Rahmat Fayziy. “Hazrati inson”
Rahmat Fay ziy. “ Hazrat i inson”
Bu mav zuda biz: – asar sarlavhasi va mazmuni o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilamiz; – qahramonlar nutqi va xatti-harakatlari orqali ularga ta’rif berishni o‘rganamiz; – nasriy va she’riy asarlarni qiyoslaymiz.
MUALLIF BILAN TANISHAMIZ Rahmat Fayziy (1918–1988) – o‘zbek yozuvchisi, xalqimiz orasida mashhur badiiy filmlar muallifi. U Toshkentda kosib oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlab, Toshkent temir yo‘llari qoshidagi Fabrika-zavod o‘quvchilik maktabida, so‘ng elektromexanika texnikumida tahsil olgan. Hikoya va qissalari, romanlari bilan o‘zbek adabiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirgan.Rahmat Fayziy ijodiy faoliyati davomida qator gazeta va jurnallarda, obro‘li tashkilotlarda ishlagan, davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.Yozuvchi 1988-yili vafot etgan. Hozirda Toshkent shahridagi ko‘chalardan biri Rahmat Fayziy nomi bilan ataladi.
ASA RN I O‘QI SHGA TAY YORLAN AMIZ Ikkinchi jahon urushi davrida uyidan, ota-onasidan ayrilgan ko‘pnbolalar urush bo‘layotgan joylardan O‘zbekistonga olib kelingan.Ko‘pchilik yurtdoshlarimiz qatori toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov va uning turmush o‘rtog‘i Bahri Akramova turli millat bolalarini o‘z tarbiyalariga olishgan. Rahmat Fayziyning “Hazrati inson” romani Shoahmad ota va Bahri aya singari kishilar haqida hikoya qiladi.
DIQQAT! SAVOL 1.Rasmdagi haykalni ko‘rganmisiz? Unda kimlar tasvirlanganini bilasizmi? 2. O‘ylab ko‘ring-chi, “inson”, “insoniylik”, “insonparvarlik” so‘zlari qanday ma’no anglatadi? Asar nima uchun “Hazrati inson” deb atalganbo‘lishi mumkin?