logo

Rossiya Federatsiyasi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23445.690429688 KB
Rossiya Federatsiyasi  Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм    Maydoni:   17075  ming km²
      Aholisi (2020):  146,7  mln
      Poytaxti:  Moskva  Rossiya Federatsiyasi maydoni jihatidan jahonning eng yirik davlati
hisoblanadi. U Sharqiy Yevropa va Shimoliy Osiyoda joylashgan.   Rossiya qirg‘oqlari Shimoliy Muz, Tinch va Atlantika okeanlariga tegishli 12 ta 
dengiz suvlari bilan yuviladi. Dunyoda faqat 3 ta mamlakat — Rossiya, AQSH 
va Kanada birdaniga uchta okeanga chiqish imkoniyatiga ega.
1. Oxota
2. Bering
3. Qora
4. Azov
5. Boltiq
6. Oq
7. Barents
8. Kara
9. Laptevlar
10. Sharqiy Sibir
11. Chukotka
12. Bering   Rossiya Federatsiyasi jami 16 ta mustaqil davlat bilan chegaradosh. Jumladan, 
Yaponiya va AQSH bilan chegara faqat suv orqali o‘tadi.   Eng uzun chegara chiziqlari Qozog‘iston, Mongoliya va Xitoy bilan o‘tgan. 
Chegaradosh davlatlar soni bo‘yicha Rossiya jahon mamlakatlari ichida 1-
o‘rinda turadi.   Rossiya aralash tipidagi respublika hisoblanadi, chunki hukumat prezident va 
parlament tomonidan birgalikda shakllantiriladi.
Prezident ish kabineti Prezident
  Vladimir Putin    Rossiya aralash tipidagi respublika hisoblanadi, chunki hukumat prezident va 
parlament tomonidan birgalikda shakllantiriladi.
Rossiya Davlat Dumasi Premer ministr
Mixail Mishustin    Konstitutsiyasiga binoan, Rossiya 85 ta turli maqomdagi regionlar federatsiyasi 
hisoblanadi. Rossiya Federatsiyasining regionlari orasida respublika, oblast o‘lka, 
avtonom okrug, avtonom oblast va federal ahamiyatdagi shaharlar mavjud.
22 ta respublika
46 ta oblast
9 ta  o‘lka (kray)
4 ta avtonom okrug 
1 ta avtonom oblast
3 ta federal ahamiyatdagi shaharlar   Boltiq dengizi bo‘yidagi Kaliningrad oblasti Rossiyaning asosiy hududidan 
alohida ajralgan holda joylashgan bo‘lib,  eksklav  geografik o‘rniga ega.   Tabiiy sharoiti va resurslari. 
10 000 km 4 000 km  Rossiya hududi 
shimoldan janubga 
tomon 4000 km dan 
ortiq, g‘arbdan 
sharqqa esa salkam 
10000 km masofaga 
cho‘zilganligi uchun 
mamlakatning tabiiy 
sharoiti juda xilma-
xil  (64-rasm).      Mamlakat hududining 70% i tekisliklar bilan band. Eng katta maydonlarni Sharqiy Yevropa
va G‘arbiy Sibir tekisliklari egallaydi. Baland tog‘lar (Kavkaz, Oltoy, Sayan, Sixote-Alin va 
boshq.) Rossiyaning sharqiy va chekka janubiy qismlarida joylashgan.
Kavkaz Oltoy Sayan Sharqiy Yevropa
G‘arbiy Sibir 
Kavkaz
Oltoy
Sayan
Sixote-Alin 2
3
4 6
51  Relyefi
Sharqiy Yevropa
G‘arbiy Sibir 
Kavkaz
Oltoy
Sayan
Sixote-Alin   Rossiyada neft, tabiiy gaz, ko‘mir, uran, temir rudasi, oltin, olmos va boshqa
foydali qazilmalarning yirik zaxiralari mavjud. 
Neft koni
Temir rudasi koni Olmos koni Uran koniKo‘mir koniTabiiy gaz koni
Oltin Olmos          Mamlakat iqtisodiyoti uchun ayniqsa neft va tabiiy gaz resurslari katta 
ahamiyatga ega. Neft va gazning yirik  konlari asosan G‘arbiy Sibir tekisligida 
joylashgan.  Rossiya asosan mo‘tadil, subarktika va arktika iqlim mintaqalarida joylashgan. 
Faqatgina Qora dengiz bo‘yidagi hududlari subtropik iqlimga ega.   Mamlakat hududining 70% dan ortiq qismi dehqonchilik uchun agroiqlimiy 
resurslar bilan yetarli darajada ta’minlanmagan.   Asosiy tabiat zonalari — tayga, tundra, aralash va keng bargli o‘rmonlar, 
dasht va o‘rmon-dasht. 
Arktika sahrolari
Tundra
Aralash va Kengli bargli 
o‘rmonlar
Subtropik  o‘rmon Tayga
O‘rmon-dasht va dasht
Chalacho‘l va cho‘llar
Tog‘lar  Arktika sahrolariTabiat zonalari
