Xet davlatida nikoh diplamatiyasi
Xet davlatida nikoh diplamatiyasi Xetlarda Elchilar, Choparlar va Kotiblar.
Sulolaviy nikohning shartnomaviy munosabatlar o‘rnatilishi bilan chambarchas bog‘liqligi nikoh ittifoqlarini tuzish masalalarining ko‘pincha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma matnlarida nazarda tutilganligi tasdiqlaydi. Sulolaviy nikohlar aksariyat holatlarda xalqaro kelishuvlarning tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Aynan shuning uchun ham bunday nikohlar haqida bevosita shartnoma matnlarida keltirib o‘tiladi. Lekin kam sonli bo‘lsada, xalqaro kelishuvlar tuzilishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan sulolaviy nikohlar ham qayd etil gan. Xatti mamlakati tashqi siyosatida nikoh diplomatiyasining o‘rni katta bo‘lib, xett hukmdorlari sulolaviy nikohlarga alohida ahamiyat qaratganlar. Bunday sulolaviy nikohlar ikki davlat o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatilganda, odatda shartnomalar imzolanishi munosabati bilan tuzilgan. Shuning uchun ham sulolaviy nikohlarni xuddi sovg‘alar, elchilar va nomalar almashish kabi an’anaviy ravishda o‘zaro ittifoq tuzish va uni qo‘llabquvvatlashning zaruriy akti qatorida ko‘rilgan.
Yuqoridagilardan farqli ravishda Xattusili II va Ramzes II hamda Tudxaliya IV va Savuskamuva o‘rtasidagi sulolaviy nikoh ular o‘rtasida tuzilgan qandaydir bir shartnomalarga bevosita bog‘liq joyi yo‘q. Bu hukmdorlar bilan tuzilgan shartnomalarda ularning Xett malikalariga uylanishlari haqida hech narsa deyilmagan.Suppiluliumaning qizi Mitanni podshosi Shattivaza saroyiga borgach, garchi uning bir necha xotin va kanizaklar olishga huquqi bo‘lsada, ammo ularning hech biri xett malikasi darajasiga teng kelmagan, u Mitanni hukmdorining yonida o‘tirgan. Shartnomalarning tarkibiy qismi sifatida quyidagi sulolaviy nikohlar qayd etib o‘tilgan: Mitanni podshosi Shattivaza va Suppiluliumaning qizi, Hukkana va Suppiluliumaning singlisi, Amurru hukmdori Benteshina va Gassuliavieya (Xattusili III va Puduxepaning qizi), shuningdek, ushbu Xett hukmdor juftligining Nerikkaili deb ataluvchi o‘g‘li va Benteshina qizi o‘rtasidagi nikohlar (qarshi qudachilik holati kuzatiladi)
Xattusili IIIning katta qizi va Ramzes II o‘rtasidagi nikohni ko‘rsatish mumkin, bu haqida ham yuqorida Misr mavzusida batafsil to‘xtalingan. Ushbu oxirgi nikohni tarixini batafsil tadqiq qilgan olim (A.R.Shulman) Misr iyeroglif yozuvlarida aks estgan Ramzes II ning Xattusili va Paduxepa qiziga uylanishi “ochiqcha giperbola”dan boshqa narsa emas, ya’ni Misr fir’avinining Xett ustidan harbiy g‘alabasi haqiqatdan uzoqdir. Xett xalqaro shartnomalarida aks etgan nikoh diplomatiyasi haqidagi bandlar boshqa tomondan sulolaviy nikohlarning nisbatan muhim aspekti bo‘lgan xet madaniyatiga xos bo‘lgan nikoh konsepsiyasi haqida tasavvur hosil qilish imkonini beradi.