logo

Õzbekiston Respublikasida advokatlik institutining rivojlanish tarixi

Yuklangan vaqt:

19.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

991.6748046875 KB
Mavzu:Õzbekiston Respublikasida 
advokatlik institutining rivojlanish 
tarixi.
                  
                    Reja:
1.Advokatlik institutining rivojlanish 
tarixi.
2.Advokatura institutining yangi bosqichi.
3.Advokatura fanida "Advokatura 
t õ ğrisida"gi qonunning  õ rni. Advokatura fuqarolik jamiyatining eng muhim 
institutlaridan biri bo'lib, jismoniy va 
yuridik shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya 
qilishda muhim rol o'ynaydi. U 
huquqiy davlat barpo qilishda alohida o'ringa ega, 
huquqiy munosabatlar subyektlariga 
tegishli malakali yuridik yordam ko'rsatishning 
kafolati bo'lib xizmat qiladi. O'zbekistonda 
davlatchilik va huquq tarixi uch ming yildan ko'proq 
vaqtga to'g'ri keladi, garchi 
mamlakatda advokatlik instituti ancha keyin 
shakllana boshlagan bo'lsa-da. O'zbekistondagi 
ilk davlatlar hisoblan adi. Baqtriya, Xorazm, So'g'd, Parfiya, Yunon-Baqtriya, Kushon 
podsholigi va boshqalarda davlatchilik asoslari shakllangan.VII asr 
boshlarida O'rta Osiyo 
arablar tomonidan bosib olinib, arab xalifaligi tarkibiga kiritildi. Bu 
esa XX asr 
boshlarigacha amalda bo'lgan musulmon huquqining tarqalishiga 
xizmat qildi.Shariat 
doirasida qonunlarni ro'yxatga olish huquqiy institutlarini,xususan 
advokatlik institutini 
yaratishni o'z ichiga oladi. Shariat bo'yicha sud ishlarida advokatlik institutining 
paydo 
bo'lishi musulmon huquqiy amaliyotining rivojlanishi va 
takomillashuvi natijasi bo'ldi. 
1864-yildagi sud islohoti tufayli Rossiya imperiyasida 
qasamyod qiluvchi advokatlar 
instituti tuman sudlari yoki sud palatalarida davlat 
xizmatida bo'lgan advokatlar ish 
boshladi. O'zbekiston hududida o'zini o'zi boshqarish 
tuzilmasi sifatida “Himoyachilar 
bo'limi" deb nomlangan birinchi professional advokatura 
1879-yilda Qo'qon shahrida tashkil 
etilgan bo'lib, o'ndan ortiq advokaturani o'zida 
birlashtirgan Filial Sankt-Peterburgda 
huquqshunoslik diplomini 
olgan Abdunabi Qurolbay 
tashabbusi bilan tashkil 
etilgan. U 
birinchi o'zbek advokati 
sanaladi. 1899-yilda 
Toshkent sud palatasi va 
okrug sudlari 
huzurida himoyachilar 
kollejlari tashkil etildi. Ular 
Rossiya qonunlari bo'yicha 
faoliyat 
yuritgan Bundan tashqari rasmiy taqiq bo'lmasa-da, aslida ayollar 
advokaturaga kirishga ruxsat 
berilmagan. 1917-yilga qadar Turkiston o'lkasining 
qasamyod qilgan advokatlari orasida 
birorta ham ayol bo'lmagan.1917-yilgi inqilobTurkiston 
o'lkasidagi vaziyatni tubdan 
o'zgartirdi.Eski adliyaning boshqa organlari bilan birga 
advokatura ham tugatildi.Sovet 
advokaturasiga asos solingan kun mohiyatan 1922-yil 26-
may,Butunrossiya Markaziy 
Ijroiya Qo'mitasi Advokatlik to'g'risidagi nizomni 
tasdiqlagan kun edi. Unda viloyat adliya 
boshqarmalari qoshida jinoyat va fuqarolik ishlari bo'yicha 
himoyachilar kollegiyalarini 
tashkil etish ko'zda tutilgan.  1924-yilning may oyiga kelib, advokatlar kollegiyasida atigi 
106 nafar himoyachi bor edi.Himoyachilarning umumiy 
sonidan faqat yigirmaga yaqin kishi 
mahalliy millat vakillari edi. 1924-yilning 1-oktabrida 
Butunrossiya Respublikasi Xalq 
Nozirlari Soveti sudlari huzuridagi inson huquqlari 
himoyachilari kollegiyasi to'g'risidagi 
nizomni tasdiqladi.  Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, O'zbekiston 
Respublikasida advokatura 
instituti rivojlanishida yangi bosqich boshlandi.1992-yil 8-
dekabrda O'zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinib, unda jismoniy va 
yuridik shaxslarning huquqlari 
va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda advokaturaning 
rolini belgilab beruvchi huquqiy 
asoslar belgilandi. Vaqt o'tishi bilan advokaturani rivojlanib 
borishi hamda uni tartibga 
solish ehtiyoji natijasida 1996-yil dekabr oyida O'zbekiston 
Respublikasining ,,Advokatura 
to'g'risida"gi Qonuni qabul qilindi va bu advokatlik 
institutini yanada rivojlantirishda 
muhim huquqiy hujjat bo'ldi 1958-yilga kelib esa advokatlar soni 
1949-yilga nisbatan unchalik 
ko'paymagan bo'lsa-da, ularning 
orasida 282 nafari oliy ma'lumotli kadr 
edi.
2016-yilga kelib, mamlakatning yangi rahbari hokimyatga 
kelishi bilan O'zbekistonda 
keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi. Shu jumladan 
advokatura institutida ham ko'plab 
o'zgarishlar amalga oshirildi. 2018-yil may oyida 
Prezidentning ,,Advokatura instituti 
samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning 
mustaqilligini kengaytirish choratadbirlari to'g'risida"gi 
PF-5441-son Farmoni qabul qilindi. Mazkur hujjat mamlakatimiz 
advokatlik instituti rivojiga yangi sur'at bag'ishlangan, uni 
kelgusi yillarda rivojlantirishning 
asosiy yo'nalishlari va istiqbollarini belgilab bergan muhim 
me'yoriy-huquqiy hujjatlardan 
biridir. Bundan tashqari 2022-yilda Shavkat Mirziyoyevni 
2022-2026-yillarga mo'ljallangan 
yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risidagi 
farmoni qabul 
qilind Advokatura instituti bugunga kelib shakllanib qolmadi, 
albatta. U ham o'z 
o'rnida bir qancha taraqqiyot bosqichlarini bosib o'tdi. 
Xususan, O'zbekiston Respublikasi 
mustaqillikka erishmasdan avval shakllangan edi, biroq, 
ijtimoiy hayotda o'z o'rnini egallay 
olmagan va deyarli ahamiyatsiz ham edi. Davlat 
mustaqillika erishib, Asosiy Qonuniga ega 
bo'lgandan keyingina advokatura institutining o'rni va 
ahamiyatini birmuncha to'g'ri baholay 
oldi desa bo'ladi va shundan beri bu sohaga e'tibor 
kuchaymoqda va yildan yilga ehtiyoj 
ham ortib bormoqda.  Xususan, 2023-yil 30-aprelda yangilangan Respublikasi 
Konstitutsiyasida advokatura 
uchun alohida XXIV bob ajratildi, hamda uning 142-
moddasida “Advokat o'z kasbiy 
vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga 
aralashishga yo'l qo'yilmaydi", deb 
advokatlarning o'z faoliyatida mustaqilligi qonuniny 
asosda belgilab qo'yildi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va 
sud-huquq masalalari qo‘mitasi ishchi guruhining “Yuridik 
yordam va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi 
takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston 
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuni muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi Senatining axborot 
xizmati xabariga ko‘ra, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi Qonunchilik palatasi 
tomonidan 2018 yil 30 avgust 
kuni qabul qilingan mazkur 
Qonunda yuridik yordam va 
huquqiy xizmatlar ko‘rsatish 
sohasini tartibga soluvchi 
qonun hujjatlarini yanada 
takomillashtirish nazarda 
tutiladi. “ Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuniga kiritilayotgan 
o‘zgartishlarga muvofiq hakamlik sudlarida va 
xalqaro tijorat arbitrajlarida sudya sifatida, 
patent vakili va mediator sifatida, shuningdek 
shartnomaviy-huquqiy asosda davlat 
organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining, 
davlat korxonalari, muassasalari va 
tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatida 
ishtirok etishga doir advokatlarning huquqlari 
kengaytirilmoqda. Shuningdek, advokat maqomini olish uchun malaka 
imtihonini takroran topshirish muddati bir yildan olti 
oygacha, advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga 
litsenziya olish uchun advokatlik tuzilmasida majburiy 
stajirovkadan o‘tish muddati olti oydan uch oygacha 
kamaytirilmoqda.
Bundan tashqari, Qonunda O‘zbekiston Respublikasining 
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va Soliq 
kodeksiga ham o‘zgartishlar kiritilmoqda. Masalan, ijaraga 
berish shartnomasini, tekin foydalanishga berish 
shartnomasini fuqarolar tomonidan majburiy notarial 
tasdiqlash tartibi bekor qilinishi munosabati bilan ichki ishlar 
organlarining o‘zi joylashgan joy bo‘yicha davlat soliq xizmati 
organlariga har oyda yuqoridagi shartnomalarni majburiy 
notarial tasdiqlashga rioya etilmayotganligi faktlari to‘g‘risida 
xabar berish majburiyati bekor qilinmoqda.  “ Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga solishdagi rolini hamda norma 
ijodkorligi jarayoni sifatini yanada oshirish 
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi
qonun loyihasidagi havolaki normalarni amalga oshirishning 
aniq muddatlari va mas’ul ijrochilari loyihaning o‘zida 
majburiy tartibda belgilanadi;
tegishli sohani tartibga soluvchi qonun loyihasini 
tayyorlashda ushbu sohadagi qonunosti hujjatlari bilan 
tartibga solingan munosabatlarni qonun darajasiga ko‘tarish 
imkoniyatini muhokama qilish shartligi belgilanadi va bu 
haqda qonun loyihasining tushuntirish xatida ko‘rsatiladi; Advokatura instituti samaradorligi tubdan oshirilishi va 
advokatlar mustaqilligi kengaytirilishi munosabati bilan 
tegishli o‘zgartish va qo‘shimcha O‘zbekiston 
Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeksiga kiritilmoqda. Ularga ko‘ra, advokatning 
professional faoliyatiga to‘sqinlik qilingan taqdirda 
advokatning ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida 
bayonnoma tuzmasdan o‘z arizasida huquqbuzarning 
shaxsi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni, ma'muriy 
huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, vaqtni va bu 
huquqbuzarlikning mohiyatini, shuningdek ishni hal 
etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma'lumotlarni 
ko‘rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqi 
mustahkamlanmoqda.

