logo

’SHARAFNOMAYI SHOHIY’’ asari manba sifatida

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

66.6005859375 KB
•
MAVZU:‘’SHARAFNOMAYI 
SHOHIY’’ asari manba sifatida  •
REJA:  
•
1.Asar muallifining hayoti va 
ijodi  
•
2 Asarning tarixiy qiymati 
•
3 Manbani o’rgangan olimlar •
Hofiz Tanish Buxoriy – XVI asrda o’tgan 
buxorolik shoir va yirik tarixchi olim. Nufuzli 
mansabdor xonadonida dunyoga kelgan bo’lib, 
otasi Mir Muhammad al-Buxoriy  Buxoroning 
ko’zga ko’ringan boyonlaridan bo’lib, Shayboniy 
Ubaydullaxonning yaqin kishilaridan edi. 1550-
yil boshlarida Qoshg’arga ketib qolgan va 
oradan ikki yil o’tgach, o’sha o’lkada vafot 
etgan. •
Hofiz Tanish o’z davrining chuqur va keng  
ma’lumotli kishilardan bo’lib, 1584-yil 
Qulbobo Ko’kaldoshning tavsiyasi bilan 
Abdullaxonning (1583-1598) xizmatiga qabul 
qilingan va xonning shaxsiy voqeanavisi 
(tarixchisi) vazifasiga tayinlangan. Hofiz Tanish 
umrining oxirigacha shu lavozimda xizmat 
qildi.Ba’zi ma’lumotlarga (Malexo 
Samarqandiy) ko’ra, Hofiz Tanish 1589-yili 
xotini tomonidan zaharlab o’ldirilgan. •
Hofiz Tanish 1585-yili yozilgan o’zining 
‘’Sharafnoma-yi shohiy’’  (Podshohni 
sharaflovchi kitob’’) nomli capital asari 
bilan nom chiqargan. Asar nomi bilan ham 
mashhur. O’rta Osiyo, Qozog’iston, 
shuningdek qisman Afg’oniston va 
Eronning XVI asrdagi ijtimoiy-siyosiy 
tarixini o’z ichiga oladi. Asar XVI asrning 
80-yillari oxirlarida yozib tamomlangan. •
Asarning tarixiy qiymati.                                                                            
‘’Sharafnoma-yi shohiy’’ muallifning rejasiga ko’ra, muqaddima, 
ikki qism (maqola) va xotimadan iborat qilib yozilishi 
mo’ljallangan.       Masalan, muqaddimada, odatdagidek, oliy 
hukmdorning (Abdullaxonning) sha’niga hamdu sano, asarning 
yozilish sabablari, Abdullaxonning ota-bobolari, qadimdan 
Markaziy Osiyoda  istiqomat qilgan turk-mo’g’il qabilalari, 
Chingizxon va uning avlodi haqida qisqacha ma’lumot; birinchi 
maqolada O’rta Osiyo, Qozog’iston va qo’shni xorijiy 
mamlakatlarda 1583-yildan keyin yuz berishi mumkin bo’lgan 
voqealar; xotimada esa Abdullaxonning sifatlari, uning bilan 
zamondosh bo’lgan shayxlar, olimlar, shoirlar, vazirlar va amirlar, 
shuningdek, Abdullaxon zamonida qurilgan binolar haqida 
ma’lumot berilishi aytilgan.          •
Lekin, asar yozilish jarayonida reja o’zgargan, birinchi va 
ikkinchi maqolalar qo’shib yozilgan, xotima esa 
muallifning bevaqt vafoti tufayli yozilmay qolgan. Muallif 
asar muqaddimasini yozishga Narshaxiyning ‘Tarix-I 
Buxoro’’, shayxulislom Safiuddin Abubakr Abdullox 
Balxiyning ‘’Fazoil-I Balx’’, Istaxriyning  ‘’Kitob masolik al-
mamolik’’, Juvayniyning  ‘’Tarix-I jahonkushoy’’,  
Rashiduddinning ‘’Jome at-tavorix’’,  Mirxondning 
‘’Ravzat as-safo’’,  Sharafiddin Ali Yazdiyning 
‘’Zafarnoma’’ va Muhammad Haydar  Dug’lotning ‘’Tarix-I 
Rashidiy’’  asarlarida keltirilgan ma’lumotlardan 
foydalangan. •
XVI asrning 30-60-yillari orasida yuz bergan 
voqealar saroyda muntazam yuritib turiladigan 
kundalik daftar, sodir bo’lgan muhim siyosiy 
voqealarning shohidi bo’lgan keksa kishilarning 
og’zaki axboroti asosida, 70-80-yillar voqealari 
asl muallifning shaxsan o’zi qatnashib to’plagan 
faktik materiallar asosida yozilgan.                         
             ‘’Sharafnomayi shohiy’’ saj, ya’ni 
murakkab uslubda yozilgan. •
Unda she’riy parchalar (Firdavsiy, Rudakiy, Kamoliddin Binoiy, 
Mushfiqiy va muallifning o’z she’rlari),  ‘’Quron’’ oyatlari va 
hadislardan parchalar ham ko’p.    ‘’Sharafnoma-yi  shohiy’’da 
siyosiy voqealar bilan bir qatorda ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi 
ma’lumotlar (masalan, feudal yer egaligining iqto’, suyurg’ol, 
tanhoh kabi) shakllari;turli-tuman soliq va jarimalar; xiroj, 
ixrojat, tag’or, ulufa, qo’nalg’a, madadi lashkar,boj, tamg’a, 
begar, o’lja va uning feudal jamiyatdagi roli, asirni qulga 
aylantirish hollari), XVI asr shaxarlari va hunarmandchilikning 
umumiy ahvoli; Shayboniylar davlatining ma’muriy tuzulishi, 
Buxoro xonligi bilan Rossiya, Hindiston va Qoshg’ar o’rtasidagi 
munosabatlar haqida ham qimmatli faktlar mavjud. •
Bundan tashqari asar etnografik (masalan, 
o’zbek xalqi tarkibiga kirgan urug’ va 
qabilalar) hamda topografik (masalan, 
Buxoro, Samarqand, Toshkent, Termiz, 
Ko’lob, Balx kabi shaxarlardagi diqqatga 
sazovor binolari, asori-atiqalari, 
shuningdek, mazkur shaharlarning 
geografik o’rni va topografiyasi) 
ma’lumotlarga nihoyatda boydir. •
‘’ Sharafnoma-yi shohiy’’ning qo’lyozma 
nusxalari ko’p, tanqidiy matni nash 
qilinmagan. Ba’zi parchalar rus tilida ilmiy 
to’plamlarda e’lon qilingan.    Asar  1942-
1952-yillari toshkentlik mashhur  
sharqshunos olimlar  Sodiq Mirzayev va 
oxirgi qismi  Yusupjon  Hakimjonov 
tomonidan 60-yillarda o’zbek tiliga tarjima 
qilinib, •
1-2-jildlari zarur tuzatishlar, tadqiqot 
va izoxlar bilan  1966 va 1969-yillari  
Bo’riboy  Axmedov tomonidan chop 
qilingan.  Asarning ruscha nashri ham 
(Sankt-Pterburglik olima M. A. 
Salohiddinova tomonidan) 1983-yil 
(birinchi qismi), 1989-yili (ikkinchi 
qismi) nashr etildi. •
E’TIBORINGIZ  UCHUN   
RAXMAT

