Tundra va doimiy yashil o`rmonlar (tayga-ignabargli, sernam tropik va ekvatorial o`rmonlar)
Tundra va doimiy yashil o`rmonlar (tayga - ignabargli, sernam tropik va ekvatorial o`rmonlar) hamda keng bargli o`rmonlar, o`rmon - dasht va dasht biomlarining ekosistemalaridagi trofik aloqalarni tasvirlash
Tundra zonalari - asosan, Shimoliy yarim shardagi tabiat zonasi, Janubiy yarim sharda Antarktida yaqinidagi orollarda kichikroq maydonlarda uchraydi. Tundra zonalari subarktika va arktika mintakal arida joylashgan. Shimoliy yarim sharda Tundra zonalari Arktika muz saxrolari zonasi bilan janubida oʻrmon tundrasi oraligʻida. Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning shim. sohili boʻylab (eni 300 –500 km) choʻzilgan. Radiatsiya balansi past, kishi 8 — 9 oy davom etadi (yanv.ning oʻrtacha temperaturasi — 40 °, — 50 °), 60 — 80 sutka kugb tuni boʻlib turadi. Yozi qisqa (iyulning oʻrtacha temperaturasi 5 — 10 °). Vegetatsiya davri 50 — 100 kun. Yillik yogʻin tekisliklarda 150 –350 mm, togʻlarda 500 mm gacha. Yezda tuproqning 0,5 — 1,5 m qalinlikdagi ustki qismigina eriydi. Botqoqlik va koʻl koʻp. Iklimi sovuq boʻlgani uchun organik dunyosi ham kambagʻal. Hayvonot dunyosi oʻziga xos: oq kaklik va tundra kakligi, shimol bugʻusi, boʻri, lemming, qutb tulkisi koʻp. Yezda juda kup suv parrandalari uchib keladi. Hasharotlari xilmaxil. Aholi bugʻuchilik, baliq, muynali va dengiz hayvonlarini ovlash bilan shugʻullanadi.
Aralash oʻrmonlar — keng bargli va igna bargli daraxt turlari aralash oʻsadigan oʻrmonlar. Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning moʻ’tadil nam iqlimli tekisliklari va togʻlarining quyi min -taqasida tarqalgan. Moʻ’tadil mintaqaning keng bargli -igna barg -li (qayin, eman, juka, zarang, qaragʻay, qoraqaragʻay, tilogʻoch, kedr) oʻrmonlari, subtropik mintaqaning keng bargli (dafna, zaytun va boshqalar), igna bargli (kedr) aralash oʻrmonlari va boshqa turlari bor
Dasht — qora va kashtan tuproqlarda chim hosil qiluvchi gʻalla gulli oʻt oʻsimliklari oʻsadigan zonal landshaft tipi. Shim. va Jan. yarim sharlarda qurukliklarning ichki qismlaridagi moʻʼtadil va subtropik mintaqalarda dasht zonalarini hosil qiladi. Yevrosiyoda bu zona Oʻrta Dunay pasttekisligidan boshlanib, Ukraina, Rossiyaning Yevropa qismi jan.dan oʻtib, Qozogʻiston orqali Oltoy togʻ etaklarigacha choʻzilgan. Xitoyning shim. -sharqida ham katta maydonni egallagan. Shim. Amerikada materikning oʻrta qismida Kordilyera togʻlariga parallel ravishda shim.dan janubga choʻzilgan. Jan. Amerikada 30 °— 40 ° kengliklar orasida And togʻ oldi tekisliklarida joylashgan. Avstraliyaning jan. -gʻarbiy va jan. - sharqiy qismlarida, Yangi Zelandiyada ham mavjud. Turli joyda turli nom bilan ataladi: Vengriyada pushta, Ukraina va Rossiyada step, Shim. Amerikada preriya, Jan. Amerikada pampa deb yuritiladi.