Organik dehqonchilikda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda siyosiy
Mavzu Organik dehqonchilikda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillar
Reja: 1.Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillar 2 Agrar soxani rivojlantirish masalalari
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillar Oziq-ovqat mavjudligi: zarur sifatli oziq-ovqat mahsulotlarining kerakli miqdorda ichki ishlab chiqarish yoki import orqali (shu qatori oziqaviy ko’mak) ta’minoti. Oziq-ovqat mavjudligining eng ko’p qo’llaniluvchi vositasi kaloriyalarda hisoblanuvchi jon boshiga kundalik energiya sarfidir (KES). FAO uslublariga ko’ra KES ko’rsatkichi oziq-ovqat balansiga asoslangan oziqa iste’moli turiga binoan hisoblanadi. FAO muayyan tovarlarni oziq-ovqat ta’minotining turli manbalari (ishlab chiqarish, jamg’armalar, savdo) va mahsulotlardan turli maqsadlarda foydalanishga (yem, urug’lik, sanoatda foydalanish, chiqitlar) oid ma’lumotlardan foydalanib, oziq-ovqat balanslarini hisoblaydi.
Oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sir etuvchi yana bir omilni ajratib ko’rsatish mumkinki, bu savdodagi to’siqlar bo’lib, udarga eng ahamiyatli qishloq xo’jaligi va oziq- ovqat mahsulotlarini olib kirish va chetga chiqarishni ta’qiqlash, hududlararo g’irrom raqobatni kiritish mumkin. Oziq-ovqat xavfsizligi jahon bozorining narxlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi tebranishlar, mahalliy, jumladan harbiy nizolar mavjudligi kabi omillarning ta’siriga ham uchraydi. Oziq-ovqat xavfsizligiga agrar sektorning holati ham, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat ham ta’sir ko’rsatadi.Oziq-ovqat xavfsizligi jahon bozorining narxlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi tebranishlar, mahalliy, jumladan harbiy nizolar mavjudligi kabi omillarning ta’siriga ham uchraydi
Shunday qilib oziq-ovqat xavfsizligini ishlab chiqarish va iste’molning teng ahamiyatli ochiq quyi tizimlardan tashkil topgan tizim sifatida tasvirlash mumkin. Chunki ular bir-birisiz yuqorida aytib o’tilgan muammolarning hal qilinishini ta’minlay olmaydi. Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash omillarini pirovard oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy bo’g’in bo’lmish ASM ning rivojlanishiga va aholining ushbu mahsulotlarni iste’mol qilish imkoniyatlariga ko’rsatadigan ichki va tashqi omillarga tasniflangan holda ko’rib chiqish lozim. Ichki omillar qishloq xo’jaligining, ASM ning oziq-ovqat va qayta ishlash sanoatining, bevosita qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining va oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqaruvchilarning rivojlanish darajasiga, uy xo’jaliklariga va muayyan odamlarning hayot faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi