“Saddi Iskandariy ”dostonining ma`rifiy va badiiy ahamiyati
“ Saddi Iskandariy ”dostonining ma`rifiy va badiiy ahamiyati
Dars maqsadi Ta`limiy –O`quvchilarning “Saddi Iskandariy “ dostoni haqida olganbilimlarini mustahkamlash,asarni badiiy tahlil qila olishga o`rgatish,eski turkiy so`zlarning ma`nolarini anglashga o`rgatish Tarbiyaviy-O`quvchilarni ajdodlar merosiga hurmat tuyg`ularini o`stirish,milliy va umummadaniy qadryatlarni qadrlashga o`rgatish,insoniy sifatlarni o`quvchilarda tarbiyalash Rivojlantiruvchi-O`quvchilarning nutqiy savodxonligini oshirish,mustaqil va ijodiy fikrlashga o`rgatish,jamiyatdagi voqealarga faol munosabat bildirish kompetensiyasini shakllantirish
Dars rejasi • Tashkiliy qism -salomlashish,davomat aniqlash,ruhiy iqlim yaratish,sinfni guruhlarga ajratish • O`tgan mavzuni so`rash :”Donishmand testi”,”Klaster” • Yangi mavzu : “Taqdimot ” usuli ”Anturaj” chizmasi • Mustahkamlash: ”T-chizma“ usuli, “Adolat qilichi” o`yini ,rasm asosida tahlil,lug`at asosida boshqotirma,rebuslar asosida hikmatlar tahili • Baholash : “Saddi Iskandariy” asaridagi hikmatlar yozilgan kartochkalarni to`plash orqali • Uy vazifa:149-151 sahifalardagi hikmatlarni tahlil qiling, mavzuviy guruhlarga ajrating,hikoyatlarga mos hikmatlarni aniqlang • Izoh-Asar mazmuni keng va murakkab bo`lgani uchun dars sarguzasht tarzida olib boriladi.
Ruhiy iqlim yaratish-Sham yoqib qo`yiladi . O`quvchilarning fikrlari umumlashtirilib ,mumtoz adabiyot olamiga olib kiriladi O`tgan mavzuni so`rash- Guruhlar “Xamsa “asari bo`yicha o`rganib kelgan bilimlarini “Klaster” asosida ko`rsatib bering va Navoiy “Xamsa”sini boshqa xamsanavislarning asarlariga qiyoslang XAMSA “ Layli va Majnun”“ Hayrat-ul abror” “ Farhod va Shirin” “ Sab`ai sayyor” “ Saddi Iskandariy”
Donishmand Suqrot testi 1.Nomining o`zi abjad hisobida madrasaning qurilgan yilini bildiruvchi madrasani aniqlang. A)Ixlosiya B)Xalosiya S)Xusraviya 2.Saddi Iskandariy dostoni qaysi bahrda yozilgan? A)Mutaqorib B)Mutadorik S)Ramal 3.Fors shohi Doroning Iskandarga ramziy ravishda yoborgan narsalarini ko`rsating A) To`p,chovgan ,qum B)To`p ,chovgon,sedana S)To`p,kunjut,chovgon 4.Xusrav Dehlaviyning 5-dostonining nomi? A) “Xiradnomai Iskandariy” B) “Iskandarnoma” S) “Oyinayi Iskandariy” 5.”Saddi Iskandariy “dostonida devor qayerga qurilgan? A)Chin mamlakatiga B)Qof tog`I etagiga S)Rum o`lkasiga 1-s 2-a 3-s 4-s 5-b