Mavzu:Õzbekiston Respublikasida advokatlik institutining rivojlanish tarixi. Reja: 1.Advokatlik institutining rivojlanish tarixi. 2.Advokatura institutining yangi bosqichi. 3.Advokatura fanida "Advokatura t õ ğrisida"gi qonunning õ rni.

Advokatura fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan biri bo'lib, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim rol o'ynaydi. U huquqiy davlat barpo qilishda alohida o'ringa ega, huquqiy munosabatlar subyektlariga tegishli malakali yuridik yordam ko'rsatishning kafolati bo'lib xizmat qiladi. O'zbekistonda davlatchilik va huquq tarixi uch ming yildan ko'proq vaqtga to'g'ri keladi, garchi mamlakatda advokatlik instituti ancha keyin shakllana boshlagan bo'lsa-da. O'zbekistondagi ilk davlatlar hisoblan adi.

Baqtriya, Xorazm, So'g'd, Parfiya, Yunon-Baqtriya, Kushon podsholigi va boshqalarda davlatchilik asoslari shakllangan.VII asr boshlarida O'rta Osiyo arablar tomonidan bosib olinib, arab xalifaligi tarkibiga kiritildi. Bu esa XX asr boshlarigacha amalda bo'lgan musulmon huquqining tarqalishiga xizmat qildi.Shariat doirasida qonunlarni ro'yxatga olish huquqiy institutlarini,xususan advokatlik institutini yaratishni o'z ichiga oladi.

Shariat bo'yicha sud ishlarida advokatlik institutining paydo bo'lishi musulmon huquqiy amaliyotining rivojlanishi va takomillashuvi natijasi bo'ldi. 1864-yildagi sud islohoti tufayli Rossiya imperiyasida qasamyod qiluvchi advokatlar instituti tuman sudlari yoki sud palatalarida davlat xizmatida bo'lgan advokatlar ish boshladi. O'zbekiston hududida o'zini o'zi boshqarish tuzilmasi sifatida “Himoyachilar bo'limi" deb nomlangan birinchi professional advokatura 1879-yilda Qo'qon shahrida tashkil etilgan bo'lib, o'ndan ortiq advokaturani o'zida birlashtirgan

Filial Sankt-Peterburgda huquqshunoslik diplomini olgan Abdunabi Qurolbay tashabbusi bilan tashkil etilgan. U birinchi o'zbek advokati sanaladi. 1899-yilda Toshkent sud palatasi va okrug sudlari huzurida himoyachilar kollejlari tashkil etildi. Ular Rossiya qonunlari bo'yicha faoliyat yuritgan