logo

QIMMATLI QOG‘OZLAR VA ULARNING TA’RIFI

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3170 KB
AMIR  TEMUR  -BUY UK SIY MO
( 1336-1405)  AMIR TEMUR-BUY UK SIY MO
( 1336-1405)   REJA:
1)  QIMMATLI QOG‘OZLAR VA 
ULARNING TA’RIFI.
2)  QIMMATLI QOG‘OZLARNING 
UMUMIY
TUSHUNCHASI
2 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan O‘zbekiston 
Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar bozori 
to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq «qimmatli qog‘ozlar – 
hujjatlar bo‘lib, ular bu hujjatlarni chiqargan yuridik 
shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy 
huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, 
dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni
hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni 
boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda 
tutadi.O‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli 
qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi qonuni
3 Qimmatli  qog‘ozlarning qiymati O‘zbekiston 
Respublikasi milliy valutasida   ifodalanadi». 
Yuqorida qayd etilgan qonunga ko‘ra, 
qimmatli qog‘ozlarga aksiyalar, 
obligatsiyalar, xazina majburiyatlari, 
depozit va jamg‘arma sertifikatlari, 
veksellar, shuningdek, hosila qimmatli 
qog‘ozlar kiradi.
    Horijiy davlatlarning me’yoriy hujjatlarida 
qimmatli qog‘ozlar «hujjat egasining 
bunday hujjatni chiqargan shaxsga 
nisbatan mulkiy huquqlarini yoki qarz 
munosabatlarini tasdiqlovchi pul hujjati 
sifatida» ancha qisqa ta’riflanadi. 4 Huquqiy nuqtayi nazardan, an’anaviy tarzda qimmatli qog‘ozlar 
ancha keng ma’noda ko‘rib chiqiladi – ya’ni bular«mulkiy huquqlarni
  belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda
  tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lib, ularnitaqdim etgan taqdirdagina
  mazkur huquqlarni amalga oshirishyoki boshqa shaxslarga berish
  mumkin bo‘ladi». Bu ma’nodaqimmatli qog‘ozlarga «quyidagilar kiradi:
  obligatsiyalar,veksellar, cheklar, depozit va jamg‘arma sertifikatlari,
  bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan jamg‘arma daftarchasi, 
qonosament hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan 
boshqa hujjatlar». Shunday qilib, turli manbalarda, jumladan «Qimmatli qog‘ozlar va 
fond birjalari to‘g‘risida»gi qonun hamda «Fuqarolik kodeksi»dagi qimmatli 
qog‘ozlarning ta’rifi bir-biridan jiddiy tarzda farq qiladi. Qimmatli qog‘ozlarni bundan 
ham keng ma’noda ko‘rib chiqish mumkin. Yuqorida tilga olingan hujjatlardan tashqari,
yana shunday, qimmatli qog‘ozlarga tegishli bo‘lmasada, lekin, ayrim iqtisodchilarning 
fikriga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlar, deb tan olinayotgan hujjatlar ham mavjud, chunki ular
ko‘pgina hozirgi ta’riflarda qimmatli qog‘ozlarning barcha asosiy belgilarini o‘zida 
mujassamlantiradi. Gap, albatta, pul haqida borayapti. 
5 1. Aylanuvchanlik 
2. Likvidlilik 
3. Xatar Qimmatli 
qog‘ozlarning 
xususiyatlari
6 
  bu qimmatli qog‘ozning bozorda xarid qilinishga va sotilishga, shuningdek, 
ko‘pchilik hollarda boshqa tovarlar muomalasini osonlashtiruvchi mustaqil 
to‘lov vositasi sifatida qo‘llanishiga qodirligidir. Barchaga ma’lum bo‘lgan P – 
T (pul – tovar), T – P (tovar – pul) metamorfozalarda qimmatli qog‘ozlar ham 
tovar sifatida, ham pul sifatida qatnashishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar 
ma’lum ma’noda tovar hisoblanadi, u o‘z qiymatiga va iste’mol  qiymatiga 
ega. Ushbu alohida turdagi tovarning qiymati bir  qancha omillarga bog‘liq, 
masalan, ular tomonidan keltiriladigan  daromadning hajmi, ssuda foizining 
me’yori, nisbatan yuqori kurs bo‘yicha sotilishi mumkinligi, korxonani 
boshqarishda ishtirok etish imkoniyati va hokazolar. Qimmatli qog‘ozlarning 
iste’mol qiymati shundan iboratki, ular orqali qimmatli qog‘oz egasi o‘z 
kapitalini oshirish, saqlash, korxonani boshqarishda ishtirok etishdagi aniq 
talablarini qondiradi. Shu bilan birga, ba’zi holatlarda qimmatli 
qog‘ozlarning alohida turlari (davlat obligatsiyalari, veksellar) ma’lum bir 
qulay vaziyatlarda pul vazifasini – muomila va to‘lov vositasini ham bajarishi 
mumkin. Ma’lumki, ayrim mamlakatlarda ko‘chmas mulk, avtomobil               
    va boshqalar bilan hisob-kitob qilish chog‘ida yuqori likvidli              davlat 
obligatsiyalaridan to‘lov vositasi sifatida foydalaniladi.
7 
–  bu qimmatli qog‘ozning uning egasi uchun deyarli zarar 
keltirmagan holda tez sotilish, pul mablag‘lariga aylanish 
qudratidir. Likvidlilikka ta’sir ko‘rsatadigan omillar uchta guruhga: 
a) umumiqtisodiy omillar; b) mazkur mamlakatda qimmatli 
qog‘ozlar bozorini tashkil qilish darajasi bilan bog‘liq omillar; d) 
emitentning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq omillar. 
Umumiqtisodiy omillarga pul muomalasi, iqtisodiyotni davrning u 
yoki bu bosqichida bo‘lishi, sarmoyadorlar tomonidan to‘lovga 
qodir talabning mavjudligi, bank hisob-kitoblarini amalga 
oshirish tezligining darajasi kabilar kiradi. Fond bozorini tashkil 
etish bilan bog‘liq omillarga imkoniyatli sarmoyadorlarning 
axborotga ega bo‘lish darajasi, market-meykerlar muassasasining 
mavjudligi, bir tranzaksiya qiymatining miqdorini kiritish 
mumkin. Alohida emitent darajasida qimmatli qog‘ozlarning 
likvidliligi, avvalo, uning moliyaviy ahvoliga, amal qilishi 
muddatiga, zararsiz faoliyat ko‘rsatishiga, to‘lanadigan 
daromadlarning miqdoriga, rivojlanish taxminlari hamda 
istiqbollariga va hokazolarga bog‘liq. So‘zsiz, bu ma’noda fond 
birjalarida baholanadigan qimmatli qog‘ozlar eng yuqori likvidli 
qimmatli qog‘ozlar bo‘lishi tabiiy. 8 
qimmatli qog‘ozlar (shu jumladan, investitsiyalar bilan) operatsiyalari bilan bog‘liq 
yo‘qotishlar va muqarrar ravishda ularga xos ehtimollardir. Qimmatli qog‘ozlar 
operatsiyalariga doir xatarlar qandaydir bir operatsiyani bajarishda ko‘pgina tasodifiy 
omillarning unga ta’siri tufayli istalgan natijaga ega bo‘lmaslik ehtimoli bilan bog‘liq. 
Ushbu bozordagi deyarli har qanday operatsiya uning ishtirokchilari (emitentlar, 
sarmoyadorlar yoki vositachilar) u yoki bu xatar darajasini o‘z bo‘yniga olishini 
anglatadi. Endigina o‘zining fond bozorlarini tashkil etayotgan mamlakatlarda bozorlar 
ishtirokchilari uchun xatarlar bozor munosabatlarining ko‘p yillik tarixiga ega bo‘lgan 
mamlakatlardagiga qaraganda bir necha marta yuqori. Fond bozoridagi faoliyat 
xatarning turli  xillari bilan bog‘liq. Shuning uchun qimmatli qog‘ozlar  bozorining 
professional ishtirokchilariga o‘z faoliyatida xatarlarning turli xillarini inobatga olishiga 
to‘g‘ri keladi, bular: inflatsiya jarayonlari, tarmoqlar va mintaqalarning o‘ziga xos 
xususiyatlari bilan bog‘liq makroiqtisodiy xatarlar; emitentning to‘lovga qodirligi va 
kredit qobiliyati bilan bog‘liq korxonaning xatarlari; portfelni boshqarish xatarlari va 
texnikaviy xatarlar, ularga yilinchalik, operatsion, selektivxatarlar, hisob-kitoblarni 
tartibga solish bilan bog‘liq xatarlar va hokazolar kiradi. Rivojlangan mamlakatlar 
amaliyoti xatarning har bir turiga qarshi turuvchi sug‘urtalash shakllari va usullarini 
ishlab chiqdi. Sobiq Ittifoq hududi mamlakatlarida qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari 
bilan bog‘liq xatarlarni sug‘urtalash hozircha yetarli darajada rivojlanmagan. Bunday 
xatarlarni sug‘urtalash qimmatli qog‘ozlar bozori va sug‘urta ishining birlashishidagi 
eng muhim faoliyat  sohalaridan biri hisoblanadi, uni mamlakat amaliyotida juda  yaqin 
yillar ichida o‘zlashtirish vazifasi turibdi.
9 
https://kitobxon.com/oz/asar/190 sayti.
10 E’TIBORINGIZ UCHUN 
TASHAKKUR!
11

AMIR TEMUR -BUY UK SIY MO ( 1336-1405) AMIR TEMUR-BUY UK SIY MO ( 1336-1405)

REJA: 1) QIMMATLI QOG‘OZLAR VA ULARNING TA’RIFI. 2) QIMMATLI QOG‘OZLARNING UMUMIY TUSHUNCHASI 2

2008-yil 22-iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq «qimmatli qog‘ozlar – hujjatlar bo‘lib, ular bu hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi.O‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi qonuni 3

Qimmatli qog‘ozlarning qiymati O‘zbekiston Respublikasi milliy valutasida ifodalanadi». Yuqorida qayd etilgan qonunga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarga aksiyalar, obligatsiyalar, xazina majburiyatlari, depozit va jamg‘arma sertifikatlari, veksellar, shuningdek, hosila qimmatli qog‘ozlar kiradi. Horijiy davlatlarning me’yoriy hujjatlarida qimmatli qog‘ozlar «hujjat egasining bunday hujjatni chiqargan shaxsga nisbatan mulkiy huquqlarini yoki qarz munosabatlarini tasdiqlovchi pul hujjati sifatida» ancha qisqa ta’riflanadi. 4

Huquqiy nuqtayi nazardan, an’anaviy tarzda qimmatli qog‘ozlar ancha keng ma’noda ko‘rib chiqiladi – ya’ni bular«mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lib, ularnitaqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirishyoki boshqa shaxslarga berish mumkin bo‘ladi». Bu ma’nodaqimmatli qog‘ozlarga «quyidagilar kiradi: obligatsiyalar,veksellar, cheklar, depozit va jamg‘arma sertifikatlari, bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan jamg‘arma daftarchasi, qonosament hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar». Shunday qilib, turli manbalarda, jumladan «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari to‘g‘risida»gi qonun hamda «Fuqarolik kodeksi»dagi qimmatli qog‘ozlarning ta’rifi bir-biridan jiddiy tarzda farq qiladi. Qimmatli qog‘ozlarni bundan ham keng ma’noda ko‘rib chiqish mumkin. Yuqorida tilga olingan hujjatlardan tashqari, yana shunday, qimmatli qog‘ozlarga tegishli bo‘lmasada, lekin, ayrim iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlar, deb tan olinayotgan hujjatlar ham mavjud, chunki ular ko‘pgina hozirgi ta’riflarda qimmatli qog‘ozlarning barcha asosiy belgilarini o‘zida mujassamlantiradi. Gap, albatta, pul haqida borayapti. 5