logo

TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI 2

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

765.283203125 KB
•
MAVZU: TALAB VA TAKLIF 
NAZARIYASI
         REJA
 
 
1. TALAB	 TUSHUNCHASI	 VA	 UNING	 MIQDORIGA	  
TA‘SIR	
 ETUVCHI	 OMILLAR.	 TALAB	 QONUNI.
2.	
 TAKLIF	 TUSHUNCHASI.	 TAKLIF	 MIQDORIGA	 
TA‘SIR	
 ETUVCHI	 OMILLAR.	 TAKLIF	 QONUNI.
  3.	
 TALAB	 MIQDORI	 VA	 TAKLIF	 MIQDORI	 
O’RTASIDAGI	
 NISBATNING	 O’ZGARISHI.	   
  •
Talab tushunchasi	 va	 uning	 miqdoriga	 
•
ta‘sir	
 etuvchi	 omillar.	 Talab	 qonuni.
•
Kishilarning  ehtiyoji  ilmiy  va  hayotiy  tushuncha  bo’lib,  iqtisodiy  taraqqiyotning  barcha 
bosqichlarida amal qilib kelmoqda, chunki bu tushuncha kishilarning hayotiy vositalarga bo’lgan 
zaruriyatini  bildiradi.  Ehtiyojning  bozor  iqtisodiyoti  sharoitidagi  ko’rinishi  va  amal  qilishi 
talabdir.  Lekin  talab  ehtiyojdan  farq  qiladi  va  mustaqil  iqtisodiy  kategoriya  (ilmiy  tushuncha) 
sifatida  amal  qiladi.  Uning  farqi  shundan  iboratki,  kishilarning  ehtiyoji  o’sib  boraveradi, 
cheksizdir. U pul bilan ta‘minlansa va sotib olish kurbiga ega bo’lgan taqdirda talabga aylanadi.
•
Demak, aytish mumkinki, talab – bu pul bilan ta‘minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj sotib olish uchun 
zarur bo’lgan pul bilan ta‘minlanmasa, u “xoxish”, “istak” bo’lib qolaveradi. Bozordagi  narxlarni  o’zgarib  turish  darajasida  iste‘molchilarning 
tovar  va  xizmatlarning  ma‘lum  turlarini  va  ma‘lum  miqdorlarini  sotib 
olishga layoqati bo’lgan ehtiyoj talab deyiladi.
Talablar  turlicha  bo’ladi.  Bir  xil  tovar  va  xizmatga  bo’lgan  talabning 
ikki turi bor va ular bir-biridan farq qilinadi. Shu boisdan, yakka talab va 
bozor talabi bo’ladi.
Har  bir  iste‘molchining,  ya‘ni  alohida  shaxs,  oila,  korxona,  firmaning 
moddiy  va  nomoddiy  ne‘matlarga  bo’lgan  talabi  –  bu  yakka  talab 
deyiladi.  Bir  qancha  iste‘molchilarning  tovarlar  va  xizmatlarga  bo’lgan 
talablari yig’indisi bozor talabi deyiladi.
Misol  keltiramiz.  Bir  kg  kartoshkani  narxi  600  so’m  bo’lsa,  talab  5  kg 
bo’ladi (bir oy davomida). 500 so’m bo’lsa, 7 kg bo’ladi, 300 so’m bo’lsa, 
talab  10  kg  chiqadi.  Bozor  talabi  esa,  1  tonna,  2  tonna,  4  tonna  va 
xaqozo bo’lishi mumkin.
Mahsulot  narxi  va  sotib  olinadigan  tovar  miqdori  o’zgarishi  o’rtasida 
bo’ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlik talab qonuni deyiladi.
Talab  miqdori  va  hajmi  faqat  narxga  bog’liq  bo’lib  qolmasdan,  bir 
qator omillar ham ta‘sir qiladi: •
1.  Iste‘molchilarning  didi,  ya‘ni  tovarlar  va  xizmatlarni  sotib  olishga  yoki  olmaslikka  moyilligi  yoki 
moyil emasligidir.
•
2. Bozor iste‘molchilarning soni.
•
3. Iste‘molchilarning daromadlari
•
4. Bir-biriga bog’liq tovarlarning narxi
•
5. Kelajakda narx va daromadlarning o’zgarishi ehtimoli.
•
Ana shu omillar o’zgarishi talab hajmining o’zgarishiga qanday ta‘sir ko’rsatishga harakat qilamiz:
•
1.  Biron-bir  tovarga  iste‘molchining  didida  ijobiy  o’zgarish  ro’y  bersa,  narxning  tegishli  darajasida 
unga bo’lgan talab ortadi va aksincha bo’ladi.
•
2.  Bozorda  iste‘molchilar  soni  ko’paysa,  talab  ortadi,  iste‘molchilarning  soni  kamaysa  talab 
qisqaradi. •
Masalan,  aloqa  vositalarining  takomillashuvi  xalqaro  moliyaviy  bozor  doirasini,  undagi 
qimmatli  qog’ozlarning  oldi-sotdi  jarayonlarida  ishtirok  etuvchilar  sonini  mislsiz  kamaytiradi 
hamda  aktsiya  va  obligatsiya  kabi  moliyaviy  aktivlarga  bo’lgan  talabning  o’sishiga  olib  keladi. 
Tug’ilish darajasining pasayishi bolalar bog’chasi va maktabga bo’lgan talabni kamaytiradi.
•
3.  Pul  daromadi  o’zgarishining  talab  hajmiga  ta‘siri  boshqa  omillarga  qaraganda  ancha 
murakkab.  Daromad  yuqori  bo’lsa,  iste‘molchilar  yuqori  sifatli  tovarlarni  xarid  qiladilar  va 
aksincha. Masalan, non, kartoshka o’rnida go’sht, asal va sut maxsulotlari xarid qilinadi.
•
Daromadning o’zgarishi bilan talab miqdori to’g’ri bog’liqlikda o’zgaradigan tovarlar oliy 
toifali  tovarlar  deyiladi.  Daromadlar  o’zgarishi  bilan  talab  miqdori  teskari  bog’liqlikda 
o’zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi. •
Iste‘molchilar  daromadi  va  ular  tomonidan  sotib  olinadigan  tovarlar  miqdori  o’rtasidagi 
bog’liqlik  nemis  iqtisodchisi  va  statisti  Ernst  Engel  (1821-1896)  tomonidan  chuqur  tadqiq 
etilgan. Shunga ko’ra, iste‘molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bo’lgan 
tovarlar  miqdori  o’rtasidagi  o’zaro  bog’liqlik  Engel  qonuni  deyiladi.  Haqiqatan  ham,  aholi 
daromadlari  o’sib  borishi  bilan  tovarlar  ko’proq  xarid  qilinadi,  daromadlar  pasaysa 
(kamaysa) xarid qilish ham pasayadi.
•
Past  toifali  tovarlar  uchun  Engel  egri  chizig’i  pasayuvchi  ko’rinishda  bo’lib,  daromadlar 
oshib  borishi  bilan  iste‘molchilar  ularni  kamroq  miqdorda  sotib  oladilar.  Agar  tovarning 
iste‘moli daromad darajasiga bog’liq bo’lmasa, u xolda Engel egri chizig’i tik holda bo’ladi. 4 .  O’zaro  bog’liq  tovarlar  narxi  o’zgarishining  talabga  ta‘sirini  o’rganishda 
ularning 2 guruhga ajratish maqsadida muvofiq bo’ladi:
1) o’zaro bir-birini almashtiruvchi yoki o’rinbosar tovarlar;
2) o’zaro bir-birini to’ldiruvchi tovarlar.
Masalan,  sariyog’  narxining  oshishi  margaringa  bo’lgan  talabning  ortishiga  olib 
keladi.  Agar  avtomobilning  narxi  oshsa  benzindan  bo’lgan  talab  qisqaradi  va 
aksincha bo’ladi.
5.  Kelgusida  iste‘molchi  daromadlari,  tovar  narxi  o’zgarishining  kutilishi  va 
tovarlar  miqdorining  yetarli  bo’lishi  yoki  bo’lmasligi  kabi  omillar  talab  hajmining 
o’zgartirishi  mumkin.  Kelgusida  narxning  nisbatan  oshishining  kutilishi,  iste‘molchi 
jooriy talabining oshishiga olib keladi va aksincha bo’lishi mumkin. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga
ta‘sir etuvchi omillar. Taklif qonuni.
Bozor  narxlarining  amaldagi  darajasida  ma‘lum  davr  oralig’ida  ishlab 
chiqaruvchi  yoki  sotuvchilar  tomonidan  tovarlar  va  xizmatlarning 
belgilangan miqdorini bozorga chiqarilishi taklif deyiladi.
Bozor  narxining  o’zgarishi  bilan  taklif  ham  o’zgaradi.  Taklif  narxlarning 
turli  darajasida  qancha  miqdordagi  mahsulotning  sotishga  chiqarilishini 
bildiradi.  Masalan,  1  kg  kartoshka  450  so’m  bo’lsa,  bir  oy  davomida  uning 
yakka  taklifi  miqdori  60  kg  bo’ladi,  1  kg  300  so’m  bo’lsa,  50  kg  taklif 
bo’ladi.  Bir  oy  davomida  uning  bozor  taklifi  miqdori  quyidagi  bo’ladi: 
(tonna) 350 – 6,0; 300 – 5,0; 200 – 2,0 va 150 – 1,0 tn taklif qilinadi. •
Narxning o’zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to’g’ri bog’liqlikdagi o’zgarishi taklif qonuni deyiladi. 
•
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari boshqa bir qator omillar ham ta‘sir qiladi:
•
1. Resurslarning narxi;
•
2, Ishlab chiqarish texnologiyasi;
•
3. Soliq va subsidiyalar;
•
4. Boshqa tovarlarning narxi;
•
5. Narx o’zgarishining kutilishi;
•
6. Bozordagi sotuvchilarning soni;
•
7, Xaridorlarning daromadlari.
•
Bu omillarni har birini tushuntirishga harakat qilamiz:
•
-  resurslarga  sarf  qilinadigan  xarajatlar  bilan  taklif  o’rtasida  o’zaro  bog’liqlik  mavjud.  Resurs  narxi  pasayishi  ishlab  chiqarish 
xarajatlarini  kamaytiradi.  Natijada  taklif  qilinadigan  tovarlar  va  xizmatlar  ko’payadi  va  aksincha  bo’ladi.  Masalan,  mineral  o’g’itlar 
narxini oshib borishi g’alla taklifini kamaytiradi. •
Talab miqdori	 va	 taklif	 miqdori	 o’rtasidagi	 
•
nisbatning	
 o’zgarishi.	 Bozor	 muvozanati .
•
Talab  bilan  taklif  miqdorlari  bir-birlari  bilan  doimo  ma‘lum  nisbatda  bo’ladi  va  nisbatlar  o’zgarib  turadi.  Ba‘zan 
talab  miqdori  taklif  miqdoridan  oshib  ketib,  narx  ko’tarilsa,  ayrim  paytda  taklif  miqdori  talab  miqdoridan  oshib 
ketib, narx pasayib qoladi.
•
Talab miqdori bilan taklif miqdori o’rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo’lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor 
muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi.
•
Talab va taklif tushunchalari tahlili, sotuvchi va xaridorlar manfaatlari mos kelishini qarab chiqish imkonini berdi, 
ular o’rtasidagi mos kelishlik o’z ifodasini muvozanatli narxda topadi.
•
Talab  narxga  qandaydir  darajada  egiluvchan  bo’ladi.  Masalan,  narxning  bir  foizga  o’zgarishi  talabning  necha 
foizga o’zgarishini ifodaluvchi ko’rsatkich talabning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi deyiladi.

