Shimoliy muz okeani hayvonot dunyosi
Shimoliy muz okeani hayvonot dunyosi
Shimoliy Muz okeani iqlim sharoitining qatti q sovuqligi o‘simlik va hayvonlarning turlarini kam bo‘lishiga, okeanning katta qismini biomassalarga kambahal bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday haroratdan nisbatan iliq suvli va yumshoq iqlimli Grenlandiya, Norvegiya, Barens va Oq dengizlar mustasno bo‘lib, ularda mavjud bo‘lgan biomassalar miqdorini janubiy dengizlardagi biomassalar miqdori bilan bemalol taqqoslash mumkin.
Shimoliy Muz okeanida baliqlarning 150 turi uchraydi. Ular asosan iliq suv massalari keng tarqalgan maydonlarda Atlantika bo‘yi raYonlarida va daryolarning dengizlarga quyilish akvatoriyasida yaxshi rivojlangan. Baliqlardan seld, treska, dengiz olabug‘asi, navaga, paltus, tiksha, kambala va boshqalar yashaydi. Sut emizuvchilardan kitlar, morjlar, tyulenlar va oq ayiqlar uchraydi. Hayvon va o‘simliklarning turi hamda soni materik
Okeanda zooplanktonlarning geografik taqsimlanishi fitoplanktonlarning tarqalishi singari iqlim sharoiti bilan uzviy bog‘liq. Barens va kara dengizlarida zooplanktonlarning 150-175 turi, Sharqiy Sibir dengizida 80-90 turi va Arktika havzasida 70-80 turiuchraydi. Xudi shunday okean akvatoriyasida zoobentos ham bir tekisda taqsimlanmagan. Barens dengizida zoobentosning 1800 dan ziyod turi uchrasa, biomassa miqdori 100-300 g/m2 ni tashkil etadi. Laptevlar dengizida zoobentosning 600 ga yaqin turi bo‘lsa, biomassa 25 g/m2 dan ortiqroqdir. Arktika havzasining zoobentoslari to‘g‘risida ma’lumotlar juda kam.