Sayfi Saroyi
Sayfi Saroyi • Sayfi Saroyi XIV asrda yashab ijod qilgan turkiy adabiyot vakillaridan biridir. • U adabiyotimizda shoir va tarjimon sifatida o’z o’rniga ega.
• Manbalardan ma’lum bo’lishicha, Sayfi Saroyi 1321 yilda Qamishli yurtida tug’ilgan. Qamishli-Xorazmdagi qishloqlardan birining nomi. Ammo u nom Vo lga bo’yida ham ko’p uchraydi. U Qamishlidan bilimini oshirish uchun Saroyga keladi. Saroy-Oltin O’rda davlatining poytaxtidir. Muhammad ibn Arabshohning yozishicha, «Saroy tutgan o’rni va xalqining juda ko’p bo’lishi bilan eng katta shaharlarning birisi edi. U fan markaziga aylandi. Oz vaqti ichida bu yerda ko’plab atoqli, mashhur kishilar to’plandi». Ular orasida Qutbiddin ar-Roziy, Ma’sud Taftazoniy, Kamoliddin at-Turkmaniy, Hofiz ibn Bazzoziylar bor edi. SHuningdek, mashhur shoir Kamoliddin Xo’jandiyning ham XIV asr oxirlarida Saroyda yashab ijod etganligi yaxshi ma’lum. SHoir shu yerda yashab turgan davrida «Saroyi» degan taxallusini olgan. Sayfi uning ismi bo’lib, «Qilich» degan ma’noni bildiradi . /B.To’xliev. 9-sinf. 189-190-betlar/.
• Sayfi Saroyining yashab ijod qilib o’tgan davri tarixda O’zbekxon o’g’li Tinibek va Jonibeklarning hukmronligi davriga to’g’ri keladi. XIII asrdagi mo’g’ullar istilosi mamlakatni izdan chiqargan edi. Bu bosqin tufayli ko’plab kishilar qirildi. Ko’plab shoirlar o’zga yurtlarga ketib qoldi. Sayfi Saroyi ham shulardan biri edi. U shunday yozadi:
• O’sib tuprog’im uzra nayzalar, men evdin ayrildim, • Va tandin benishon o’ldimda, o’zga yurtga evrildim. • Nechun menga falak javr ayladi, qanday gunohim bor? • Iloho ayla kam jabring, men elga sodiq ul erdim.
• Demak, Sayfi Saroyi Movarounnahrda, Oltin O’rda davlatining poytaxti Saroyda yashab ijod qilgan. Misr va Turkiyada ham yashagan. «Guliston bit-turkiy» kitobidagi quyidagi misralar shoirning Misr maliklaridan birining xizmatida bo’lganligi, qarib qolganligi tufayli o’z vataniga ketish uchun malikdan ruxsat so’raganidan dalolat beradi: