logo

Shimoliy Muz okeani

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

32732.846679688 KB
Shimoliy  Muz ok eani      Asosiy  xususiy at lari. 
Shimoliy Muz 
okeani eng 
kichik (14 mln 
km2), eng 
sayoz (o‘rtacha 
chuqurligi 1225 
m), eng sovuq,     materik sayozligi (shelf) maydoni bo‘yicha eng birinchi (45%), iqlim 
va tabiat mintaqalari eng kam, eng katta oroli bor (Grenlandiya), 
Shimoliy qutb atrofida joylashgan, 
45 %
Grenlandiya muzligi    ko‘p yillik muzlar bilan qoplangan, uzoq vaqt qutb tunlari (189 kun) 
va kunlari (178 kun) bo‘lib turadigan, qo‘yho‘kiz, oq ayiqlar 
yashaydigan, dengizlari okean maydonining deyarli yarmini 
egallaydigan okeandir.      Geografi k  o‘rni
Okean Arktikaning markaziy 
qismida joylashgan. Uni 
ikkita  materik o‘rab turadi.    Bering bo‘g‘izi orqali Tinch okean bilan, Skandinaviya yarimoroli — 
Faryer, Islandiya va Grenlandiya orollari — Smit bo‘g‘izi — Kanada 
arxipelagi orqali Atlantika okeani bilan chegaralanadi.
Bering bo‘g‘izi
Skandinaviya yarim oroli – Farer
Islandiya
Grenlandiya
Smit bo‘g‘izi
Kanada-Arktika arxipleagi           Qirg‘oqlari  ancha parchalangan. Orollari ko‘p, Grenlandiya, 
Qirolicha Yelizaveta, Viktoriya, Novaya Zemlya, Severnaya Zemlya 
va boshqalar shular jumlasidandir. 
           
             Asosiy Orollari:
1. Grenlandiya
2.   Kanada-Arktika arxipelagi
3. Islandiya
4. Shpitsbergen
5.  Frants-Iosif yeri
6. Novaya Zemlya
7.  Severnaya Zemlya
8. Novosibirsk orollari
9. Vrangel    Maydoni 14 mln km2.
180
91 76
14  O‘rganilishi
Okean to‘g‘risidagi birinchi ma’lumotni 
yunon olimi Pifey (mil. av. 325- yil) yozgan 
va “Qayrilgan dengiz” deb nom bergan.     B. Varenius 1650- yilda mustaqil okean tariqasida ajratdi. XIX
asrning boshlarida ichki dengiz sifatida Atlantika okeani tarkibiga 
kiritildi.
Shimoliy 
Muz
Atlantika 
Okeani
Bernxard Vareniusning “Umumiy Geografiya” aasri    London geografiya jamiyati 1845- yilda, Xalqaro gidrografik byuro 
1928- yilda, Rus geografiya jamiyati 1936- yilda Shimoliy Muz 
okeanini mustaqil okean tariqasida ajratishga qaror qildilar.
1936
1928
1845  Okeanni o‘rganishda Pyotr I  (“Buyuk Shimol ekspeditsiyasi”),    Lomonosov,    shved olimi N. Nordensheldlar tashkil etgan ekspeditsiyalar 
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.    Shuningdek, XIX asr oxirida F. Nansen,    S. Makarov (1899- y.),    R. Piri (1909- y.) Shimoliy qutbni birinchi bo‘lib zabt etdi,    R. Amundsen (1903–1906- y., 1918–1920- y.) va boshqalar qimmatli
ma’lumotlar to‘pladi.    Hozirgi paytda Rossiya, AQSH va Kanada mutaxassislari Shimoliy 
Muz okeanining tabiatini o‘rganishmoqda.    Geologik  t uzilishi. 
Okean bundan 60 mln yil avval paydo bo‘la boshlagan. Uning tubi 
geologik jihatdan Shimoliy Amerika va Yevrosiyo litosfera plitalari 
tarkibiga kiradi.     Okean tubida dengiz, daryo va morena yotqiziqlari katta 
maydonda tarqalgan. Ularning qalinligi 1000–3500 m atrofida.     Shelf zonasida daryolar, dengiz oqimlari keltirgan cho‘kindi jinslar, 
okean markazida esa changsimon zarrachalar, biogen yotqiziqlar 
uchraydi.    Foy dali qazilmalari
Okean shelfi (materik sayozligi)da ulkan neft va gaz konlari 
aniqlangan. Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo neft 
va gaz
zaxiralarining 22% i Shimoliy Muz okeani shelfida to‘plangan.     Barens, Norvegiya dengizlari shelfida, Alyaska qirg‘oqlari yaqinida, 
shimoli-sharqiy Grenlandiya qirg‘oqlari yaqinidagi shelfda neft va 
gaz konlari bor.   Arktikadagi orollarda rux, qo‘rg‘oshin, toshko‘mir, temir rudasi, 
Alyaskada esa oltin konlari mavjud.
1
3 2
4      Ok ean t ubi rely efi
Shimoliy Muz okenaning eng chuqur 
joyi 5527 m, o‘rtacha chuqurligi  1225 
m. Grenlandiya 
dengizi, 5527 m     Okeanning xarakterli xususiyati — shelfning katta ekanligi. 
Okeanning 70% maydoni shelfdan iborat, uning kengligi 1300–
1500 km ga yetadi.
1300 - 1500    Okean tagi murakkab tuzilishga ega. Uning o‘rta qismidan tog‘ 
tizmalari va yer po‘stining yoriqlari o‘tgan. Okean tagi 2000 km 
masofaga cho‘zilgan Lomonosov suvosti tog‘ tizmasi (balandligi 
2500–3300 m) bilan ikki qismga bo‘lingan.    Ok ean t ubi rely efi
Bu tizmadan g‘arbda Gakkel 
vulqonli tog‘i va sharqda 
Mendeleyev tog‘
tizmasi parallel cho‘zilgan. 
Tizmalar oralig‘ida 
Amundsen (chuqurligi 4321 
m), Nansen (5449 m), 
Makarov (3940 m), Kanada 
(3810 m), Norvegiya (3970 m) 
va boshqa botiqlar 
joylashgan (114-rasm).3
2
5 1 6
4
8 7  Suv ining harorat i v a sho‘rligi. 
Shimoliy Muz okeani suv yuzasida harorat yil bo‘yi past. Yillik 
o‘rtacha harorat –1°C…–2°C dan oshmaydi. Atlantika okeani bilan 
tutash joylarda esa 0 °C atrofida.   Okean yuzasidagi suvning sho‘rligi 32‰, materik sayozligidagi 
dengizlarda 25–29‰.    Shimoliy Muz okeaniga quyiladigan Shimoliy Dvina, Pechora, Ob, 
Yenisey, Xatanga, Lena, Indigirka, Kolima, Makkenzi va boshqa 
yirik daryolar yiliga 5000 km3 chuchuk suv olib boradi. Shuning 
uchun materik yaqinida
okean suvlarining sho‘rlik darajasi pastroq.   Oqimlari