Tundra
Tayga
Keng bargli o‘rmonlar
Dasht
Subtropik  o‘rmon Cho‘l  Rossiya o‘rmon va yer resurslari bilan eng yaxshi ta’minlangan davlat lardan 
biri.     Rossiya ayniqsa uning Osiyodagi qismi suv va gidro energetika resurslariga
ham juda boy. Uning eng yirik daryolari — Yenisey, Lena, Ob, Amur, Volga. 
1
3 2
5
4   Sibirda 
joylashgan 
Baykal ko‘li 
Yer yuzidagi 
eng chuqur 
va eng ko‘p 
chuchuk
suv yig‘ilgan 
ko‘l 
hisoblanadi.6   Rossiyaning ichki suvlari
Yenisey
Lena
Ob
Amur
Volga
Baykal  Aholisi. 
Rossiya Federatsiyasi aholisi soni bo‘yicha jahonda 9-o‘rinda turadi. Aholining 
tabiiy ko‘payishi manfiy bo‘lib, yillik hisobda –0,2% ga teng.      Lekin demografik vaziyat Rossiyada barqa ror emas. Aholi ko‘payishiga tashqi 
migratsiya sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda.   Rossiyada shahar aholisining ulushi 75 % ga yaqin.     Eng yirik shaharlari – Moskva (12 mln. kishidan ortiq) va Sankt-Peterburg (5 
mln. kishidan ortiq). Hozirda jami  15 ta «millioner» shahar mavjud. 
Moskva
Sankt-Peterburg
Yekaterinburg
Nijniy-Novgorod  Rossiya ko‘p millatli davlat hisoblanadi. Aholisining 81% i ruslarga to‘g‘ri 
keladi. Umuman olganda, Rossiya hududida 100 tadan ortiq tub millat va 
elatlar vakillari yashaydi.    Ruslardan tashqari, tatarlar, ukrainlar, boshqirdlar, chuvashlar, chechenlar va 
armanlarning soni 1 mln kishidan oshadi.    Shuningdek mamlakatning shimoliy o‘lkalarida o‘nlab kam sonli elatlar ham 
mavjud.  Rossiya ko‘p konfessiyali davlatdir  (65-rasm).  Mamlakatdagi eng ko‘p sonli 
din pravoslav xristianlik hisoblanadi.   Unga ruslardan tashqari, ukrainlar, chuvashlar, mordvalar, osetinlar va 
boshqa bir qancha millat vakillari e’tiqod qiladi. 
231
4  Tatarlar, boshqirdlar, Shimoliy Kavkazdagi ko‘plab xalqlar islom diniga
mansub. 
1
3 2     Buryatlar, qalmiqlar hamda tuvaliklar esa buddizm diniga e’tiqod qiladi. 
1
32     Bundan tashqari, Rossiyada katoliklar, yahudiylar, protestantlar ham 
istiqomat qiladi.
Katolik cherkovi Protestantlik cherkovi Yahudiylar sinagogasi  Rossiyada aholi zichligining o‘rtacha ko‘rsatkichi ancha past (1 km2 ga 8 
kishi), aholining hududiy joylashuvi esa juda notekis. Bunga asosan iqlim 
sharoiti katta ta’sir ko‘rsatgan.   Aholi ko‘proq Rossiyaning g‘arbiy va janubiy qismida — shartli ravishda 
ajratiladigan “Sankt-Peterburg — Sochi — Irkutsk” geografik uchburchagida 
mujassamlashgan.
Sankt-Peterburg
Sochi
Irkutsk  © Foydalanilgan adabiyotlar:
•
V. N. Fedorko, N. I. Safarova, J. A. Ismatov, E. Y. Nazaraliyeva – 
Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy o‘rta 
ta’lim maktablarining 10- sinf o‘quvchilari uchun darslik, 
Respublika ta’lim markazi, 2022
•
@ edurtm_uz
•
A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V. Fedorko  – 
Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy o‘rta 
ta’lim maktablarining 9- sinf o‘quvchilari uchun darslik, Toshkent 
– “O‘zbekiston” – 2019

Rossiya Federatsiyasi Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Maydoni: 17075 ming km² Aholisi (2020): 146,7 mln Poytaxti: Moskva

Rossiya Federatsiyasi maydoni jihatidan jahonning eng yirik davlati hisoblanadi. U Sharqiy Yevropa va Shimoliy Osiyoda joylashgan.

Rossiya qirg‘oqlari Shimoliy Muz, Tinch va Atlantika okeanlariga tegishli 12 ta dengiz suvlari bilan yuviladi. Dunyoda faqat 3 ta mamlakat — Rossiya, AQSH va Kanada birdaniga uchta okeanga chiqish imkoniyatiga ega. 1. Oxota 2. Bering 3. Qora 4. Azov 5. Boltiq 6. Oq 7. Barents 8. Kara 9. Laptevlar 10. Sharqiy Sibir 11. Chukotka 12. Bering