Svilzatsiya tushunchasining vujudga kelishi va Yevropaga kirib borishi
Mavzu:Svilzatsiya tushunchasining vujudga kelishi va Yevropaga kirib borishi
Yangi tarixiy sharoitda insoniyat tarixini bilish muammolariga eskicha – formatsion yondashuv nazariya va amaliyotda o zini oqlamoqda. Kishilik jamiyati tarixini o rganishda ancha qiyinchiliklarning kelib ʼ ʼ chiqishiga sabab bo ldi. Sho rolar hokimiyati yillarida jamiyat rivojlanishining qoida va ʼ ʼ qonuniyatlarining mohiyati buzib talqin qilindi. Bugungi kunda jahon tarixini bilish, tushunish masalasiga sivilizatsiyaviy yondashuv maqsadga muvofiqdir. Kishilik jamiyati taraqqiyotini beshta formatsiyaga bo lib o rganish ilmiy-nazariy, mantiqiy tarixiy va metodologik jihatdan ham to g ri emas. ʼ ʼ ʼ ʼ Tarixiy jarayonning ob ektiv manzarasini ishlab chiqish (yaratish) uchun tarix fani muayyan ʼ metodologiyaga, umumiy tamoyillarga asoslanishi kerak. Uzoq vaqtga qadar tarix fanida sub ektivistik ʼ yohud ob ektiv-idealistik metodologiya hukmron bo lib keldi. Bunday hol tarixni buyuk insonlar – ʼ ʼ shohlar, qirollar, imperatorlar va boshqa siyosiy arboblar faoliyati tarixi sifatida tushunishga olib keldi. Ushbu yondashuvga binoan biron-bir tarixiy voqelik, hodisa ularning maqsad-muddaosi, hisob-kitoblar yoki xatolari hisobiga yuzaga kelgan, deb tushunildi. Ob ektiv-idealistik kontseptsiya tarixiy jarayonning ʼ hal qiluvchi kuchi sifatida Oliy yaratuvchi hohish-irodasi, Аbsolyut ideya ekanligini asoslab berdi. Jamiyatni nima harakatga keltiradi va uning manbai qaerda, degan masala diniy fenomenning ilk ko rinishi bo lgan asotirda o z ifodasini topgan. Masalan, yunon shoiri Gesiodning (yangi eramizdan ʼ ʼ ʼ avv. V asr) poemasida quyidagicha hikoya qilinadi: Olimp tog idagi tangrilar insonning birinchi avlodini ʼ baxtli qilib yaratdilar. Bu avlod yashagan davr oltin asr bo lgan. Kishilar g am-tashvishsiz, rohat- ʼ ʼ farog atda, huddi xudolarday hayot kechirganlar. Ular yordamga muhtojlik, keksalikni bilmaganlar. ʼ Qo l-oyoqlari kuchli va xastaliklardan xoli bo lganlar. Uzoq davom etgan umrdan so ng yuz bergan ʼ ʼ ʼ o lim osoyishta va tinch uyquga ketishday tuyulgan ʼ
Musulmon tarixnavisligida tarix “Qur on”dan boshlanadi. “Аlbatta, osmonlaru yerning mulki Ollohnikidir. U o zi ʼ ʼ tiriltiradi, o zi o ldiradi”. (“Tavba” surasi, 116-bet). Qur on va hadislarda islom dini yoyilishining asosiy ʼ ʼ ʼ bosqichlari, islom tarixiy tafakkuri o z aksini topgan. Islom yoyilishi davrida arablar tarixi “johiliyat” va islom ʼ davrlariga bo linadi. Musulmon tarixchilari, keyinchalik – Muhammad S.А.V., Аbu Bakr, Umar, Usmon va Аli ʼ chohoryorlar davri tarixi, Ummaviylar va Аbbosiylar davrini alohida ajratganlar. Аrab va fors tilidagi tarixiy asarlarda esa Payg ambarlar hayoti va faoliyati, Аvliyolar tarjimai hollari (“Manoqib”), sulolalar hukmronligi ʼ davridagi tarixni ko ramiz. Tarix sulolaviy usulda davrlashtirilgan. Musulmon tarixnavisligi tarixning ikki ʼ shaklida –umumjahon tarixi va mahalliy tarixga ajratib yoritilishi bilan farqlanadi. Mualliflar o z asarlarida tarixni ʼ turli usullarda davrlashtirganlar va bu usullar, masalan, “Payg ambarlar, xalifalar va shohlar tarixi”, “Аjam ʼ shohlarining tarixi”, “Tarixi Buxoro” kabi nomlanishda va mualliflarning ijodiy talqinlarida o z ifodasini topgan. ʼ Xulosa qilib aytganda, musulmon tarixnavisligi sulolaviy xronologik davrlashtirish asosida yozilgan. O rta asr ʼ davri fanida ulkan ilmiy ishlarni amalga oshirgan Аbu Rayhon Beruniyning, tarix yozishdagi uslubini o rganish ʼ katta ahamiyatga ega. Uning bizgacha yetib kelgan yirik tarixiy asarlaridan “Аl-Osor ul-boqiya” – “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobi ayniqsa, diqqatga sazovordir. Beruniy bu asarida “Biror o tib ketgan ʼ yilning avvalida hisobga olinadigan ma lum bir muddatga tarix deyiladi”, - deb yozadi. Bu bilan u tarixga, tarixiy ʼ xronologiyaga birinchi bor ta rif beradi: Olim tarixni yozishda ungacha bo lgan xalqlar tarixining boshlanishi ʼ ʼ qanday bo lganligini tushuntirib o tadi. U turli xalqlar o z tarixlarini yozishda “Payg ambarlar”, “Qudratli ... ʼ ʼ ʼ ʼ podshohlar”, “To fon”, “zilzila, halokatli yer yutish” va hokazolar kabi hodisalarni boshlanish davri deb ʼ ko rsatadi: “bunday hodisalar orqali ma lum vaqtlar, tarixlar aniqlanadi, dunyo va dinga oid barcha ishlarda ʼ ʼ bunga ehtiyoj seziladi”, - deb yozadi.
Beruniy u yoki bu tarixiy voqealarni yozishda keng qamrovli kuzatish, dalillarni sinchkovlik bilan aniqlash, bir voqea haqidagi turli fikrlarni chuqur o rganish va uning “rosti”ni topib yozishga harakat qiladi. Olim asarni o quvchi uchun ʼ ʼ tushunarli bo lishini ta kidlab, u mushtariyni mushohada qilishga, o ylashga majbur etish lozimligini uqtiradi. U birinchi ʼ ʼ ʼ bo lib, inson hayotining turli sohalaridagi faoliyatlarini birlikda, umumiylikda ko rib talqin qiladi. Qadimiy so g diylar va ʼ ʼ ʼ ʼ xorazmliklar tarixini, afsonalarini bayon qilar ekan, voqeliklarni haqqoniy, qanday bo lsa shundayligicha tasvirlashga ʼ harakat qiladi. Tarixni xalqlar millat yoki din manfaatlaridan kelib chiqib yozmaydi. Tarixiy voqealarni izohlayotgan paytda, u hech qanday dinga, millat vakiliga, davlat yoki davlat arbobiga bo ysunmaydi. Holbuki, o sha davrlarda islom ʼ ʼ dini davlat siyosati darajasiga ko tarilgan, davlat sohiblari o z nomlarini ulug lash uchun hech qanday narsadan tap ʼ ʼ ʼ tortmaydigan bir paytda, u tarixni buzib ko rsatishni, yolg onni yozishni eng og ir gunoh deb bilgan. ʼ ʼ ʼ XIX asr o rtalarida ʼ nemis mutafakkiri K.Marks tarix tadqiqining metodologik kamchiliklarini tugatish, uni ilmiy asosda o rganish maqsadida ʼ tarixni tushuntirishning materialistik kontseptsiyasini yaratdi. Tarix formatsiyaviy yondashuv asosida, ya ni insoniyat o z ʼ ʼ tarixiy taraqqiyotida besh asosiy bosqich – formatsiyani (ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va kommunizm (sotsializm – kommunistik formatsiyaning birinchi fazasi) bosib o tishida izohlanadi. Ijtimoiy inqilob vositasida ʼ navbatdagi formatsiyaga o tiladi. Sinfiy kurash – tarixni harakatga keltiruvchi kuch, inqiloblar – “tarix lokomotivi”, deb ʼ e lon qilingan. Tarixni bilish va tushuntirishda formatsiyaviy yondashuv kamchiliklardan xoli emas edi. Birinchidan, ʼ Marks chiziqli tarixiy taraqqiyot tarafdori bo lgan. Formatsiya nazariyasi Yevropa tarixiy yo lining yig indisi sifatida ʼ ʼ ʼ shakllangan edi. Ba zi bir mamlakatlar mazkur sxemaga tushmasdan “Osiyocha ishlab chiqarish usuli”ga o tkazib ʼ ʼ yuborildi. Ikkinchidan, “formatsiyaviy yondashuvga har qanday tarixiy voqelikni ishlab chiqarish usuliga, iqtisodiy munosabatlar tizimiga qat iy bog lab qo yilishi xarakterlidir. Marks qarashlariga ko ra, taraqqiyot ishlab chiqaruvchi ʼ ʼ ʼ ʼ kuchlar rivojlanishiga, ishlab chiqarish usulining almashuviga tayanadi. Lekin taraqqiyotni bunday tushunishda inson hamda ma naviy omillarning o rni tarixda lozim darajada aks etmaydi. Holbuki, tarix, dastavval inson tarixi – kishilar ʼ ʼ tarixidir