Papulatsiya va jamoalar haqida talimot
Papulat siy a v a jamoalar haqida t alimot Reja 1.Papulatsiya va muhit 2.Papulatsiya klassifikatsiyasi 3.Papulatsiyaning tuzilishi Bajardi:Yusupov Rustam
1.PAPULATSIYA VA MUHIT Populyatsiya – bu bir turning yoki bir necha tur vakillarining guruhi bo’lib, ular ma’lum joyda uchraydi va ko’p hayotiy belgilarga ega bo’ladi. Shu belgilar butun guruhning doimiy funskiyalari hisobini aks ettiradi. Populyatsiya a’zolarning hayotiy belgilari: Tur vakillari qalinligi , tug’ulishi, o’lishi, yosh bo’yicha taqsimlanishi, organizmning biotic potensiali, ma’lum hududda tarqalishi va o’sish xillaridir. Populyatsiya genitik xususiyatlarga ham ega bo’lib, bu holati organizmning to’rg’ridan – to’g’ri ekologik moslashishi , qayta ko’payishi va turg’unligiga bog’liq, ya’ni, uzoq vaqt nasl qoldirish qobilyatini saqlab qolishdir. Populyatsiya «biologik» va «guruhlik» xususiyatiga ega bo’ladi. Biologik xususiyatlarga: populyatsiya a’zolarning hayot sikli, o’sishga qobilyati, farqlanishi va o’zining son – sifatini ushlab turish xususiyatlari kirib , ular populyatsiyani hosil qiluvchi organizmlarga taaluqlidir.
Populy at siy aning guruhlik x islat i. 1. Tur vakilining ma’lum hududdagi umumiy soni; 2. Ma’lum maydon uchun tur vakillarining o’rtacha soni, populyatsiya qalinligi va makonda populyatsiya a’zolarining massasi;
3. Tug’ulish – ma’lum vaqt ichida tur vakillaridan hosil bo’lgan yangi vakillari soni 4. O’lish – ma’lum vaqt ichida populyatsiya ichidagi o’lgan a’zolar darajasi 5. Populyatsiyaning o’sishi-tug’ilishi va o’lish o’rtasidagi farq bo’lib, bu farq salbiy va ijobiy bo’lishi mumkin. 6. O’sish tezligi-ma’lum vaqt ichida populyatsiya a’zolari sonining o’rtacha o’sish tezligidir.
2.PAPULATSIYA KLASSIFIKATSIYASI Populyatsiyani klassifikatsiyalashda bir necha prinsiplarga amal qilinadi, populyatsiyaning makonda tarqalishini N.P.Naumov (1963) quyidagicha farqlaydi: elementlar (boshlang’ich soda), ekologik va jo’g’rofik populyatsiyalar. Ularning qisqacha ta’rifi quyidagicha: 1. Elementlarning populyatsiya – bu uncha katta bo’lmagan, bir xil joyda uchraydigan tur vakillarining yig’indisi. 2. Ekologik populyatsiya sodda, elementlar populyatsiyalar yig’indisidan hosil bo’ladi. Ular ma’lum biogeotsenozlardan , tur ichidagi guruhlarda yuzaga keladi. 3. Geografik populyatsiya- ekologik populyatsiyalarni o’z ichiga oladi, bir xil geografik sharoit va muhitda uchraydi. Populy at siy ani ng t uzulishi. Populyatsiya a’zolarning jins, yosh bo’yicha, morfologik ko’rinishi, fiziologik jarayoni, xulqiy holatlari , genitek xususiyatlari va hududlar bo’yicha taqsimlanishi populyatsiyaning tuzulishini aks ettiradi.