logo

Tuproqning organik qismi va unumdorligi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4078 KB
Reja :  
1.  Tuproq organik qismining kelib chiqishi, tarkibi va 
xossalari.
2. Tuproq gumusining tarkibi va xossalari.
3. Tuproq unumdorligi va uning ahamiyati . Ye rning  unumdorligi  eroziya  tufayli  atigi  2,5  sm  ga  bo’lsa,  uni  tiklash  uchun 
dexqonchilik to’g’ri yuritilganda 300 yil vaqt kerak,erdagi eroziya tabiat tomonidan 
sodir bo’lsa, u tez “tiklanadi”.
10  santimetrli  hosildor  er  (gumus    qobiq)  paydo  bo’lishi  uchun  tabiat 
ekokomponentlari 2000 yildan 7000 yilgacha ”mehnat qilib” vaqt sarflaydi. Demak, 
absolyut  ko’rsatkichlarda  ifodalanmaydigan,o’lchab  bo’lmaydigan,ammo  bebaho 
hisoblangan  ekologik  iymatning  minglab  yillar  tabiat  samarasi  sifatida  yuzaga 
keladi. 
Insoniyat  tugunini  yani  ekokomponentning  hosil  bo’lish  muddati  bilan  o’z 
ehtiyoji  o’rtasidagi  uyg’unligikning  mezonini,  ko’rsatkichini  bilib  o’shani 
amaliyotda  qo’llay  olsagina,  ekokomponentlarning  strukturasi  (tuzilish) 
ko’rsatkichlariga  zarar  etkazmagan  bo’ladi  yoki  Ya ponyaliklar  o’z  tabiatining 
ekologik qiymatini avaylab saqlaganidek saqlay oladi. 1. TUPROQ ORGANIK QISMINING KELIB 
CHIQISHI, TARKIBI VA XOSSALARI
  Tuproqning  organik  qismi  turli  xildagi  va  tarkibdagi  organik  moddalardan 
tashkil topgan. 
Bu  organik  moddalar  o‘simliklar,  jonivorlar  va  mikroorganizmlarning  xar 
xil darajada chirigan qoldiqlari va gumus yig‘indisidan iborat.
  Tuproq  yuzasi  va  butun  profilida  to‘planadigan  barcha 
o‘simlik  va  hayvon  qoldiqlari  organik  moddalarning  potensial 
manbai hisoblanadi.   Tuproqlar organik qismining tarkibi taxminan quyidagi nisbatda bo‘ladi: 1) gumus – 85 
%,  2)  o‘simlik  qoldiqlari  –  10  %,  3)  tuproq  florasi  va  faunasi  (zamburug‘lar,  suv  o‘tlari, 
bakteriya va aktinomitsetlar, yomg‘ir chuvalchanglari kabilar) – 5 % atrofida.  1) Тундра минтақаси  –  150 - 2500 г / м² ;
2) Ўрмон -тайга минта қ аси - 25000- 40000 г / м² ;
3) Дашт  минта қ аси - 1200- 2500 г / м² ;
4) Чўл  минта қ аси - 350- 600 г / м² ;  Tuproqdagi  biomassa  zahirasi,  uning 
strukturasi,  dinamikasi  va  tarkibi  turli  tabiiy 
mintaqalarda  bir  xil  bo‘lmaydi.  Ayniqsa  yashil 
o‘simliklar  eng  ko‘p  biomassa  to‘plash  imkoniyatiga 
ega. 
Ularning  har  yili  to‘playdigan  biomassasi 
umurtqasiz  hayvonlar  va  mikroorganizmlarga 
nisbatan bir necha ming marta ko‘p bo‘ladi.
Turli tabiiy-tuproq mintaqalarda quyidagi 
miqdorda o‘simlik va hayvon qoldiqlari 
to‘planishi mumkin: Tuproqda  to‘planadigan  organik  qoldiqlarning  tarkibida  kul 
moddalar  (Ca,  Mg,  K,  P,   Si,  S,  Fe  singari),  uglevodlar,  oqsillar, 
lignin,  lipidlar,  mumlar,  smolalar,  oshlovchi  moddalar  va  boshqa 
organik birikmalar bo‘ladi.
Nitrifikatsiya – ammiakning nitrat kislotasiga qadar biokimyoviy o‘zgarish 
jarayoni bo‘lib, unda avtotrof, prototrof bakteriyalar ishtirok etadi. Nitrifikatsiya 
jarayoni 2 bosqichda o‘tadi. 
1) 2 NH3   + 3O2 → 2HNO2 + 2H2O  + 158 кал;
2)  2HNO2   + O2 → 2HNO 3  +  58 кал
Denitrifikatsiya – azot kislotasining azotli kislotalargacha va 
nitratlarning  nitritlarga  va  molekulyar  azotga  qadar  qayta  tiklanish 
jarayonidir.   Gumus  hosil  bo‘lish  tezligi,  uning  borish  xarakteri  qator 
omillarga,  jumladan,  o‘simlik  qoldig‘ining  miqdori  va  kimyoviy 
tarkibiga,  tuproq  namligi  va  aeratsiyasiga,  muhit  reaksiyasiga, 
oksidlanish  -  qaytarilish  sharoiti-ga,  mikrobiologik  faoliyatning 
intensivligi-ga,  mikroorganizmlar  tarkibiga,  tuproq  mineral 
qismining mexanik, mineralogik va kimyoviy tarkibiga bog‘liq. 
  2. Tuproq gumusining tarkibi va 
xossalari
Organik  moddalarning  parchalanishi  natijasida  nisbatan  oddiy  moddalar, 
sintezlanganda  esa  juda  murakkab  birikmalar  hosil  bo‘ladi.  Shunday  qilib,  barcha 
tuproqlarda bir vaqtning o‘zida 2 jarayon:
1. Minerallanish – murakkab organik birikmalarning oddiy moddalar 
(SO2, N2O, NH3 kabi) ga parchalanish;
