logo

Turkistnda Rossiya imperyasining mustamlakachilik boshqaruv tizmi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2839.8291015625 KB
MAVZU;  Turkistnda  Rossiya 
imperyasining mustamlakachilik 
boshqaruv tizmi    Reja
1. Turkistondagi mustamlakachilik 
siyosatining o’ziga xos xususiyatlari.
2. Turkistonda mustamlakachilik   
boshqaruv organlarining 
shakllantirilishi 
3.Polisiya va sudidoralarining 
boshqaruv tizimidagi o’rni. Podsho Rossiyasi Turkiston o’lkasini bosib olgach, jahonning eng yirik 
mustamlakachi davlatiga aylandi. Evropada Rossiyaga nisbatan «ulkan miqdordagi 
mulk o’g’risi» degan kinoyali ibora ishlatila boshlandi. Evropa va Osiyoning bir 
qismini o’z ichiga olgan bu imperiya boshqa mustamlakachi davlatlardan farqli 
ravishda o’ziga xos mustamlakachilik tizimini yuzaga keltirdi. Bunday zo’ravonlik 
va zulmga asoslangan mustamlakachilik tizimi Turkistonda keng ko’lamda amalga  
oshirila boshlandi. Bu siyosat mahalliy halqlarga mutlaqo ishonmaslik, ularni 
nazarga ilmaslik kabi o’ta millatchilik ruhidagi siyosat asosiga qurilgan edi.
Turkistonda boshqaruv tizimi butunlay harbiylashtirilgan hokimiyat ixtiyoriga 
to’laligicha topshirilgan bo’lib, ularning qo’lida cheklanmagan va hech qanday 
insoniy huquqlarni tan olmaydigan hokimiyat tizimi shakillantirilgan edi. «Bu 
joyda bizning umumiy dushmanimiz-musulmonlik va yovvoyilikdir» - deya harbiy 
vazir Milyutinga maktub yo’llagan general Kaufman 1868 yil 22 yanvarda Toshkent 
jamoatchiligi vakillari oldida so’zlagan nutqida ruslarni Turkiston aholisining katta 
og’alari degan fikrni ilgari surdi Mahalliy maslahatchi F.Girs boshchiligidagi Dasht Komissiyasi (1865-1867) Turkiston 
o’lkasida qanday boshqaruv tizimi o’rnatish lozimligi haqida bir qancha takliflarni 
podshoga bayon qildi. Podsho  Aleksandr II bu loyihalarni «O’rta Osiyodagi mulklarni 
o’zlashtirish bo’yicha Mahsus qo’mita» diqqatga havola qildi. Bundagi amaldorlar 
Turkiston aholisiga  o’ta past nazar bilan qarab, o’lka aholisini «yovvoyilik va 
qoloqlikda»  aybsitib, boshqaruvning faqatgina markazlashtirilgan harbiy hokimiyati 
joriy etilishi zarur degan xulosaGa keldilar. Bu hokimiyat rasman «harbiy halq 
boshqaruvi» deb nomlangan bo’lsada, amalda to’laligicha harbiylar qo’lida edi.
1867 yilda harbiy vazir Milyutin Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risidagi Vaqtli 
Nizom loyihasini podsholik vazirlar qo’mitasi taqdim etdi va bu qo’mita tomonidan 
tasdiqlangan ushbu loyiha qonun sifatida kuchga kiritildi. Bunga ko’ra markaziy 
fuqarolik va harbiy boshqaruv tizimi to’laligicha general gubernator ko’liga 
topshirildi. U ayni  vaqtning o’zida turkiston harbiy okrugi bosh qo’mondoni ham edi. 
Markaziy davlat boshqaruvidan boshqaruvning eng quyi pog’onalarigacha hokimiyat 
harbiy qo’liga topshirildi. Bu boshqaruv tizimi Turkiston o’lkasi va aholisini har 
tomonlama mustamlakachilik sirmog’iga solish bilan mashg’ul bo’ldi va ayrim 
o’zgarishlar bilan 1917 yilga qadar davom etdi  2-masala: Turkiston general-gubernatorligida joriy qilingan boshqaruv usuli mahalliy aholi 
ustidan to’la nazorat qilish imkonini bera oladigan tarzda qilib tashkil etilgan edi.
Markaziy o’lka boshqaruvi general gubernatori, uning Kengashi va mahkamasidan iborat 
bo’lgan.
Turkiston general gubernatori o’z qo’lida harbiy va fuqarolik hokimiyatini birlashtirgan edi. 
Ayni vaqtning o’zida u podsho noibi, harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni, Ettisuv kazak 
qo’shinlari qo’mondoni, bosh mirshab va bosh prokuror vazifalarini ham o’z qo’lida 
birlashtirgan edi. 
Turkiston general gubernatori rossiyaga vassal hisoblangan Buxoro amirligini rossiya imperator 
siyosiy agentligi (1885-1917) va Xiva xonligini Amudaryo bo’limi (1873-1918) boshliqlari orqali 
nazorat qilingan.
O’lka boshqaruvining eng dolzarb masalalari general gubernatorlik kengashi  tomonidan hal 
etilgan. Bu kengash o’z  tarkibiga harbiy guernator, sud palatasi raisi, prokuror, okrug shtabi 
boshlig’i, general gubernator yordamchisini kiritgan edi.
Shuningdek, markaziy boshqaruvda to’rt mahkamadan iborat general gubernator 
mahkamasining ham o’rni katta bo’lgan. Birinchi bo’lim ma’muriy va nazorat ishlarini, ikkinchi 
bo’lim bosh boshqarmaning moliyaviy xo’jalik ishlarini, uchinchi bo’lim soliqlar, shaharlar 
mablag’lari va boshqaruvga doir loyihalar tayyorlash ishlarini nazorat qilgan bo’lsa, to’rtinchi  
bo’lim mahsus bo’lim bo’lgan. Bu bo’lim 1886 yilgacha faoliyat yuritgan va harbiy hamda adliya 
vazirliklari ko’rsatmalariga ham amal qilmagan. General gubernatorning diplomatiya idorasi Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Afg’oniston va 
Qoshg’ar bilan munosabatlarini muvofiqlashtirish ishlari bilan shug’ullangan. General 
gubernator mahkamasi ixtiyorida Turkiston ommaviy kutubxonasi, Toshkent muzeyi, 
Markaziy arXIV, «Turkistanskiy vedimosti» va «Turkiston viloyatining gazeti» gazetalari va 
bosmaxona ham bo’lgan.
Turkiston o’lkasi markaziy bosh boshqarmasida general gubernatorga bo’ysunmaydigan 
adliya, moliya, ziroat va davlat mulklari vazirliklariga qarashli idoralar ham  bo’lgan va ular 
to’g’ridan-to’g’ri podshoga bo’ysungan.
Turkiston general gubernatorligi beshta viloyatdan iborat bo’lib, ular Sirdaryo, Farg’ona, 
Samarqand, Ettisuv va Kaspiyorti  viloyatlari edi. Viloyatlar podsho tomonidan tayinlangan 
harbiy gubernatorlar ixtiyorida bo’lgan. Bir vaqtning  o’zida ular viloyat harbiy qo’shinlari 
qo’mondoni vazifasini ham bajarganlar. Viloyatdagi ma’muriy, polisiya va sud hokimiyatlari 
ham harbiy gubernatorlarga bo’ysungan.
Viloyatlar o’z navbatida uezdlarga bo’lib boshqarilgan. Uezdlar uezd boshliqlari tomonidan 
idora etilgan. Sirdaryo viloyati Toshkent, Avliyoota, Kazalinsk, Perovsk, CHimkent: Farg’ona 
viloyati Marg’ilon, Andijon, O’sh, Qo’qon, Namangan: Samarqand viloyati Jizzax, Xo’jand, 
Samarqand: Ettisuv viloyati Verniy, Kopal, Lersin, Pishpak, Prjeval’sk:  Kaspiyorti viloyati 
Ashxobod, Krasnovodsk, Mang’ishloq, Marv, Tajan, uezdlariga bo’lingan.
