Tundra va doimiy yashil o`rmonlar ekosistemalari (tayga-ignabargli, sernam tropik va ekvatorial o`rmonlar)
Mavzu: Tundra va doimiy yashil o`rmonlar ekosistemalari (tayga-ignabargli, sernam tropik va ekvatorial o`rmonlar)
REJA: 1.TUNDRA VA DOIMOY YASHIL O’RMONLAR EKOSISTEMALARI HAQIDA MALUMOT. 2. TAYGA VA IGNA BARGLI O’RMONLAR EKOSISTEMALARI. 3,SERNAM TROPIK O’RMONLAR VA EKVOTARIAL O’MONAR EKOSISTEMASI. 4.XULOSA. 5.FOYDALANGAN ADABIYOTLAR VA ENTERNET SAYTLARI.
Tundra zonasi ek osist emasi Tundra (fi n: “ t unt uri” – “ oʻrmonsi z” , “ y al ang qir” ) — Shimoliy yarim sharning yuqori kengliklaridagi yoʻsin va zamburugʻ, koʻp yillik oʻt hamda butalar oʻsadigan yerlar. Janubida oʻrmonlar, shimoldan Arktika muz saxrolari zonasi bilan chegaralangan. Tundra doim toʻngib yotgan sovuq iqlimli va sovuq tuprokli oʻlka. Skandinaviya, Ural, Sibir, Alyaska, Kanada shim.dati togʻlarda togʻli Tundra tarqalgan. Tundrada koʻp yillik oʻsimliklar, yoʻsinlar, lishayniklar, har xil oʻtlar, barg toʻkuvchi va doim yashil butalar, pakana kayin va mitti qoraqaragʻay koʻp oʻsadi, bugʻu boqiladi, ovchilik qilinadi. Tundra zonasining katta qismini subarktika, Tundra va chekka shimolda arktika Tundrasi tashkil etadi. A rk t ik a v a t undra zonalar maydoni 110 mln.ga Arktika zonasi Shimoliy muz okеanining eng shimoliy orollarini hamda Sibirning uncha kеng bo’lmagan qirg’oq maydonlarini o’z ichiga oladi. Zonaning iqlimi juda sovuq, yog’inlar miqdori 130-200 mm, asosiy qismi qor holatida tuproqqa tushadi. Tuproq-gruntlar yil bo’yi asosan muzlagan holda bo’ladi, faqat 2-2,5 oyga 20-25 sm gacha muzdan tushushi mumkin. Arktik zona y е rlari sovuq ta'sirida yorilib k е tadi. O’simliklar juda oz uchraydi, ular mox , lishayniklar, suvo’tlar, kichkina butalar, ba'zi o’tlar, zonaning zonal tuproq tipi - arktik chimli (gumusli) tuproqlar, ular uchun quyidagilar xarakt е rlidir: tuproqlar muzlashi va yorilib k е tishi, organik qoldiqlarning kamligi (3-5s/gacha), tuproq qatlami yupqaligi , gl е ylanish jarayoni kuzatilmasligi, tuproqni asoslar bilan tuyinmaganligi, muhiti (5N) n е ytralga yaqinligi, loyqa fraktsiya kamligi.
Tundra zonal ari - asosan, Shimoliy yar I shardagi tabiat zonasi, Janubiy yarim sharda Antarktida yaqinidagi orollarda kichikroq maydonlarda uchraydi. Tundra zonalari subarktika va arktika mintakalarida joylashgan. Shimoliy yarim shar q da Tundra zonalari Arktika muz sahrolari zonasi bilan janubida o ʻ rmon tundrasi oralig ʻ ida . Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning shim oliy sohili, boʻylab (eni 300–500 km), Rossiyada esa Shimoliy Muz okeanining qirg ' oqlari bo ' ylab uzluksiz chiziqlar bo ' ylab Bering dengizi .. qirg ' oqlarigacha cho ` zilgan . Uning materikidagi kengligi turchicha bo`lib, u Kola yarim orolidagi 70 km dan Yamal va Taymirda 600 km gacha yetadi. Zonaga janubiy Novaya Zemlya oroli, Kolguev, Vaigach, Bely orollari va boshqalar kiradi. Tundra (orollar bilan birga) egallagan sirt maydoni taxminan 1,8 mln km² (11%) Rossiya hududi misolida).
Igna bargli o` rmonlar –Tay ga ek osi st emasi "Tayga” so`zi yoqut tilidan tarjima qilinganda "o`rmon” degan ma`noni anglatadi. Lekin har qanday o`rmon tayga bo`lavermaydi. Taygada daraxt turlari ko`p bo`lmaydi. Olimlar muayyan tabiiy zonadagi ignabargli o`rmonlarnigina tayga deb atashadi. Bunday zona tayga zonasi deb yuritiladi. Olimlar taygani qanday daraxtlar o`sishiga ko`ra qoramtir, yorug` t ay ga hamda qarag`ayzorga ajratishadi. Qoramtir t ay ga – bu asosan qoraqarag`ay va oqqarag`ay o`rmonlari, Sibirda esa yana kedr o`rmonlari, aniqrog`i kedr qarag`ayzorlaridan iborat. Tilog`ochdan iborat o`rmon yorug` tayga deb ataladi. Yevrosiyo materigida tayga zonasi Oq dengizdan Tinch okeaniga qadar bo`lgan ulkan hududda joylashgan. Shimolda tayga o`rmon-tundra bilan, janubda esa keng bargli o`rmonlar zonasi bilan chegaradosh. Tayga asosan sovuq iqlim mintaqasida joylashgan bo`lib, bu yerlarda muzloq yerlar katta maydonlarni egallaydiIgna bargli o` rmonlar –Tay ga ek osist emasi