• MAVZU: TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI

REJA     1. TALAB  TUSHUNCHASI  VA  UNING  MIQDORIGA    TA‘SIR  ETUVCHI  OMILLAR.  TALAB  QONUNI. 2.  TAKLIF  TUSHUNCHASI.  TAKLIF  MIQDORIGA   TA‘SIR  ETUVCHI  OMILLAR.  TAKLIF  QONUNI. 3.  TALAB  MIQDORI  VA  TAKLIF  MIQDORI   O’RTASIDAGI  NISBATNING  O’ZGARISHI.      

• Talab tushunchasi  va  uning  miqdoriga   • ta‘sir  etuvchi  omillar.  Talab  qonuni. • Kishilarning ehtiyoji ilmiy va hayotiy tushuncha bo’lib, iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida amal qilib kelmoqda, chunki bu tushuncha kishilarning hayotiy vositalarga bo’lgan zaruriyatini bildiradi. Ehtiyojning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ko’rinishi va amal qilishi talabdir. Lekin talab ehtiyojdan farq qiladi va mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Uning farqi shundan iboratki, kishilarning ehtiyoji o’sib boraveradi, cheksizdir. U pul bilan ta‘minlansa va sotib olish kurbiga ega bo’lgan taqdirda talabga aylanadi. • Demak, aytish mumkinki, talab – bu pul bilan ta‘minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj sotib olish uchun zarur bo’lgan pul bilan ta‘minlanmasa, u “xoxish”, “istak” bo’lib qolaveradi.

Bozordagi narxlarni o’zgarib turish darajasida iste‘molchilarning tovar va xizmatlarning ma‘lum turlarini va ma‘lum miqdorlarini sotib olishga layoqati bo’lgan ehtiyoj talab deyiladi. Talablar turlicha bo’ladi. Bir xil tovar va xizmatga bo’lgan talabning ikki turi bor va ular bir-biridan farq qilinadi. Shu boisdan, yakka talab va bozor talabi bo’ladi. Har bir iste‘molchining, ya‘ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning moddiy va nomoddiy ne‘matlarga bo’lgan talabi – bu yakka talab deyiladi. Bir qancha iste‘molchilarning tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talablari yig’indisi bozor talabi deyiladi. Misol keltiramiz. Bir kg kartoshkani narxi 600 so’m bo’lsa, talab 5 kg bo’ladi (bir oy davomida). 500 so’m bo’lsa, 7 kg bo’ladi, 300 so’m bo’lsa, talab 10 kg chiqadi. Bozor talabi esa, 1 tonna, 2 tonna, 4 tonna va xaqozo bo’lishi mumkin. Mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o’zgarishi o’rtasida bo’ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlik talab qonuni deyiladi. Talab miqdori va hajmi faqat narxga bog’liq bo’lib qolmasdan, bir qator omillar ham ta‘sir qiladi:

• 1. Iste‘molchilarning didi, ya‘ni tovarlar va xizmatlarni sotib olishga yoki olmaslikka moyilligi yoki moyil emasligidir. • 2. Bozor iste‘molchilarning soni. • 3. Iste‘molchilarning daromadlari • 4. Bir-biriga bog’liq tovarlarning narxi • 5. Kelajakda narx va daromadlarning o’zgarishi ehtimoli. • Ana shu omillar o’zgarishi talab hajmining o’zgarishiga qanday ta‘sir ko’rsatishga harakat qilamiz: • 1. Biron-bir tovarga iste‘molchining didida ijobiy o’zgarish ro’y bersa, narxning tegishli darajasida unga bo’lgan talab ortadi va aksincha bo’ladi. • 2. Bozorda iste‘molchilar soni ko’paysa, talab ortadi, iste‘molchilarning soni kamaysa talab qisqaradi.