Uezdlar uchastkalarga bo’lib idora qilingan. Uchastkalar esa o’z navbatida mahalliy ma’muriy 
amaldorlar boshqaradigan ma’muriy hududlarga  bo’lingan. 3-masala:  Mustamlakachi sud hokimiyati Turkistonda imperiyaning mustamlaka siyosatini 
amalga oshirishda asosiy tayanch ma’muriy va majburiy qiluvchi hokimiyat bo’g’ini bo’lgan. 
Turkistondagi mustamlakachi sud hokimiyati cheklanmagan katta vakolatlarga ega bo’lgan.  Bosh 
mirshab va bosh prokuror vazifalarini general-gubernatorning o’zi bajargan. Ma’muriy 
boshqaruvning har bir bugini boshlig’i o’z qo’llarida sud ishlari va mirshablik ishlari bo’yicha 
ham katta vakolatlarga ega bo’lganlar.
Turkiston shaharlarida polismeyster lavozimi joriy etilgan bo’lsa, Toshkentda yangi va eski 
shaharlarda alohida polismeysterlar ish olib borganlar. Ularga  polisiya pristavlari bo’ysungan va 
ko’p sonli mirshablar ham ularning izmida bo’lgan.
Turkistonda sud hokimiyati ikki Xil -  imperiya sudlari va halq sudlaridan iborat bo’lgan.
Imperiya sudlari imperiya qonunlari asosida faoliyat yuritgan bo’lsa, halq sudlari shariat qonun-
qoidalari asosida faoliyat yuritgan.
Sudlar, tuman sudlari, sud palatasi huquqidagi viloyatlar boshqarmalari,  mirovoy sudlar 
qurultoylari va harbiy sudlardan iborat bo’lgan. Davlatga  qarshi jinoyatlar va boshqa turdagi 
siyosiy jinoyatlar, davlat mulkini o’g’irlash va talon-taroj etish va boshqa shu kabi jinoyatlar 
imperiya sudlari tomonidan ko’rib chiqilgan. Muhim va og’ir hisoblangan jinoiy ishlar esa harbiy 
sudlar tomonidan  ko’rilgan. siyosiy  bo’lmagan va asosan mahalliy aholi tomonidan sodir etilgan 
mayda jinoyatlar shariat qozilari tomonidan ko’rib chiqilgan, biroq ular rus millatiga va  
evropaliklarga mansub shaxslarning jinoiy ishlarini ko’rishga huquqsiz bo’lganlar 1886 yilda qabul qilingan  «Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risidagi Nizom» ga ko’ra, sudlar 
faoliyatiga bir oz o’zgartirishlar kiritildi va tuman sudlari bekor qilindi. Viloyat prokurori va 
unga yordamchi muovin, sud tergovchisi lavozimlari joriy etildi.
1893 yil 2 iyunda rossiya imperiyasi Davlat Kengashi tomonidan sud  sohasidagi islohotlar tizimi 
tasdiqlandi. Unga ko’ra, Toshkent shahrida sud palatasi, viloyatlarda esa bittadan okrug sudlari 
ta’sis etildi.
1899 yil 14 mayda ochilgan Toshkent sud palatasi barcha sudlar ustidan nazorat ishlarini ham 
olib borardi.
Mahalliy sudlar esa, yuqorida  ta’kidlaganimizdek, siyosiy tusga  bo’lmagan barcha fuqarolik 
ishlarini ko’rib  chiqish huquqiga ega edi.
4-masala: Shaharlar hamma tarixiy davrlarda bo’lganidek, XIX asr ikkinchi yarmida ham siyosiy 
harbiy, iqtisodiy va madaniy markazlar vazifalarini bajarganlar.
