logo

Tohir Malik nasrida diniy-ma’rifiy mavzu talqini

Yuklangan vaqt:

19.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

871.4775390625 KB
“ Tohir Malik nasrida diniy-ma’rifiy 
mavzu talqini” 
  RE’JA:
KIRISH DISSERTATSIYANING UMUMIY TAVSIFI
I BOB. BADIIY 
ADABIYOTDA 
DINIY-MA’RIFIY 
G‘OYALAR 1.1. Adabiyotda diniy g‘oya va tushunchalarning o‘rni va ahamiyati.
1.2. Diniy-ma’rifiy asarlar poetikasi.
I bob bo‘yicha xulosa.
II BOB. TOHIR MALIK 
NASRINING 
G‘OYAVIY-BADIIY 
XUSUSIYATLARI . 2.1.Adib nasri badiiyati.
2.2.“Odamiylik mulki” pandnomasida diniy g‘oya talqini.
II bob bo‘yicha xulosa.
III BOB. TOHIR 
MALIKNING ADABIY 
MAHORATI 3.1.Tohir Malikning diniy ruhdagi asarlarida tildan foydalanish 
mahorati
3.2.Yozuvchining individual uslub qirralari.
III bob bo‘yicha xulosa.
UMUMIY XULOSАLАR FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR RO‘YXАTI             Magistrlik  dissertatsiyasining  maqsadi  bugungi 
davr  shaxsiyati  ruhiyatining  eng  katta  ehiyojiga 
aylanib  borayotgan  diniy  va  ma’rifiy 
g‘oyalarning  badiiy  adabiyot  orqali  qay  darajada 
inson  ongiga  ta’sir  etishini  tekshirish,  bunda 
adabiyotning  o‘rni,  xususan,  tohir  malik  ijodida 
diniy  g‘oyalarning  ifodalanishi  va  adib  nasri 
badiiyatini,  yozuvchilik  mahoratini  talqin  qilish, 
zamonaviy  adabiyotda  diniy-ma’rifiy  asarlar 
poetikasini  o‘rganish  hamda  ushbu  mavzu 
yuzasidan  ilmiy  xulosalar  chiqarishdan  iborat.  Tohir  Malik  asarlari,  jumladan, 
“Odamiylik  mulki”,  “Oxirat” 
kitoblari  dissertatsiya  obyekti 
qilib  olindi.  Yozuvchining 
asarlarida  diniy  masalalar 
hamda  uning  namoyon  bo‘lish 
shakllari,  ilmiy  asoslari  va 
badiiy  adabiyotda  diniy  g‘oya 
va  tushunchalar  masalasi 
tadqiqotning  predmeti  qilib 
olindi. TADQIQOT OBYEKTI TADQIQOT MAQSADI   O‘zbek adabiyotshunosligida 
din va adabiyot bog‘liqligi masalasi 
bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar hali 
yetarlicha rivojlanmagan, xususan, Tohir 
Malik ijodida diniy g‘oyalar tadqiqiga 
asoslangan  ilmiy ishlar mavjud emas. 
Mazkur ishning ilmiy yangiligi sifatida 
din va adabiyot masalasiga o‘zbek 
yozuvchisi Tohir Malik ijodi orqali 
to‘xtalganlik hamda  yozuvchining  
pandona-didaktik ruhni zamonaviy 
adabiyotga qayta kiritganligi haqidagi 
tahlillarni ko‘rsatishimiz mumkin. Badiiy asarning din bilan 
bog‘liq holda rivojlanishi, adabiy 
muhitning, jarayonlarning takomilida 
diniy e’tiqod hamda ma’rifiy 
g‘oyalarning o‘rni, uzviy bog‘liqligi 
o‘zbek adabiyotshunosligida 
o‘rganilmagan masala hisoblanadi. TADQIQOTNING ILMIY 
YANGILIGI TADQIQOTNING 
DOLZARBLIGI     Adabiyotshunoslikda 
diniy masalalar 
tadqiqi. R.O.Safronov
L.R. Tatarnikova
A.Y.Nazarov G.K.ShlegelLi Vey
Yuliya Nikoloyevna G. Danagulovna
Dolgushin Dmitriy S.D.Maksimova
Redmond James
Scott Nathan
  Shaffer E.S.
  Sternberg Meir
  Lewalski Barbara Kiefer 
Gunn  Giles B.
  Frye Northrop
Bultmann Rudolf  1. “ Drama and religion”. Cambridge, UK., 1983; 
2.  “ The Poetics of Belief”. Chapel Hill, N.C., 1985;
3.   “ Kubla Khan” and the Fall of Jerusalem: The Mythological 
School in Biblical Crticism and Secular Literature, 1770-
1880”, Cambridge, U.K., 1975;
4.  “ The Poetics of Biblical Narrative”, Bloomington, Ind., 
1984;
5. “ Protestant Poetics and the Seventeenth-Century Religious 
Lyric”, Princeton, N.J., 1979;
6.  “ The Interpretation of Otherness: Literature, Religion, and 
the American Imagination”, Oxford, 1979;
7.  “ The Great Code: The Bible and Literature”, New York, 
1982; 8. “Jesus Christ and Mythology”, New York. 1958. 1. Современные интерпретации социологической концепции   религии  
Эмиля Дюркгейма в англоязычной религиоведческой   литературе 2011 
— кандидат философских наук Сафронов, Роман Олегович;
2.  
Ценностно-смысловая трансформация христианских мотивов в произве
дениях Ивлина Во, Джона Фаулза и Курта Воннегута
2006 — кандидат филологических наук Татарникова, Людмила 
Робертовна ; 
3. Антон Евгеньевич;  
Художественная феноменология Ивана Бунина: Дух. Душа. Плоть 2001 
— кандидат филологических наук Шлегель Георг Кристиан;
4.   Культура Китая эпох Тан и Сун: Синтез форм духовной культуры 2002 
— кандидат культурологии Ли Вэй ;
5. Библейские мотивы и образы в "Хрониках Нарнии" К.С. Льюиса 2013 
— кандидат наук Образцова, Юлия Николаевна ;
6.   Отражение суфийских идей в казахской   литературе   второй половины 
XIX  - начала  XX  вв. 2002 — кандидат филологических наук 
Рысмаганбетова, Гульнара Данагуловна;
7.   В.А. Жуковский и религиозно-философская культура его времени 2019 
— доктор наук Долгушин Дмитрий Владимирович DIN VA 
ADABIYOT.  “Bir qarashda adabiyot 
va din alohida ikki sohaga 
tegishlidek ko‘rinsa-da, 
aslida ular bir-biri bilan 
o‘zaro chambarchas 
bog‘liq va ajratilmasdir, 
go‘yoki bir vujudning ikki 
a’zosi kabi”.  “Glimpses of 
Religion in English 
Literature”. Shahzad Latif 
Chaudhary. American 
International Journal of 
Contemporary Research. 
Vol.3 No. 12; December 
2013.  Yunon afsonasi va 
tafakkuriga, ibroniy 
dostonlariga va 
hikmatlariga, nasroniy 
ramziyligi va taqvosiga 
e’tibor bermasdan 
turib, Yevropa 
adabiyoti dramasini 
tushunib bo’lmaydi”. 
Nemis Olimi Erich 
Averbax 
Nemis  olimi  Mircea 
Eliade ning  yozishicha, 
adabiyotning  dinga 
aloqadorligining  eng 
muhim  va  ko‘zga 
ko‘ringan  xususiyatlaridan 
biri  bu  -  adabiyot  xoh 
og‘zaki  bo‘lsin,  xoh-
yozma,  diniy  g‘oyalar  va 
harakatlarni  saqlash  va 
yetkazish  vazifasini 
bajarib kelgan. 
Nemis  olimi  Albin  Leskiy  “Yunon 
adabiyot  tarixi”  (1966)  asarida 
“Xudolar  va  odamlar  o‘rtasidagi 
munosabatlar  Gomer  olamida 
markaziy  o‘rinni  egallaydi”,-   deb 
ta’kidlaydi.  Leskiy  ko‘proq  qadimiy 
Yaqin  sharq  va  Hindiston  adabiyotini 
tasvirlaydi.  Gilgamish  dostoni  shumer  va 
qadimgi  Bobil  versiyalarida  o‘yin-kulgi 
va  sarguzasht  bilan  uyg‘unlashgan  diniy 
materiallarning  klassik  namunasi  bolib 
dunyoviy adabiyotning tan olingan o‘ziga 
xos belgisidir.  Daozim marosimlari, 
buddizm dogmalari Xitoy 
klassik adabiyotini 
boyitdi. Sharq mumtoz adabiyoti, 
tasavvuf asosiga qurilgan 
adabiyotDaraxtlar va o‘simliklarning 
buddaligi (somoku jobutsu) 
bo‘yicha nozik munozaralar XII 
asr shoiri Sayqyoning ko‘plab 
nafis vakalari asosini tashkil 
qiladi. 
Hamd, na’t, merojnoma 
janrlarining paydo 
bo‘lishi Zamonaviy adabiyotga 
diniy-ma’rifiy 
mavzularning qayta kirib 
kelishi  Yangi davr adabiyoti, 
qardosh xalqlar 
adabiyotida diniy ma’rifiy 
masalalar. 
Bob yuzasidan xulosa. 

Xulosa  qilib  aytganda,  dinning  adabiyotga  ta’siri  boshqa 
omillardan  sezilarli  darajada  yuqori  turadi.  Adabiyotga  diniy 
e’tiqodlar,  diniy  qarashlarning  tasiri  natijasida  turli  janrlar 
paydo  bo‘lgan.  Xususan,  qadimda  turli  diniy  rituallarda 
kuylanuvchi  aytinmalar,  marsiyalarni,  shuningdek,  didaktik 
ruhdagi  pandnomalar  shular  jumlasiga  kiradi.  Tasavvuf 
adabiyotining  negizi  ham  aynan  ma’rifat,  komillik  sari  yo‘l, 
tariqat, shariat masalalari asosiga qurilganligi ham adabiyot va 
dinning mushtarak jihatlarini ochishga xizmat qiladi O‘zbek  mumtoz  adabiyotida  ham, 
bugungi  zamonaviy  adabiyotda  ham  diniy-
ma’rifiy  mavzular  badiiy  adabiyotning 
negizini  tashkil  qilgan.  Dissertatsiyada 
ta’kidlanganidek,  adabiyotning  ham, 
dinning  ham  maqsadi  komil  insonni 
yetishtirish.  Illatlardan  forig‘,  ezguliklarni 
o‘zida  jamlagan  insonni  tarbiyalashdir. 
Aynan  maqsadning  yakdilligi  bu  ikki  sohani 
har  qachon  bir  nuqtada  turishini 
ta’minlaydi.  Mumtoz  adabiyot 
na’munalariga  to‘xtalib  o‘tsak,  ushbu 
fikrlarning isbotini ko‘rishimiz mumkin.  1-2-maqolat Imon 
va islom haqida
Muqaddima: hamd, 
na’t, munojotdan 
iborat 2 hamd, 4 munojot, 
5 ta na’t 
Doston basmala 
bilan boshlanadi  “ Hayrat  ul-abror”  ning  birinchi,  ikkinchi  maqolatlari  imon  va  islom 
haqida  ekanligi  ham  fikrimizni  tasdiqlaydi.  Shuningdek,  asar  muqaddimasi 
shartli  ravishda  uch  guruhga  ajraladi:  hamd,  na’t,  munojotlar.  Muqaddimada 
ikki  hamd,  to‘rt  munojot  hamda  beshta  na’t  mavjud.  Shuningdek,  Navoiy 
ushbu  dostonni  basmala  bilan,  Muqaddas  Qur’onning  birinchi 
oyati-“Bismillohir  rahmonir  rahiym”  (Mehribon  va  rahmli  Olloh  nomi  bilan 
boshlayman)  bilan  boshlab,  Qur’ondan  iqtibos  keltiradi.  Butun  boshli  bobda 
shu oyat tavsifi keltiriladi. Navoiy kitobat badiiy san’atidan foydalangan holda 
ushbu  oyatning  har  bir  harfiga  ilohiy  ta’rif  beradi.  “Bismillohir  rohmanir 
rohiym”  oyati  19ta  harfdan  iborat  bo‘lib,  unda  arab  alifbosidagi  10ta  harf 
ishtirok  etadi.  Ushbu  10ta  harf  dastlab  dahshat  uyg‘otuvchi,  qatl  etuvchi 
sifatida,  so‘ngra  esa  baxt-saodatga  yetaklovchi,  xushxabar  beruvchi  sifatida 
gavdalanadi”.  “Xamsanavislik  an’anasi  va  Alisher  Navoiy  “Xamsa”si”. 
Tohirov S. O‘quv qo‘llanma. Samarqand-2020 .  Aqiyda bilmag‘on shaytona eldur,
Agar ming yil amal deb qilsa yeldur.
Uyolma ma’rifatni o‘granurdin, 
Tanur joying bo‘lur qolsang tanurdin
Xudodin har na keldi rost bilding,
Tiling birla yana iqror qilding. 
Musulmonlig‘ yo‘lida buldur iymon,
Muni bilmas kishi tongla pushaymon.
Alar forig‘ ichmak, emakdin,
Yomon qilmoq, qabohat so‘z demakdin. Ochiqqo‘llik, kushoda yuzli bo‘lg‘il,
Muruvvatlik, muloyim so‘zli bo‘lg‘il.
Musulmon o‘g‘liga yaxshi qiliq qil.
Tilingni xush, chiroyingni iliq qil    Tohir  Malik,  asl  ismi  Hobilov  Tohir  Abdumalikovich, 
1946-yilning  27-dekabr  sanasida  Toshkent  shahrida  dunyoga 
kelgan.  O‘zbekiston  xalq  yozuvchisi  unvonini  olgan  ijodkor 
hisoblanadi.  O‘zbek  adabiyoti  fantastikasining  asoschilaridan  biri 
deb  aytishimiz  mumkin.  Toshkentda  1969-yilda  jurnalistika 
fakultetini  tamomlagan.  Birinchi  yirik  asari  —  “Hikmat 
afandining  o‘limi”ni  1972-yild a  y aratadi .  “Zaharli  g‘ubor”, 
“Falak”,  “Somon  yo‘li  elchilari”,  “Bir  ko‘cha,  bir  kecha”, 
“Alvido,  bolalik”,  “So‘nggi  o‘q”,  “Ov”   kabi  ilmiy-fantastik, 
sarguzasht  qissalari  keng  tarqalgan.
“Shaytanat ”  romani  Tohir  Malikning  eng  yirik  asari  hisoblanadi. 
“ Jinoyatning  uzun  yo‘li”  ilmiy-tahliliy  risolasi,   shuningdek, 
“Mehmon  tuyg‘ular”  nomli  xotira,  yodnoma,  adabiy  maqolalar 
to‘plami  ham  mavjud.  Ijodkorning  “Amir  Temur  davri 
adabiyoti”,  “Varaxsha”,  “Unvoni  inson”,  «Sohilsiz  dengiz» 
ssenariylari   asosida  hujjatli  filmlar  ham  suratga  olingan.  Tarjima 
sohasida  ham  ijodiy  yutuqlarga  erishgan.  Xususan,  rus  yozuvchisi 
Fyodor  Dostoevskiyning  «Ma’suma»  qissasini  hamda  jahon 
adabiyoti  vakillarining  bir  nechta  asarini  o‘zbek  tiliga  tarjima 
qilgan .  Adib  yuqoridagi  sermahsul  ijodini  umrining  oxirgi 
yillarida  “Odamiylik  mulki”,  “Oxirat”  kabi  diniy-ma’rifiy  
ruhdagi asarlar bilan boyitdi . ADIB NASRI BADIIYATI Shirin dunyoning shirin tillari
Aqlsiz aqlimning aqlini oldi. 
Va … kula-kula lahadga kuzatib 
qoldi
  Kutyapti intiq, 
    Kimnidir
        Jahannamning olov gullari Oppoq dasturxon erur Ka’ba-
Kimdir kiradir kirlangan kirlarin 
to‘kmoqlik uchun
so‘ng yana bemalol kirlanish 
uchun
Halollikdan 
doston to‘qiydi
haromning mahbubi Yozuvchi  asarda  talmehdan  ham  juda 
o‘rinli  foydalanganligining  guvohi 
bo‘lishimiz mumkin:
“ Yonarmish  ho‘l-u  quruq  o‘rmonga 
ketganida o‘t.
Faqat yonmas iymon egasi,
Ibrohim alayhissalom singari ” . Ibrohim  alayhissalom  Qur’onda  nomi  kelgan 
payg‘ambarlardan  biri  bo‘lib,  otasi  va  qavmi 
sig‘inib yuradigan butlarni sindirib tashlaganligi 
uchun  odamlar  uni  yondirib  yuborishmoqchi 
bo‘ladi.  Ammo  bizga  Qur’ondan  ma’lumki, 
Ibrohim  alayhissalom  Allohning  irodasi  bilan 
olovdan  omon  chiqadi.  Qur’on  bilan  yaxshi 
tanish  bo‘lgan  Tohir  Malik  bu  yerda  shu 
voqeaga  ishora  qilib,  iymonli  bo‘lgan 
kishilargina  jahannam  olovidan  omon 
chiqishlarini eslatib  o‘tadi“ NAFS KISHANLARI” O‘zgaga  jahannam  “gullari”  nasib 
bo‘lishini  istayotgan  odam  buning  o‘rniga 
jannat  rohatini  tilagani  afzal  emasmikan? 
O‘zganing  jahannam  o‘tida  kuymog‘i 
uning duosi bilan bo‘lmaganidek, o‘zining 
jannat  bog‘larida  sayr  qilishi  yaxshi  niyat 
va amallari bilan ekanligini bilishi ham bir 
baxtdir”“ Xo sh  inshoda  nima  deb  yozay, ʻ
kechagi  voqeani  yo  bo lmasa  otam 	
ʻ
bilan  to yma-to y  yurishimni? 	
ʻ ʻ
Otamning  o yinchi  xotinga 	
ʻ
suykalishinimi? Ming la’nat !”
  “ Bolasini  tashlab  ketgan  ota-onaning 
jazosi  shu”  deyman.  “Tirik  yetimlar, 
hammangiz  ablah  ota-onalaringizni 
topib,  otib  yuboring.  Yolg on  gaplar 	
ʻ
to qib,  ularni  yaxshi  odam  qilib 	
ʻ
ko rsatmang  bir-birlaringizga. 
ʻ
Ayamay  otib  tashlang!”  deyman. 
“Tirik  yetimlarga  miltiq  bering” 
deyman!  Ana  shundan  keyin  meni 
otishsa ham mayli” “ Ko‘ziga  uyqu  ilinishi  qiyin  bo‘lgan  edi. 
Bir  necha  kundan  beri  bu  ahvol 
takrorlanayotgani  uchun  yuragining 
yarador  qush  singari  potirlab  urib 
qo‘y ayotganiga  ham  e’tibor  bermadi.  U 
o‘lim dan  cho‘chimas  edi.  Ajal  yetganda 
iymon  kalimasini  aytishga  ulgurmay,  jon 
taslim qilishdan  qo‘rqardi.ritorik so‘roq
takror   Tohir  Malikning  ushbu  kitobi 
“Axloq  kitobi”  deb  ham  nomlanib, 
ma’naviyat  va  tarbiya  masalalariga 
bag‘ishlangan.  Asar  uch  fasldan  iborat 
bo‘lib,  ular  quyidagicha  nomlanadi: 
“Ishq”,    “Baxt”    va    “Saodat” .  Ushbu 
kitobda ko‘pgina badiiy asarlardan farqli 
ravishda  muayyan  voqea-hodisalar  aks 
etmaydi,  balki  inson  kamolga  erishishi 
uchun,  husni  xulq  sohibi  bo‘lishi  uchun 
xizmat  qiladigan  fazilatlar  haqida  so‘z 
yuritiladi.  “ ODAMIYLIK MULKI” RISOLASIDA DINIY G‘OYA TALQINI  “…  odob  bobida  birodarlarimizga  nafi 
tegar,  degan  umid  bilan    “Mehmon 
tuyg‘ular”  nomida  bir  kitobchaga  tartib 
berdik. So‘ng uni to‘ldirib,   “Iymonlashish 
umidi”  degan  nomad  e’tiborlaringizga 
havola  etdik.  Keyin  esa  farzandlar 
tarbiyasida  foydali  bo‘lib  qolar,  degan 
maqsadda  bir  risola  yozib  unga   
“Jinoyatning  uzun  yo‘li”    deb    nom   
berdik.    Bu  yo‘nalishdagi  urinishlarimizni 
endi  mazkur  odob  risolasi  nihoyasiga 
yetkazar,  InshaAlloh”   rivoyat, Hadis va Qur’on 
oyatlari
Abu Homid G‘azzoliy
Alisher Navoiy 
So‘fi Olloyor 
Yusuf Xos HojibMUQADDIMA       “ Yo saodat-yo 
falokat”-
( asar 1-bobi )
“ Ik k i   musulmon  o‘zaro 
uchrashganda  A lloh,   
albat t a,    ularni  bir-
biri dan  foy dalant iradi ” 
(hadis)“ Qul oqdan dilingga gar 
k irmasa nur
Sichqon k av agidan ne 
farqi ng bo‘l ur ”   ( Jomiy)
“ O‘zimdek xastalar 
bo‘lg‘aymu deb shod, 
Nasoyihdan ham andak 
ayladim yod”.
( Jomiy)
“… biz,  turkistonliklar 
bolalarimizdan ko‘ra 
mollarimizga yaxshiroq 
qaraymiz…”  
(Fitrat)Yozuvchi  bu  bobda  farzand 
tarbiyasi  ota-ona  uchun 
qanchalar  muhim  omil 
ekanligini  alloma    Abdulla 
Avloniyning  hikmatlari 
yordamida  o‘quvchiga 
singdirar  ekan,    yurtimiz 
tarixida  bo‘lib  o‘tgan  ba’zi 
holatlarga,  xususan,  buyuk 
sarkarda    Amir  Temurdek 
shaxs  barpo  qilgan  ulkan 
davlatning  yemirilishidek 
siyosiy jarayonga ham aynan 
tarbiya  masalasi,   
shahzodalarning  yaxshi 
tarbiya  olmaganligini  sabab 
qilib keltiradi Bobning  she’riy  yo‘l  bilan  nomlanishi    ham  asar  badiiyatini  yanada 
oshirishga  xizmat  qiladi.  Mazkur  bob  ishq-muhabbat  ta’rifi,  uning  xillari, 
qalbdagi  jilosi  bayoni dan  iborat  bo‘lib,  biz  tasavvuf  ta’limotidan  bir  qadar 
bahramand  bo‘lib,  haqiqiy  ishq-Ollohga  bo‘lgan  muhabbat   haqida  o‘rganamiz. 
Yozuvchi  ushbu  bobda  hazrat  Navoiy,    Bobur,    Fuzuliylarning    tasavvuf 
ruhidagi  baytlarini  bizga  odmiyona  qilib  sharhlash  bilan  bir  qatorda,  o‘sha 
mashhur  hikoyat-Shayx  San’on  hikoyatini  ham  kiritib,  o‘quvchiga  hikoyatdagi 
asl  mohiyatni  atroflicha  tushuntirib  o‘tadi.  Shuningdek,  ushbu  bobda  hazrati 
shayx  Harisi  Muhosibiy,  hazrati  Yaxyo  Bin  Muoz,  hazrati  shayx  Abu  Said 
Xarros,  turk  shoiri  hazrati  Yunus  Emro  kabi  bir  necha  ulug‘  zotlarning  ishq 
borasidagi  mulohazalarini  keltirib,    oshiqlar  hamda  haqiqiy  ishq  tushunchalarini 
o‘quvchiga  aniqroq  anglatishga  urinadi.    Qo‘shimcha  tarzda  So‘fi  Olloyorning 
“Sabotul  ojiziyn”  asaridan  bir  necha  baytlarni  ham  adabiyotshunos,  ham 
yozuvchi-ijodkor sifatida  izohlab, ommaga taqdim etadi.“ SEVGAN SUYGANIGA ETAR ITOAT” HURMATI VOLIDAYN-FARZI AYN.
Biri erur makrumati volidayn,
Bilki muning qilmog‘idir farzi ayn.
Bu ikining xizmatini bir bil,
Har necha ifrot etsa, taqsir bil.
Boshni fido ayla, ato qoshig‘a
Jismni qil sadqa ano boshig‘a.
Ikki jahoningga tilarsen fazo-
Hosil eti ushbu ikisidin rizo.
                                  
(ALISHER NAVOIY) Onangdan bosh t ov lama, oshmasin dardi ,
Hay ot  t oji erur oy og‘in gardi…
                                  (Rudak i y )
ON A  VA OSHIQ O‘G‘IL HAQIDA  RIVOYAT “ Biz  insonni  ota-onasiga  yaxshilik 
qilishga  buyurdik.  Onasi  unga  qiynalib 
homilador  bo‘lib,  ne  azobda  tuqqandir.  Unga 
homilador  bo‘lish  va  uni  (sutdan)  ajratish 
(muddati)  o‘ttiz  oydir.  Endi  u  qachon  voyaga 
yetib,  qirq  yoshga  to‘lganida:  “Parvardigorim, 
meni  Sen  menga  va  ota-onamga  in’om  etgan 
ne’matingga  shukur  qilishga  va  O‘zing  rozi 
bo‘ladigan  yaxshi  amallarni  qilishga  muvaffaq 
etgin  va  O‘zing  men  uchun  zurriyotimda  ham 
yaxshilik  qilgin(ya’ni  farzandlarimni  ham  ahli 
solih  bandalaringdan  qilgin).  Albatta,  men 
Senga  (qilgan  barcha  gunohlarimdan)  tavba 
qildim  va,  albatta,  men 
musulmonladandirman”.-dedi.  (Ahqof, 15). “ Bemehr 
qaridoshdan 
mehr bergan yot 
yaxshi”   “ Rasululloh  (s.a.v)  marhamat 
qiladilarkim:  “Kim  rizqi  mo‘l 
bo‘lishini,  ajali  orqaga 
surilishini  istasa,  qarindoshlik 
aloqalarini uzmasin”.
                              (HADIS)“ Rasululloh (s.a.v.): “Silayi 
rahm qilmaydigan kishi 
jannatga kirmayd i ”.
                       (HADIS)
“ Qodoshliq  kishi  kusi  chovi 
beduk,
Odoshliq kishi oti sovi beduk,
Qodoshing  yo‘q  ersa  yuri  tut 
odash,
Odash  ezgu  bo‘lsa,  bu-bo‘ldi 
qodosh. 
(Yusuf Xos Hojib) Tohir Malik sharhi: “Deyilmoqchikim, 
qarindoshlari bor odamning sha’ni 
shuhrati ulug‘dir. Do‘sti bor odamning esa 
so‘zi ulug‘dir. Kel, qarindoshing bo‘lmasa, 
do‘st tut. Yaxshi do‘st qarindoshing 
o‘rnida bo‘lur” “ Jamiyatning durru gavhari” “ Eng yaxshi do‘st”
•
ISLOMDA OILA MASALALARI
•
SHARQ VA G‘ARB TAFOVUTI
•
ANNA  VA  KUMUSH 
OBRAZLARI
•
HAFSA  VA  FOTIMA  tarixiy 
shaxslar
•
“ BOBURNOMA”da  AYOLLAR 
VA OILA MASALASI
•
SO‘FI OLLOYOR QARASHLARI
•
NAVOIY  IJODIDA  OILA 
MASALASI  •
QUR’ON OYATLARI
•
HADISI SHARIFLAR
•
MUTASAVVUF OLIMLARDAN 
IQTIBOSLAR   “ Rasululloh  (s.a.v)  “Alloh 
nazdida  eng  yaxshi  do‘st  deb 
odamlarga  doimo  xayrli 
ishlarni  qilib  yuruvchi  kishiga 
aytiladi”
                                                  
                                 (HADIS)
Yor uldurki, har nekim o‘zig‘a
Istamas, yorig‘a ham istamagay.
O‘zi istarki, yor uchun o‘lg‘ay,
Ani mundoq sharik aylamagay.
           (NAVOIY) II FASL. “BAXT”
“ Baxtiyorlik  ichra  sen…”,  “Ibodat-
ilmda”, “Ne erur bu jaholat?”, “Aqlni va 
oqilni  asraylik”,  “Donolik  amal  erur”, 
“Nodonligin  tan  olmas  nodon”  va 
boshqalar    III BOB. TOHIR MALIKNING ADABIY MAHORATI
Tohir Malikning 
diniy ruhdagi 
asarlarida tildan 
foydalanish 
mahorati. Yozuvchi  o‘z  asarlarida  tilning 
ekspressiv  vositalariga  nutqning 
stilistik  shakllari  yoki  shunchaki 
nutq  figuralariga  o‘z  o‘rnida 
murojaat  eta  oladi:  anafora, 
antitez,  birlashmaslik,  gradatsiya, 
inversiya,  ko’p  foydalanish, 
parallelizm,  ritorik  savol,  ritorik 
murojaat,  sukut,  ellips,  epifora 
kabi  filologik  hodisalarning 
asarda  to‘g‘ri  qo‘llanilishi  Tohir 
Malikning  tildan  foydalanish 
mahoratini  yaqqol  ko‘rsatib 
bergan deyish mumkin. •
BARQAROR BIRIKMALAR
•
LEKSIK, FRAZEOLOGIK 
SINONIMLAR
•
OMONIMLAR
•
SITATA, IQTIBOS, AFORIZM, 
MAQOL, NAQLLAR
Tohir  Malik  asarlari  tili  o‘ziga 
xosligi-tarixiy  uslubning  ustunligi 
bilan  belgilanadi.  Yozuvchi 
asarlarida  tarixiy  tamoyil  asosiga 
qurilgan  jumlalar,  so‘zlar 
badiiylikni  ta’minlashga  katta  hissa 
qo‘shganligini ta’kidlash mumkin .   •
“ Asror  keyingi  kunlar  ichi  o‘z  yog‘iga  o‘zi  qovurilib ,  (IBORA)    Dilfuzani  ham  kam 
o‘ylaydigan bo‘lib qoldi”. 
•
“ Bir    kishiga    ko‘pchilik    bo‘lib    hujum    qilinsa,    ko‘p    hollarda    ular    orasida    o‘smirlar   
uchrardi.  Kalavaning uchini toppish (IBORA)  ham aynan shulardan boshlanardi”  
•
“ Salim... o’ldi, -dedi u, tomog‘iga nimadir tiqilib. Qamariddin shart to’xtab, uni yoqasidan oldi. 
“Kim aytdi? Bordim,  do‘xtir.  (DIALEKT)
•
Dilfuzaga,  ko‘ngli  yarim  bechora  qizga,(AJRATILGAN  BO‘LAK,  IBORA)  onasining  o‘limi 
kammidi, otasining baxtiqaroligi kammidi?(RITORIK SO‘ROQ)
•
Professor,  basharangda  rang  qolmabdi?  Ushbu  jumlada  “professor”  (laqab)  hamda  “bashara” 
so‘zlari  nutqqa  badiiy  bo‘yoq  beradi.  “Rangingda  rang  qolmabdi”  iborasining  “basharangda 
rang  qolmabdi”  tarzida  ishlatilishi  so‘zlovchining  xulqi,  madaniyati  qandayligini  ko‘rsatib 
berishga xizmat qiladi.  
Tohir Malik ijodida so‘z qo‘llash, hikoya tili, nutq uslubi 
uning  asarlarining  shakliy  tuzilmasini  xoslantirsa,  o‘ziga 
xos  soddalik,  o‘quvchiga  kulminatsiyadan  tortib 
yechimgacha  o‘zi  tushuntirib  berishi,  qahramonlar 
ruhiyati bilan bog‘liq masalalarda ham har bir detalgacha 
kitobxonga  ochib  berishi  yondashuvi  va  mazmun 
jihatidan  individuallikni  ko‘rsatib  turadi.  Yozuvchi 
asarlarida  o‘quvchi  ko‘p  o‘ylashga  majbur  qilinmaydi, 
ya’nikim,  o‘ta  soda  tilda  yoziladi.  Masalan,  biror 
qahramon  boshidan  biror  ko‘rgulik  o‘tyaptimi,  bunga 
nima  sabab  bo‘lganligi,  nima  uchun  aynan  shunday  yo‘l 
tutilganligi,  nimalar  his  qilayotganligiga  qadar  o‘zi 
tasvirlab beradi.  YOZUVCHINING INDIVIDUAL USLUBI Oybek   kishi  portretini  chizganda 
yoki tabiat manzarasining tasvirini berganda 
erinmasdan,  tevarak-atrofning  barcha  ikir-
chikirlarigacha  qalamga  olib  mukammal 
polotno  yaratishga  intiladi.  Oybek  xalq 
hayotining  muhim  tarixiy  bosqichlaridan 
mavzu  tanlaydi.  Shuning  uchun  Oybek 
qahramonlari  lirik,  romantic  kayfiyatga  ega 
bo‘ladilar.  Buni  Gulnor,  Yo‘lchi,  Navoiy, 
Arslonqul kabi obrazlarda ko‘rish mumkin.  Abdulla  Qahhor  uslubi  esa 
unday emas. U tasvirni ixcham, iboralarni 
esa  lo‘nda  qilib  beradi,  tabiat 
manzaralarini  chizganda,  portret 
yaratganda  shtrix  usulini  qo‘llaydi.  Narsa 
yoki  hodisaning  eng  xarakterli  tomonini 
tasvirlash  orqali  maqsadga  erishadi. 
Qahhorga  xos  uslubiy  xususiyatlarni, 
uning  qator  asarlari  “Sarob”, 
“Ayajonlarim”,  “Qo‘shchinor  chiroqlari”, 
“Sinchalak”da ko‘rish mumkin
Tohir  Malik  prozasida  esa  biz  qahramonlarning  umumiy  o‘xshashligini,   
mavzu  doirasining  bir  ekanligini,  asosan,  ikki  tarafning  ishtirokini  ko‘rishimiz  mumkin. 
Yozuvchi  qahramonlarining  bir  qismi  iymon-e’tiqodli,  o‘zi  to‘g‘ri  deb  bilgan  yo‘ldan 
qaytmaydigan,  Alloh  yo‘lidan  qaytmaydigan  jasur  bo‘lsa,  bir  qismi  hech  narsadan 
qo‘rqmaydigan,  halol-xarom  masalasiga  e’tibor  qilmaydigan,  birovni  haqqiga  xiyonat 
qilishdan toymaydigan insonlardan iborat. Yozuvchining asarlarida iymon mavzusi doim 
o‘quvchining  diqqat  markaziga  qo‘yiladi.  Qahhorda  satirik-yumoristik  tanqid  yaqqol 
namoyon  bo‘lib  tursa,  Tohir  Malikda  didaktik  ruhiyat  ustunlik  qiladi.  Yozuvchi 
qahramonlari  tilidan  hadis-u  rivoyatlar  aytish  orqali  o‘quvchiga  pand-nasihat  qiladi, 
sharqona odobni o‘rgatishga intiladi. UMUMIY XULOSALAR
Dinning  adabiyotga  ta’siri  boshqa 
omillardan  sezilarli  darajada  yuqori  turadi. 
Adabiyotga diniy e’tiqodlar, diniy qarashlarning 
tasiri  natijasida  turli  janrlar  paydo  bo‘lgan. 
Xususan,  qadimda  turli  diniy  rituallarda 
kuylanuvchi  aytinmalar,  marsiyalarni, 
shuningdek,  didaktik  ruhdagi  pandnomalar 
shular  jumlasiga  kiradi.  Tasavvuf  adabiyotining 
negizi  ham  aynan  ma’rifat,  komillik  sari  yo‘l, 
tariqat,  shariat  masalalari  asosiga  qurilganligi 
ham  adabiyot  va  dinning  mushtarak  jihatlarini 
ochishga xizmat qiladi.  Diniy-ilmiy  adabiyot  ikki  jihati 
bilan amaliy ahamiyatga ega:
        Diniy-tasavvufiy  ta’limotni  targ‘ib  qiladi, 
e’tiqodli  kishilarda  Ollohga  bo‘lgan               
muhabbatni  yanada  kuchaytiradi,  din 
buyurgan ishlarni qilishga undaydi. 
Mazkur  adabiyot  badiiy  ijod  xazinasi  bo‘lib, 
u  adabiyotni  boyitadi,  ijodkorning 
mahoratini,  iste’dodini  ko‘rsatadi.  Bunday 
asarlar  bir  paytning  o‘zida  ham  diniy  bilimni 
hosil  qiladi,  ham  kishida  estetik  didni 
shakllanishiga xizmat qiladi. UMUMIY XULOSALAR
Yozuvchining  “Odamiylik  mulki” 
pandnomasidagi  kabi  yondashuv  esa  zamonaviy 
o‘zbek  adabiyoti  namoyondalaridan  birinchilardan 
bo‘lib Tohir  Malik  ijodida  ko‘rindi.    Adib yaratgan 
asarlar  diniy  manba  bo‘lish  bilan  bir  qatorda, 
adabiy meros ham hisoblanadi.  Bunday deyilishiga 
sabab  kitobda  ijodkor  o‘zi  va  zamondoshlari 
hayotida  yuz  bergan  voqealarni  kiritib,  bularga  o‘z 
fikr-mulohazalarini  ham  bildirib  o‘tadi.  Asl  diniy 
manbalardagi  kabi  ilmiylik  darajasi  yuqori 
emasligini  ushbu  kitob  ilmiy  tilda  yozilmaganligi 
hamda  aniq  faktlar  o‘rnida  rivoyat,  iqtiboslardan 
foydalanganligi  bilan  izohlash  maqsadga  muvofiq 
bo‘ladi . Tohir  Malik  qaysi  yo‘nalishda  asar 
yozmasin,  u  xoh  diniy  bo‘lsin,  xoh 
fantastik,  yoki  detektiv,  badiiy 
adabiyotning  go‘zal  na’munalari  bo‘lib 
qolaveradi.  Yozuvchining  har  bir  asari 
badiiyati  har  qanday  adabiy  talabga  javob 
berishi  bilan  o‘ziga  xos  xususiyatlarni 
jamlagan.  Tohir  Malikning  diniy-falsafiy 
ruhda yozilgan  asarlari bir vaqtning o‘zida 
ham  ma’rifiy,  ham  diniy  saboq  berishga 
qodir  ekanligi  bilan  ijodkorning  boshqa 
badiiy asarlaridan ajralib turadi. UMUMIY XULOSALAR
Ijodkor  asar  tiliga  alohida  e’tibor 
qilgan.  Detektiv  yo‘nalishdagi  asarlariga 
ixcham,  lo‘nda  uslubdan  foydalangan 
holda  turli  varvarizm,  vulgar,  jargon 
so‘zlarni  o‘z  o‘rnida  qo‘llagan  bo‘lsa, 
didaktik  asarlarida  esa  ushbu  metodga 
umuman  teskari  bo‘lgan  badiiy-tarixiy 
tamoyil  asos  qilib  olinadi.  Xususan, 
“Odamiylik  mulki”  pandnomasida  tarixiy 
tamoyil  unsurlari  bo‘rtib  turishi  asarning 
didaktik  ruhini  yanada  oshirishga  xizmat 
qilgan . Tohir  Malik  xal qchil  ijod  qiladi. 
Yaratgan  asarlari  kitobxonni  tanlamaydi, 
badiiy  tafakkur,  adabiy  bilim  talab 
qilmaydi,  adib  sodda,  ravon  tilda  yozadi. 
Yozuvchining  aksar  hollarda  azaliy  ikki 
tarafni-  ezgulik  va  yovuzlik,  yaxshi  va 
yomon  qahramonlar,  oq  va  qora 
tushunchalarini  o‘ta  bo‘rttirib  tasvirlashi 
oddiy  o‘quvchida  yanada  aniqroq  tasavvur 
uyg‘otish,  asarning  o‘qishlilik  darajasini 
yanada  oshirishga  yordam  beradi,  deyish 
mumkin. 
 
 
  E’t iboringiz uchun 
t ashak k ur

“ Tohir Malik nasrida diniy-ma’rifiy mavzu talqini”

   RE’JA: KIRISH DISSERTATSIYANING UMUMIY TAVSIFI I BOB. BADIIY ADABIYOTDA DINIY-MA’RIFIY G‘OYALAR 1.1. Adabiyotda diniy g‘oya va tushunchalarning o‘rni va ahamiyati. 1.2. Diniy-ma’rifiy asarlar poetikasi. I bob bo‘yicha xulosa. II BOB. TOHIR MALIK NASRINING G‘OYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI . 2.1.Adib nasri badiiyati. 2.2.“Odamiylik mulki” pandnomasida diniy g‘oya talqini. II bob bo‘yicha xulosa. III BOB. TOHIR MALIKNING ADABIY MAHORATI 3.1.Tohir Malikning diniy ruhdagi asarlarida tildan foydalanish mahorati 3.2.Yozuvchining individual uslub qirralari. III bob bo‘yicha xulosa. UMUMIY XULOSАLАR FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR RO‘YXАTI

Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi bugungi davr shaxsiyati ruhiyatining eng katta ehiyojiga aylanib borayotgan diniy va ma’rifiy g‘oyalarning badiiy adabiyot orqali qay darajada inson ongiga ta’sir etishini tekshirish, bunda adabiyotning o‘rni, xususan, tohir malik ijodida diniy g‘oyalarning ifodalanishi va adib nasri badiiyatini, yozuvchilik mahoratini talqin qilish, zamonaviy adabiyotda diniy-ma’rifiy asarlar poetikasini o‘rganish hamda ushbu mavzu yuzasidan ilmiy xulosalar chiqarishdan iborat. Tohir Malik asarlari, jumladan, “Odamiylik mulki”, “Oxirat” kitoblari dissertatsiya obyekti qilib olindi. Yozuvchining asarlarida diniy masalalar hamda uning namoyon bo‘lish shakllari, ilmiy asoslari va badiiy adabiyotda diniy g‘oya va tushunchalar masalasi tadqiqotning predmeti qilib olindi. TADQIQOT OBYEKTI TADQIQOT MAQSADI

O‘zbek adabiyotshunosligida din va adabiyot bog‘liqligi masalasi bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar hali yetarlicha rivojlanmagan, xususan, Tohir Malik ijodida diniy g‘oyalar tadqiqiga asoslangan ilmiy ishlar mavjud emas. Mazkur ishning ilmiy yangiligi sifatida din va adabiyot masalasiga o‘zbek yozuvchisi Tohir Malik ijodi orqali to‘xtalganlik hamda yozuvchining pandona-didaktik ruhni zamonaviy adabiyotga qayta kiritganligi haqidagi tahlillarni ko‘rsatishimiz mumkin. Badiiy asarning din bilan bog‘liq holda rivojlanishi, adabiy muhitning, jarayonlarning takomilida diniy e’tiqod hamda ma’rifiy g‘oyalarning o‘rni, uzviy bog‘liqligi o‘zbek adabiyotshunosligida o‘rganilmagan masala hisoblanadi. TADQIQOTNING ILMIY YANGILIGI TADQIQOTNING DOLZARBLIGI

Adabiyotshunoslikda diniy masalalar tadqiqi. R.O.Safronov L.R. Tatarnikova A.Y.Nazarov G.K.ShlegelLi Vey Yuliya Nikoloyevna G. Danagulovna Dolgushin Dmitriy S.D.Maksimova Redmond James Scott Nathan Shaffer E.S. Sternberg Meir Lewalski Barbara Kiefer Gunn Giles B. Frye Northrop Bultmann Rudolf