logo

Tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida.

Yuklangan vaqt:

23.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.5771484375 KB
Tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida.
Reja:
Kirish
1.Tarbiyaviy   ishlar   metodikasi   fanining   maqsad   va   vazifalari.   Asosiy
kategoriyalari.
2.Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabitorlar Kirish
Har qanday jarayon muayyan natijaga erishishga qaratilgan qonuniy va izchil
xarakatlar majmuasidan iborat bo`ladi. Tarbiya jarayoni natijasi har tomonlama va
uyg‘un kamol topgan, yangi mustaqil o`zbekiston ravnaqini ta’minlaydigan komil
insonni   shakllantirishdan   iborat.   Bu   jarayon   ikki   tomonlama   bo`lib,   uyushtirish,
rahbarlik   va   tarbiyalanuvchining   faolligini   talab   etadi.   Bu   jarayonda   o`qituvchi
yetakchi-chunki   u   tarbiya   maksadlarini   amalga   oshirish   faqturini   ishlab   chiqadi,
tarbiya   shakllari,   metod   va   usullarini   asosli   tarzda   tanlab   oladi   va   tadbik   etadi.
Tarbiya   mohiyati-muayyan   voqea   rivojlanishining   asosiy   belgilari   va
tendensiyalarini belgilovchi chuqur aloqalarni, ichki munosabatlarini aks ettiradi.
1.   Shaxs   tarbiyaning   qonuniy   natijasi   sifatida   yaxlit   mavjudotdan   iborat.
Tarbiya   jarayonida   bolaning   shaxsiyati   ayrim-ayrim   emas,   yaxlit   kompleks
shaklida   rivojlanadi.   Bola   o`qib   rivojlanib   borgan   sari   tarbiya   fazifalari
murakkablashib, chuqurlashib, tabakalashib boradi.
2.   Tarbiya   komponentlari   o`zaro   aloqada   bo`lib,   maksad,   vazifa,   tarbiya
mazmuni, shakllari va metodlari mushtaraqligi bilan shakllantirilishi kerak.
3.   Tarbiya   jarayoni   ob’yektiv   ravishda   aqliy,   axloqiy,   mehnat,   estetik   va
jismoniy tarbiya birligini, o`quvchilarning ongi, xulq- atvori va faoliyati birligini,
tarbiya   jarayonini   tashkil   etishning   individual,   gruppali   va   ommaviy   shakllari
qo`shib olib borishini ta’minlaydigan pedagogik tizimni vujudga keltirishni va bu
tizimning amal qilishini talab etadi.
4.   Tarbiya   jarayoni   shaxsning   sotsial   qadrli   vazifalarini   shakllantirishga,
uning dunyoga-jamiyat, odamlar va o`ziga nisbatan munosabati doirasini  vujudga
keltirishga va kengaytirishga qaratilgandir.
5.   Tarbiya   ko`p   faktorlik   xarakter   ega.   Bola   shaxsi   qaror   topishida   maktab,
oila, jamoatchilik, mahalla, sotsial  muxit va turli vaziyatlar xilma-xil, bevosita va
bilvosita ta`sir ko`rsatadi. Bolani hamma narsa tarbiyalaydi.
6.   Tarbiya   uzoq   davom   etadigan   va   uzluksiz   jarayon   bo`lib,   kishining   umri
oxirigacha davom etadi. 7.   Tarbiya   jarayoni   natijalari   odatda   bir   xil   bo`lmaydi.   Bu   narsa   ko`pgina
sabablarga,   o`quvchilarning   individual-tipalogik   tafovutlariga,   ularning   ma’naviy
tajribasiga, shaxsiy pozitsiyasiga bog‘liq.
8. Tarbiya o`z-o`zini tarbiyalash, qayta tarbiyalash bilan qo`shib olib boriladi.
Tarbiya   kuch,   xosiyati   haqidagi   sharq   buyuk   olimlarining   pedagogik   qarashlari
katta ahamiyat kasb etadi.  Ma’lumki, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Al Xorazmiy va
boshqalarning   g‘oyalri   hamda   pedagogik   qarashlari   ijtimoiy   pedagogik   fikr
taraqqiyotining dunyoviy jarayoniga ko`p jihatdan ta’sir ko`rsatadi. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari. Asosiy
kategoriyalari.
Tarbiya–   shaxsda   muayyan   jismoniy,   ruhiy,   axloqiy,   ma’naviy   sifatlarni
shakllantirishga   qaratilgan   amaliy   pedagogik   jarayon,   insonning   jamiyatda
yashashi   uchun   zarur   bo‘lgan   xususiyatlarga   ega   bo‘lishini   ta’minlash   yo‘lida
ko‘riladigan   chora-tadbirlar   yig‘indisi.   Tarbiya   insonning   insonligini
ta’minlaydigan   eng   qadimgi   va   abadiy   qadriyatdir.   Tarbiya   –   har   bir   insonning
hayotda   yashashi   jarayonida   orttirgan   saboqlari   va   intellektual   salohiyatlarining
ijobiy   ko‘nikmasini   o‘zgalarga   berish   jarayoni.   Chunonchi,   tarbiya   keng   sotsial
ma’noda   ijtimoiy   hodisa   sifatida   qo‘llanilganda   jamiyatning   barcha   tarbiyaviy
vositalarini o‘z ichiga oladi.
Tarbiyaning  ob’ektiv  qonunlari   – o‘quv-tarbiyaviy  jarayonni   tashkil   etish  va
ijtimoiy   hayotning   shaxsni,   uni   o‘ziga   xosligi   hamda   sifatlarini   shakllantirish
talabalardagi   turg‘un   bo‘lgan   an’analardir.   Darhaqiqat,   tarbiya   ijtimoiy   hayot
uchun zarur bo‘lgan hodisalardir. Tarbiya yuksak ma’naviy, jismoniy barkamollik,
yaxshining   yomondan   farqini   anglash,   yuksak   insoniy   fazilatlarini   shakllantirish
qudratiga   egadir.   Tarbiya   kishilik   jamiyatining   xamma   bosqichlarida   rivojlanib,
o‘sib,   avloddan-avlodga   vorislik   vazifasini   bajaradigan   hodisa.   Lekin   har   bir
jamiyatda tarbiyaning maqsadi,   vazifasi , mazmuni o‘ziga xosligi bilan farq qiladi.
Tarbiya   fanining   asosiy   vazifasi   yosh   avlodni   ma’naviy-ahloqiy   jihatdan
tarbiyalashda   xalqning   boy   milliy,   ma’naviytarixiy   merosimizga,   umumbashariy
qadriyatlarga,   urf-odatlar   va   ananalarga   tayanib,ongli   shaxslarni   intelektual
salohiyatli qilib tarbiyalashdir.
Tarbiya fanining vazifalari quyidagilardan iborat.
-   o’quvchilar   jamoasining   tarbiyalanganlik   darajasini   o’rganib,   unga
tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish mahoratiga ega bo’lish ;
-   tarbiyaviy   ish   va   tadbirlar   uchun   zarur   bo’lgan   metodlarni   tanlab,
ko’zlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarini ko’ra bilish ;
- ilg’or tajribalarni tahlil qilish va uni o’z faoliyatida ijodiy foydalanish ; -  tarbiyaviy  ishlarning  o’quvchilar  ruhiyatiga  qanchalik ijobiy  ta’sir   etganini
kuzatib, uni yanada rivojlantirish va takomillashtirish ;
- tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’z bilimini doimiy rivojlantirib
borishi   lozim.   Darsda   va   darsdan   tashqari   mashg’ulotlarda   tarbiyaviy   ishlarni
tashkil etish bilan birga DTS lariga mosligiga e’tibor qaratish zarur bo’ladi.
1.   Tarbiyaviy   ishlar   jarayonida   barkamol   avlodni   tarbiyalash   muhim   o’rin
tutadi.   Aniq   maqsadga   qaratilgan   tarbiya   ishida   jamoaga   va   ba’zi   bir   talablarga
ta’sir qilishini tashkil etish tarbiyaviy ishlarning asosini belgilaydi.
2. Tarbiyaviy ishlarning asosiy jihati barkamol avlodni har tomonlama kamol
topishini   hisobga   olgan   holda   ularning   tarbiyaviy   jihatiga   e’tiborni   qaratish   zarur
bo’ladi. Shuning uchun o’qituvchi va tarbiyachilar yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarni
tashkil qilishda metodikaga tayanish maqsadga muvofiqdir.
Tarbiyasiz   alohida   odam   ham,   kishilik   jamiyati   ham   mavjud   bo‘la   olmaydi.
Chunki   odam   va   jamiyatning   mavjudligini   ta’minlaydigan   qadriyatlar   tarbiya
tufayligina   bir   avloddan   boshqasiga   o‘tadi.   Pedagogik   adabiyotlarda   «Tarbiya»
atamasi   keng   va   tor   ma’nolarda   ishlatiladi.   Keng   ma’noda   tarbiya   inson   shaxsini
shakllantirishga,   uning   jamiyat   ishlab   chiqarishi   va   ijtimoiy,   madaniy,   ma’rifiy
hayotida   faol   ishtirokini   ta’minlashga   qaratilgan   barcha   ta’sirlar,   tadbirlar,
harakatlar, intilishlar yig‘indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila,
maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas,
balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g‘oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio,
televidenieva   boshqalarni   ham   o‘z   ichiga   oladi.   Shuningdek,   keng   ma’nodagi
tarbiya   tushunchasi   ichiga   ta’lim   va   ma’lumotolish   ham   kiradi.   Tor   ma’noda
tarbiya shaxsning jismoniy rivoji,   dunyoqarashi , ma’naviyaxloqiy qiyofasi, estetik
didi   o‘stirilishiga   yo‘naltirilgan   pedagogik   faoliyatni   anglatadi.   Buni   oilava
tarbiyaviy   muassasalar   hamda   jamoat   tashkilotlari   amalga   oshiradi.   Ta’lim   va
ma’lumot   olish   tor   ma’nodagi   tarbiya   ichiga   kirmaydi.   Lekin   har   qanday   tarbiya
ta’lim   bilan   chambarchas   bog‘liq   holdagina   mavjud   bo‘ladi.   Chunki   ta’lim   va
ma’lumot   olish   jarayonida   shaxsning   faqat   bilimi   ko‘payibgina   qolmay,   balki
axloqiy-ma’naviy sifatlari qarortopishi ham tezlashadi. Tarbiya   har   qanday   jamiyat   va   har   qanday   mamlakathayotida   halqiluvchi
ahamiyat kasbetadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a’zolarining tarbiyasi bilan
yetarlicha shug‘ullanmagan mamlakat turg‘unlikva inqirozga mahkumdir. Negaki,
o‘sishi   va   rivojlanishi   uchun   har   qanday   jamiyatda   ham   moddiy   va   ma’naviy
boyliklar ishlab chiqarish to‘xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun
yosh   avlodmoddiy   va   ma’naviy   boyliklar   yetishtirishni   ajdodlari   darajasida,
ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday
moddiy va ma’naviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz
ravishda   samarali   faoliyat   ko‘rsatadigan   tarbiyaviy   ishlar   tizimiga   ega   bo‘lishi
lozim.
Tarbiya   jamiyat   taraqqiyotining   turli   davrlarida   turlicha   izohlab   kelingan.
Sho‘ro   zamonida   hukmron   kommunistik   mafkura   tarbiyaga   sinfiy   va   partiyaviy
hodisa   sifatida   yondashishni   talab   etgan.   Shuning   uchun   ham   sinfiy   jamiyatda
tarbiya faqat sinfiy xususiyatga ega bo‘ladi va turli sinflarning tarbiyasi bir-biriga
qarama-qarshi   turadi,   degan   qarash   qaror   topgan.   Holbuki,   dunyo   ilmi ,   ayniqsa,
Sharq   tarbiyashunosligi   va   o‘zbek   xalq   pedagogikasi   tajribasi   tarbiyaning   sinfiy
ko‘rinishga   ega   emasligini   isbot   etdi.   Shuningdek,   kommunistik   mafkura   tazyiqi
tufayli   tarbiyada   ijtimoiy   muassasalarning   o‘rniga   ortiqcha   baho   berildi,   bu
jarayonda irsiy va biologik xususiyatlar deyarli hisobga olinmadi.
Sho‘rolar   pedagogikasida   tarbiya   orkali   har   qanday   odamni   istagan   ijtimoiy
qiyofaga   solish   mumkin,   degan   qarash   hukmron   bo‘lganligi   uchun   ham   uning
shaxsni   shakllantirishdagi   o‘rniga   ortiqcha   baho   berildi.   Tarbiyalanuvchi
shaxsining   tarbiyaga   berilish   yoki   berilmaslik   xususiyatlarining   hisobga
olinmasligi   tarbiyaviy   tadbirlarga   mahliyo   bo‘lishdek   pedagogik   xatolikka   olib
keldi.   Buning   natijasida   tarbiya   maqsadsiz   bo‘lib   qoldi,   tarbiyalanuvchilarga
alohida shaxssifatida emas, istalgan ijtimoiy yo‘nalishga solinishi mumkin bo‘lgan
qiyofasiz   to‘da,   olomon   tarzida   qarash   qaror   topdi,   Bu   holtarbiyaning
samarasizligiga   olib   keldi.   Chunki   tarbiyaning   asosiy   ob’ekti   bo‘lmish   shaxs   va
uning   o‘ziga   xoslik   jihatlari   unutilgan   edi.   Sho‘ro   pedagogik   tizimidagi
kamchiliklarning ildizi, asosan, manashu yondashuv tarziga borib taqaladi. O‘zbekiston   mustaqillikka   erishgach,   tarbiya   va   unga   bog‘liq   jarayonlarga
yangi hamda sog‘lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa
boshladi. Uni izohlashda g‘ayriilmiy sinfiy-partiyaviy yondashuvdan voz kechildi.
Tarbiyaning   milliyligiga   alohida   e’tibor   qaratil   moqda.   Buning   uchun   xalq
pedagogikasi   boyliklari,   o‘zbek   mutafakkirlarining   pedagogik   qarashlari
sinchkovlik   bilan   o‘rganilayotir.   Natijada,   O‘zbekiston   pedagogika   fani   va
amaliyotida   oila   tarbiyasining   ham,   ijtimoiy   tarbiyaning   ham   o‘ziga   xos   o‘rni
borligi   tan   olina   boshlandi.   Shuningdek,   tarbiyada   irsiy   va   biologik   omillar   ham
hisobga   olinadigan   bo‘ldi.   Ayni   vaqtda,   shaxsning   shakllanishida   tarbiyaning
o‘rniga   keragidan   ortiq   baho   berish   ham   barham   topdi.   Bu   hol   tarbiyaga   doir
hodisa va holatlarni to‘g‘ri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini to‘g‘ri tayin etish
imkonini berdi.
Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.
Yoshlarini barkamol insonlar qilib tarbiyalash borasida qaysi yo‘lni tanlamoq,
nimalarga   diqqat-e’tiborni   qaratmoq   lozim?   Nima   qilganda   ijobiy   natijaga
erishiladi?   Bu   savollar   tarbiya   fanining   eng   muhim   muammolari   hisoblanadi.
O‘zbekistonning   hozirgi   davri ,   bundan   keyingi   taraqqiyoti   va   istiqboli   hamda
mustaqilligining   ijtimoiy,   iqtisodiy,   siyosiy,   huquqiy,   madaniy-ma’naviy
zaminlarini   mustahkamlash   uchun   yosh   avlodga   dunyo   standartlari   talabi
darajasida bilim berishimiz suv va havodek zarurdir. Demak, oldimizda turgan eng
muhim   va  dolzarb  muammolardan  biri   -  O‘zbekiston   hududida  yashovchi  har  bir
fuqaroni, har bir millat, elat kishilarini va ularning farzandlarini barkamol insonlar
qilib   tarbiyalash,   mustaqil   respublikamizning   ongli   fidoiysiga   aylantirishdir.
Chunki   jamiyat   manfaati   yo‘lida   o‘zidagi   barcha   bilim,   qobiliyat   va   iste’dodini
baxshida   etishga   tayyor   turgan   yetuk   insonlar,   uddaburon   yoshlar,   fidoiylar
bo‘lmasa,   O‘zbekistonni   dunyodagi   eng   ilg‘or   davlatlar   safiga   qo‘shish   qiyin
kechadi.
Yoshlarimizni tarbiyalash uchun birinchi galda sharq mutafakkirlarining duru
javohirga   teng   ma’naviy   meroslari   dasturilamal   bo‘la   oladi.   Abu   Nasr   Forobiy,
Axmad   Yassaviy,   Baxovuddin   Naqshband,   Ismoil   Al-Buxoriy ,   Abu   Rayhon Beruniy,   Abu   Ali   Ibn   Sino,   Al-Xorazmiy,   Al-Farg‘oniy,   Firdavsiy,   Amir   Temur,
Navoiy va  Bobur   singari  jahonga  taniqli  va  shular   singari  boshqa  aql   egalarining
ijtimoiy-siyosiy,   falsafiy   ta’limotlariga   tayanib   ish   ko‘rilsa   tarbiya   ta’sirchanligi
yanada   mukammallik   kasb   etadi.   O‘zining   o‘tmish   madaniy   merosini   chuqur
bilmagan   va   e’zozlamagan   odam,   o‘z   shajarasini,   avlod-ajdodlari   bosib   o‘tgan
yo‘lni,   milliy   istiqlolimiz,   erkimiz   va   ozodligimiz   yo‘lida   jasorat   ko‘rsatgan
Shiroq,   To‘maris,   Jaloliddin   Manguberdi   va   boshqa   buyuk   zotlar,   xalq
qasoskorlarining   nomlari,   kurashlarining   tub   mohiyatini   ilg‘ay   olmaydi.
Yuqoridagi   fikrlardan   ko‘rinib   turibdiki,   yosh   avlodlarni   tarbiyalab   yetishtirish   –
muqaddas   burchimiz,   ornomusimiz.   Lekin,   ijobiy   axloqiy   xislatlarni   tarbiyalab
yetishtirish   oddiy,   jo‘n   ish   emas.   U   kunlab ,   oylab,   yillab   va   hatto   o‘n   yillab   oliy
maqsad   yo‘lida   sabr-toqat,   chidam   va   qat’iyatlilik,   irodaviy   sifatlarni   safarbar
etishimizni taqozo etadigan insoniy vazifamizdir. Hozirgi paytda mamlakatimizda
yoshlar orasidan eng iqtidorli, salohiyatlilarini tanlab, saralab olib, ularning ilmiy,
madaniy-ma’naviy   jihatdan   kamolotga   erishishlari,   zamonaviy   fan-texnika
asoslarini   chuqur   o‘zlashtirib   olishlari   uchun   g‘amxo‘rlik   qilmoqda.   O‘zbekiston
Respublikasining  ertangi  hayoti, porloq istiqboli  nazarda tutilib, ko‘pgina yoshlar
bir   qanchi   xorijiy   mamlakatlarga   tahsil   olish   uchun   yuborilishi   fikrimizning
isbotidir.   Respublikamizda   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   qonunni   hayotga   joriy   etish,
ta’lim-tarbiyani,   sog‘liqni   saqlashishlarini,   umumiy   tibbiyot   muammolarini
zamonaviy   talablar   darajasida   olib   borish,   maktablarni   takomillashtirish,   o‘rta
maxsus   bilim   yurtlari   va   oliy   o‘quv   yurtlariga   kirish   imtixonlarini   test   usulida
o‘tkazish   borasidagi   ishlar   ham   madaniy-ma’naviy   taraqqiyotimizda   o‘zining
ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Jamiyat taraqqiyoti va shaxc kamoloti uchun bo‘lgan
ma’naviy   va   axloqiy   poklanish ,   iymon,   insof,   diyonat,   or-nomus,   mehr-oqibat,
keksalarga   hurmat   singari   insoniy   fazilatlar   o‘z-o‘zidan   paydo   bo‘lmaydi.
Hammasining   zaminida   yosh   avlodga   oilada,   umumiy   ta’lim   maktablarida,   xalq
ta’limi tizimining boshqa tarmoqlarida beriladigan ta’lim-tarbiya yotadi.
Umuman   olganda,   o‘sib   kelayotgan   yosh   avlodni   zamonamiz   ruhiga   mos,
barkamol   inson   bo‘lishlari   uchun,   tarbiyaning   tarkibiy   qismlari   (aqliy,   axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik tarbiya va politexnik ta’lim) ga yangicha nigoh tashlash
va o‘sha ta’limni amalga oshirish yo‘llarini ishlab chiqmoq lozim.
-Tarbiya katta avlod tomonidan yosh avlodga berilaigan hayotiy tajriba bo’lib
yosh   avlodning  ijtimoiy  hayotga   moslashishi   uchun   muhum   ahamiyat   kasb   etadi.
Bunga   misol   qilib   ‘’Agar   katta   avlod   yo’qolib   ketganida   insoniyat   yo’qolib
ketmasdir   balki   lekin   jamiyat   rivojlanishi   ancha   sekinlashardi   balki   umuman
yo’qolib ketishi ham mumkin’’ degan so’zlarni keltirishimiz mumkin.
-   Har   qanday   fanlarni   o’qitishning   maqsadi   yosh   avlodga   to’g’ri   tarbiya
berish,   ularning   dunyoqarashini   shakllantirishni   bilish   nazariyasining   umumiy
qonuniyatlari  asosida  hosil bo’lib, har  qanday shaxs  faoliyatida metodologik asos
bo’lib   xizmat   qiladigan   falsafa   fanining   roli   beqiyosdir.   Shuning   uchun   shaxs
tarbiyasi   jarayoni   bilan   shug’ullanadigan   tarbiyaviy   ishlar   metodikasi   fani   falsafa
fani bilan bog’liqdir.Shuning dek bolalarga to’g’ri tarbiya berish sirlarini o’z chiga
olgan pedagogika fani va bolalar ruxiy holati, diqqati, ong taraqqiyoti qonunlarini
o’zlashtirgan   psixologiya   fanlari   bn   uzviy   bog’liq   hisoblanadi.   Bundan   tashqari
anatomiya,   fiziologiyadan   ham   foydalaniladi   chunki   o’quvchilarning   organizmi
haqidagi   bilimlarni   tarbiya   jarayonida   qo’llash   tarbiya   sifatini   oshirishga   hizmat
qiladi. Xulosa
Tarbiya   kuch,   xosiyati   haqidagi   sharq   buyuk   olimlarining   pedagogik
qarashlari   katta   ahamiyat   kasb   etadi.   Ma’lumki,   Farobiy,   Ibn   Sino,   Beruniy,   Al
Xorazmiy   va   boshqalarning   g‘oyalri   hamda   pedagogik   qarashlari   ijtimoiy
pedagogik fikr taraqqiyotining dunyoviy jarayoniga ko`p jihatdan ta’sir ko`rsatadi.
Ta’lim-tarbiya   haqidagi   ta’lim   birinchi   yozma   ma’lumot   bo`lgan   «Avesto»
dan   tortib   “Qur’oni   Karim”,   Hadislarda,   Kaykovusning   «Qobusnoma»   sida,
K.Sheroziyning   «Qalila   va   Dimna»,   Nizomulkning   «Sayoxatnoma»,
M.Qashg`ariyning   «Devonu   lug‘ati-   turk»,   Y.X.Xojibning   «Qutadg‘u   bilik»,
A.Yugnakiyning   «Xibbat   ul-xaqoyiq»,   A.Navoiyning   «Maxbub   ul-qulb»,
A.Avloniyning   «Gulikton   yoki   axloq»   asarlarida   ilg‘or   pedagogik   g‘oyalar
ifodalangan,   tarbiya   kuchi,   xosiyati   ulug‘lanib   asarlarida   ilmga   tarbiya   orqali,
yaxshi   fazilatlarga   ega   tarbiya   orqali   erishiladi   deydi.   «Aflotun   qonuniyatlarini
mohiyati» va boshqa asarlarida yosh avlod bilim va madaniyatga erishishda inson
tarbiyasi, shaxs  kamolotiga alohida e’tibor  beradi. Farobiy pedagogik qarashlarda
insonning   barcha   axloqiy   imkoniyatlarini   baxt   saodatga   erishishda   birdan-bir
maqsad mevasi deydi.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037) bolalarning kelajagi haqida tug‘ilmasdan oldin
g‘amxo`rlik   qilish   kerak,   ilk   yoshligidan   boshlab   unga   rostgo`ylik,   javobgarlik,
mehribonlik   kabi   fazilatlarni,   yahshilik,   insoniylik   hissini   singdirish   zarurligini
aytadi. Ibn Sino tarbiyada ijtimoiy muhitni katta ta’sirini alohida uqtirib o`tadi. Ibn
Sino   o`z   tarbiya   tizimini   yaratadi.   Bunda   odob,   tibbiyot,   astranomiya,   falsafa,
mantiqiy,   tabiatshunoslik,   til   va   grammatika,   musulmon   qonunshunosligi   kabi
bilim   sohalari   kiritilgan   edi.   U   tarbiya   jarayoni   axloqiy,   jismoniy,   aqliy,   estetik,
mehnat (hunarga o`rgatish) tarbiyaning bir butunligini tashkil qiladi deb ko`rsatadi. ADABIYOTLAR
1. Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat.-T: O`zbekiston, 1994
2. Bobolardan bobolarga. T O`qituvchi, 1986
3. Mirtursunov Z. O`zbek Xalq pedagogikasi. T.: Fan, 1973
4. Pedagogika /A.Munavvarov Taxriri ostida. T.: O`qituvchi 1996
5. Tursunov.I.Nishonaliyev U. Pedagogika ko`rki. T O`qituvchi 1997
6. Xasanova O. va boshqalar. Pedagogika tarixi.T.: O`qituvchi 1999
7. Xoshimov K. va boshqalar. Pedagogika tarixi. T.: O`qituvchi 1996
8. Mavlanova R.A va boshqalar Pedagogika-T.: O`qituvchi 2001

Tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida. Reja: Kirish 1.Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari. Asosiy kategoriyalari. 2.Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari. Xulosa Foydalanilgan adabitorlar

Kirish Har qanday jarayon muayyan natijaga erishishga qaratilgan qonuniy va izchil xarakatlar majmuasidan iborat bo`ladi. Tarbiya jarayoni natijasi har tomonlama va uyg‘un kamol topgan, yangi mustaqil o`zbekiston ravnaqini ta’minlaydigan komil insonni shakllantirishdan iborat. Bu jarayon ikki tomonlama bo`lib, uyushtirish, rahbarlik va tarbiyalanuvchining faolligini talab etadi. Bu jarayonda o`qituvchi yetakchi-chunki u tarbiya maksadlarini amalga oshirish faqturini ishlab chiqadi, tarbiya shakllari, metod va usullarini asosli tarzda tanlab oladi va tadbik etadi. Tarbiya mohiyati-muayyan voqea rivojlanishining asosiy belgilari va tendensiyalarini belgilovchi chuqur aloqalarni, ichki munosabatlarini aks ettiradi. 1. Shaxs tarbiyaning qonuniy natijasi sifatida yaxlit mavjudotdan iborat. Tarbiya jarayonida bolaning shaxsiyati ayrim-ayrim emas, yaxlit kompleks shaklida rivojlanadi. Bola o`qib rivojlanib borgan sari tarbiya fazifalari murakkablashib, chuqurlashib, tabakalashib boradi. 2. Tarbiya komponentlari o`zaro aloqada bo`lib, maksad, vazifa, tarbiya mazmuni, shakllari va metodlari mushtaraqligi bilan shakllantirilishi kerak. 3. Tarbiya jarayoni ob’yektiv ravishda aqliy, axloqiy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiya birligini, o`quvchilarning ongi, xulq- atvori va faoliyati birligini, tarbiya jarayonini tashkil etishning individual, gruppali va ommaviy shakllari qo`shib olib borishini ta’minlaydigan pedagogik tizimni vujudga keltirishni va bu tizimning amal qilishini talab etadi. 4. Tarbiya jarayoni shaxsning sotsial qadrli vazifalarini shakllantirishga, uning dunyoga-jamiyat, odamlar va o`ziga nisbatan munosabati doirasini vujudga keltirishga va kengaytirishga qaratilgandir. 5. Tarbiya ko`p faktorlik xarakter ega. Bola shaxsi qaror topishida maktab, oila, jamoatchilik, mahalla, sotsial muxit va turli vaziyatlar xilma-xil, bevosita va bilvosita ta`sir ko`rsatadi. Bolani hamma narsa tarbiyalaydi. 6. Tarbiya uzoq davom etadigan va uzluksiz jarayon bo`lib, kishining umri oxirigacha davom etadi.

7. Tarbiya jarayoni natijalari odatda bir xil bo`lmaydi. Bu narsa ko`pgina sabablarga, o`quvchilarning individual-tipalogik tafovutlariga, ularning ma’naviy tajribasiga, shaxsiy pozitsiyasiga bog‘liq. 8. Tarbiya o`z-o`zini tarbiyalash, qayta tarbiyalash bilan qo`shib olib boriladi. Tarbiya kuch, xosiyati haqidagi sharq buyuk olimlarining pedagogik qarashlari katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Al Xorazmiy va boshqalarning g‘oyalri hamda pedagogik qarashlari ijtimoiy pedagogik fikr taraqqiyotining dunyoviy jarayoniga ko`p jihatdan ta’sir ko`rsatadi.

Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari. Asosiy kategoriyalari. Tarbiya– shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon, insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora-tadbirlar yig‘indisi. Tarbiya insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimgi va abadiy qadriyatdir. Tarbiya – har bir insonning hayotda yashashi jarayonida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko‘nikmasini o‘zgalarga berish jarayoni. Chunonchi, tarbiya keng sotsial ma’noda ijtimoiy hodisa sifatida qo‘llanilganda jamiyatning barcha tarbiyaviy vositalarini o‘z ichiga oladi. Tarbiyaning ob’ektiv qonunlari – o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va ijtimoiy hayotning shaxsni, uni o‘ziga xosligi hamda sifatlarini shakllantirish talabalardagi turg‘un bo‘lgan an’analardir. Darhaqiqat, tarbiya ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan hodisalardir. Tarbiya yuksak ma’naviy, jismoniy barkamollik, yaxshining yomondan farqini anglash, yuksak insoniy fazilatlarini shakllantirish qudratiga egadir. Tarbiya kishilik jamiyatining xamma bosqichlarida rivojlanib, o‘sib, avloddan-avlodga vorislik vazifasini bajaradigan hodisa. Lekin har bir jamiyatda tarbiyaning maqsadi, vazifasi , mazmuni o‘ziga xosligi bilan farq qiladi. Tarbiya fanining asosiy vazifasi yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviytarixiy merosimizga, umumbashariy qadriyatlarga, urf-odatlar va ananalarga tayanib,ongli shaxslarni intelektual salohiyatli qilib tarbiyalashdir. Tarbiya fanining vazifalari quyidagilardan iborat. - o’quvchilar jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o’rganib, unga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish mahoratiga ega bo’lish ; - tarbiyaviy ish va tadbirlar uchun zarur bo’lgan metodlarni tanlab, ko’zlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarini ko’ra bilish ; - ilg’or tajribalarni tahlil qilish va uni o’z faoliyatida ijodiy foydalanish ;

- tarbiyaviy ishlarning o’quvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta’sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirish va takomillashtirish ; - tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’z bilimini doimiy rivojlantirib borishi lozim. Darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish bilan birga DTS lariga mosligiga e’tibor qaratish zarur bo’ladi. 1. Tarbiyaviy ishlar jarayonida barkamol avlodni tarbiyalash muhim o’rin tutadi. Aniq maqsadga qaratilgan tarbiya ishida jamoaga va ba’zi bir talablarga ta’sir qilishini tashkil etish tarbiyaviy ishlarning asosini belgilaydi. 2. Tarbiyaviy ishlarning asosiy jihati barkamol avlodni har tomonlama kamol topishini hisobga olgan holda ularning tarbiyaviy jihatiga e’tiborni qaratish zarur bo’ladi. Shuning uchun o’qituvchi va tarbiyachilar yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda metodikaga tayanish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo‘la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o‘tadi. Pedagogik adabiyotlarda «Tarbiya» atamasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig‘indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g‘oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio, televidenieva boshqalarni ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi tarbiya tushunchasi ichiga ta’lim va ma’lumotolish ham kiradi. Tor ma’noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi , ma’naviyaxloqiy qiyofasi, estetik didi o‘stirilishiga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oilava tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Ta’lim va ma’lumot olish tor ma’nodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq holdagina mavjud bo‘ladi. Chunki ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko‘payibgina qolmay, balki axloqiy-ma’naviy sifatlari qarortopishi ham tezlashadi.