Ongning paydo bo‘lishi va uning taraqqiyoti


Ongning pay do bo‘lishi v a uning t araqqiy ot i
Ong nima? • Inson azal-azaldan o‘zigagina xos bo‘lgan ongning nima ekanligi to‘g‘risida o‘ylab, bahslashib keladi. Bu bahslarning bir jihati, ong tabiat mahsulimi yoki inson ongi ilohiy yaratilganmi degan masaladan iborat. Ikkinchi jihati esa, inson dunyoni doimo bir xil anglaganmi, ya’ni asrlar davomida inson ongi takomillashib kelganmi yoki hamon o‘sha- o‘shami degan muammo bilan bog‘liq.
«O‘zingni bilsang, olamni bilasan», – degan edi Suqrot. Aforizmga aylanib ketgan bu fikr ortida olam kabi inson ham siru sinoatlarga boy, u o‘zini bilish orqali olam mohiyatini anglashga yo‘l ochishi mumkin, degan g‘oya yotibdi. Shu ma’noda, inson o‘zini tashqi olamdan ajratib, alohida bir mo‘jiza va tadqiqot mavzui sifatida o‘rganishga harakat qila boshlagan paytdan buyon uni o‘ylantirib kelayotgan muammolardan biri ongning mohiyati, uning kelib chiqishi masalasidir Shu nuqtai nazardan qaraganda, ongning tabiatini anglash masalasi – eng qadimiy falsafiy masalalardan biri, deyish mumkin. Garchand ong va uning turli xususiyatlari insonga xos hodisa sifatida psixologiya, adabiyot, sotsiologiya kabi fanlarning tadqiqot mavzui doirasiga kirgan bo‘lsa-da, ongning mohiyati, uning turli ko‘rinishlari o‘rtasidagi munosabat kabi masalalarni o‘rganish bilan aynan falsafa shug‘ullanadi.
• Falsafa tarixida ong olamni vujudga keltiruvchi dunyoviy aql, mutlaq ruh sifatida, ya’ni Gegelning fikricha, Ollohning kuchini sinonimi sifatida, yoki ko‘zga ko‘rinmas, olamni aks ettiruvchi, olamni ideal modelini yaratuvchi miyaning funksiyasi sifatida talqin qilingan (materializm).