PSIXIKA VA ONGNING TARAQQIYOTI
MAVZU: PSIXIKA VA ONGNING TARAQQIYOTI Reja: 1. Psixikaning filogenetik taraqqiyoti. 2. Seskanuvchanlik va tropizm 3. Hayvonlarning instinktlari 4. Hayvonlarning ko’nikmalari 5. Psixikaning muhit va a'zolar tuzilishiga bog’liqligi 6. Inson ongining rivojlanishi
1. Psixikaning filogenetik taraqqiyoti. Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to organik materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyatiga, ya'ni turli ta'sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga egadir. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning o’zaro mexanik, fizik va kimyoviy munosabatlari tarzida namoyon bo’lishi mumkin. Materiyaning aks ettirish shaklini quyidagicha ifodalash mumkin: Voqelikdagi ta'sirni aks etish qobiliyati-materiyaning umumiy xususiyatidir. Lekin olamda tirik va o’lik tabiatni aks etishi turlichadir. Tirik materiyaning tashqaridan ta'sir etayotgan moddalar almashinuviga javob berishi ta'sirlanuvchanlik deb ataladi. Oddiy ta'sirlanuvchanlik barcha o’simliklarga xos. Evolyusiya jarayonida organizmlar tashqi muhit bilan munosabatlarining umumiy turini o’zgarishi natijasida ta'sirlanuvchanlikning sifat jihatidan yangi bosqichga o’tishi sezuvchanlikni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. A.N.Leontevning faraziga asosan sezuvchanlik "genetik shunday ta'sirlanuvchanlik-ki tashqi muhit ta'siriga organizmni yo’naltiradi va buning natijasida organizm tashqi muhitida signal vazifasini bajaradi. Demak, sezuvchanlik shunday ta'sirlanuvchanlik-ki, uning natijasida hayot uchun zarur ta'sirlar signallashadi. Sezuvchanlikning namoyon bo’lishi, psixikaning paydo bo’lishiga ob'ektiv biologik belgi sifatida xizmat qiladi. Psixik ta'sirlanuvchanlikning o’ziga xos yuqori sifat o’zgarishi -sezuvchanlik-psixik aks ettirishning oddiy turi yuzaga kelganida boshlanadi. hayvonlar evolyusiyasi Biologik PsixikMATERIYANING AKS ETTIRIS H SXEMASI Anorganik materiya Organik materiyaM exanik Fizik Xim ik
jarayonidagi psixikaning sifat o’zgarishlarini A.N.Leontev o’zi ifodalagan psixik rivojlanish bosqichlariga asos qilib oldi. A.N.Leontev bo’yicha psixika rivojlanish bosqichlarining jadval ko’rinishi va ularning sxematik ifodalanishi: 1. Elementar (sodda) sensor psixika bosqichi - A.N.Leontev ta'rificha, tashqi muhit ob'ektning u yoki bu sifatiga qarab javob beraveradi. Bu oddiy sezish bosqichidir. K.E.Fabri fikricha, oddiy sensor psixikaning ikki-past va yuqori darajasiga ajratiladi. Ko’pgina bir hujayralilar hamda ayrim ko’p hujayralilarda psixik rivojlanishning past darajasi kuzatiladi. Bunda psixik faollikning oddiy turlari namoyon bo’ladi. Elementar psixikaning yuqori bosqichida ko’p hujayrali umurtqasizlarda namoyon bo’ladi. Bu hayvonot evolyusiyasining zarur davridir. Nerv tizimi diffuz, to’rsimon ganglioz yoki zanjirsimon bo’lib, ular alohida predmetlarning sifatlarinigina aks eta oladilar. hayvonlar uchun ushbu bosqichda predmet olami mavjud bo’lmaydi, ular ob'ektni idrok eta olmaydilar. Ular psixik aks ettirishi oddiy sezgi tarzida bo’ladi. 2.Perseptiv bosqich bo’lib, u tashqi, ob'ektiv voqelikni yaxlit aks etishi bilan xarakterlanib, alohida oddiy sezish turi emas. K.E.Fabrining fikricha, perseptiv psixikani ham ikki darajasi mavjud. Past darajaga yuqori darajali umurtqasizlar kiradi. Perseptiv psixikaning quyi bosqichida mavjud bo’lgan hayvonlar uchun ijobiy ta'sir etuvchilarni faol izlash xususiyati xosdir. Predmetni idrok etish-perseptiv psixikaning yuqori darajasidir. Ushbu daraja rivojlangan nerv tizimiga ega umurtqalilarga xosdir. ASOSIY BOSQIC HLAR III II I intellektual bos q ich – predmet-lararo alo q alarni aks ettiradi. Perseptiv bosqich – predmetni idrok etish bilan bo g’ li q. Sensor bosqich – elementar sezuvchanlik bilan belgilanadi
3.Intellektual bosqich - yuksak darajada rivojlangan nerv tizimiga ega bo’lganlar, ya'ni odamsimon maymunlarga xosdir. 2. Seskanuvchanlik va tropizm Hamma tirik organizmlar o’simliklardan tortib, hayvonlargacha aks ettirishning biologik shakli seskanuvchanlik xususiyatiga egadir. Seskanuvchanlik - tirik organizmning biologik ahamiyatiga ega bo’lgan ta'sirlariga javob qaytarish qobiliyatidir. Biotik, ya'ni biologik ahamiyatga ega bo’lgan omillariga maxsus harakatlar bilan reaksiya qilish usullariga tropizm yoki taksislar deyiladi. Tropizm turlari quyidagi jadvalda yaqqol aks ettirilga: 1.Fototropizm - bu tirik organizmning yorug’lik ta'sirida harakatga kelishidir. Masalan , yoz kuni tungi chiroq yorug’ligiga mayda chivinlarning uchib kelishi. 2.Termotropizm - tirik organizmning issiqlik ta'siri ostida harakat qilishga moyilligidir. Masalan, bahor kelishi bilan qashoratlarning jonlanib harakatga kelishi. Tropizm turlari. Fototropizm Termotropizm Xemotropizm Gidrotropizm Topotropizm Geleotropizm Barotropizm
3.Xemotropizm - tirik organizmning fizik-ximiyaviy muhitni tanlab olishga bo’lgan moyilligidir. Masalan , achigan, qatiq, mevalarga mayda chivinlarning yig’ilishi. 4.Topotropizm - tirik organizmlarning mexanik qo’zg’atuvchilar ta'siri ostida harakat qilishiga moyiligidir. Masalan, chirigan olmaga tegilsa, unga yig’ilgan mayda hashoratlarning hammasi uchib ketadi. Mimoza o’simligiga tegilsa, u darhol yaproqini yopib oladi. 5.Gemotropizm - tirik organizmning quyosh nuri ta'siri ostida harakat qilishga moyilligidir. Masalan , kungaboqar o’simligining quyosh nuri tomon harakatlanishi. 6.Barotropizm - tirik organizmning havo bosimi ostida harakat qilishga moyilligidir. Masalan, havo bulut bo’lganida, havoda uchib yurgan hashoratlar yerga pastga qarab uchadilar. 7.Gidrotropizm - tirik organizmning namlik suv ta'siri ostida harakat qilishiga moyilligidir. O’simliklarda aks ettirishning biologik shakli faqatgina tropizmlardan iborat bo’lib, bu harakatlar o’simliklarga o’z-o’zini boshqarishiga yordam beradi, ya'ni ular o’zlari uchun foydali bo’lgan manbaga qarab intiladi yoki o’zini himoya qilishga doir boshqacha harakat qiladi. Masalan, nomozshomgul kechki payt ochilib, kunduzi yoruqlikdan yopiladi. Hayvonlarda aks ettirishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga keladi. Sezuvchanlik qobiliyati tufayli, hayvonlar, o’simliklarga nisbatan ancha ko’p ta'sirotlarni aks ettirish imkoniyatiga ega bo’ladi. hayvon nerv tizimi va miyasi qanchalik yuksak darajada taraqqiy etgan bo’lsa, uning psixikasi ham shunchalik yuqori bosqichga ko’tarilgan bo’ladi. Odamda psixikaning rivojlanishi eng yuqori bo’lib, ong darajasiga ega. 3. Hayvonlarning instinktlari Instinktlar - hayvoning tabiiy ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan murakkab tug’ma harakatlaridir. Qushlar juda ustalik bilan in yasar ekanlar,