SUYUQLIK VA GAZLAR HARAKATI


Mavzu: SUY UQLI K VA GA ZLA R HA RA K ATI 1. Laminar oqim. 2. Turbulent oqim. 3. Oqim uzluksizligi. 4. Harakatlanayotgan suyuqliklar yoki gazlarda bosimning taqsimlanishi.
1 Tashkiliy qism 2 daqiqa 2 O’tilgan mavzuni takrorlash 15 daqiqa 3 Yangi mavzu bayoni 15 daqiqa 4 Mustahkamlash 10 daqiqa 5 Uyga vazifa 3 daqiqa
O’tilgan mavzuni takrorlash 1. Tovush nima? 2. Tovushning tezligi. 3. Tovush kattaliklari. 4. Ultratovushlar. 5. Infratovush.
Yangi mav zu 1. Laminar oqim. Keng ariqlar yoki daryolarda sekin oqayotgan suvning chetki va o‘rta qismlari alohida qatlam-qatlam bo‘lib oqadi. Buni suv sirtida oqib kelayotgan cho‘plarning harakatida kuzatganmiz. Suyuqlik yoki gazlarning qatlam-qatlam bo‘lib oqishi laminar oqim deyiladi. Laminar (lot. lamina – plastinka, qatlam) oqimda suyuqlik yoki gaz zarralari bir-birining yo‘llarini kesmasdan to‘g‘ri yo‘nalishda oqadi. Shu sababli suyuqlik yoki gaz qatlamlari boshqa qatlamlarning harakatiga ta’sir qilmaydi (3.1-rasm). Suyuqlik yoki gaz biror nayda oqqanda suyuqlik yoki gazning nay devorlariga ishqalanishi tufayli qatlamlarning siljishi nayning o‘rta qismida tezroq, chetki qismlarida esa sekinroq bo‘ladi. Bu holat laminar oqim qatlamalari bir-biridan alohida ko‘rinishda oqishiga olib keladi. Laminar oqimga tomirimizdagi qon oqimini, suvning daraxt tanasidagi kapillyar naylar bo‘ylab ko‘tarilishini, sekin esayotgan shamolni va shunga o`xshash hodisalarni misol qilib keltirish mumkin.