2.  Gumifikatsiya – gumus hosil bo‘lish jarayonlariga bo‘linadi . L.N.Aleksandrova tomonidan tavsiya qilingan 
organik qoldiqlarning gumusga aylanish tiplari Tuproq  gumusi  –  murakkab  kimyoviy  tarkibli  azot  saqlovchi 
yuqori  molekulyar  moddalar  kompleksi  bo‘lib,  odatda  qoramtir 
tusli  va  tuproqqa  singib  ketgan  hamda  mineral  qismi  bilan  juda 
mustahkam birikkan holatdadir .
Tuproq gumusi tarkibi    1)  Gumin kislotaning elementar tarkibi: 
C – 50-62 %,  H – 2,8-6,6 %, O – 31-40 %, N – 3-6 %.
2) Fulvokislotaning tarkibi: 
C – 41-46 %, H – 4-5 %, O – 40-48 %, N – 2-4 %.
   Tuproqdagi gumus miqdoriga ko‘ra barcha tuproqlar shartli 
ravishda quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1.  gumussiz - < 1 %;
2. juda kam gumusli - 1-2 %;
3. kam gumusli – 2-4 %;
4. o‘rtacha gumusli  - 4-6 %;
5. eng yuqori gumusli – 6-10 %;
6. chirindili – 15-30 %;
7. torfli –  >  30 %. Tuproq tipi 0 - 20  sm  
qatlamda ,  t/ga 0 - 100  sm qatlamda
t/ga Maksimalga 
nisbatan , %
Podzol 53 99 13
O’rmon-dasht 
podzollashgan tuproqlar 109 215 30
Qora tuproqlar
а)  Ishqorsizlangan 192 549 70
b )  Tipik 224 709 100
v )  Oddiy 137 426 60
To’q tusli kashtan 99 229 32
Bo’z 37 82 11 Tuproqning o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur 
suv, oziq elementlari va boshqa barcha shart–sharoitlar bilan 
ta’minlay olish qobiliyatiga  TUPROQ UNUMDORLIGI 
deyiladi. 
        Tuproq  unumdorligining  elementlari  (omillari)  va  shart-
sharoitlari ajratiladi . 
Tuproq  unumdorligi  elementlariga   oziq  moddalarning  o‘simlik 
o‘zlashtira  oladigan  shaklda  bo‘lishi,  suv,  havo  va  issiqlik  kabi 
omillarning bo‘lishi kabilar kiradi . 
Tuproq  unumdorligi  shart-sharoitlariga   tuproqning  fizik,  suv, 
havo,  issiqlik  xossalari,  suv-fizik  xususiyatlari,  mexanik  tarkibi, 
reaksiyasi kabilarni kiritish mumkin .            Tuproqni madaniylashtirish .  
Tuproq  unumdorligini  doimiy  yaxshi  va  yuqori  holatda 
saqlab  turish  maqsadida  insonlar  tomonidan  tuproq  xossalarini 
o‘zgartirish jarayonlariga tuproqni madaniylashtirish deyiladi .
  Tuproqni madaniylashtirish usullari          Tuproqning samarali unumdorligini 
oshirish usullari
1.  Tuproqqa ishlov berish;
2. Organik va mineral o‘g‘itlar solish;
3. Turli meliorativ tadbirlarni o‘tkazish; 
4. Almashlab ekish; 
5. Yerlardan foydalanishni ilmiy asosda tashkil etish; 
6. Tuproqning ekologik holatini yaxshilash . Tuproq  eritmasining  konsentratsiyasi  uncha  yuqori  bo‘lmasdan, 
odatda,  1  eritmada  eriganmoddalar  miqdori  bir  necha  grammdan 
oshmaydi.  Ammo  sho‘rlangan  tuproqlardagi  suvda  eriydigan  moddalar 
miqdori bir litrda o‘nlab va hatto yuzlab grammni tashkil etadi.
Tuproq  eritmasi  tarkibidagi  mineral    va  organik  –mineral  moddalar 
odatda,  ionlar,  molekulalar  va  kolloidlar  shaklida  saqlangan  bo‘ladi. 
Bundan  tashqari,  tuproq  eritmasi  tarkibida  С O
2 ,  O
2   singari  erigan  gazlar 
ishtirok etadi. Tuproq  eritmasi  tarkibida  mineral  birikmalarning 
anionlaridan:    HSO -
3 , SO
3 2-
, NO
3 -
,NO -
2 ,SO
4 2
, CI -
, H
2 PO –
4 ,  
HPO 2
4 – 
va  kationlaridan:  Ca +
,  Mg 2+
,    Na +
,  NH +
4 ,    K+,    H+   
singarilar  bo‘ladi.  Shuningdek  ,  kuchli  nordon  tuproqlarda   
AI 3+
,  Fe 3+
,    botqoqlangan  tuproqlarda  esa    G‘ye 2+
    bo‘lishi 
mumkin. 
Tuproq  eritmasidagi  temir  va  alyuminiy  asosan  organik 
moddalar bilan mustahkam kompleks birikmalar holidadir. Tuprok  eritmasining  reaksiyasi  aktual  yoki  aktiv  ishkoriy 
xarakterga  ega  bulib,  tuprokda  kechadigan  kimyoviy  fizik-
kimyoviy  va  biologik  jarayonlarning  borishiga  shunigdek, 
o‘simliklaring o‘sib, rivojlanishga katta ta'sir etadi.
Tuprok  eritmasining  osmotik  bositmi  o‘simliklar  xayotida 
muhim  ahamiyatga  ega.  Osmotik  bosim  tuprok  eritmasining 
konsentratsiyasiga  va  unga  erigan  moddalarning  dissotsilanish 
darajasiga  boglik.  Tuprok  eritmasidagi  eng  yukori  osmotik 
bosim sho‘rhoklarda buladi.  E’TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT !

Reja : 1. Tuproq organik qismining kelib chiqishi, tarkibi va xossalari. 2. Tuproq gumusining tarkibi va xossalari. 3. Tuproq unumdorligi va uning ahamiyati .

Ye rning unumdorligi eroziya tufayli atigi 2,5 sm ga bo’lsa, uni tiklash uchun dexqonchilik to’g’ri yuritilganda 300 yil vaqt kerak,erdagi eroziya tabiat tomonidan sodir bo’lsa, u tez “tiklanadi”. 10 santimetrli hosildor er (gumus qobiq) paydo bo’lishi uchun tabiat ekokomponentlari 2000 yildan 7000 yilgacha ”mehnat qilib” vaqt sarflaydi. Demak, absolyut ko’rsatkichlarda ifodalanmaydigan,o’lchab bo’lmaydigan,ammo bebaho hisoblangan ekologik iymatning minglab yillar tabiat samarasi sifatida yuzaga keladi. Insoniyat tugunini yani ekokomponentning hosil bo’lish muddati bilan o’z ehtiyoji o’rtasidagi uyg’unligikning mezonini, ko’rsatkichini bilib o’shani amaliyotda qo’llay olsagina, ekokomponentlarning strukturasi (tuzilish) ko’rsatkichlariga zarar etkazmagan bo’ladi yoki Ya ponyaliklar o’z tabiatining ekologik qiymatini avaylab saqlaganidek saqlay oladi.

1. TUPROQ ORGANIK QISMINING KELIB CHIQISHI, TARKIBI VA XOSSALARI Tuproqning organik qismi turli xildagi va tarkibdagi organik moddalardan tashkil topgan. Bu organik moddalar o‘simliklar, jonivorlar va mikroorganizmlarning xar xil darajada chirigan qoldiqlari va gumus yig‘indisidan iborat. Tuproq yuzasi va butun profilida to‘planadigan barcha o‘simlik va hayvon qoldiqlari organik moddalarning potensial manbai hisoblanadi.

Tuproqlar organik qismining tarkibi taxminan quyidagi nisbatda bo‘ladi: 1) gumus – 85 %, 2) o‘simlik qoldiqlari – 10 %, 3) tuproq florasi va faunasi (zamburug‘lar, suv o‘tlari, bakteriya va aktinomitsetlar, yomg‘ir chuvalchanglari kabilar) – 5 % atrofida.

1) Тундра минтақаси – 150 - 2500 г / м² ; 2) Ўрмон -тайга минта қ аси - 25000- 40000 г / м² ; 3) Дашт минта қ аси - 1200- 2500 г / м² ; 4) Чўл минта қ аси - 350- 600 г / м² ; Tuproqdagi biomassa zahirasi, uning strukturasi, dinamikasi va tarkibi turli tabiiy mintaqalarda bir xil bo‘lmaydi. Ayniqsa yashil o‘simliklar eng ko‘p biomassa to‘plash imkoniyatiga ega. Ularning har yili to‘playdigan biomassasi umurtqasiz hayvonlar va mikroorganizmlarga nisbatan bir necha ming marta ko‘p bo‘ladi. Turli tabiiy-tuproq mintaqalarda quyidagi miqdorda o‘simlik va hayvon qoldiqlari to‘planishi mumkin: