logo

Qadimgi Xitoy Sivilizatsiyasi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

854.43359375 KB
Qadimgi Xitoy 
Sivilizatsiyasi REJA:
   
  1.  Qadimgi  Xitoy  geografik  joylashuvi,  tabiiy 
sharoiti, aholisi va manbalar.
  2. Qadigi Xitoyda ilk davlarlar.
  3. Qadimgi Xitoy madaniyati.
  4.Xulosa. KIRISH
              Bizga ma‘lumki har bir davlatni, har bir xalqni o‘ziga yarasha tarixi, madaniyati, 
mentaliteti bor. Biz tarixni o‘rganar ekanmiz undan o‘zimizga tegishli xulosa va 
saboqlar chiqarishimiz darkor. El-yurtimiz o‘zining ko‘p asrlik  tarixi davomida 
ma‘shum xatarlarni bir necha bor ko‘rgan, ularning jabrini tortgan. Shunday 
asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz va ma‘naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida 
qolganini barchamiz yaxshi bilamiz. Ana shu fojiali o‘tmish, bosib o‘tgan 
mashaqqatli yo‘limiz barchamizga saboq  bo‘lishi,  bugungi  voqealikni  teran  
taxlil  qilib,  mavjud  taxdidlarga  nisbatan  doimo  ogoh  bo‘lib yashashga davat 
etishi lozim. O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunni unutgan millatning kelajagi 
yo‘q.  Bu haqiqat kishilik tarixida ko‘p bora o‘z isbotini topgan.
         Qadimgi Sharq madaniyati, davlat tuzumini rivojlanishida ham qadimgi Xitoy 
alohida o‘ringa egadir. Biz yosh avlod bu davlatni kashfiyot va yutuqlaridan 
oqilona foydalanish, undan hayot faoliyati davomida o‘zimizga  kerakligini  
olishimiz  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  U  qilgan  kamchiliklar  va  nuqsonlarni 
takrorlamaslik darkor.       QADIMGI XITOY TABIIY SHAROITI.
                        Qadimgi    Xitoy  sivilizatsiyasi    eramizdan  avvalgi  V-III    ming    yilliklarda    Xuanxe 
daryosining  o‘rta  oqimida    uzoq    vaqt    yopiq    holda    shakllanadi.    Er.    avv.      I      ming    yillik   
o‘rtalaridan    boshlab    Yanszi      daryosi  havzasini  ham  qamrab  oladi.  Xuanxe  daryosi  havzasi 
qadimda qalin o‘rmonlar bilan qoplangan. Eramizdan avalgi IV-II ming yilliklarda  Xuanxening  
o‘rta    oqimlarida    karkidon,    tapir,    bambuq    kalamushlari    yashagan,    bambuk      daraxti  o‘sgan. 
