Sovet davri majburiy koʻchirish siyosatida Markaziy Osiyoga ajratilgan oʻrin
MAVZU: SOVET DAVRI MA J BURI Y KOʻCHI RI SH SI YOSATI DA MARKAZI Y OSIYOGA A J RATI LGA N OʻRI N.
RE J A: 1. Sovet davrida majburiy koʻchirish:raqamlar,buyruqlar,amalga oshirilgan ishlar. 2. Majburiy koʻchirilishning Stalin davrida oʻziga xos xususiyatlari. 3. Majburiy koʻchirilishda Markaziy Osiyoga ajratilgan oʻrin.
• Sovet davri amaliyoti milliy manfaatlarni hisobga olmaslik, milliy omilni bo‘rttirish bilan bir qatorda olib borildi. Bu ayniqsa, partiyamilliy siyosatining asosini tashkil etuvchi kadrlar siyosati misolida yaqqol namoyon bo‘lib, respublikadagi etnosiyosiy ziddiyatlarning kelib chiqishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Sovet hukumatining dastlabki yillarida partiya xodimlarini «mahalliy» va «mahalliy bo‘lmagan» kadrlarga ajratilmagan. Markazda va joylardagi boshqaruv organlari tarkibida turli millat vakillari birgalikda ishlaganlar. Yillar o‘tishi bilan vaziyat o‘zgaradi. • Urushning og‘ir yillari davrida rivojlanayotgan sanoatni ishchi kuchibilan ta’minlash vazifasini hal etish dolzarb muammolardan biri bo‘lgan. Minglab tajribali ishchilarning frontga ketishi natijasida yuzaga kelganishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoj sanoat korxonalariga yangi kelgan, tajribaga va mehnat malakasiga ega bo‘lmagan kadrlarni qisqa muddat ichida ishlab chiqarish sohasining turli kasblariga o‘qitish va o‘rgatish hisobiga hal etib borilgan.
1933 yildan boshlangan oqituvchilar ortasidagi qatagonlar ham turli uydirmalar ostida olib borilgan bolib, ular ozbek xalqini «ilgor rus madaniyati»dan ajratib qoyishga urinish, yoshlarni millatchilik ogusi bilan zaharlashda ayblanganlar. Bir tomondan, rus tilining ozbek sinflarida oqitilishiga tosqinlik qilish va shu yol bilan rus adabiyotini birinchi manbalar orqali organishga imkon bermaslik, ikkinchi tomondan, rus klassiklari asarlarining ozbek tiliga tarjima qilinishini paysalga solishdek ayblar qoyilgan. 1936-1940 yillar mobaynida respublika boyicha 5758 nafar davlat va jamoat arbobi, olim, yozuvchi, jurnalist va oqituvchilar yuqorida keltirilgan ayblovlar ostida qamoqqa olinib, ulardan 4811 nafari otib tashlangan. Qaror topgan stalinizm davridagi qatagonlik siyosati nafaqat shaxslar, sinflar yoki ijtimoiy guruhlarga qarshi, balki butun-butun xalqlarga qarshi ham yonaltirilgan, natijada ular uzoq muddatli surgun azoblariga, muhtojlik va kulfatlarga giriftor qilingan. 1930-1950 yillarda amalga oshirilgan xalqlarni ommaviy ravishda majburan kochirish qatagonlik siyosatining tarkibiy qismiga aylangan.
• Butun xalq esa qonunbuzar, buning ustiga xiyonatkor bo‘la olmaydi, shuning uchun ularga nisbatan jazo qo‘llash huquqiy jihatdan noto‘g‘ridir. Xalqlarni surgun qilish kabi ishga oxirgi vosita sifatida qarab, bu ishga qo‘l urgan hokimiyatning dalillari asosli bo‘lishi lozim edi. Bu yerda, ulug‘ Vatan urushi davrida gitlerchilarga yordam berishda nohaq ayblanib majburiy ravishda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Sharqiy Sibir va boshqa regionlarga ko‘chirilgan qorachaylar, qalmiqlar, mesxeti turklari, chechenlar, ingushlar, bolqorlar qrim tatarlari va boshqa bir qator xalqlar nazarda tutilyapti. • Bu harakatlar hammasi Konstituson tamoyillarga zid bo‘lib, g‘ayriqonuniy ravishda butun bir xalq huquqini poymol qilardi. Hokimiyat ba’zi xalq vakillariga ayb qo‘ygani holda butun bir xalq ommasini ayovsiz jazoladi. Yana shuni aytish kerakki, bu qilingan jinoyatlar sud organlari tomonidan qo‘yilmay, agentura va boshqa ma’lumotlar asosida tasdiqlanardi. • 40-yillarda «davlat vazifasi» deb nomlangan majburiy ko‘chirilishga 3011108 ta har xil millat vakillari, jumladan, butun xalqlar: ingushlar, chechenlar, nemislar, qalmiqlar, bolqorlar, mesxeti turklari va boshqa xalqlar majbur qilinganlar. • Totalitar tuzum davlatning hech qanday huquqiy normalari bilan hisoblashmas edi. Manbalar bilan tanishib chiqish shuni ko‘rsatadiki, butun bir xalqqa nisbatan deportatsiyani qo‘llash uchun davlatda keraklicha asos ham yo‘q edi, bo‘lishi ham mumkin emas edi. Bu xalqlar tomonidan ommaviy sotqinlik harakatlari bo‘lgan deb bahona qilish noto‘g‘ri bo‘lib, agar shunday hollar uchrasa ham ushbu xalqlarning ayrim vakillari qilgan edi.