logo

Qissasi Rabg'uziy

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

679.5576171875 KB
  Rabg’uziyning hayoti haqida

Rabg’uziy (taxallusi; asl ismsharifi Nosiriddin Burhoniddin o’g’li) (13-asr oxiri — 
Xorazmning Raboto’g’uz mavzei — 14-asr boshlari) — shoir. Raboto’g’uzda qozilik 
qilgan. Sharq xalqlari og’zaki ijodini, ayniqsa, rivoyatlarni, avliyo-anbiyolar 
to’g’risidagi qissalarni chuqur o’rgangan. O’zi ham ko’pgina ibratli hikoyatlar, 
qissalar yozgan. Turkiy xalqlar adabiyoti tarixida birinchilardan bo’lib nasrda 
rivoyatlardan hikoyat, hikoyatlardan qissa yaratishni boshlab bergan. Bizgacha 
"Qisasi Rabg’uziy" (1309—10) asarigina yetib kelgan. Asar musulmon mo’g’ul 
beklaridan Nosiriddin To’qbug’aning topshirig’i bilan yozilgan. Kitob turkiy tilda, 
asosan, nasrda, madhiyalar, ba’zi qissalarning xulosalari, lirik kechinmalar va 
xotima qismi esa nazmda yozilgan. Qur’oni karimdagi ba’zi lavhalar, islomga oid 
boshqa kitoblardan va Abu Ishoq Nishopuriyning "Qisas ul-anbiyo"sidan ayrim 
faktlar asarga asos qilib olingan. Asar an’anaviy hamd va na’t bilan boshlanadi, 
so’ng uning yozilish sababi, muallif haqida ma’lumot beruvchi qisqa so’zboshi, 
keyin esa qissalar keladi. Jami 72 qissadan iborat. Mavzu doirasiga ko’ra, asar 
qissalari juda rang-barang . Olamdagi butun mavjudot egasi boʻlgan Allohni 
ulug’lash, payg’ambarlar hayotiga doir lavhalarni eslash, kamtarinlik va 
takabburlik, ota-ona va farzand munosabatlari, erk va adolat mavzulari shular 
jumlasidandir.                Qissalar hajmi

Qissalar hajmi turlicha: Mas, Yusuf haqidagi qissa salkam 100 
sahifani tashkil kilsa, Lut haqidagi qissa bir necha 
sahifadangina iborat. Qissalarda real hayot voqealari bilan 
bog’liq mavzular ham uchraydi. Qissalar bayonida, 
personajlar tasvirida xalq og’zaki ijodining bevosita ta’siri 
seziladi. Asarda ma’rifiy-didaktik hikoyatlar ham mavjud 
(Luqmon hikoyasi va boshqalar), qissalardagi hikoyatlarga 
dunyoviy ruh ham singdirilgan (Yusuf qissasi va boshqalar). 
R.ning bu asari o’zbek adabiyotida badiiy nasr yodgorligining 
yetuk namunasi hamda 13—14-asrlar eski o’zbek adabiy tilini 
o’rganishda asosiy manba sifatida ahamiyat kasb etadi. 
Qissaning 15-asrga qo’lyozmasi  Londondagi Britaniya 
muzeyida, 16-asrda ko’chirilgan nusxasi Sankt-Peterburgda, 
19-asrda ko’chirilgan qo’lyozma, shuningdek, bosma nusxalari 
O’zbekiston FA Sharqshunoslik institutida (inv. №1025, 7397, 
1874) saqlanadi.  QISASUL ANBIYO;OSMONLAR VA YERLAR HAQIDA SO’Z
     Habarda keltiribdilarki, Olloh subhanahu va taolo hamma narsadan ilgari 
bir gavharni yaratdi. Bu gavharga haybat nazari bilan qaragan edi, u erib 
ketdi. Erib suv bo‘lgan gavhardan yerni yaratdi. Suv ustiga tushgach, u 
ko‘piklandi. U ko‘pikdan tutun ko‘tarildi, u tutundan ko‘kni yaratdi. Ul suv 
Olloh taoloning haybatidan qaynab ko‘piklandi. Ul ko‘pikdan Ka’baning 
o‘rnicha yerni yaratdi. Shundan keyin osmonlarni yaratishga kirishda. 
(Oyat) "So‘ng osmon tomonga yuzlandi va ularni yetti qavat osmon qilib 
yaratdi". Osmonlarni yaratib bo‘lgandan keyin avvalda yaratilgan yerni 
mashriqdan mag‘ribgacha yozib tekisladi. (Oyat) "Va yerni undan keyin 
to‘shadi".

 

     Bu yerlar va osmonlar bir qavat edi, qudrati bilan osmonni yerdan 
ayirdi, har qaysilari yetti qavatdan bo‘ldi. (Oyat) "Olloh shunday zotki, u 
yetti osmonni yaratibdur va yerlardan ham shunchani". Bu yetti yer ustida 
suvlar yaratildi. U yerlarni ushlab termoq uchun tog‘larni ular ustiga qoziq 
qilib yaratdi. 
Olloh taolo butun olamni olti kunda yaratdi. (Oyat) 
"Badahqiq, Biz osmonlarni, yerni va ularning o‘rtalaridagi 
bor narsalarni olti kunda yaratdik". Habarda keltirilishicha, 
yakshanba kuni osmonlarni yaratdi, dushanba kuni oyni, 
quyoshni, yulduzlarni yaratib, falak ichida turgizdi, 
seshanba kuni qush-qumirsqalarni, farishtalarni yaratdi, 
chorshanba kuni suvlarni yaratdi, shamollarni, bulutlarni 
chaqirdi, daraxtlarni, o‘t-o‘lanlarni undirdi, rizq-nasibalarni 
ulashdi, payshanba kuni jannat, do‘zaxni, rahmat va azob 
farishtalarini, hurlarni yaratdi, juma kuni Odamni yaratdi, 
shanba kuni hech narsa yaratmadi. Bu hamma narsalarni va 
yana minglab narsalarni ko‘z ochib yumguncha yaratguvchi 
qudrati bor edi. Shuning uchun olti kunda yaratdiki, bunda 
bandalariga ta’lim bor edi: "Men qodir bo‘lsam-da shoshilib 
qilmasman", degan. Rasululloh dedi: "Shoshilish shaytonning 
ishi va shoshilmaslik Rahmonning ishidur".

  Qayd etilgan  OSMONLARNING SIFATI
       Ilk qavat osmon yashil zumraddandir, uni Rafiq 
derlar. Farishtalari dovon suratida, ulug‘larning oti 
Ismoildir. Ikkinchi qavat osmon kumushdandir, uni 
Ruq’a derlar. Farishtalari burgut su’ratida, ulug‘larning 
oti Raqobildir. Uchinchi qavat osmon yoqutdandir, uni 
Qaydam derlar. Farishtalari sigir suratida, 
ulug‘laorning oti Ko‘kboildir. To‘rtinchi qavat osmon 
oq injudandir, uni Mo’un derlar. Farishtalari ot 
suratida, ulug‘larining oti Nubyoyildir. Beshinchi qavat 
osmon oltindandir, uni Ratqo derlar. Farishtalari hur 
suratida, ulug‘larining oti Siftboildir. Oltinchi qavat 
osmon sariq yoqutdandir, uni Aribo derlar. Farishtalari 
odamiy suratida, ulug‘larining oti Nurboildur. YERLARNING SIFATI

  Ilk qavat yerni Ramko derlar. Aqim otlig‘ shamol ustida yetmish 
ming xalqada turar. Har bir xalqani yetmish ming farishtalar tutib 
turarlar. Ikkinchi qavat yerni Julza derlar. Uning ichida do‘zax 
chayonlari bordir, ul chayonlar tuyalarga teng kelar, nayzalari quduq 
sifatlidir. Har bir olti yuz oltmish bo‘yin, har bo‘ynida olti yuz 
oltmish bosh, har boshida olti yuz oltmish zaharli olma bordir. 
Ulardan biri bu dunyoga cho‘kib qolsa, olam ahlining brachasi halok 
bo‘lg‘ay. Uchinchi qavat yerni Arqa derlar. Uning ichida har biri Kof 
tog‘idan ham kattaroq bo‘lgan urumlar bordir. To‘rtinchi qavat yerni 
Harna derlar. Uning ichida do‘zax ilonlari bordir. Har bir ilonning 
ming tishi bor, har bir tishi xurmo daraxtidek, har bir tishi ostida 
og‘u bilan to‘la o‘n sakkiz olma bordir. Beshinchi qavat yerni Malso 
derlar. Uning ichi do‘zax toshlariga to‘ladir. Oltinchi qavat yerni Sijjin 
derlar. Uning ichida do‘zaxiylarning jonlari turadir. Yetti qavat yerni 
Ajibo derlar. Iblis shunda turar. Har yilda bir chiqar va yana qaytib 
kirar. Har bir kunning uzunligi besh yuz yilga tengdir. FARISHTALAR, JINLAR VA ODAMLARNING 
YARATILISHI HAQIDA SO’Z
 
     Olloh taolo farishtalarni o‘tning yorug‘ligidan, parilarni esa 
o‘tning alangasidan yaratdi. Ularning asllari bo‘lsa hamki, uch 
narsa bilan farqlanadilar. Buri shuki, farishtalar nurdan, parilar 
alangadan bino bo‘lgandilar. Ikkinchisi shuki, farishtalar malak 
deb, parilar esa jin deb ataldi. Uchinchisi shuki, farishtalarning 
makoni osmonda, jinlarniki esa yerda bo‘ladi.
 
     Habarda kelishicha, Olloh taolo jahannam ichida ikkita mahluq 
yaratdi: biri erkak arslon suratida, oti Jablit, ikkinchisi esa 
urg‘ochibo‘ri suratida - oti Tablit. Jablitning quyrug‘i dumi ilonga 
o‘xshash, Tablitning quyrug‘i chayonga o‘xshash. Ollohning 
farmoni bilan ikkovining quyruqlari do‘zax ichiga tushdi. Bunga 
qadar do‘zax ichida na ilon va na chayon bor edi. 
  
  Jabroil alayhissalomga farmon bo‘ldiki, Tablitni nikoh qilib Jablitga 
bergin, deb. Hamma muhluqotlar ichida eng birinchi nikoh shu edi, 
ungacha nikoh bo‘lmagandi. Jablit bilan Jablit qo‘shilgach, egizak 
nasllar: bir o‘g‘il, bir qiz tug‘ila boshladi. Jablit tug‘ilgan qizlarni 
birga tug‘ilgan o‘qillarga berar edi. Yettinchi farzand ko‘rganda 
o‘g‘liga Xoris deb nom berdi. U g‘oyat makkor bo‘ldi. Jablit u bilan 
birga tug‘ilgan qizni Xorisga berayin degnada Ollohdan farmon 
bo‘ldiki: "Bundan buyon birga tug‘ilganlarni nikohlamagin. Oldin 
tug‘ilgan o‘g‘ilga keyin tug‘ilgan qizni bergin!" Jablit Xoris bilan 
tug‘ilgan qizni boshqa o‘g‘liga berdi. Bundan Xoris o‘pkalab, boshqa 
qizni olishga unamadi. Do‘zaxning holi bir burchagida o‘tirib, 
ibodatga mashg‘ul bo‘ldi. Ko‘p yillar ibodat qilgach, tangri uni 
oltincha qavat yerga chiqardi. Unda ham ko‘p ibodat qilgan edi, 
beshinchi qavat yerga chiqardi. Bunda ham ziyoda ibodatga 
mashg‘ul bo‘lgandi, bu dunyoga chiqardi. Bu dunyoda ham chandon 
ibodat qildiki, Mashriqdan Mag‘ribga qadar Xoris sajda qilmagan 
bir qarich yer ham qolmadi. Shundan keyin Olloh taolo uni 
osmonga chiqardi. Unda ham ziyoda toatlar qilgani bois ikkinchi 
osmonga chiqardi. Shu tariqa yettinchi osmonga ham chiqdi  
  ODAM ALAYHISSALOM QISSASI
 
  Payg‘ambar alayhisalom dedilar: "Kimda-kim dunyo ajoyibotlarini 
ko‘rmoqchi bo‘lsa, Odam alayhissalom qissasiga qarasin".
  Olloh subhanahu va taolo odamni yaratishlikka ahd qildi va Jabroil 
alayhissalomga amr qildi: "Borgil, yer yuzidan bir hovuch tuproq 
keltirgil!" Jabroil kelib tuproq olmoqchi bo‘lgandi, yer ont berdi: 
"Mendan tuproq olmangiz!" deb. Hazrat Jabroil yerga rahmi kelib, 
tuproq olmadi. Hazrat Isrofilni yubordi, unga ham ont berdi va u 
ham tuproq olmadi. Keyin hazrat Makoilni jo‘natdi, yer unga ham 
ont berdi, u ham tuproq olmadi. Shundan keyin hazrat Azroilga 
farmon bo‘ldi. Yer unga ham ont berdi. Azroil aytdi: "Olloh 
taoloning buyrug‘i sening ontingdan azizroq turadi". So‘ng yer 
yuzidan bir hovuch tuproq oldi. Ollohdan xitob keldi: "Ey Azroil, 
qattiq ko‘ngilli ekansan. Shunday taqdir qildimki, hamma 
tiriklarning jonini senga oldiraman". 
  U tuproqda oq, qora, chuchuk, achchiq, sariq, yashil, qizil, ko‘k, 
qattiq, yumshoq, toza, nopok, totli va totlig‘siz - hammasining suvi 
bor edi. Shul sababdan odam farzandlari bir-biriga o‘xshamaslar, 
kimi poku, kimi nopok, kimi betobu kimi sog‘lom, kimi qorayu 
kimi oq, kim sarig‘u kimi qizil, kim esligu kimi aqlsiz, kimi 
chuchuk so‘zliyu kimi achchiq so‘zli, kimi qattiq ko‘ngilliyu kimi 
yumshoq ko‘ngillidirlar. Azroil u tuproqni Makka va Toif orasidagi 
Daxno nomli yerga qo‘ydi. U tuproq ustiga qirq yil yomg‘ir yog‘di, 
o‘ttiz to‘qqiz yil qayg‘u-alam yomg‘iri, bir yil esa sevinch yomg‘iri 
yog‘di. Shu boisdan Odamga sevinchdan ko‘ra qayg‘u ko‘proq 
bo‘ldi. Olloh taolo qirq yildan keyin qudrat qo‘li bilan odam 
suratini barpo qildi. Odamning boshi toif taravga oyog‘i Makka 
tarafga qaragan edi. Buning hikmati toifning Makkadan ulug‘ligini 
ko‘rsatish uchun emas, balki odam o‘rnidan tursa yuza Makkaga 
qarasin, deganlikdan shunday qilidi. Shariatda shunga monand 
mas’ala bor: bizning mashablardan qachon biron-bir bemor odam 
yotib namoz o‘qimoqchi bo‘lsa oyog‘ini qibla tarafga uzatur. 
Shuning uchunki, qachon u namoz ichida sihat topguday bo‘lsa va 
o‘rnidan tursa yuzi qiblaga qaragan bo‘lg‘ay. Qisasi Rabg'uziy"dan:
                        QISSASI ODAM SAFIY ALAYHIS-SALOM
 
Haq yaratdi tangsuq Odamni tafiz yer ko'rkidin,
O'zga surat tuzdi andog' ajun ichra ilkidin.
Taxtini ko'turub farishta ujmoh ichra kivurub, 
Tezginurda chiqmadilar hargiz aning erkidin.
Chiqdi havvo birla bo'lub xush tana'um qildilar,
Ichtilar ujmoq sharobin,yedilar et erkidin.
Bildi asmo ilmini ul etu berdi belguluk,
Barcha tillar birla so'zlar tozi forsiy turkidin.
O'rkadi besh yuz yil anda jufti birla ovunub,
Ichti sharbat sig'raqinda yedi ne'mat tarkidin.
Mundi ujmohning buroqin kezdi aning tegrasin,
Hulla kizdi egniga ham boshg'a urdi bo'rkidin.
Ozdi Iblis makri birla biruk erdi yolg'uzin,
Ikki bug'doy yedi chiqti sekkiz ujmoh mulkidin.
  QISSASI NUH NABIY ALAYHIS-SALOM

 

Kun tug'ardin kun botarg'a Nuh yalovoch da'vati,

Ellik o'ksuk ming yil erdi ul risolat muddati.

Kecha -kunduz o'zi yolg'izqazg'u, emgak yuklanib

So'z eshitmaz kofir aro kunda ortdi zahmati.

Haqqa "Rabbi lotazar" deb yalborib qildi duo,

Bu ijobatda duodin qirq yil erdi muhlati.

Din uchun ko'p qin tortib yuritu haq yorliqni,

Bizga so'kunch emgak ichra qolmadi hech toqati.

"Vasna' al-fulka" amri birla yo'ndi uch kat bir kemi

Ani mundi etdi ersa xalqqa to'fon haybati.

Yagdi yamg'ur,esdi yellar,ostun-ustun olti oy,

Ko'rsa mundog' mundinortuq mavlomizning qudrati,

O'zi qoldi uch o'g'il ham uch kelinlar etagu, QISSASI HUD ALAYHIS-SALOM
 
Nuhda kezin Hud yalovoch bo'ldi uch yuz yil 
kechib,
Yurir erdi ko'p xaloyiqdin,sha'riatdin qochib.
Tunla-kunduz Hud tegurdi tengrimizning 
yorlug'in,
"Sakkiz ujmoqqa keeling",teb haqni botildan sijib.
Rabqa yozib,yo'ldan ozib,sunmadin ding'a bo'yun,
Haqg'a tonib,xalqg'a yonib,butg'a sig'inib,xamr 
ichib.
   
QISSASI SOLIH YALOVOCH ALAYHIS-SALOM
 
 
Aql anub kelgil,eshit,Solih yalovoch qissasin,
Bulguluk boshdin oyoqg'a aytayin men jumlasin.
Haq risolat berdi ersa tuz tegurdi qavmig'a,
Yuridi tun,kunduzin oldi Samudning zumrasin.
Qildi imon da'vatini,qo'ldilar bir mo'jiza,
Qo'ldi haqdin,chiqdi ingan yordi tog'ning sahrosin.
Bo'ta tug'ildi barcha tuzin ani tingla ko'rdilar,
Kun keziklab suv ulashdi ichti kendu hissasin.
Tondilar haqdin qamug'I,qildilar ko'p ma'siyat
Uqmadin Solih so'zinso'zin ham ushbu ingan qissasin.
Keldi yugurib ikki bo'zchi bir azoqin kestilar,
Bo'tasi ingrab qayitti ostilar uch sahbasin,
Uch kun ichra bo'ldilar sarig' qizil ham qop-qaro
Qudrati birla ug'on qodir emurdi barchasin.
  QISSASI IBROHIM ALAYHIS-SALOM MAA NAMRUD ALAYHIL-LA'NA
 
Evda tug'g'an, ernak emgan, tog'da turg'an Ibrohim,
Yulduz anglab, oyni tonglab, ko'kka ing'an Ibrohim.
Aydi bir kun:"Ey ona, aytg'il maning tengrim kim ul",
Aydi:"Manman"kul "sening kim?" teyu so'rg'an Ibrohim.
"O'sh otang ul",tedi. Aytur:"Kim otamning tengrisi",
Aydi:"Namurd tengrisi kim", teyu so'rg'an Ibrohim.
Yetti yeru ko'kning hijobin ochdimavlomiz, anga,
Ostun-ustun Arsh, Sarog'a tegru ko'rgan Ibrohim.
Uy,teva,qo'ylar bo'g'uzlab to qiypmatg'a tegi,
Bu qo'nuq tutmoq to'rasin xalqqa qo'zg'an Ibrohim.
O'g'lini qurbon qilurda ko'kda o'tlab semirgan
Quch fidosin Jabroildan yerda bulg'an Ibrohim.
   
QISSASI ISMOIL ALAYHIS-SALOM
 
Sodiq ul-va'd atanibon va'dasin qildi vafo,
Tepti yerga ikki azoqin, topti yerda bir quzug',
Buldi zamzamning suvini, bo'ldi illatg'a shifo.
Ka'baning toshin tashib qurbon qilg'an ul Zabih,
Tegrasinda tog' tanuqlar Marva erdi ham Safo.
Xalq aro ortuq bag'irsoq erdi mavlog'a muti'
O'zgalarga vofiy erkan, o'ziga tegdi jafo.
Tug'maduq erdi onadin tug'di yolg'iz bir o'g'ul
Tug'madi andin yalavoch yolg'iz erdi Mustafo.
  QISSASI LUT AN-NABIY ALAYHIS-SALOM
 
Ibrohimning haq qardoshi Hozar o'g'li erdi Lut,
Yorlig' ko'p telim yillar quvonib o'zi birla turdi Lut.
Jabroil keldi yalavochliq tegurdi mavlodin,
Yorlig' eshitib kuch keturdi ev tarkak bordi Lut.
Tab qiling,butg'a tabunmang, bot keeling imong'a teb,
Qirq yil emgab to'ng, arig'siz kofir aro turdi Lut.
Ancha tenglik bo'ynag'uning biri yo'lg'a kirmadi,
Qazg'uluq bo'lub umid kesdi ulardin erdi Lut.
Bir yaratg'an haqg'a yondi yolborib, qildi duo,
Jabroil qanit to'qindi, qirdi Olloh, ko'rdi Lut.
  QISSASI YA'QUB ALAYHIS-SALOM
 
Sovchi Ishoq o'g'li teb bu otni olg'an Ya'qub ul,
Olti xotundan o'n ikki o'g'lon bo'lg'an Ya'qub ul.
Muncha o'g'lon orasinda ongsizin ul o'niqa,
O'n birinchi o'g'lin o'lturub o'lyu turg'an Ya'qub ul.
Kech ayoling kech o'g'urda yig'ilu kirib yig'lashu,
Bo'ri edi, teas o'zin yerga chalg'an Ya'qub ul.
Bayt ul-ahzon ichra kirib tunla kunduz ingrayu,
Yuzi ko'rkluk Yusufni haqdan qo'lg'an Ya'qub ul.
Toshg'a chiqg'an, kuni tug'g'an, ko'rk uchun ko'z oldurub,
Ko'ksi kuygan o'tda yong'an, bag'ri o'lg'an Ya'qib ul.
O'zi munglug', kez yurakli mavloning mursal quli,
Ul chechaktak engg'I ko'sab, mengzi so'lg'an Ya'qub ul.
Yetti yashab yosh o'g'ulni yirtubon yoshi oqib,
Ani sekson yilda kezin qayra bo'lg'an Ya'qub ul.
  QISSASI YUSUF SIDDIQ ALAYHIS-SALOM
  
Chin o'n ikki erdi Ya'qub sovchining bolalari,
Ko'rsa aning birtak erdi bo'ylari, bololari.
O'n birinchi Yusuf erdi suvrati yavloq badiz,
La'l ichinda gulchilar ko'p lu'lu'I lolalari.
Ko'rk qiliq ziynat malohat ham nubuvvat, ham karam.
Ota sevgan,otasing'a tush ko'rub yo'rdirg'uchi,
Ne hasad qildi, ko'r anga ul o'gay og'alari.
Ul Misr mulki ichinda maliklar xotunlarin,
Qul qilg'an ul qamug'ni zulfining lolalari.
Qul sotildi el ichinda qayra oldi qul qilib
Voliy bo'ldi Misr ichinda bo'ldilar mavlolari.
  QISSASI YUNUS YALOVOCH ALAYHIS-SALOM
 
Ninvag'a haq yalovoch Yunus erdi yolg'uzun,
Yuz ming evlik el taba yorlig' eturdi yolg'uzin.
Muncha sonlig' xalq ichinda biri yo'lg'a ko'nmadi,
Haqqa yozib, yo'ldin ozib yurudilar yo'lsuzun.
Chiqdi eldin o'fka birla o'tru keldi bir tengiz,
Yeti suv qobti baliq qornig'a tushdi yuzun.
Ikki o'g'li birla erdi, bo'ri yedi birisin,
Birini baliq eltdi ko'rdi ani o'zi o'z ko'zin.
Ich qorong'uluqda baliq qornini mehrob etib,
Haqg'a yonib qildi toat, tasbih aydi tun uzun.
Xalqdin ozorlandi, chiqdi, kirdi baliq qornig'a,
Tun-kun anda ingrabon qoldi kecha kunduzun.
Rabbi Ug'on qutqardi andin qavmi imon kelturub,
Keldi yuz ming er qamug' beshin o'nun o'ttuzun.
   
XOTIMATI QISSASI AL-RABG'UZIY
  

O'sh bitdim bu kitobni,ey eranlar er bo'zi,

Bir yil ichra kechti aning yoyi qish yozu kuzi.

 

Uyqu buzdum, o'zum uzdum, soz'ni tuzdum tun-la man,

Erta qo'ptum, xoma urdum, emgandim tun-kunduzi.

 

Bog' qo'pordim tol yig'ochliq yosh yapurg'oq ol chechak,

Yemishi hikmat, fazoyil oyati axbor yulduzi.

 

Qon qurittim, jon quvortim, kon chiqardim tosh qazib,

Sof qizil oltun sochiqlab bezadim bu yer yuzi.

 

Xotirim bikrin ektim parda ichra tugmatek,

Kizladim tekmalardin tegmasun teb yot ko'zi.

 

Ko'rki ortti kunda yetti ko'z quloqqacha quvub, 

To'nadim turluk tavordin Rum, Xitoy atlas, chuzi.

 

Mohir eran mehri tushti mehrini bergan telim,

Mehri birla qoldi solim, yo'q enginda to'g to'zi.

  
Borib iztim Nosuriddin To'qbug'abek tapug'ig'a,

Tilayurmu, tilamasmu belguluk bilsun o'zi.

Oyati axbor asli aning, o'zining oti "Qasis",

Bosh azoqg'a tegru boqsang tub yalovochlar so'zlari.

 

Bu murassa' javhar aro Mustafo yolg'uztek,

Eshlari to'rt, ikki o'g'lon, xotun erdi to'quzi.

 

Avvali Odam Atomiz, oxiri xotami Rasul,

Bu tuzuk birla tuzuldi anbiyo mursal to'zi.

 

To'rtagu otlig' sahoba, ikki sihr, ikki xotin,

So'ngra maqtal zikri birla to'ldi qissa to'g'uzi.

 

O'zgalar ko'p olamunchuq tuzdilar el tizginib,

Man guhar dur yinju tuzdum kezmadim yobon yozi.

 

Yetti yuz o'n erdi yilg'akim bitildi bu kitob,

Tug'mish erdi ul o'g'urda hut sa'odat yulduzi.

 

Kun tug'ardin kun botarg'a koshki tegi so'zlarim,

Eshitgandin duo qo'ldum miskin Nosir Rabg'uziy.

 

 

   
“ Rabg’uziy” boshqotirmasi
  
1.Rabg’uziy qayerda tug’ilgan ? 

2. Mumtoz adabiyotga  Rabg’uziy dastlab qaysi janrni 

olib kirgan ?

3. Rabg’uziy “Qisasi Rabg’uziy” asarini kimning  iltimosiga 
ko’ra yozgan ? 

4. “Qisasi Rabg’uziy” asarida gunohkor atamasi qanday 
atalgan ? 

5. Rabg’uziyning asl ismi kim ?  

6.Malak ul-mavt bu……

7.Payg’ambarimiz jon berayotganlarida kim “Ey yumshoq 
to’shakda yotmagan, ey arpa etmagin to’q yemagin”  deb 
yig’laydi ? 

8.Azroil kelganda payg’ambarimizning yonlarida kim bor 
edi ?

 

 

Rabg’uziyning hayoti haqida  Rabg’uziy (taxallusi; asl ismsharifi Nosiriddin Burhoniddin o’g’li) (13-asr oxiri — Xorazmning Raboto’g’uz mavzei — 14-asr boshlari) — shoir. Raboto’g’uzda qozilik qilgan. Sharq xalqlari og’zaki ijodini, ayniqsa, rivoyatlarni, avliyo-anbiyolar to’g’risidagi qissalarni chuqur o’rgangan. O’zi ham ko’pgina ibratli hikoyatlar, qissalar yozgan. Turkiy xalqlar adabiyoti tarixida birinchilardan bo’lib nasrda rivoyatlardan hikoyat, hikoyatlardan qissa yaratishni boshlab bergan. Bizgacha "Qisasi Rabg’uziy" (1309—10) asarigina yetib kelgan. Asar musulmon mo’g’ul beklaridan Nosiriddin To’qbug’aning topshirig’i bilan yozilgan. Kitob turkiy tilda, asosan, nasrda, madhiyalar, ba’zi qissalarning xulosalari, lirik kechinmalar va xotima qismi esa nazmda yozilgan. Qur’oni karimdagi ba’zi lavhalar, islomga oid boshqa kitoblardan va Abu Ishoq Nishopuriyning "Qisas ul-anbiyo"sidan ayrim faktlar asarga asos qilib olingan. Asar an’anaviy hamd va na’t bilan boshlanadi, so’ng uning yozilish sababi, muallif haqida ma’lumot beruvchi qisqa so’zboshi, keyin esa qissalar keladi. Jami 72 qissadan iborat. Mavzu doirasiga ko’ra, asar qissalari juda rang-barang . Olamdagi butun mavjudot egasi boʻlgan Allohni ulug’lash, payg’ambarlar hayotiga doir lavhalarni eslash, kamtarinlik va takabburlik, ota-ona va farzand munosabatlari, erk va adolat mavzulari shular jumlasidandir.

Qissalar hajmi  Qissalar hajmi turlicha: Mas, Yusuf haqidagi qissa salkam 100 sahifani tashkil kilsa, Lut haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat. Qissalarda real hayot voqealari bilan bog’liq mavzular ham uchraydi. Qissalar bayonida, personajlar tasvirida xalq og’zaki ijodining bevosita ta’siri seziladi. Asarda ma’rifiy-didaktik hikoyatlar ham mavjud (Luqmon hikoyasi va boshqalar), qissalardagi hikoyatlarga dunyoviy ruh ham singdirilgan (Yusuf qissasi va boshqalar). R.ning bu asari o’zbek adabiyotida badiiy nasr yodgorligining yetuk namunasi hamda 13—14-asrlar eski o’zbek adabiy tilini o’rganishda asosiy manba sifatida ahamiyat kasb etadi. Qissaning 15-asrga qo’lyozmasi Londondagi Britaniya muzeyida, 16-asrda ko’chirilgan nusxasi Sankt-Peterburgda, 19-asrda ko’chirilgan qo’lyozma, shuningdek, bosma nusxalari O’zbekiston FA Sharqshunoslik institutida (inv. №1025, 7397, 1874) saqlanadi.