logo

OZIQ-OVQAT SANOATI

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

8734.775390625 KB
OZIQ-OVQAT SANOATI 11-dars mavzusidan oziq-ovqat san о atining yalpi 
san о at mahsul о tidagi salm о g‘ini aniqlang.  Bu sanoat dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini 
qayta ishlash negizida shakllangan. Uning korxonalari 
geografik joylashuvini qayta ishlanadigan xomashyo
xususiyati belgilaydi.  Xomashyo tez buziluvchan va qayta ishlanganda chi-
qindi ko‘p chiqadigan hamda olis masofaga tashishga 
chidamsiz bo‘lgan holatlarda korxona xomashyo 
yetishtiradigan joyda joylashtiriladi (sabzavot, go‘sht, 
konservalar, shakar ishlab chiqarish, meva sharbatlari 
tayyorlash).  Endilikda oziq-ovqat sanoati korxonalari yuksak 
mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarish tarmog‘iga 
aylangan.   O‘tmishda faqat xomashyoga, ya’ni qishloq
xo‘jaligigagina bog‘liq bo‘lgan bu sanoat hozirda 
mashinasozlik, energetika va kimyo tarmoqlari bilan 
chambarchas bog‘langan.  Demak, oziq-ovqat 
mahsulotlarini ishlab 
chiqarishda 
xomashyo 
xarajatidan tashqari 
turli mashina 
mexanizmlari va 
yoqilg‘i xarajatlari 
hissasi tobora ortib 
bormoqda.  Masalan, bug‘doy oz mablag‘ evaziga yetishtirilsada,
un tortish va non tayyorlash jarayonidagi  (mashina 
mexanizmlarga, yoqilg‘i-energetikaga) sarf-xarajatlar 
bois tayyor  non bahosi o‘zgarmasligi, va hatto, 
qimmatlashishi  mumkin. Un-yorma sanoati  korxonalarida bug‘doy qayta 
ishlanadi. Bug‘doyni tashish un tashishdan birmuncha 
qulay.
yorma Ammo bug‘doy yetishtiriladigan maydonlar 
iste’molchilar yashaydigan joy bilan deyarli yonma-yon 
joylashgani tufayli bug‘doyni qayta ishlaydigan 
korxona (elevator)lar bug‘doy yetishtirilayotgan joyda 
ham, yirik shaharlarda ham uchraydi. O‘zbekiston  o‘simlik moyi   ishlab chiqaruvchi yirik 
davlatlar sirasiga kiradi. O‘simlik moyi bizda, asosan, 
paxta tozalash zavodlarida ajratib olingan chigitdan
olinadi (58-rasm). Endi yog‘-moy ishlab chiqaradigan korxonalarning 
geografik joylashuviga e’tibor qarataylik. Bu 
korxonalarning barchasi, avvalo, xomashyoga yaqin 
joyda, qolaversa, aholi zich hududlarda joylashganini 
ko‘ramiz. Oziq-ovqat 
sanoatining yana bir 
muhim tarmog‘i 
go‘sht 
korxonalari dir. 
Hozirda transportning 
tezligi va maxsus 
muzlatkichlar 
go‘shtning sifatini 
buzmay uzoq 
masofaga tashish 
imkonini bermoqda. Shuning uchun go‘sht mahsuloti ko‘p iste’mol 
qilinadigan Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona,
Ohangaron kabi shaharlarda yirik go‘sht kombinatlari 
ishlamoqda. 
5
43
21 Non zavodlari, makaron, qandolat fabrikalari kabi 
korxonalar yirik aholi punktlarida joylashtiriladi
 (59-rasm). Yaqin vaqtlargacha Samarqanddagi  choy qadoqlash 
fabrikasi  nafaqat mamlakatimizda, balki butun O‘rta 
Osiyoda shu turdagi yagona fabrika edi. Endilikda choy 
Toshkentda ham 
qadoqlanmoqda. 
Ma’lumki, o‘rta 
osiyoliklarning asosiy 
qismi ko‘k choy 
iste’mol qiladi. Shunga 
ko‘ra, bu yerda 
qadoqlana-yotgan 
choyning 80 foizini 
ko‘k choy tashkil etadi.  Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Buxoroda mineral 
suv tayyorlab idishlarga quyadigan maxsus zavodlar 
bor. Urgutda tamaki-fermentatsiya zavodi ishga 
tushirilgan.  Shunday qilib, oziq-ovqat sanoatining rivojlantirilishi  
va joylashtirilishi :  a) aholining soni   va joylashishi ,  ya’ni  
iste’molchilar bilan; b) qishloq xo‘jaligining 
ixtisoslashuvi ,  ya’ni   xomashyo manbayi   bilan; d) tayyor 
mahsulotni   tashish shart-sharoitlari   bilan belgilanadi .  Xomashyoning xilma-xilligi   va oziq-ovqat mahsulot-
larining hamma yerda iste’mol qilinishi   oziq-ovqat 
sanoatining hamma joyda tarqalishiga imkon
beradi .   Oziq-ovqat sanoati   ana shu xususiyati   bilan boshqa 
tarmoqlardan farq qiladi .  Lekin bu sanoat ba’zi   joylarda 
faqat mahalliy ehtiyojlarinigina qondirsa, boshqa 
joylarda mamlakatning ko‘pgina rayonlariga mahsulot 
beradi .  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
P. Musayev, J. Musayev – Geogragfiya (O‘zbekiston 
ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi) – umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 8-sinfi uchun darslik – “Sharq” 
nashriyoti – Toshkent – 2014,2019 / 
www.eduportal.uz

OZIQ-OVQAT SANOATI

11-dars mavzusidan oziq-ovqat san о atining yalpi san о at mahsul о tidagi salm о g‘ini aniqlang.

Bu sanoat dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash negizida shakllangan. Uning korxonalari geografik joylashuvini qayta ishlanadigan xomashyo xususiyati belgilaydi.

Xomashyo tez buziluvchan va qayta ishlanganda chi- qindi ko‘p chiqadigan hamda olis masofaga tashishga chidamsiz bo‘lgan holatlarda korxona xomashyo yetishtiradigan joyda joylashtiriladi (sabzavot, go‘sht, konservalar, shakar ishlab chiqarish, meva sharbatlari tayyorlash).

Endilikda oziq-ovqat sanoati korxonalari yuksak mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarish tarmog‘iga aylangan.