Jahon mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligi masalalari
12-Mavzu Jahon mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligi masalalari
RE J A 1.Global iqtisodiyotda yuz berayotgan o’zgarishlar va jahon mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligi masalasi 2 Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda xalqaro tajribalar Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda xalqaro tashkilotlar
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) hamda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, hozirgi vaqtda dunyoda 840 milliondan ortiq kishi to’yib ovqatlanish imkoniyatiga ega emas. Bu jahon aholisining deyarli har sakkiz nafaridan biri, deganidir. Bundan tashqari, sayyoramiz nufusining 30 foizidan ziyodi to’laqonli ravishda ovqatlanmaslik, eng asosiy mikroelement va vitaminlar yetishmasligi muammosini boshidan kechirmoqdaki, bularning barchasi oziq-ovqat xavf-sizligini ta’minlash naqadar dolzarb masala ekanligini yaqqol ko’rsatib turibdi. oziq-ovqat xavfsizligi juda keng tushuncha bo’lib, u, eng avvalo, aholi ehtiyojini fiziologik me’yorlarga mos ravishda iste’mol tovarlari bilan ta’minlashni nazarda tutadi
1. Global iqtisodiyotda yuz berayotgan o’zgarishlar va jahon mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligi masalasi Jahon hamjamiyati oldida muammolar paydo bo’lib, ularning asosiylari quyidagilardir: 1) aholi o’sish sur’atlarining yuqoriligi; 2) bir qator mamlakatlarda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi sur’atlarining pasayishi; 3) rivojlangan mamlakatlar yordamining qisqarishi; 4) ocharchilikning avj olishi; 5) tabiiy resurslarning ozayishi; 6) jahon bozorlarida uzoq muddat qishloq xo’jaligi mahsulotlariga past narxningsaqlanib turishi. Bugungi kunda 100 dan ortiq mamlakatlar don importiga bog’liqdirlar. Jahon mamlakatlari global inqiroz holatida bo’lib, uning mohiyati cheklangan tabiiy resurslar, biosfera ozuqa tizimi cheklangan