Vodiyning yumshoq allyuvial tuprog`i dehqonchilik uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Qadimgi  
Xitoy    asosan,    mo‘tadil    va    subtropik    mintaqalarda    (jan.    qismida    kichikroq    hudud    tropik 
mintaqada)  joylashgan.  Tabiati  jihatidan  Sharqiy  Osiyoda  joylashgan  sharqiy  va  Markaziy  
Osiyoda  joylashgan  g‘arbiy  qismlarga  bo‘lingan.  Mamlakatning  sharqi  dengiz  bo‘yi 
pasttekisliklari, past va o‘rtacha balandlikdagi tog‘lar bilan band. G‘arbi esa baland tog‘lik, kata 
tizmalar, keng  yassitog‘lik va botiqlardan iborat.Q  irg‘oq  chizig‘ining  uzuligi  15  ming  km  
chamasida.    Kichik    qo‘ltiq    va    buxta    ko‘p.   Yirik  yarimorollari:  Shandun  va  Lyaodun.Xitoy-   
murakkab  orografiyaga  ega  bo‘lgan  tog‘li  o‘lka.  Mamlakatning  jan.g‘arbida  Tibet  tog‘ligi, 
undan  shimolroqda  Markaziy  Osiyo  tekisliklari  va  yassitog‘liklar  mintaqalari  va  atrofi  tog‘lar 
bilan  o‘ralgan  Sharqiy  Xitoy  pasttekisliklari    yaqqol  ajralib  turadi.  Tibet  tog‘ligi  Xitoyning  eng 
baland qismidir (o‘rtacha bal. 4500 m ga yaqin).Markaziy  Osiyo  tekisliklari  va  yassitog‘liklari 
  g‘arbda    bir-biridan    Sharkiy    Tyaninan    tog‘lari    bilan  ajralgan    Hashqar    tekisligi    va   
Jung‘ariya    tekisligshsh    o‘z    ichiga    oladi.    Ularga    jan.sharqdan   Turfon    soyligi  (tubi    dengiz   
sathidan  154  m  past)  tutashgan.  Sharqroqda  esa  Gashun  Gobisi,  Alashan  va  Ordos  plato  
va tekisliklari,  ular  orasida  Beyshan,  Alashan  va  Inshan  tog‘lari  joylashgan.  Sharqiy  Xitoy  
pasttekisliklari,  asosan,  Sariq  dengiz  sohili  bo‘ylab  shimoldan  jannubga  cho‘zilgan  va  tog‘ 
tizmalari bilan o‘ralgan. Qadimgi Xitoy aholisi.
                Er. avv. IV-III ming yilliklarda Xuanxe havzasida Yanshao madaniyatini bu  yerda  yashagan  
poliosiyo   aholisini  siqib  chiqargan   protosinotibetliklar   yaratadilar.  Er.  avv.  I  ming yillikda  
Xuanxening  o‘rta  oqimida  inlar   va  chjoularning  o‘zaro  ta'siri  natijasida  qadimgi  Xitoy  etnosi 
vujudga keladi. Bu etnosning shakllanishida shimolda poliosiyo va avstroosiyo janubiy Osiyo tillarida 
so‘zlashuvchi etnoslar ishtirok etadilar.
•
Qadimgi  Xitoy  haqida  manbalar .  Qadimgi  Xitoy  tarixiga  oid   juda  ko‘p  aniq    
davrlashtirilgan yozma yodgorliklar mavjud. Bu bizgacha kitob holida yetib kelgan tarixiy asarlardir. 
Yozma manbalar ichida qadimgi Xitoy yilnomalari eng avvalo Lu podsholigi davrida tuzilgan er. avv.  
VIII-V asrlar voqealari yoritilgan «Chunsyu» yilnomasi muhim ahamiyatga ega. «Chunsyu» matni bilan 
an'anaviy ravishda uning muallifi qadimgi Xitoy faylasufi Konfutsiya nomi bog`lanadi.Yilnomalar bilan 
yaqin bog`langan eng avvalo, «Shan-shu» («Shiszin»-qo‘shiqlar kitobi) nomli kitob va boshqa qadimgi 
Xitoy tarixiy asarlari janridir. Bu asarlarda hukmdorlar va ularning yaqinlarining so‘zlari  mavjud.  
Bizgacha  yetib  kelgan  «Shan-shu»  matni  qismlarigina  haqiqiy  deb  hisoblash  mumkin. Chunki bu 
manbaning ba'zi boblari keyingi davrlarga oid.   ILK DAVLATLAR.
                An'anaviy Xitoy tarixnavisligi fanida Xitoy tarixini sulolalar bo‘yicha 
davrlashtirish xarakterlidir. Shunga ko`ra, afsonaviy «besh imperatorlar» davridan so‘ng, «uch 
sulola» Sya, Shan-In va Chjou davrlari boshlandi. An'ana bo‘yicha Chjou davri Chunsyu va 
Chjango davrlarini o‘z ichiga olgan ikki qism G`arbiy Chjou (er.avv XI-VIII asrlar) va 
Sharqiy Chjou ( er.avv VIII-III asrlar) ga bo‘linadi. Sin sulolasi (er.avv. III asr)   o`rniga  
hukmronlik  vaqti  g`arbiy  va  sharqiy  davrlarga  bo‘linadigan  Xan   sulolasi  keladi.  
Sulolaviy davrlashtirish hozirgi tadqiqot talablariga javob bermaydi. Shu sababli  jamiyat 
taraqqiyotini ishlab chiqarish kuchlari  va  mehnat  qurollari,  tayyorlangan  asosiy  buyumlar  
bo‘yicha  jamiyat  taraqqiyotini   bosqichlarga bo‘ladigan arxeologik davrlashtirishdan 
foydalanamiz. Demak, Xitoyda «uch sulola»dan oldingi davr neolit davriga to‘gri keladi. 
Shan-In davrida qadimgi Xitoy jamiyati jez davriga kiradi. Chun-syu davri (er.avv. VI-V 
asrlar) oxirida qadimgi Xitoyda temir davri boshlanadi.    ILK DAVLATLAR
           Qadimgi  Xitoy  tarixini  jamiyatning  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyoti  mezoni  asosida  
qo‘yidagi davrlashtirishni ko‘rish mumkin:
   1.  Ibtidoiy jamoa tuzumining  yemirilishi va ilk  davlatlarning vujudga kelishi.  (er.  avv.  II  
ming yillik )
   2. Er. avv. VIII-III asrlarda qadimgi Xitoy 
   3. Xitoyda birinchi markazlashgan davlat-Sin imperiyasi (er. avv. 221-207-yillar) 
   4. Qadimgi Xitoy I-III asrlarda.    QADIMGI XITOY MADANIYATI
                     Qadimgi  Xitoy  o‘ziga  xos  betakror  madaniyat  bilan  jahon  madaniyatini    rivojlanishiga    o‘z 
hissasini    qo‘shdi.    Uning    ta‘siri    ayniqsa    Janubi-Sharqiy  Osiyo  mamlakatlari  
madaniyatiningshakllanishi va  riovjlanishida   kuchliroq aks etdi.Xitoy tili va yozuvi. Xitoy tili murakkab 
tillar oilasiga mansub bo‘lib, ko‘plab saqlanib qolgan arxaik  tillar oilasiga kiradi. Xitoy tili Xitoy-Tibet 
tillar oilasiga mansub bo‘lib, 7ta asosiy shevalarga bo‘linadi:
•
1.    Shimol shevasi;
•
2.    Vu shevasi;
•
3.    Sian shevasi;
•
4.    Gang shevasi;
•
5.    Hakka shevasi;
•
6.    Yue shevasi;
•
7.    Ming shevasi;
              Bundan tashqari asosiy va to‘g‘ri talaffuz qilinadigan shevalar han mavjud bo‘lib, bular quyidagilar:
•
1. Pekin shevasi; 2. Chiziyan shevasi;
•
3. Kantong shevasi; 4. Fuziyan shevalairdir.
               Xitoy tili Xitoy Xalq Respublikasining rasmiy tili bo‘lib, unda davlatning 95% aholisi gaplashadi. 
Undan tashqari  Tayvan,  Indoneziya,  Kombodji,  Laos,  Vetnam,  Birma,  Malayziya,  Tayland  va  
Singapur  kabi davlatlarning xitoylik va unga mansub bo‘lmagan millatlar ham so‘zlashadi.  Xitoy dini.
                Miloddan avvalgi II ming yillikning boshlarida Qadimgi Xitoy dini vujudga kelgan. Qabila ittifoqi 
davlatga o'sib o'tishi natijasida hukmron In qabilasining homiysi Shandi bosh xudo sifatida qabul qilingan. 
Qudratli xudolarga sig'inish urug'- qabila dinlari negizida shakllanganligi sababli unda totemiz va 
animizmning ta'siri kuchli bo'lgan. Xitoyliklar Shandini ulug' ajdod sifatida qadrlaganlar. U ela t 
farovonligining himoyachisi, ajdodlar an'analariga amal qilinishining nazoratchisi sifatida mazkur tar- tibni 
buzganlarni jazolagan. Odamlar unga o'z kundalik muammolarini hal etishda ko'mak so'rab sig'inganlar. 
Shandining ulug' ajdod sifatidagi vazifasi keyinchalik ajdodlar ruhiga sig'inishning mamlakatda keng 
yoyilishiga shart-sharoit yaratgan. Qadimgi  Xitoy  dinining  xususiyatlaridan  yana  biri  shundaki,  kohinlar 
 tabaqasi  jamiyatda  kuchli mavqega ega, lekin bu yerda kohin va davlat xizmatchisining vazifasi bir 
bo'lgan. Chunki imperator Osmon xudosining yerdagi vakili, birinchi kohin sifatida diniy marosimlarni 
bajarishvazifasini  davlat  xizmatchilarining  zimmasiga  yuklagan.  Ularning  asosiy  vazifasi  davlatning 
barqarorligini  ta'minlash  bo'lganligi  sababli  Osmon  xudosiga  sig'inish  rasmiy-byurokratik  mazmun  
kasb etgan.Shandi,  Osmonga  va  ajdodlar  ruhiga  sig'inish  Qadimgi  Xitoy  madaniyatining  asosi  
vazifasini bajargan. Ularning asosida daosizm va konfutsiylik diniy-falsafiy ta'limotlari shakllangan.Qadimgi 
 Xitoy  diniy  falsafiy  ta'limotlardan  biri  daosizmdir.  U  falsafiy  ta'limot  sifatida  miloddan avvalgi VII 
asrda vujudga kelgan. Miloddan avvalgi IV-III asrlarda diniy ta'limot sifatida mustahkamlangan. Daosizm 
ta'limotning asoschisi - mutafakkir murabbiy Lao-szti.Mazkur  diniy  ta'limotning  asosini  Dao  to'g'risidagi  
qarashlar  tashkil  etadi.  Dao  -  borliq,  koinot to'g'risidagi  qonun,  dunyoning  universal  birligi,  ilohiy  
absolut  (lotincha  absoluts  -  cheklanmagan,  so'zsiz, shubhasiz  degan  ma'nolarni  anglatadi,  borliqning  
abadiy  ibtidosi)dir.  Daoni  hech  kim  yaratmagan,  borliq undan boshlanadi va unga qaytadi.  Xitoy san’ati.
                Qadimgi Xitoy san‗ati tarixi eramizdan avvalgi 4–3 minginchi yillardan eramizning Sh 
asrigacha bo‘lgan davrni o‘rganadi, tahlil etadi. Eramizdan avvalgi 4–3 minginchi yillarda 
Xuanxe daryosi vohasida  odamlar  dehqonchilik  bilan  shug‘ullana  boshladilar,  ayrim  
qabilalar  esa  o‘troq  hayot  kechiraboshladilar. Bu davrda odamlar   yashaydigan uylar 
dumaloq shaklda va ko‘proq yerto‘la tipida bo‘lgan, ular yerni  3–4metr  qazib  ishlangan.  
Asta-sekin  yarim  yerto‘la  tipida  va  nihoyat,  yer  ustida  karkas  uslubidagi uylar yuzaga 
kelgan. Ular to‘rtburchak yoki kvadrat shaklida qurila boshlangan. Tepa tomi shox-shabbalar 
yoki  loydan  pishirilgan  plitalar  bilan  yopilgan.  Ustun-to‘sin  sistemasi  ham    shu  
davrlarda  me‗morlikda keng qo‘llanila boshlangan.Xitoyning eng qadimgi san‗at namunalari 
bizgacha kulolchilik buyumlari orqali yetib kelgan. Qo‘lda, dastgohsiz yasalgan turli xum, 
ko‘za, tovoq, vazalar rangdor naqshlar bilan bezab chiqilgan. Bu kulolchilik buyumlarining 
yuzasi spiralsimon, to‘lqinsimon, tursimon chiziqlar bilan bezalgan, soddalashtirilgan odam, 
xayvon  va  qushlar  rasmi  ham  ishlangan.    XULOSA
                   Qadimgi  Xitoy  haqida  xulosa  qilib  shuni  aytishimiz  mumkinki,  qadimgi  Sharq  madaniyati, 
davlatchilik tarixini u davlatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki qadimgi Xitoy alohida ahamiyat kasb etgan 
o‘ziga xos madaniyatni o‘zida mujassam etgan.Qadimgi Xitoy davri dastlabki davlat birlashmalari bo‘lgan 
o‘sha qadimgi Shan davlati, undan so‘ng Chjou  davlati,  Sin  sulolasi  va  Xan  sulolalari  davlati  yashagan  
davrlarni  o‘z  ichiga  oladi  ya‘ni  mil.  avv uchinchi  mingyillik  o‘rtalaridan  boshlab  to  milodiy  220-
yilgacha,  Xan  davlati  uchta  davlatga  bo‘lib ketgungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu katta davr 
ichida Xitoyda ancha o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Uning sivilizatsiyasi ham boshqa Sharq davlatlari singari 
daryo bo‘yida boshlangan. Daryodan oqib keluvchi serunum tuproq sun‘iy sug‘orma dehqonchilik uchun 
asos bo‘lib xizmat qiladi. Rivojlangan sun‘iy sug‘orma dehqonchilk keyinchalik o‘ziga xos madaniyat  
yutuqlariga erishishga asos  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Bu  davrda  xitoyliklar  dunyo  ahamiyatiga  molik  
kashfiyotlar  qilishgan.  Bularga misol tariqasida mil. avv 5 asrda kashf qilingan ipak, mil. avv 1 asrda 
qog‘ozni, yer qimirlashini avvaldan biluvchi  seysmograf,  dunyo  tomonlarini  aniqlab  beruvchi  
kompas(  u  har  doim  janubni  ko‘rsatib  turgan), iyerogliflardan  iborat  yozuv  (  keyinchlik  bu  yozuv  
koreys,  yapon  hamda  vetnam  yozuvlariga  asos  bo‘lib xizmat qilgan)ni va boshqa ixtirolarni keltirishimiz 
mumkin. Xan sulolasini buyuk imperatori U Di (mil. avv 140-87 yy) hukumronligi davrida nafaqat Sharqda 
balki  butun  Osiyo  va  Yevropada  katta  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  Buyuk  ipak  yo‘lini  ochilishi  savdo-
sotiq, madaniy  aloqalarni  almashishiga  xizmat  qilgan.  Buyuk  ipak  yo‘li  orqali  sharqiy  Osiyodagi  
Sariq  dengizi bo‘yidagi davlatlar Xitoy hududidan o‘tib, sharqiy Turkiston, O‘rta Osiyo, Eron, Old Osiyo, 
Kichik Osiyo hududidan o‘tib Yevropa hududlarigacha borgan.  Uni yo‘nalishidagi davlatlar ancha 
rivojlangan, bir-birlari bilan doimo aloqalar qilib turishgan. E’tiboringiz uchun rahmat!

Qadimgi Xitoy Sivilizatsiyasi

REJA: 1. Qadimgi Xitoy geografik joylashuvi, tabiiy sharoiti, aholisi va manbalar. 2. Qadigi Xitoyda ilk davlarlar. 3. Qadimgi Xitoy madaniyati. 4.Xulosa.

KIRISH Bizga ma‘lumki har bir davlatni, har bir xalqni o‘ziga yarasha tarixi, madaniyati, mentaliteti bor. Biz tarixni o‘rganar ekanmiz undan o‘zimizga tegishli xulosa va saboqlar chiqarishimiz darkor. El-yurtimiz o‘zining ko‘p asrlik tarixi davomida ma‘shum xatarlarni bir necha bor ko‘rgan, ularning jabrini tortgan. Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz va ma‘naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz. Ana shu fojiali o‘tmish, bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘limiz barchamizga saboq bo‘lishi, bugungi voqealikni teran taxlil qilib, mavjud taxdidlarga nisbatan doimo ogoh bo‘lib yashashga davat etishi lozim. O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunni unutgan millatning kelajagi yo‘q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko‘p bora o‘z isbotini topgan. Qadimgi Sharq madaniyati, davlat tuzumini rivojlanishida ham qadimgi Xitoy alohida o‘ringa egadir. Biz yosh avlod bu davlatni kashfiyot va yutuqlaridan oqilona foydalanish, undan hayot faoliyati davomida o‘zimizga kerakligini olishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. U qilgan kamchiliklar va nuqsonlarni takrorlamaslik darkor.

QADIMGI XITOY TABIIY SHAROITI. Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi eramizdan avvalgi V-III ming yilliklarda Xuanxe daryosining o‘rta oqimida uzoq vaqt yopiq holda shakllanadi. Er. avv. I ming yillik o‘rtalaridan boshlab Yanszi daryosi havzasini ham qamrab oladi. Xuanxe daryosi havzasi qadimda qalin o‘rmonlar bilan qoplangan. Eramizdan avalgi IV-II ming yilliklarda Xuanxening o‘rta oqimlarida karkidon, tapir, bambuq kalamushlari yashagan, bambuk daraxti o‘sgan. Vodiyning yumshoq allyuvial tuprog`i dehqonchilik uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Qadimgi Xitoy asosan, mo‘tadil va subtropik mintaqalarda (jan. qismida kichikroq hudud tropik mintaqada) joylashgan. Tabiati jihatidan Sharqiy Osiyoda joylashgan sharqiy va Markaziy Osiyoda joylashgan g‘arbiy qismlarga bo‘lingan. Mamlakatning sharqi dengiz bo‘yi pasttekisliklari, past va o‘rtacha balandlikdagi tog‘lar bilan band. G‘arbi esa baland tog‘lik, kata tizmalar, keng yassitog‘lik va botiqlardan iborat.Q irg‘oq chizig‘ining uzuligi 15 ming km chamasida. Kichik qo‘ltiq va buxta ko‘p. Yirik yarimorollari: Shandun va Lyaodun.Xitoy- murakkab orografiyaga ega bo‘lgan tog‘li o‘lka. Mamlakatning jan.g‘arbida Tibet tog‘ligi, undan shimolroqda Markaziy Osiyo tekisliklari va yassitog‘liklar mintaqalari va atrofi tog‘lar bilan o‘ralgan Sharqiy Xitoy pasttekisliklari yaqqol ajralib turadi. Tibet tog‘ligi Xitoyning eng baland qismidir (o‘rtacha bal. 4500 m ga yaqin).Markaziy Osiyo tekisliklari va yassitog‘liklari g‘arbda bir-biridan Sharkiy Tyaninan tog‘lari bilan ajralgan Hashqar tekisligi va Jung‘ariya tekisligshsh o‘z ichiga oladi. Ularga jan.sharqdan Turfon soyligi (tubi dengiz sathidan 154 m past) tutashgan. Sharqroqda esa Gashun Gobisi, Alashan va Ordos plato va tekisliklari, ular orasida Beyshan, Alashan va Inshan tog‘lari joylashgan. Sharqiy Xitoy pasttekisliklari, asosan, Sariq dengiz sohili bo‘ylab shimoldan jannubga cho‘zilgan va tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan.