logo

Tog‘ jinslarining deformatsiyalari va ularning turlari

Yuklangan vaqt:

14.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

428.3935546875 KB
 
Mavzu:
Tog‘ jinslarining 
deformatsiyalari va ularning 
turlari                 Yer  po‘stidagi  mavjud  mintaqaviy  tektonik  strukturalaming  vaqt  davomida 
rivojlanish  bosqichlarini  tiklash  uchun  ularning  hozirgi  egallagan  shakllari  har 
tomonlama tahlil qilinadi.
Tog‘  jinslari  tektonik  va  boshqa  kuchlar  ta’sirida  turli  deformatsiyaga 
uchraydi.  Tog‘  jinslariga  chetdan  ta’sir  qiluvchi  kuchlar  tashqi  kuchlardir. 
Deformatsiya  turlari  tog‘  jinslariga  ta’sir  qiluvchi  shu  tashqi  kuchlar  kattaligi 
va  yo‘nalishi,  deformatsiyalanish  sharoiti  hamda  tog ’
  jinslarining  fizik 
xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Tashqi  kuchlar  o‘zining  kattaligi,  ta’sir  ko‘rsatuvchi  nuqtasi  va  yo‘nalishi 
bilan ifodalanadi. Shuning uchun ham ular vektor kattaliklardir.
Tog‘  jinslarining  deformatsiyasi  deganda  ularning  tashqi  kuchlar  ta’sirida  o‘z 
shakli va hajmini o‘zgartirish xususiyatiga aytiladi.                  Tog’  jinslarining  deformatsiyasida  ulaming  ichki  fizik  xususiyatlari: 
mustahkamligi,  elastikligi,  plastikligi  va  mo‘rtligi  kabi  xossalari  asosiy 
ahamiyatga ega bo’ladi.
Tog‘  jinslarining  mustahkamligi  deb  tashqi  kuchlar  ta’siriga  ko‘rsata 
oladigan qarshilik qobiliyatiga aytiladi.
Tog‘  jinslartning  elastikligi  tashqi  kuchlar  ta’sirida  o‘z  shakli  va 
hajmini  o‘z
f iartirishi  va  bu  kuchlar  ta’siri  to‘xtagandan  so‘ng  birlamchi 
holati ga qaytish xususiyatiga ega bo'lishini ifodalaydi.
Tog‘  jinslari ling plastikligi tashqi kuchlar ta’sirida shakli va hajmining 
qaytmas o‘zgarishi bilan belgilanadi.
Tog‘  jinslarining mo‘rtligi deb tashqi kuchlar ta’sirida  yaxlitligi 
buzilib, parchalanish xususiyatiga aytiladi.                                  Tashqi  kuchlar  ta’sirida  deformatsiyaga  uchrayotgan  jinslar 
tarkibida  ichki  kuchlar  vujudga  keladi.  Bu  ichki  kuchlar  tashqi 
kuchlarning  jins  shaklini  va  hajmini  o‘zgartirishi  yoki  bir  qismini 
ikkinchi  qismidan  ajratuvchi  ta’siriga  monand  qarshilik  ko‘rsatadi. 
Ular  deformatsiyaga  uchrayotgan  jinslarning  birlamchi  shaklini  va 
hajmini  tiklashga  harakat  qiladi.  Bu  kuchlar  zo'riqish   deyiladi. 
Zo‘riqish  birligi  kg/sm,  kg/mm,  t/sm,  t/m  va  hokazolarda 
ifodalanadi.  Deformatsiyalanayotgan  jinsning  zo‘riqishi  tashqi  va 
ichki  kuchlar  muvozanati  bilan  belgilanadi.  Tog'  jinslariga  ta’sir 
etuvchi kuchlarni har qanday kesma yuzasida normal va urinma teng 
ta’sir etuvchilarga ajratish mumkin.                                                    Maksimal  normal  zo'riqish  uning  yo'nalishiga  perpendikulyar  bo'lgan 
kesma  yuzasida,  maksimal  urinma  zo'riqish  esa  unga  45°  burchakda 
yotgan  yuzada  sodir  bo'ladi.  Shuning  uchun  asosiy  deformatsiyalar  shu 
yo'nalishlarda  sodir  bo'ladi.  Bir  jinsli  jismlarda  zo'riqishi  va  yo'nalishi 
bir  xil  bo'lgan  nuqtalarni  topish  mumkin.  Ularni  birlashtirib, 
deformatsiyaning  asosiy  o'qi  hosil  qilinadi.  Bir  jinsli  bo'lmagan 
jismlarda  deformatsiya  asosiy  o'qining  yo'nalishi  bir  nuqtadan 
ikkinchisiga qarab o'zgarib turadi.
Normal yo'nalishdagi zo'riqish siqilish jarayonida jismning qisqarishga, 
cho'zilish  jarayonida  esa  uzayishiga  olib  keladi.  Urinma  (tangensial) 
yo'nalishdagi  zo'riqish  jism  zarralarining  kesma  yuzasi  bo'yicha 
surilishiga va siljima strukturalaming hosil bo'lishiga olib keladi.                 Har  qanday  birjinsli  deformatsiyada  shunday  uchta  yo'nalish 
bo'lib,  ular  bo'ylab  faqat  cho'zilish  yoki  siqilish  sodir  bo'ladi.  Agar 
tanadagi  barcha  kuchlami  vektorlar  tarzida  tasavvur  qilinsa,  bu  yoki 
shar, yoki ikki o'qli yoxud uch o'qli ellipsoid bo'ladi. Ellipsoid o'qlari - 
cho'zilgan  (qishargan)  -  deformatsiyaning  bosh  o'qlari,  normal 
zo'riqishning bosh o'qlaridir.
Qattiq tanada deformatsiya rivojlanishining ketma-ketligi.
Kuchsiz qisqa muddatli ta’sirda elastik deformatsiya sodir bo‘ladi.
Davomiy  va  (yoki)  kuchli  zo‘riqishda  plikativ  (plastik)  defor 
matsiya sodir bo‘lib, tananing shakli yoki hajmi o‘zgaradi.
Zo‘riqish  mustahkamlik  chegarasidan  oshganda  tana  burdalanadi 
va  uning  qismlari  bir-biriga  nisbatan  suriladi,  ya’ni  u  yoriqli 
deformatsiyaga uchraydi.                 Tanalaming burdalanishi uzilish va surilish orqali amalga  oshadi . 
Surilish  plastik  deformatsiya  sharoitlariga  yaqin  vaziyatlarda, 
uzilish  esa  geologik  tanalaming  mo‘rt  burdalanishi  sharoitlarida 
rivojlanadi.  Uzilish  darzliklari  tog‘  linslariga  qarama-qarshi 
yo‘nalishda  harakatlanuvchi  tektonik  kuchlaming  bevosita 
cho‘zuvchi  ta’siri  natijasida  ham  rivojlanadi.  Uzilish  darzliklari 
devorlarining yuzasi notekis va  odatda  ochiq bo‘ladi.
Tog‘  jinslaridagi  siquvchi  zo'riqish  natijasida  yoki  urinma 
kuchlar  (parakuchlar) ta’siri tufayli  siljish  darzliklari shakllanadi  va 
odatda  bunday  darzliklaming  yuzasi  silliq  bo‘lib,  ko‘p  hollarda 
bloklar bir-biriga jips yuza bo‘ylab tutashgan bo‘ladi.
Qatlamli  tanalarda  deformatsiya  odatda  bir  qatlamning 
ikkinchisiga nisbatan sirpanishi sifatida amalga oshadi.                 Yer  qa’rida  juda  yuqori  harorat  va  bosim,  suvning  mavjudligi  va 
boshqa  sabablar  tufayli  plastik  deformatsiya  va  surilish  darzliklari  ko‘p 
uchraydi.
Yer yuzasi sharoitlarida  mo’rt deformatsiya   rivojlanadi.
Geologik  tanalarning  birjinsli  bo‘lmasligi  va  anizotropligi  tufayli 
uning  turli  qismlarida  bir  vaqning  o‘zida  elastik,  plastik  va  mo‘rt 
deformatsiyalar rivojlanadi.
Turli  toifadagi  geologik  tanalar  bir  vaqtning  o‘zida  turlicha 
deformatsiyaga uchraydi.
Agar  plastikroq  jinslar  nisbatan  mo‘rtroq  jinslar  orasida  joylashgan 
bo‘lsa  keyingilari  qatlamga  ko‘ndalang  yo‘nalishda  siqilganda  alohida 
bo‘laklarga ajralib ketadi, plastik jinslar esa ulaming orasini to‘ldiradi. Bu 
hodisa  budinaj   deyiladi.                 Qattiqlikni ta’minlovchi nisbatan mo‘rt jinslar  kompetentli , plastiklari esa 
-  nokompetentli  deyiladi.
Muayyan  mexanik  xossalarga  ega  bo‘lgan  tog‘  jinslarining 
deformatsiyalanishi  boshqa  bir  qancha  sharoitlarga  ham  bog‘liq  bo‘ladi. 
Bular gidrostatik bosim, harorat va namlikdan iboratdir.
Gidrostatik  bosimning  oshishi  bilan  elastiklik  chegarasi  mustahkamlik 
chegarasiga  nisbatan  kam  o‘zgaradi.  Buning  oqibatida  uzilma  deformatsiya 
o‘rniga qattiq moddalaming og‘ishi kuzatiladi.
Ma’lumki,  agar  deformatsiya  qancha  sekin  va  uzoq  vaqt  davom  etsa, 
plastik  deformatsiya  uchun  shuncha  kam  kuch  talab  qilinadi.  Aksincha,  tez 
sodir  bo‘ladigan  deformatsiya  tog‘  jinslarining  mo‘rtlik  xossasini  keltirib 
chiqaruvchi  va  plastikligini  kamaytiruvchi  katta  kuch  hisobiga  rivojlanadi. 
Barcha tog‘  j inslari ham shunday xossalarga ega bo‘ladi.                 Uzoq  vaqt  davomida  kam  zo‘riqish  ta’sirida  sekin   
rivojlanadigan  deformatsiya  tufayli  tog‘  jinslari 
qisqaradi,  cho‘ziladi  va  burmalanadi. 
Deformatsiyaning  tez  rivojlanishi  natijasida  tog’ 
jinslarining  yaxlitligi  buzilib,  uzilmali  strukturalar 
vujudga  keladi.
Haroratning  oshishi  qattiq  jinslaming  plastikligi 
darajasini  oshiradi.  Yeritmalar va suv bug‘lari ham tog ’
 
jinslarining  plastiklik  xususiyatini oshiradi.                 Shunday  qilib,  tog ’
  jinslarining  fizik  xususiyatlari,  tashqi 
kuchlarning  kattaligi,  yo‘nalishi,  ta’sir  vaqtining  davomiyligi 
va  tezligi  va  boshqa  sharoitlar  har  xil  deformatsiya  turlarini 
va  ularning  oqibatida  struktura  xillarini  vujudga  keltiradi. 
Shuni  esda  tutish  kerakki,  geologik  vaqt  davomida 
deformatsiya  sharoitlari  bir  necha  bor  o‘zgarishi  mumkin. 
Buning  natijasida  oldingi  slrukturalaming  «yo‘qolishi»  va 
yangilarining  vujudga  kelishi  yoki  bir-biriga  ustama  tushib, 
murakkablashishi  mumkin.  Bularning  barchasini 
paleostruktura tahlilida hisobga olish kerak  ho'ladi.

Mavzu: Tog‘ jinslarining deformatsiyalari va ularning turlari

Yer po‘stidagi mavjud mintaqaviy tektonik strukturalaming vaqt davomida rivojlanish bosqichlarini tiklash uchun ularning hozirgi egallagan shakllari har tomonlama tahlil qilinadi. Tog‘ jinslari tektonik va boshqa kuchlar ta’sirida turli deformatsiyaga uchraydi. Tog‘ jinslariga chetdan ta’sir qiluvchi kuchlar tashqi kuchlardir. Deformatsiya turlari tog‘ jinslariga ta’sir qiluvchi shu tashqi kuchlar kattaligi va yo‘nalishi, deformatsiyalanish sharoiti hamda tog ’ jinslarining fizik xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Tashqi kuchlar o‘zining kattaligi, ta’sir ko‘rsatuvchi nuqtasi va yo‘nalishi bilan ifodalanadi. Shuning uchun ham ular vektor kattaliklardir. Tog‘ jinslarining deformatsiyasi deganda ularning tashqi kuchlar ta’sirida o‘z shakli va hajmini o‘zgartirish xususiyatiga aytiladi.

Tog’ jinslarining deformatsiyasida ulaming ichki fizik xususiyatlari: mustahkamligi, elastikligi, plastikligi va mo‘rtligi kabi xossalari asosiy ahamiyatga ega bo’ladi. Tog‘ jinslarining mustahkamligi deb tashqi kuchlar ta’siriga ko‘rsata oladigan qarshilik qobiliyatiga aytiladi. Tog‘ jinslartning elastikligi tashqi kuchlar ta’sirida o‘z shakli va hajmini o‘z f iartirishi va bu kuchlar ta’siri to‘xtagandan so‘ng birlamchi holati ga qaytish xususiyatiga ega bo'lishini ifodalaydi. Tog‘ jinslari ling plastikligi tashqi kuchlar ta’sirida shakli va hajmining qaytmas o‘zgarishi bilan belgilanadi. Tog‘ jinslarining mo‘rtligi deb tashqi kuchlar ta’sirida yaxlitligi buzilib, parchalanish xususiyatiga aytiladi.

Tashqi kuchlar ta’sirida deformatsiyaga uchrayotgan jinslar tarkibida ichki kuchlar vujudga keladi. Bu ichki kuchlar tashqi kuchlarning jins shaklini va hajmini o‘zgartirishi yoki bir qismini ikkinchi qismidan ajratuvchi ta’siriga monand qarshilik ko‘rsatadi. Ular deformatsiyaga uchrayotgan jinslarning birlamchi shaklini va hajmini tiklashga harakat qiladi. Bu kuchlar zo'riqish deyiladi. Zo‘riqish birligi kg/sm, kg/mm, t/sm, t/m va hokazolarda ifodalanadi. Deformatsiyalanayotgan jinsning zo‘riqishi tashqi va ichki kuchlar muvozanati bilan belgilanadi. Tog' jinslariga ta’sir etuvchi kuchlarni har qanday kesma yuzasida normal va urinma teng ta’sir etuvchilarga ajratish mumkin.