Qarindoshlar va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari
Qarindoshlar va boshqa shaxslarning alime nt majburiy at lari.
1. Bobo va buving o’z nevaralariga taminot berish majburiyati. 2. Aka- uka va opa-singillarning voyaga yetmagan mehnatga layoqatsiz aka- uka va opa- singillariga aliment berish majburiyati. 3. O’gay ota va o’gay onaning o’gay o’g’il va o’gay qizlarga taminot berish majburiyati.
Oila qonunchiligida agar ota-onalar o‘zlarining voyaga yetmagan bolalariga qonunda nazarda tutilgan sabablarga ko‘ra moddiy ta’minot berishga qodir bo‘lmasalar, voyaga yetmagan bolalarga, shuningdek, voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj shaxslarga ta’minot berish majburiyati sud tomonidan ularning qarindoshlari: bobo, buvi, nevara, aka-uka, opa-singil, qolaversa, o‘gay ota va o‘gay ona, o‘gay o‘g‘il va o‘gay qiz, doimiy tarbiyada bo‘lgan shaxslar zimmasiga yuklatilishi mumkin
Oila kodeksining 123-moddasiga binoan, ota-onasi yo‘q bo‘lgan yoki ulardan ta’minot ololmaydigan voyaga yetmagan nevaralariga ta’minot berish majburiyati yetarli mablag‘ga ega bo‘lgan bobo va buvi zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bobo va buvi nevaralari bilan ularga moddiy ta’minot to‘lash to‘g‘risida kelishuv tuzishlari mumkin. Bunday kelishuvga Oila kodeksi XVII bobining qoidalari tatbiq etiladi. Kelishuv tuzilgan taqdirda, aliment miqdori, shartlari va to‘lash tartibi belgilanadi. Bobo va buvining aliment majburiyatlari aliment to‘lovchilarning ikkinchi navbatdagi a’zolariga kirib, agar ular aliment to‘lovchilarning birinchi navbatdagilaridan, yani ota- onasidan ta’minot ololmaydigan bo‘lsa, ularga yuklatiladi.
Nevaralarning aliment majburiyatlari shu turdagi huquqiy munosabatlarning ikkinchi navbatiga kiradi. Bobo yoki buvi uchun aliment faqat birinchi navbatdagi aliment majburiyatidagi shaxslardan – o‘zlarining voyaga yetgan bolalaridan, er-xotinlar va sobiq er- xotinlardan undirish imkoni bo‘lmasa, u holda nevaralardan undiriladi. Bobo va buvi uchun undiriladigan moddiy ta’minot nevaralarning moddiy holatini pasaytirib qo‘ymasligi lozim. Aliment to‘lovchi nevaralardan biriga da’vo qilinganda, bu da’volar boshqa aliment to‘lovchi nevaralarni, shuningdek, boshqa ikkinchi navbatdagi aliment to‘lovchilarni ham hisobga olishi lozim. Bobo va buvi bilan nevaralar o‘rtasida aliment to‘lash to‘g‘risida o‘zaro kelishuv bo‘lmagan taqdirda, bobo va buvi foydasiga nevaralardan aliment undirish sud tartibida qonun asosida hal qilinadi.