Xan saltanatining zaitlashuvi va ommaviy harakatlar
Mavzu:X an salt anat ining zait lashuvi va ommaviy harakat lar. Reja: 1.Xan saltanatining zaiflashuvi va qo’zg’olonlar. 2.Xan saltanatining xo’jalik va iqtisodiy madaniy aloqalari.
● X an salt anat ining zaifl ashuvi. U-Di podsholigining oxiri va vafotidan so'ng saltanat asta-sekin zaiflasha boshla gan . Behisob urushlar. qo'shimcha soliq va majburiyatlarning barcha og'irligi dehqonlar, qullar va me h natkash ommaning yelkasiga tushgan edi. Ayniqsa, jon boshi soligi oddiy xalq orasida dahshatli voqealarni keltirib chiqargan. Qashshoqlar jon solig'i miqdorini kamaytirish uchun yosh bolalari, keksa ota, ona. buvi va buvalarini o‘ldira boshlaydilar. Bu davrda qullar ham qattiq asoratga solingan. Og'ir ahvoldan mamlakat larzaga kelib qo'zg'olonlar boshlanish xavfi tug’ilgan.
• ● Mill.avv I asrning ikkinchi yarmida podsholikda ahvol shunday yomonlashganki, bundan podsho va hukmdor tabaqa vakillari dahshatga tushganlar. Ular ahvolni yaxshilash uchun mehnatkash aholiga va qullarga yon berib turli islohotlar o'tkazishga majbur bo l ganlar. Bu jihatdan Dun Chjun-shu va Van Man islohotlari diqqatga sazovordir. Islohotchi Dun Chjun-shu katta yer egalarini qoralagan. Tuz va temirga nisbatan davlatning yakka hokimligini bekor qilishni taklif etgan. Yana u qullikni bekor qilishni, soliqlarni, harbiy va ortiqcha mehnat majburiyatlarini kamaytirishni talab etgan. Milodiy 8-yildagi qo'zg'olon natijasida hokimiyat tepasiga kelgan Van Man ham bir qancha islohotlar bilan maydonga chiqqan.
● Uning taklifiga ko'ra, yirik yer egalariga qarashli yerlar musodara qilinib “podsho yeri” deb e'lon qilingan. Yerlar qayta taqsimlangan yer va qullarni sotish va sotib olish to'xtatilgan. U qullarni “shaxsiy qaram kishilar" deb atashni buyurgan. Bu Xitoyda qulchilikni bekor qilish bo‘yicha birinehi qadam edi. Van Man narx-navo, savdoni tartibga solish va soliqlarni kamaytirish haqida ham yaxshi fikrlar bildirgan. Ammo Dun Chjun-shu va Van Man islohotlari aslzodalarning qarshiligiga uchrab amalga oshmagan.
● “ Qizil qoshlilar ” qo‘zg‘oloni. Milodiy birinehi asr boshlarida Xitoyda qurg’oq c hilik va c higirtka bosishi natijasida hosilsizlik sodir bo'lgan. Mamlakatda qimmatchilik, ochlik boshlangan, islohotlarri amalga oshirish esa to'xtab qolgan. Bu ho l Xitoyda ommaviy norozilik harakatlari boshlanishiga sabab bo'lgan. Bunday qo'zgolonla rn ing biri 18-yili Shandunda boshlanib, unga Fan Chun degan kishi rahbarlik qilgan. Qo'zg'olonga Van Man islohotidan norozi bo'lgan aslzodalar va katta yer egalari ham qo'shilganlar. Qo‘zg‘olon rahbarlari o'z odamlarini podsho askarlaridan ajratish uchun qoshlarini qizil rangga bo'yatganlar. Shu tufayli bu qo‘zg‘oloni “Qizil qoshlilar” qo'zg'oloni nomini olgan edi.