logo

Transkripsiya va uning turlari

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

650.0927734375 KB
Mavzu:Transkripsiya va uning 
turlari          REJA:
1.  Transkripsiya    va   uning turlari.
2.  Fonetik transkripsiya
3.  Fonologik transkripsiya.
4.  Transkripsiyada qo‘llaniladigan undoshlar tizimi .
5.  Kiril  va  lotin  alifbosiga  asoslangan  transkripsion 
belgilar
Foydalanilgan adabiyotlar        Transkripsiya .  Transkripsiya  dialekt  va  shevalarda 
uchraydigan  tovushlarning  turli  ko‘rinishlarini  yozuvda 
ifodalash uchun qo‘llanadigan ma’lum belgilar tizimidir. Tildagi 
tovushlarni  aniq  ifodalash  uchun  xizmat  qiladigan  yozuv  - 
transkripsiya, lotincha  transcriptio - qayta yozish  deb ataladi .        Transkripsiya  uchun  u  yoki  bu  xalq  iste’molidagi  traditsion  alfavitdan 
o‘rni  bilan  ma’lum  bir  o‘zgarishlar  kiritish  orqali  foydalaniladi.  Shuning 
uchun  transkripsiyada  belgilar  soni  o‘ziga  asos  bo‘lgan  alfavitdagi  harflar 
sonidan  ko‘p  bo‘ladi.  Bugungi  kunda  tadqiqotlarda  lotin  hamda  rus-krill 
alifbosi asosida qo‘llanadigan transkripsiyalar ishlatilmoqda. Mazkur ishda 
rus-krill alifbosi asosidagi transkripsiyadan olimlar foydalanishmoqda.        Transkripsiya ikki turga bo‘linadi:
1. Fonetik transkripsiya
2. Fonologik transkripsiya.
Shevaning  talaffuz  xususiyatlarini  saqlash  uchun  fonetik  transkripsiyadan 
foydalaniladi.  Bunda  shevaga  xos  so‘zlar  transkripsiya  vositasida  to‘liq  yozib 
olinadi.  Faqat  (dialekt  va  shevalarga  xos)  alohida  fonemalarnigina  hisobga 
olish uchun ishlatiladigan transkripsiya fonologik transkripsiya deyiladi:
v - v  - lab -lab undosh.
v' - v  - lab - tish undoshi.        Biror  tilning  yozma  yodgorliklarini  yoki  ma’lum  bir  arab 
alifbosidagi yohud boshqa alifbodagi yodgorliklarni nashr etishda shu 
yodgorliklarning  yozuv  tizimini  boshqa  til  yoki  yodgorlik 
bosilayotgan  xalqning  mavjud  yozuv  tizimi  orqali  ifodalash 
transliteratsiya  deb  ataladi.  Transliteratsiya  biror  yozuv  harflari  bilan 
yozilgan matnni boshqa bir yozuv harflari bilan almashtirish usulidir. 
( arabcha matn---> hozirgi yozuvda)
eski o‘zbek yozuvi matni ----> hozirgi yozuvda)
lotin yozuvi matni ----> hoz. yozuvda).        Fonetik transkripsiya
Tilda  yozuvning  turlari  har  xil  amaliy  yozuv,  stenografiya,  transkripsiya  va 
boshqalar mavjud.
Amaliy  yozuvda  tildagi  tovushlarning  asosiy  ma’nosini  ko‘rsatamiz,  lekin  uning 
talaffuzdagi hamma xususiyatlarini ko‘rsata olmaymiz.
ot  so‘zida "o  ( כ ) " qisqa
olam  so‘zida esa "o  ( כ ) " uzun.
Transkripsiyada  so‘zning  tovush  tarkibini,  har  bir  tovushning  talaffuzdagi 
xususiyatlarini  bilish  mumkin  bo‘lgani  qadar  to‘la,  o‘zidek  berishga  harakat  qilinadi, 
ya’ni eshitilganidek yoziladi. Bu yozuv ilmiy maqsadda - biron shevaning til tomondan 
tekshirish  uchun  qo‘llaniladi.  bunda  o‘sha  shevaning  fonetik  xususiyatlari  hisobga 
olinadi.       Transkripsiyada quyidagilarga jiddiy e’tibor beriladi:
1.  Har  bir  tovush  bir  belgi  bilan  ko‘rsatiladi,  ya’ni  adabiy  tildagi  kabi  ikki 
tovushni  bir  belgi  bilan  ko‘rsatish  amalda  qo‘llanmaydi.  Masalan,  ya,yu,ya,yo .  Bu 
harflar  adabiy tilda qo‘llanadigan harflar, grafemalar hisoblanadi.
2.  Bir  belgi  doim  bir  tovushni  bildiradi .  U  adabiy  tildagi  kabi  ikki  belgi  bir 
tovushni bildirmasligi kerak. Masalan:  ng(n,)  kabi:
3.  Turli  diakritik  belgilar  (qo‘shimcha  belgilar)  ham  qo‘llaniladi.  Bunday 
belgilar  asosan  ostki  va  ustki  belgilardir,  lekin  ba’zan  o‘rtada  ham  bo‘ladi. 
Masalan:  olam, q, g‘, o, o‘, h  va boshqalar:        4. Unlilarning yumshoqligini bildirish uchun ustiga ikki nuqta qo‘yiladi. Masalan:  p ə k ə n ə , g ə p  
va boshqalar.
5.  Undoshning  yumshoqligini  bildirish  uchun  yuqoridan  uning  o‘ng  tarafiga  kichik  belgi 
qo‘yiladi. Masalan:  b’ir, k’im  va boshqalar.
6. Unlining ustidagi to‘g‘ri chiziq uzunlikni, botiq chiziq qisqalikni bildiradi. Agar bu belgilar 
bo‘lmasa, unli, odatdagidek, me’yoriy, o‘rta holatda bo‘ladi. Masalan:  k’m, d’m, s’m :
7. Tovushlarning qattiqligi ham ko‘rsatiladi. Masalan,  biqin, g‘osht  va boshqalar:
8. Tovushlarning  tushishi ham ko‘rsatiladi. Masalan:  b כ l ə l ə (r) .
9. Urg‘u ham odatdagidek, ko‘rsatiladi: Masalan:  s ə n כ ə t’m’z .        כ   - til orqa, keng, bir oz lablangan unlini bildiradi: ot( כ t), soqol     
  ( s כ q כ l) .  Bu  tovush,  ayniqsa,  Samarqand,  Toshkent  shevalari  uchun 
harakterli:  כ   ta,  n  כ   n,  y כ m  כ n    va  boshqalar.  Ba’zan  "  כ "  unlisi  "o" 
tarzida ko‘rsatiladi.
i  - til oldi, lablanmagan, tor unli: bil, sakkiz, kirish.
o‘  - "i"ning qattiq varianti.
Til  orqa,  lablanmagan,  tor  unli  bo‘lib,  ayniqsa,  singarmonizmli 
shevalar uchun harakterli:  qo‘lo‘q  (q ө l ө q) , g‘o‘jo‘m  (g‘ ө j ө m) .
’   -  juda  qisqa  talaffuz  qilinadigan,  bir  oz  ochiq  "i"  tovushni 
bildiradi:  keld’,  borinch.  Bu  "i"  bilan  "e"  orasidagi  ochiqlikka  ega 
unli tovush.        u  - til orqa, lablangan, tor unlini bildiradi:  qush, tush, bulut .
o   -  o‘rta  kenglikdagi  til  orqa,  lablanmagan  unli  (adabiy  tilda  "o‘"  shakli  bilan  ko‘rsatiladi):  qol 
(qo‘l)  g‘oza  (g‘o‘za) .  Til  oldi  "u"  unlisini  ifodalash  uchun  "o"  shaklidan  foydalanish  mumkin:  gol, 
hol, koklam.
ө  - oldingi qator lablangan o‘ unlisi.
e  - bu unli so‘z va bo‘g‘in o‘rtasida keladigan "e" unlisini ifodalaydi: bel, kel, ter.
  - turg‘un, orqa qator indiferint ’ unlisi.
o  - oldingi qator lablangan o‘ unlisi.
o‘  - lablangan, indifferent tovush. (Indifferent tovush - farqlanuvchi tovush).
e   -  so‘z  va  bo‘g‘in  boshida  keladigan  unlini  ifodalaydi.  "yo"  unlisiga  nisbatan  ancha  til  orqa 
tovushni bildiradi:  egar, elak, duel.        Transkripsiyada "y"lashgan harflar(ni) quyidagicha ko‘rsatiladi:  yu - yu: ya - ya, ye: ye - ye(ye,ye): yo - y כ    
(y כ   ) .
Lotin yozuvidagi yangi transkripsiya

a  (a) - orqa qator, quyi-keng lablanmagan tovushni ko‘rsatadi. Ana, ata, bala 

ä  ( ä )  - old qator, quyi-keng, lablanmagan: äkä, änä. 

ā (ā) - orqa qator, quyi-keng, qisman lablangan: āl, bāl. 

e (e) – old qator, o‘rta-keng, lablanmagan: el, bel, kel.

  i ( i ) – old qator, yuqori-tor, lablanmagan: bārdi, kirgin, singarmonizmli shevalarda keldi, jetti, bir.

ї     ( ї )  –  orqa  qator,  yuqori-tor,  lablanmagan:  bārd ї ,  b ї q ї n;  i   va  ї   unlilari  singarmonizmli  shevalarda 
qisqa tovushni ifodalaydi  bil, q ї l. 

i:  (i:) -  i unlisining    cho‘ziq varianti. Barcha o‘zbek shevalarida uchraydi:  ti:l, bi:l.        
ї :  ( ї :) –  ї  unlisining cho‘ziq varianti: q ї :z, q ї :j ї :q. Singarmonizmli o‘zbek shevalari 
talaffuzida uchraydi  

u (u) – o rqa qator, yuqori-tor, lablangan: bu, ul, un.

ü   ( ü ) – ol qator, yuqori-tor, lablangan: k ül, bügün, tün. 

o (o) – orqa qator, o‘rta-keng, lablangan: ot-o‘t, qol-qo‘l, oq-o‘q, toq-to‘q.

ӧ  ( ӧ ) – old qator, o‘rta-keng, lablangan: b ӧ l (bo‘lmoq), k ӧ l.

 ϵ ( ϵ )  –  ko‘proq   Namangan  shahar  shevasida  qayd  qilinadi.  Old  qator,  o‘rta-keng, 
lablanmagan: N ϵ m ϵ .

Cho‘ziq unlilar uchun ikki nuqta qo‘llaniladi.          Kirill va lotin yozuvidagi yangi transkripsiyaning farqi:

a – a; 

ə - ä;

  - ā;ɔ

  e-e ; 

  ъ- i; 

  ь-  ї ; 

u-  i ;

  ы- ї;

  у- u; 

Y-  ü; 

o –  o ; 

 -
ɵ  	ӧ ;
ϵ -    	
ϵ        Kirill va lotin yozuvidagi transkripsiyada farqlanmaydigan undoshlar:

O‘zgarmaydigan undoshlar: b, d, f, g, h, k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, z;
Kirill va lotin yozuvidagi transkripsiyada farqlanadigan undoshlar:

O‘zgaradigan undoshlar:
ᵧ  - g‘;
  š – sh;
č – ch;  
j – y;
ŋ – ng;
ž  - j;        Diakretik belgilar:

., :, :: - unlining uzunligini ifodalaydigan belgilar.  

x   - birlashish hodisasini bildiradi.  

> - o‘tish hodisasi.  

< - o‘zgarish hodisasi.  

//-belgisi  tovushlarning  almashishi,  ikki  faktning  parallel  qo‘llanishini 
ifodalaydi. 

/  va `  -belgilari taqqoslashni ko‘rsatadi. 

( )- qavs - shart bo‘lmagan, tushib qoladigan elementlarni ko‘rsatadi. 

[  ]  -  o‘rta  qavs  -  umumiy  matndan  transkripsiya  qilingan  so‘zlarni 
ajartib ko‘rsatish uchun ishlatiladi.         Undoshlar
Transkripsiyada:  b,  d,  z,  m,  n,  p,  r,  s,  t,  sh   undoshlari 
o‘zicha  ishlatiladi.  Qolgan  undoshlar  quyidagicha 
ishlatiladi:
v  - lab-lab. Lab-tish "v" alohida tarzda ifodalanadi: w 
(w).
y  - silliq talaffuz qilinadigan undosh.
g‘  - chuqur til orqa, sirg‘aluvchi undosh.
g‘’  - chuqur til orqa, portlovchi undosh.
g  - sayoz til orqa, portlovchi undosh.        g’ - til orqa, sirg‘aluvchi tovush.
j  - ruscha "j"ga mos  undosh.
dj  - qorishiq undosh tovush.
q  - chuqur til orqa, portlovchi undosh tovush.
k  - sayoz til orqa, portlovchi undosh tovush.
k'  - "k"dan ko‘ra sayozroq yumshoq undosh tovush.
l  - til orqa undosh
l'  - til oldi yumshoq undosh.
ng  - ( n, ) til orqa burun tovushi .        ng  ' - "ng" dan ko‘ra sayozroq, yumshoq "ng" undoshi.
ngk  - "k" qo‘llanilgan "ng" tovush.
f  - lab-lab undosh tovushi. Lab-tish "f" ni alohida izohlash kerak.
chsh  - qorishiq tovush.
x  - chuqur til orqa, sirg‘aluvchi undosh tovush.
x'  - "x" dan sayozroq, sirg‘aluvchi tovush.
qx  - chuqur til orqa qorishiq undosh tovush.
h  - bo‘g‘iz tovushi.
Velyarizatsiya [velarization]- undoshlaming qattiqlashishi.
Diakritik  belgi[diacritic  mark]  -  harflarga  qo'shimcha  ravishda  qo‘yiladigan  belgilar, 
ishoralar .        Dialektolog  [dialectologist]-  shevashunos,  shevani  o‘rganuvchi 
olim. Indifferent [indifferent]- oraliq tovush.
Palatalizatsiya[ palatalization] - undoshlaming yumshoqlashishi. 
Transkripsiya  [transcription]-  yozuvning  maxsus  turi. 
Transliteratsiyaftransliteration]  -  matnni  bir  yozuv  tizimidan 
ikkinchisiga ko‘chirish, masalan, kirildan lotinga.
Transkripsion  belgi[transcriptional  mark]  -  har  bir  nutq  tovushi 
uchun qo‘llaniladigan harf.        Fonetik  transkripsiya  [Phonetic  transcription]-  konkret  nutq 
tovushlarini ifodalaydigan ishoralar tizimi.
Fonematik  transkripsiya  [Phonemic  transcription]-  tildagi 
fonemalar talaffuzini belgilab beruvdii yozuv tizimiJ        Adabiyotlar
1 . Aliyev A.Yu., Rajabov N. O‘zbek dialektologiyasidan programma. T., 1992.
2.Aliyev  A.Yu.,  Nazarov  K.N.,  Enazarov  T.J.  O‘zbek  dialektologiyasi.  O‘quv 
dasturi  //  Universitet  ta’limi  uchun  o‘zbek  filologiyasi  mutaxassisligi  bo‘yicha  o‘quv 
dasturlari.  T., Universitet, 1997. 34-49-betlar.
3.Aliyev  A.Yu.  Uychi  shevasi  //  O‘zbek  dialektologiyasidan  materiallar.  II.  T., 
1992.
4.Abdullayev F.A. O‘zbek tilining Xorazm shevalari. T., 1961; T., 1964.
5.Amansariyev V. Turkman dialektologiyasi. Ashgabat, 1970.
6.Vejilov A.L. Tureskaya dialektologiya. Izd. MGU, 1973.        Etiboringiz uchun rahmat

Mavzu:Transkripsiya va uning turlari

REJA: 1. Transkripsiya va uning turlari. 2. Fonetik transkripsiya 3. Fonologik transkripsiya. 4. Transkripsiyada qo‘llaniladigan undoshlar tizimi . 5. Kiril va lotin alifbosiga asoslangan transkripsion belgilar Foydalanilgan adabiyotlar

Transkripsiya . Transkripsiya dialekt va shevalarda uchraydigan tovushlarning turli ko‘rinishlarini yozuvda ifodalash uchun qo‘llanadigan ma’lum belgilar tizimidir. Tildagi tovushlarni aniq ifodalash uchun xizmat qiladigan yozuv - transkripsiya, lotincha transcriptio - qayta yozish deb ataladi .

Transkripsiya uchun u yoki bu xalq iste’molidagi traditsion alfavitdan o‘rni bilan ma’lum bir o‘zgarishlar kiritish orqali foydalaniladi. Shuning uchun transkripsiyada belgilar soni o‘ziga asos bo‘lgan alfavitdagi harflar sonidan ko‘p bo‘ladi. Bugungi kunda tadqiqotlarda lotin hamda rus-krill alifbosi asosida qo‘llanadigan transkripsiyalar ishlatilmoqda. Mazkur ishda rus-krill alifbosi asosidagi transkripsiyadan olimlar foydalanishmoqda.

Transkripsiya ikki turga bo‘linadi: 1. Fonetik transkripsiya 2. Fonologik transkripsiya. Shevaning talaffuz xususiyatlarini saqlash uchun fonetik transkripsiyadan foydalaniladi. Bunda shevaga xos so‘zlar transkripsiya vositasida to‘liq yozib olinadi. Faqat (dialekt va shevalarga xos) alohida fonemalarnigina hisobga olish uchun ishlatiladigan transkripsiya fonologik transkripsiya deyiladi: v - v - lab -lab undosh. v' - v - lab - tish undoshi.