Shimoliy Muz okeaniga g‘arbiy va janubi-g‘arbiy shamollar ta’sirida
qudratli Shimoliy Atlantika iliq oqimi kirib keladi. Bu iliq oqim kirib 
keladigan
joylarda suvi muzlamaydigan portlar joylashgan.    Sharqiy Grenlandiya sovuq oqimi orolning sharqiy sohillari bo‘ylab 
Atlantika
okeani tomon oqadi. Okeanda yana Sharqiy antisiklon aylanma 
harakati, Transarktika sovuq oqimlari bor (115-rasm).Трансант	арт	ическое
Grenlandiya yaqinidagi aysberg   Organik  duny osi.
Okeandagi organizmlarning asosiy massasini sovuq suvda va 
hatto muzda ham ko‘kara oladigan suvo‘ tlar tashkil etadi.      Organizmlar Atlantika  bilan tutash hududlarda, daryolarning 
quyilish joylarida ko‘p. Bu yerlarda plankton hosil bo‘ladi, suv 
tagida o‘tlar o‘sadi.  Hay v onlari
TreskaTishdor (zubatka) Dengiz okuni Baliqlardan 
treska, tishdor 
(zubatka),
dengiz okuni, 
seld, paltus, 
kambala, 
shuningdek,
kamayib ketgan 
kitsimonlar, 
morj,
tyulen, oq ayiq 
ko‘p uchraydi. SeldPaltus
KambalaGrenlandiya kitiNarval (Dengiz yakkashoxi) Beluxa (Qutb oq delfini)
MorjTyulen
Oq ayiq         Arktikada dengiz qushlari “qushlar bozori”ni hosil qiladi.
Tupik
Kayra    Tabiat  mint aqalari. 
Iqlim mintaqalariga mos holda ikkita: qutbiy va qutbyoni tabiat 
mintaqasiga ajratilgan. Qutbiy mintaqa chegarasi janubda materik 
shelfi chekkasiga to‘g‘ri keladi.   Okeanning eng chuqur va tabiati qattiq qismi suzib yuruvchi 
muzlar bilan qoplangan.     Bu yerda qutb tuni olti oygacha davom etadi. Yozda Quyosh 
ufqdan uncha baland ko‘tarilmaydi.     Qalashib ketgan muzlar — toroslar bu joy uchun xos. Mintaqa 
organizmlar uchun qulay emas.    Qutbyoni mintaqasi okeanning quruqliklarga yaqin qismini o‘z 
ichiga oladi. Bu mintaqaga Shimoliy Muz okeanining asosan 
dengizlari kiradi.     Qutbiy mintaqaga nisbatan organizmlarga — hayvonot olami va 
suvo‘tlarga boy.     Yozda muzlarning ko‘p qismi eriydi. Daryo suvlari okean suvlarini 
ancha chuchuklashtiradi. Natijada organizmlarning rivojlanishi 
uchun sharoit paydo bo‘ladi.    Ok ean boy lik laridan foy dalanish.
Shimoliy Muz okeani Kanada, Rossiya 
va qisman AQSH uchun muhim 
ahamiyatga ega. U birinchi navbatda 
arzon dengiz yo‘li hisoblanadi. Kanada
RossiyaAQSh Navigatsiya (kema qatnovi mavsumi) davri 1–4 oy, lekin atom 
muzyorar kemalari navigatsiya davrini ancha uzaytiradi.Norvegiya 
sohillari, Barents dengizida yil bo‘yi kemalar qatnaydi.  Okeanning biologik boyliklari katta emas. Atlantika okeaniga 
tutash hududlarida baliq tutiladi.   Shuningdek, suvo‘tlar yig‘iladi, tyulenlar ovlanadi.    Kit ovlash chegaralab qo‘yilgan.   ©  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
M. T. MIRAKMALOV, SH. M. SHARIPOV, M. M. AVEZOV, M. T. 
HOJIYEVA ,  umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik, 
Respublika ta’lim markazi.
•
@ edutrm_uz
•
A. Soatov, A. Abulqosimov, M. Mirakmalov. – Geografiya (Materiklar va 
okeanlar tabiiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi 
uchun darslik – Toshkent: „O‘qituvchi“, 2017/  www.eduportal.uz  
•
A. Soatov, A. AbulQosimov –  « Geografiya » , 
     6-sinf uchun darslik, Toshkent – 2005   (ko‘k rang)

Shimoliy Muz ok eani

Asosiy xususiy at lari. Shimoliy Muz okeani eng kichik (14 mln km2), eng sayoz (o‘rtacha chuqurligi 1225 m), eng sovuq,

materik sayozligi (shelf) maydoni bo‘yicha eng birinchi (45%), iqlim va tabiat mintaqalari eng kam, eng katta oroli bor (Grenlandiya), Shimoliy qutb atrofida joylashgan, 45 % Grenlandiya muzligi

ko‘p yillik muzlar bilan qoplangan, uzoq vaqt qutb tunlari (189 kun) va kunlari (178 kun) bo‘lib turadigan, qo‘yho‘kiz, oq ayiqlar yashaydigan, dengizlari okean maydonining deyarli yarmini egallaydigan okeandir.