Random , string , massiv ishlash strukturasi
RANDOM , STRING , MASSIV ISHLASH STRUKTURASI
REJA: • Massivdan foydalanish strukturralari • Stringdan foydalanish strukturalari • Randomni C++ da foydalanish
Massiv – bu bitta nom ostida birlashtirilgan, bir xil tipdagi elementlar guruhi sifatida taqdim etilgan ma’lumotlar to‘plamidir. Bir xil turdagi, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashda massivlardan foydalanish qulay hisoblanadi. Massiv ma’lumotlarining bitta yacheykasi massiv elementi deyiladi. Massiv elementlari har qanday turdagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin (Butun yoki haqiqiy sonlar, satrlar, sanalar va boshqalar). Massivlar bir yoki bir nechta o‘lchovlarga ega bo‘lishi mumkin, ya’ni bir o‘lchovli, ikki o‘lchovli, uch o‘lchovli va n o‘lchovli massivlarga bo‘linadi. Dasturlashda ko‘pincha bir o‘lchovli va ikki o‘lchovli massivlardan foydalaniladi. Ushbu mavzuda bir va ikki o‘lchovli massivlar bilan ishlashni ko‘rib chiqamiz. Massiv o‘lchami va uning elementlari tipi massivni saqlash uchun zarur bo‘lgan xotira hajmini aniqlaydi. Massivni tavsiflashning yana bir usulini ko‘rib chiqamiz: const int k=15; // Butun sonli o‘zgarmasni e’lon qilish; double A[k]; // 15 ta haqiqiy sonli massiv; Statik massivni tavsiflashda o‘lchov sifatida musbat butun sondan yoki oldindan belgilangan o‘zgarmasdan foydalanish mumkin. C++ dasturlash tilidagi massiv elementlari noldan raqamlangan. Birinchi element har doim nol indeksga ega va oxirgi element indeksi, uning tavsifida ko‘rsatilgan o‘lchovdan bitta kam bo‘ladi: char z[4]; // bunda 4 ta belgili massiv, elementlari 0 dan 3 gacha raqamlangan. Massiv elementlariga murojaat qilish oddiy o‘zgaruvchilarga murojaat qilishdan biroz farqli bo‘lgan jihati mavjud. Massiv elementiga murojaat qilish, uning indeksi orqali amalga oshiriladi. Masalan: max[1] = 20; // max massivning 1- elementi 20 qiymat o‘zlashtirish; max[2] = min[3]; // max massivni 2- elementiga min massivning 3-elementini o‘zlashtirish ;
MISOL : NATIJA :
Ikki o‘lchovli massiv – bu matritsa hisoblanadi, uning har bir elementi ikkita indeksga ega: qator raqami – i, ustun raqami – j. Umumiy holda ikki o‘lchovli massiv quyidagicha e’lon qilinadi: [n] [m] = { boshlang‘ich qiymatlar }; Bu yerda toifa massiv elementlari turini belgilaydi, – massivning nomi, n – satrlar soni, m – massivning ustunlar soni. Satrlar 0 dan n - 1 gacha, ustunlar esa 0 dan m - 1 gacha raqamlangan. Masalan: double m[5][7]; Bunda satrlar soni 5 ta va ustunlari soni 7 ta bo‘lgan haqiqiy sonli m massiv e’lon qilingan, satrlar 0 dan 4 gacha, ustunlar 0 dan 6 gacha raqamlangan. Ixtiyoriy o‘zgaruvchiga o‘xshab, matritsaga ham boshlang‘ich qiymat berilishi mumkin, masalan: int B[2][3] ={{2,3,4}, {7,8,9}}; Matritsa elementiga murojaat qilish uchun uning nomiga, to‘rtburchak qavslarda qator va ustun soni ko‘rsatilishi lozim. Masalan, a [2] [4]- uchinchi satrda va beshinchi ustunda joylashgan a matritsaning elementi degan ma’noni bildiradi.