Turkiston general gubernatorligiga qarashli Toshkent, Samarqand, Qo’qon, Marg’ilon, Andijon, 
Namangan, Ashxobod yirik shaharlardan sanalsa, mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan CHimkent, 
Turkiston, Xo’jand, Jizzax, Kattaqo’rg’on kabi shaharlar ham o’ziga xos ahamiyatga ega bo’lgan 
shaharlardan hisoblangan.  Bosqinchilarning O’rta Osiyoni mustamlakaga aylantirishi barobarida Kazalinsk, Petro-
Aleksandrovsk, Skobelev, CHernyaevka kabi shaharlar va aholi turar joylari barpo etildi. Bosib 
olingan shaharlarda ruslar yashaydigan alohida turar-joylar barpo etildi va shaharlar yangi hamda 
eski shaharlar qismlarga ajratildi. Eski shahar aholisining yangi shaharlar hududlariga o’tishlari 
mat’iyan ta’qiqlab qo’yildi. Bu ham milliy kamsitishning bir ko’rinishi edi. YAngi shaharlarda 
aholining yashashlari uchun qulay  shart-sharoitlar yaratildi. shaharlarda rus millatiga mansub 
fuqarolarning savdo-sotiq qilishlari uchun katta imtiyozlar berildi. Aksincha, musulmon 
fuqarolarining iqtisodiy jihatdan kuchayib ketmasliklari uchun turli-tuman choralar ko’rilib turildi.
Turkiston o’lkasida shaharlar boshqaruviga mahsus e’tibor XIX asrning 70 yillaridan boshlab 
kuchaydi. «shaharlar Nizomini qo’llash» bo’yicha ishlab chiqilgan qonun loyihasi 1872 yilda 
Sirdaryo viloyati boshqarmasida ko’rib chiqildi va 1877 yildan boshlab bu Nizomni qo’llash haqida 
qaror  qilindi. Bu Nizom bosib olingan shaharlardan faqatgina Toshkent va Olmaata  shaharlariga 
nisbatan qo’llanildi.
Toshkent o’zining harbiy, strategik va iqtisodiy jihatdan tutgan o’rni va joylashuviga asosan 
Turkiston o’lkasi shaharlari orasida alohida ahamiyatga ega edi. shuning uchun ham Toshkent 
shahri general gubernatorlikning markazi etib belgilangan edi.
  1877 yilda mahsus muvaqqat komissiya tuzilib, Toshkent shahri dumasi saylovlari uchun mahsus 
tartiblarni belgilab chiqdi. Bunga ko’ra, Dumaga saylovchilar mol-mulklariga asosan uch toifaga 
ajratildi. Etarli miqdorda  mulk bo’lmaganlar saylov huquqidan mahrum etildi.
2400 saylovchi ishtirokida bo’lib o’tgan saylovda shahar Dumasi va boshqarmasi  saylandi. Bunda 
rus  noiblari uchun uchdan ikki qismi o’rni ajratildi. Shahar boshqaruv faoliyatini nazorat qiluvchi harbiy gubernatori boshchiligidagi 
viloyat idorasi tuzildi. 1888 yilda imperator tomonidan Toshkent  shahrini boshqaruv 
ishi ma’qullandi va shu bilan birga  uni  nazorat qilish general gubernatorga 
yuklatildi. Ichki ishlar vaziri huquqi harbiy okrug qo’mondoni zimmasiga yuklatildi. 
Duma oqsoqoli harbiy vazir tomonidan tayinlangan va 1877-1907 yillarda bu vazifani 
hokim to’raning o’zi bajargan. shahar ma’muriy polisiya tartiblari asosida 
boshqarilgan.
5-masala: Rossiya imperiyasining Turkistondagi agrar siyosatidan ko’zlagan asosiy va 
bosh maqsadi o’lkani rossiya manfaatlari uchun hizmat qiluvchi xom-ashyo bazasiga 
aylantirish va eng serhosil erlar joylashgan hududlarga rus dexqonlarini keltirib 
o’rnashtirish edi. shuningdek, rossiya imperiyasi er suv  munosabatlari O’rta Osiyoda 
o’z hukmronligini mustahkamlash va uning imkoniyatlaridan o’z manfaatlari yo’lida 
foydalanishni ko’zda tutgan edi.  
