Stess muammosi
Stess muammosi
Reja: 1.Stress haqida tushuncha 2.Stressning turlari 3.Stresning bosqichlari
Stress –(inglizcha –stress) –so‘zidan olingan bo‘lib, bosim, zo‘riqish, tanglik degan ma’noni bildiradi. Stress inson organizmining holatlarida haddan tashqari zo‘riqish natijasida paydo bo‘ladigan tanglik jarayonidir. Stress ko‘rinishiga qarab ikkiga bo‘linadi:
Stress ko‘rinishiga qarab ikkiga bo‘linadi: Konstruktiv -biz turidagi( ko‘pchilik orasida). Destruktiv – men turidagi ( yakka shaxs o‘zi bilan) kechadigan jarayon. Stressning fiziologik va psixologik turlari mavjud. Stressorlarning (stressga olib keluvchi omil) xarakteriga va xususiyatlariga qarab, fiziologik stress – bu o‘ta jismoniy zo‘riqish, biror og‘riq, qo‘rquv, kasalliklar natijasida vujudga keladi. Psixologik stress – odamning ruhiy holatiga voqealarning ta’siri tufayli sodir bo‘ladigan stress. Psixologik stress bu ruhiy iztirobga tushishdir. Psixologik stress : a) informatsion stress; b) emotsional stress turlariga ajratiladi.