyotga  bir-biriga  bog‘liq   tizim 
sifatida qarash zarurati tug‘ilmo q da. Markaziy Osiyo mamlakatlarida barqaror 
taraqqiyotning dolzarbligi va zaruriyati
1995 yil 18-20 sentabr kunlari о‘tkazilgan " Orol dengizi havzasini barqaror 
rivojlantirish "  bо‘yicha  BMT  konferensiyasi  davomida  beshta  Markaziy  Osiyo 
mamlakatining  Prezidentlari  tomonidan  ilk  bor  tarixiy  Nukus  Deklaratsiyasi 
imzolandi  va  unga  binoan,  bu  mamlakatlar  barqaror  rivojlantirish  va  "XXI  asr 
uchun kun tartibi"ga qat’iy tarzda tarafdor ekanliklari о‘z tasdig‘ini topdi.  Xulosa
Barqaror  rivojlanish  konsepsiyasi  ishlab  chiqarish  va  iste’mol 
qilish, aholining о‘sishi va ijtimoiy himoyasi о‘rtasidagi muvozanatni 
rivojlangan  va  rivojlanish  yо‘lida  turgan  barcha  davlatlarda  saqlashni 
hisobga  oladi.    Ekologik  muammolarning  yechimi  biron  bir  davlat 
(masalan, A Q SH) yoki biron bir davlatlar (masalan, “katta sakkizlik“) 
faoliyatiga bevosita bog‘liq emas.
Barcha  о‘tkaziladigan  konferensiya  va  sammitda  ijtimoiy 
hayotning  ekologik  muammolari  davlat  va  mintaqalarning  bir 
maromda  rivojlanishida,  ularning  ijtimoiy-iqtisodiy  mо‘tadilligini 
ta’minlovchi eng muhim elementi sifatida kо‘rib chiqiladi.  Foydalanilgan adabiyotlar
•
1  Tabiat.Jamiyat.Ma’naviyat  Prezident  I.Karimov  asarlarida  ekologik 
masalalarning  yoritilishi.  Tuzuvchi  va  so‘z  boshi  A.Nigmatov.-
T.”O‘zbekiston”, 2009.
•
2  Azizov  A.A.,  Akishina  N.G.  Obrazovaniye  v  interesax  ustoychivogo 
razvitiya.-T., 2008.
•
3  Nigmatov  A.N.,  Shivaldova  N.S.,  Sultonov  R.N.  Barqaror 
rivojlanishning ekologik jihatlari // Qo‘llanma. – T.: Bioekosan, 2004.

O’zbekistoning ijtimoiy sohalardagi barqaror rivojlanishi Reja: 1. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi 2. Barqaror rivojlanishni taminlashga oid konferensiya va dasturlar 3. Tabiat, jamiyat va iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta’minlashning ekologik jihatlari.

Kirish Tabiiy boyliklardan foydalanmasdan turib biror bir inson, jamiyat yoki davlat yashay olmaydi. Ularning bu dunyoda farovon hayot kechirishlari va rivojlanishlari esa ularni о‘rab turuvchi atrof tabiiy muhitdan nechog‘li foydalanish imkoniyatlariga ega ekanliklari bilan belgilanadi. Shuning uchun ham qadim-qadimlardan kishilik jamiyati tabiat ne’matlarini о‘zlashtirib olishga bor kuch va g‘ayratlarini ishga solganlar. Natijada davlatlar, jamoalar va insonlar о‘rtasida turli ziddiyatlar, urushlar kelib chiqqan va barqarorlikka jiddiy ziyon yetkazgan. «Barqaror rivojlanish» konsepsiyasini yaratilish tarixiga chuqur nazar tashlaydigan bо‘lsak, u aynan xalqaro hamjamiyatning atrof-muhitni muhofaza qilishga oid harakatlardan boshlanganligiga iqror bо‘lamiz.

Barqaror rivojlanish konsepsiyasi Dunyo hamjamiyatining yangi barqaror rivojlanish konsepsiyasi birinchi marotaba 1987 yil BMTning Butunjahon atrof muhit va rivojlanish bо‘yicha Komissiyasi tomonidan ishlab chiqildi. Mazkur Komissiya о‘zining Gro Xarlem Brundtland konsepsiyasi degan nomini olgan « Bizning umumiy kelajagimiz » ma’ruzasida hozirgi avlod odamlarni hayotiy ehtiyojlar qondirilishini kelasi avlodning munosib hayotga bо‘lgan huquqini hisobga olib, dunyo hamjamiyatining barqaror rivojlanish konsepsiyasi modelini yaratdi.

G.X.Bruntlendning baqaror rivojlanish konsepsiyasining mazmuni va mohiyati. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi – bir meyorda(stabil) rivojlangan davlatlar va butun dunyo hamjamiyatining xususiyat, mohiyat va tarkibiy qarashlar tizimidir. 1987 yil BMTning Butunjahon atrof-muhit va rivojlanish Komissiyasi tuzildi va unga Norvegiyalik davlat arbobi Gro Xarlem Bruntland rahbarlik qildi. Komissiyaning «Bizning umumiy kelajagimiz» nomli hisobotida barqaror rivojlanish konsepsiyasi modeli – hozirgi avlod ehtiyojlarining qondirilishi va kelasi avlodlarning munosib hayot kechirishga bо‘lgan huquqini hisobga olgan tarzda amalga oshirilishi lozim , deya takidladi .Gro Xarlem Brundtland

Yangi Barqaror taraqqiyot dasturi 2015 yil 25 sentabr kuni barcha mamlakatlarning yetakchilari 2030 yilgacha bо‘lgan davrga mо‘ljallangan barqaror taraqqiyot dasturini qabul qilib, talablardan aniq harakatlarga о‘tish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu- Yorkdagi bosh qarorgohida yig‘ilishadi. Barqaror taraqqiyot 2030 dasturi yangi 17 ta Barqaror taraqqiyot maqsadlari (BTM)dan, yoki Global maqsadlardan iborat bо‘lib, keyingi 15 yillik davrdagi umumjahon siyosati va sarmoyalar yо‘nalishlarini belgilab beruvchi dasturdir. Unda dunyo mamlakatlarining yetakchilari qashshoqlikka – dunyoning barcha nuqtalarida, batamom – barham berishga va’da qilishi kutiladi.