• MAVZU:‘’SHARAFNOMAYI SHOHIY’’ asari manba sifatida

• REJA: • 1.Asar muallifining hayoti va ijodi • 2 Asarning tarixiy qiymati • 3 Manbani o’rgangan olimlar

• Hofiz Tanish Buxoriy – XVI asrda o’tgan buxorolik shoir va yirik tarixchi olim. Nufuzli mansabdor xonadonida dunyoga kelgan bo’lib, otasi Mir Muhammad al-Buxoriy Buxoroning ko’zga ko’ringan boyonlaridan bo’lib, Shayboniy Ubaydullaxonning yaqin kishilaridan edi. 1550- yil boshlarida Qoshg’arga ketib qolgan va oradan ikki yil o’tgach, o’sha o’lkada vafot etgan.

• Hofiz Tanish o’z davrining chuqur va keng ma’lumotli kishilardan bo’lib, 1584-yil Qulbobo Ko’kaldoshning tavsiyasi bilan Abdullaxonning (1583-1598) xizmatiga qabul qilingan va xonning shaxsiy voqeanavisi (tarixchisi) vazifasiga tayinlangan. Hofiz Tanish umrining oxirigacha shu lavozimda xizmat qildi.Ba’zi ma’lumotlarga (Malexo Samarqandiy) ko’ra, Hofiz Tanish 1589-yili xotini tomonidan zaharlab o’ldirilgan.

• Hofiz Tanish 1585-yili yozilgan o’zining ‘’Sharafnoma-yi shohiy’’ (Podshohni sharaflovchi kitob’’) nomli capital asari bilan nom chiqargan. Asar nomi bilan ham mashhur. O’rta Osiyo, Qozog’iston, shuningdek qisman Afg’oniston va Eronning XVI asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o’z ichiga oladi. Asar XVI asrning 80-yillari oxirlarida yozib tamomlangan.