1886  yilgi nizomga ko’ra, rus dexqonlaring O’rta Osiyoga      ko’chib kelishlari uchun 
katta imtiyozlar berildi. shuningdek, bu nizomga ko’ra, «bo’sh yotgan davlat erlariga» 
birinchi navbatda harbiy hizmatdan bo’shatilgan harbiy XIzmatchilarni qo’yish 
ko’zda tutildi. 
Imperiyaning Turkistondagi er  suv masalalariga doir siyosatida quyidagi siyosat 
amalga oshirildi: 1. Turkistonda barcha erlar davlat mulki deb e’lon qilindi, o’troq mahalliy aholiga er merosi yakka jamoa 
ekanligi tariqasida, ko’chmanchi aholiga esa azaliy dehqonchilik odatlariga rioya etilgan holda, muddati 
cheklanmagan holda jamoa bo’lib foydalanish uchun topshirildi;
2. O’troq aholi yashaydigan joylarda  er, undan amalda foydalanganga biriktirib qo’yildi;
3. Dastlab vaqf erlariga soliq joriy etilgan bo’lsa, keyinroq bu mulklar butunlay tugatilib yuborildi;
4. shahar tashqarisida mahsus ko’chiruv fondlaridan tashqari rus aholisiga er ajratish ta’qiqlandi;
5. Evropaliklar, xususan, ruslar tomonidan mahalliy aholi erlarini sotib olish mutlaqo ta’qiqlab qo’yildi 
va bu qonun 90-yillarning oXIrigacha saqlanib qolindi.
Bular bilan birga soliqlar ham imperiya manfaatlari nuqtai nazaridan qayta ko’rib chiqildi va kuchaytirib 
yuborildi. Asosiy e’tibor paxta etishtirishga qaratildi va yangi erlar sug’orish tarmoqlarini kengaytirish ko’zda 
tutildi.
Rus mustamlakachi hukumati Turkistonda qishloqlarni boshqarishda 1867 yilgi «Vaqtli Nizom loyihasi»ga amal 
qildi. Bu idora usuli mahalliy halqlar boshqaruv siyosatiga zid bo’lib, rossiyadagi ruscha idora usulida edi.
Bu Nizomga ko’ra, ko’chmanchi aholiga ikki bosqichli (volost’ va ovul), o’troq aholiga esa bir bosqichli 
(oqsoqollar) boshqaruv tizimi joriy etildi.
Volost’ asosini mingdan ikki minggacha xonadon tashkil esa, ovul jamoalarini yuzdan ikki yuzgacha bo’lgan 
o’tovlar aholisi tashkil etgan. Bu bilan ko’chmanchi aholi o’rtasidagi urug’chilik asosidagi bo’linish barham topdi. 
Bu siyosat hokimiyatga soliqlarni belgilash va yig’ib olishda ham qo’l kelib uni takomillashtirishga harakat qildi.
1886 yilgi «Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risidagi Nizom»ga ko’ra o’troq aholining bir bosqichli boshqaruv 
tizimi bekor qilindi va ikki bosqichga aylantirilib, oqsoqolliklar volost’larga birlashtirildi. Ovul jamoalari va 
oqsoqollar vakillari yig’ini barcha saylovchilar yig’ilishi bilan almashtirildi.
Aholi saylovlar yo’li bilan volost’ va oqsoqolliklarga mingboshilarni saylardi. Mingboshi volost’ boshqaruvchisi 
bo’lib, qishloq, ovul oqsoqoli tomonidan uch yil muddatga saylangan. U o’z faoliyatini rus mustamlakachi 
ma’muriyati tasdig’idan o’tgandan so’nggina boshlagan. Aholining «qirg’izlar va sartlar» iborasi bilan atash 1886 
yilgi Nizomga ko’ra «o’troq va ko’chmanchi» tarzida o’zgartirildi  Volost’ boshqaruvchisini saylovchilar vakillarining qurultoyi saylagan. Bunda ikki nomzod 
ko’rsatilib, ikkinchisi uning muovini bo’lgan. Bu nomzodlar harbiy gubernator tomonidan 
tasdiqlanmasa, bekor qilingan va boshqasi tayinlangan yoki harbiy gubernator ko’rsatgan 
shaxs bu vazifaga kirishgan. shu tariqa rus mustamlakachi hokimiyati qishloqlardagi 
boshqaruv faoliyatini ham o’z qo’lida mustahkam saqlab turgan.
6-masala:  Chor hukumati o’lkani harbiy kuch bilan uzoq muddat saqlab turish mumkin 
emasligini yaxshi anglardi. shu boisdan ham u  Turkistonda assimilyasiya, ya’ni rus millatiga 
mansub aholi bilan  mahalliy aholini aralashtirib yuborish siyosatini tutdi. Bu borada 
imperiyaning ko’chiruvchilik siyosati alohida o’rin tutadi.
Ko’chiruvchilik siyosati Turkiston general gubernatorligi tashkil etilgan 1867 yildayoq boshlab 
yuborildi.
1869 yilda Ettisuvdagi dexqonlar manzilgohlari to’g’risida qoidalar ishlab chiqdi. Bu hududda 
1869-1882 yillarda 25 ming kishilik aholisi bo’lgan 29 ta rus qishlog’i, Sirdaryo viloyatida esa 
1300 kishilik  aholisi bo’lgan 19 ta rus  qishlog’i barpo etildi.
1886 yilig Nizomga  ko’ra, o’lkaga rus aholisining ko’chib kelishiga siyosiy tus berildi va har 
bir ko’chib keluvchiga 10 desyatinadan kam bo’lmagan er ajratilishi ko’zda tutildi.
Yuqorida aytganimizdek, 1875 yilda Avliyootada ilk rus qishlog’i barpo etilgandan boshlab 
o’tgan 15 yil davomida, ya’ni 1890 yilgacha Turkiston o’lkasida 1300 oiladan iborat 19 ta rus 
qishlog’i barpo etilgan bo’lsa, rossiyada ocharchilik yuz bergan 1891-1892 yillarda 
Turkistonga ko’chib keluvchilar soni keskin ortdi va shu ikki yil davomida 25 ta rus qishlog’i 
paydo bo’ldi. O’lkadagi rus deqonlarining soni ikki barobar ortdi. Shu yillarda Rossiyadan och-yalong’och rus mujiklarining Turkistonga kelib joylashishi tartibsiz 
ravishda ommaviy tus ola boshladi va hokimiyat tomonidan ularga yaratib berilgan imkoniyat 
tufayli mahalliy dexqonlarga qarashli bo’lgan hosildor erlardan o’z egalari mahrum qilindi, bu 
erlar esa «bo’sh yotgan davlat erlari» sifatida kelgindi rus dexqonlariga taqsimlab berildi.
O’lkada rus dexqonlarining salmog’i bir oz ortgach, rus mustamlakachi ma’muriyati ularni 
qurollantirish va zurur bo’lgan hollarda mahalliy aholi noroziliklari, qo’zg’olonlari, isyonlarini 
bostirishda foydalanish siyosatini amalga oshira boshladi. shu maqsadlar 1896  yilda Sirdaryo 
viloyatiga ko’chib kelgan kazaklarga 123 ta miltiq va o’q-dori, 1897 yilda yana 3000 ta miltiq, 
Ettisuvda 300, Farg’onada 131, Kaspiyortida 431 miltiq va o’q-dori taqsimlab berildi. Bu bilan 
rossiya ko’chiruvchilik siyosati harbiy siyosiy maqsadlarni ko’zlab amalga oshirilganligini 
ko’rsatdi.
7-masala: Chor Rossiyasi O’rta Osiyoni bosib olgach, bu erda o’z manfaatlarini oshirish borasida 
turli siyosatlar va tadbirlarni amalga oshira boshladi. Mustamlaka hukumatning amalga 
oshirgan ishlaridan biri Turkistonda temir yo’lning barpo etilishi bo’ldi.
Turkistonda temir yo’l ikki asosiy maqsadni harbiy strategik va iqtisodiy maqsadlarni ko’zlab 
qurildi.
Harbiy strategik nuqtai nazardan olsak, o’lkaning qay bir erida mustamlakachilikka qarshi 
kurashlar yuzaga kelmasin, uni bostirish uchun harbiy kuchlarni safarbar etish va etkazib 
berish, mustamlaka hokimiyatini saqlab turishda harbiy soha imkoniyatlarini kengaytirish 
ko’zda tutilgan.
Keyingi yillarda ko’plab etishtirilayotgan xom-ashyolar va er osti va er usti boyliklarini ko’plab 
miqdorda va tezroq rossiya hududlariga etkazib borish iqtisodiy maqsadlarni ko’zlagan edi. O’rta Osiyo temir yo’lining dastlabki izlari 1880 yilda Mixaylovo postidan Mullaqorigacha bo’lgan 26 km 
masofada etkazildi. 1881 yil 20 sentyabrida Mixaylovdan Qizil Arvotgacha 232 km masofada temir yo’lda 
qatnovlar boshlandi. 1885 yilda Ashxobodga, 1886 yilda Marv, Chorjuy va  Amudaryogacha temir izlari 
etkazildi.
Temir yo’l Samarqand bilan ham tutashtirildi, 1898 yilda Marv Qo’shqa shaxobchasi qurilib, bir yildan so’ng 
Farg’ona vodiysi va Toshkent ham temir yo’l bilan tutashtirildi. 1900 yil boshlangan Toshkent  Orenburg temir 
yo’li 1905 yilda qurib bitkazildi va keyingi yillarda O’rta  Osiyoning barcha asosiy nuqtalari temir izlari orqali 
birlashtirildi. Bu esa rossiya imperiyasiga har yili Turkiston o’lkasidan minglab tonnalar  miqdorida 
qimmatbaho yuklarni olib chiqib ketish imkoniyatini berdi.
O’lkada temir yo’lining tushirilishi natijasida bir qancha sanoat korxonalari ham yuzaga kela boshladi. Bu  
saonat korxonalarida xom-ashyoga dastlabki ishlov berilardi.
Birinchi paxta tozalash zavodi 1879 yilda Toshkentda savdogar Nazarov tomonidan ishga tushirildi. 1885 yilda 
esa Andijonda savdogar Xo’jaev tomonidan ikkinchi paxta tozalash zavodiga asos solindi va shu tariqa birin 
ketin turli sanoat korxonalari barpo etila boshlandi. 1867-1900 yillar davomida Turkiston o’lkasida 170 
korxona ishga tushirildi.  Ularning asosiy qismi paxta tozalash zavodlari bo’lib, bulardan tashqari yog’-moy 
ishlab chiqarish, choy qadoqlash, aroq, vino tayyorlovchi korxonalar ham barpo etilgan edi. Boshqacha 
aytadigan bo’lsak, Turkiston o’lkasining yalpi sanoat ishlab chiqarishning 80 foizdan ortig’i paxtani qayta 
ishlovchi korxonalar XIssasiga to’g’ri kelardi.
Bu korxonalarda asosan evropalik ishchilar ishlagan bo’lsalar, keyingi yillarda mahalliy aholi vakillari ham 
katta qiyinchiliklar bilan yollanma ishchilarga aylana boshladilar. Biroq  bunda rus va musulmon  ishchilariga 
bo’lgan munosabat bir-biridan keskin farq qilardi va bunda mustamlkachi hokimiyatning shovinistik 
qarashlari aks etib turardi.
Shu tariqa Turkiston rossiya imperiyasining mustamlakasiga aylantirilgach, bu erda jahonning hech bir 
davlati qo’llamagan mustamlakaga idora  usuli joriy etildi va bu idora usuli o’lka halqlarini uzoq vaqtlar 
mustamlaka sirtmog’ida tutib turishni ko’zda tutdi. FOYDALANILGAN 
ADABIYOTLAR
1 H. ZiyoyevO‘zbekiston mustaqilligi uchun kurash. 
2 D. Ziyoyeva Turkistonda milliy ozodlik kurashi
3 ZIYOUZ. COM
4 ARXIV.UZ  E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

MAVZU; Turkistnda Rossiya imperyasining mustamlakachilik boshqaruv tizmi

Reja 1. Turkistondagi mustamlakachilik siyosatining o’ziga xos xususiyatlari. 2. Turkistonda mustamlakachilik boshqaruv organlarining shakllantirilishi 3.Polisiya va sudidoralarining boshqaruv tizimidagi o’rni.

Podsho Rossiyasi Turkiston o’lkasini bosib olgach, jahonning eng yirik mustamlakachi davlatiga aylandi. Evropada Rossiyaga nisbatan «ulkan miqdordagi mulk o’g’risi» degan kinoyali ibora ishlatila boshlandi. Evropa va Osiyoning bir qismini o’z ichiga olgan bu imperiya boshqa mustamlakachi davlatlardan farqli ravishda o’ziga xos mustamlakachilik tizimini yuzaga keltirdi. Bunday zo’ravonlik va zulmga asoslangan mustamlakachilik tizimi Turkistonda keng ko’lamda amalga oshirila boshlandi. Bu siyosat mahalliy halqlarga mutlaqo ishonmaslik, ularni nazarga ilmaslik kabi o’ta millatchilik ruhidagi siyosat asosiga qurilgan edi. Turkistonda boshqaruv tizimi butunlay harbiylashtirilgan hokimiyat ixtiyoriga to’laligicha topshirilgan bo’lib, ularning qo’lida cheklanmagan va hech qanday insoniy huquqlarni tan olmaydigan hokimiyat tizimi shakillantirilgan edi. «Bu joyda bizning umumiy dushmanimiz-musulmonlik va yovvoyilikdir» - deya harbiy vazir Milyutinga maktub yo’llagan general Kaufman 1868 yil 22 yanvarda Toshkent jamoatchiligi vakillari oldida so’zlagan nutqida ruslarni Turkiston aholisining katta og’alari degan fikrni ilgari surdi

Mahalliy maslahatchi F.Girs boshchiligidagi Dasht Komissiyasi (1865-1867) Turkiston o’lkasida qanday boshqaruv tizimi o’rnatish lozimligi haqida bir qancha takliflarni podshoga bayon qildi. Podsho Aleksandr II bu loyihalarni «O’rta Osiyodagi mulklarni o’zlashtirish bo’yicha Mahsus qo’mita» diqqatga havola qildi. Bundagi amaldorlar Turkiston aholisiga o’ta past nazar bilan qarab, o’lka aholisini «yovvoyilik va qoloqlikda» aybsitib, boshqaruvning faqatgina markazlashtirilgan harbiy hokimiyati joriy etilishi zarur degan xulosaGa keldilar. Bu hokimiyat rasman «harbiy halq boshqaruvi» deb nomlangan bo’lsada, amalda to’laligicha harbiylar qo’lida edi. 1867 yilda harbiy vazir Milyutin Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risidagi Vaqtli Nizom loyihasini podsholik vazirlar qo’mitasi taqdim etdi va bu qo’mita tomonidan tasdiqlangan ushbu loyiha qonun sifatida kuchga kiritildi. Bunga ko’ra markaziy fuqarolik va harbiy boshqaruv tizimi to’laligicha general gubernator ko’liga topshirildi. U ayni vaqtning o’zida turkiston harbiy okrugi bosh qo’mondoni ham edi. Markaziy davlat boshqaruvidan boshqaruvning eng quyi pog’onalarigacha hokimiyat harbiy qo’liga topshirildi. Bu boshqaruv tizimi Turkiston o’lkasi va aholisini har tomonlama mustamlakachilik sirmog’iga solish bilan mashg’ul bo’ldi va ayrim o’zgarishlar bilan 1917 yilga qadar davom etdi